Misollar bilan muammoga yechim topishi 0-5 ball
|
Guruh
a„zolarining faolligi 0-5 ball
|
Jami ball
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
15 - 13 ball - «a‘lo».
12 - 10 ball - «yaxshi».
9 - 6 ball - «qoniqarli».
T
11-mavzu
urkistonda sovet xokimiyatining o’rnatilishi va
unga qarshi qurolli harakat.
11.1. Ta'lim berish texnologiyasining modeli
Mashg'ulot vaqti - 2 soat
|
Talabalar soni - 60-80 nafargacha
|
Mashg'ulot shakli
|
Axborot asosidagi ma'ruza
|
Ma'ruza rejasi
|
1. Turkiston o'lkasidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. O'lkada mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi.
Turkiston muxtoriyatining tashkil etilishi va uning fojiali taqdiri.
Sovetlar istibdodiga qarshi qurolli harakatning boshlanishi, uning mohiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, bosqichlari.
Buxoro amirligi va Xiva xonligining sovetlar hoki- miyati tomonidan ag'darilishi.
|
O'quv mashg'ulotining maqsadi Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi va unga qarshi qurolli harakat to'g'risida ma'lumot berish
|
1917 yil Rossiya poytaxtidagi siyosiy jarayonlarning Turkiston o‘lkasidagi ta‘siri, Jadidchilarning tashabbusi bilan tuzilgan siyosiy tashkilotlar, ularning faoliyati to‘g‘risida ma‘lumot beradi;
Turkiston muxtoriyati va uning fojeali taqdiri haqida tushuncha berish;
Turkiston xududida sovetlarga qarshi qurolli harakatning boshlanishi haqida ma'lumotlar berish;
Bu harakatning mohiyati, bosqichlari, harakatlantiruvchi kuchlari, yo‘lbosh-chilari bilan tanishtirish;
Farg‘ona vodiysi - qurolli harakat
markazlaridan biri. Bu hududdagi
harakatning mazmuni va asosiy yo‘nalishi haqida ma'lumotlar berish.
Buxoro va Xorazmda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat haqida ma'lumot berish.
|
O'quv faoliyati natijalari:
1917 yil Rossiya poytaxtidagi siyosiy jarayonlarning Turkiston o‘lkasidagi ta‘siri, Jadadchilarning tashabbusi bilan tuzilgan siyosiy tashkilotlar, ularning faoliyati to‘g‘risida ma‘lumot beradi;
Turkiston muxtoriyati va uning fojeali taqdiri haqida tushunchaga ega bo’ladilar;
Turkiston xududida sovetlarga qarshi qurolli harakatning boshlanishi haqida ma'lumotlarga ega bo’ladilar;
Bu harakatning mohiyati, bosqichlari, harakatlantiruvchi kuchlari, yo‘lboshchilari bilan tanishadilar;
Farg‘ona vodiysi - qurolli harakat markazlaridan biri. Bu hududdagi harakatning mazmuni va asosiy yo‘nalishi haqida ma'lumotlarga ega bo’ladilar;
Buxoro va Xorazmda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat haqida ma'lumotlarga ega
bo’ladilar;
|
Ta'lim berish usullari
|
Ko'rgazmali ma'ruza, suhbat, taqdimot, aqliy hujum, munozara
|
Ta'lim berish shakllari
|
Ommaviy, juftlik
|
Ta'lim berish vositalari
|
O'quv qo'llanma, proektor, slaydlar, grafik, tarqatma materiallar
|
Ta'lim berish sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta'minlangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og'zaki nazorat: savol-javob, o'z-o'zni nazorat qilish
|
Turkistonda sovet xokimiyatining o'rnatilishi va
unga qarshi qurolli xarakat mavzusidagi ma'ruza mashg'ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta'lim beruvchi
|
Ta'lim oluvchilar
|
1-bosqich
Mavzuga
kirish
(15 daqiqa)
|
O'quv fani bo'yicha o'n birinchi ma'ruzaning nomini aytadi. Ekranga mavzu bo'yicha ishlangan slaydlarni chiqaradi (slaydlar)
Mavzu bo'yicha qo'yilgan masalalar haqida ma'lumot beradi
|
Tinglaydi
Tinglaydi.
Slaydga qaraydilar
|
2-bosqich
Asosiy bosqich (55 daqiqa)
|
Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida savol beradi: —Turkiston hududida sovetlarga qarshi qurolli harakatning boshlanishi haqida nimalarni bilasiz?”
Javoblarni umumlashtirib, - Turkiston xududida sovetlarga qarshi qurolli harakatning boshlanishi. Bu harakatning mohiyati, bosqichlari, harakatlantiruvchi kuchlari, yo‘lboshchilari yoritib beruvchi slaydlar namoyishi orqali ma'lumotlarni kengroq yoritib beradi;
Turkiston muxtoriyati va uning fojeali taqdiri хацида nimalarni bilasiz?”, berilgan savolni juftlikda, so'ngra mustaqil o'ylashga va juftlikda muxokama qilishni taklif qiladi: —O'ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing” texnikasi bilan ishlash qoidasini ekranga chiqaradi (1-ilova).
Berilgan javoblarni umumlashtirib, Turkiston muxtoriyati va uning fojeali taqdiriHu slaydlar orqali kengroq tushuntirib beradi (2-ilova).
Talabalarga Farg‘ona vodiysi hududdagi harakatning mazmuni va asosiy yo‘nalishi Buxoro va Xorazmda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat” degan savol beradi.
Javoblarni to'ldirish maqsadida Farg‘ona vodiysi - qurolli harakat markazlaridan biri Buxoro va Xorazmda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat to'g'risidagi ma'lumotlarni to'liqroq slaydlar orqali tushuntirib beradi (3-ilova).
|
Savolga javob beradi.
Tinglaydi, yozadi.
Talabalar berilgan savolga javob beradi.
Tinglaydi, yozadi.
|
3-bosqich
Yakuniy
bosqich
(10 daqiqa)
|
Mavzu bo'yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi.
Mustaqil ishlash uchun Insert texnikasi asosida o'quv materialining 4-6 savolini o'rganish vazifasini beradi: (4-ilova). Insert texnikasidan foydalanish qoidasini eslatadi (8-ilova).
|
Savollar beradi.
Vazifani yozib oladi.
|
ilova
«O'ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing» usulidan foydalangan holda
guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
O'qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin o'ylab chiqish, so'ng qisqa javoblar yozish tartibida.
Talabalar juftliklarga bo'linib, bir-biri bilan fikr almashadi va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi.
3. O'qituvchi bir necha juftliklarga o'ttiz daqiqa davomida auditoriyaga o'z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi.
ilova
Turkiston Muxtoriyati hukumatining tugatilishi bu harakatning butun Farg'ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki vazifasini o'tadi, xolos. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelgan farg'onaliklar Turkistonda birinchi bo'lib bolsheviklar rejimiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Shu tariqa, Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha tuzumga qarshi istiqlolchilik harakati 1918 yil fevral oyining oxirlarida boshlangan edi.
Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo'lgan.
Dastlabki milliy harbiy harakatning tashkil topishi Kichik Ergash (taxminan 1885-1918) va Katta Ergash (taxminan 1880-1921)ning nomlari bilan bog'liqdir.
1918 yil 27 fevralda qo'qon atrofidagi Bachqirda bo'lgan janglarning birida Kichik Ergash shahid bo'lgach, uning o'rniga Katta Ergash (uni Mulla Ergash ham deyishgan) Farg'ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi ozodlik bayrog'ini ko'tardi. Marg'ilonda esa militsiyaning sobiq boshlig'i Muhammad Aminbek Ahmadbek o'g'li- Madaminbek (1892-1920) kurash boshladi. Farg'ona vodiysida 1918 yilning o'rtalariga kelib, taxminan yuzga yaqin qo'rboshilar o'z dastalari bilan qizil armiya qismlariga qarshi kurash olib bordilar. Bu guruhlarda 15000 yigit bor edi.
1919 yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo'l ostida 30000ga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi janglarni olib bordilar. Bu paytda Shermuhammadbek qo'l ostida 20000, Katta Ergash qo'rboshida 8000 askar bo'lgan. Ana shu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni yo'naltirib turdilar.
Turkistondagi bu harakat 1920 yilning yozi va kuzida o'zining yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Farg'ona vodiysidagi vatanparvarlar qo'shiniga 1923-1924 yillarda oldin Islom Polvon (taxminan 1882-1923), so'ng Yormat Maxsum (1929 yil halok bo'lgan) kabi qo'rboshilar rahbarlik qildilar. 1920-1924 yillarda bu harakat Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Xorazm vohasida istiqlolchilik harakati ayrim guruhlar tomonidan 1935 yilgacha davom etdi. Harakat Sharqiy Buxoro va Farg'ona vodiysida ham ba'zi uzilishlar bilan yuqoridagi davrgacha mavjud bo'ldi.
Insert jadvalining tuzilishi va uni to'ldirish qoidasi bilan tanishadilar.
O'qish jarayonida olingan ma'lumotlarni individual hxolda sistemalashtiradilar;
Matnda qo'yilgan belgilar asosida jadval ustunlarini to'ldiradilar:
V - .... xaqidagi bilimlarimga javob beradi;
«-» - .. xaqidagi bilimlarimga zid;
+ - yangi ma'lumotlar
? - tushunarsiz (aniqlashtirish, to'ldirishni talab qiladi) ma'lumot.
Do'stlaringiz bilan baham: |