Ўзбекистон Республикаси Президенти


Qadimgi davrda O‘rta Osiyo ikki daryo oralig'ida davlat birlashmalarining



Download 10,22 Mb.
bet92/134
Sana12.07.2022
Hajmi10,22 Mb.
#783799
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   134
Bog'liq
ozbekiston tarixi

Qadimgi davrda O‘rta Osiyo ikki daryo oralig'ida davlat birlashmalarining
har xil shakllari mavjud bo 4gan:

  1. Davlat tipi - podsholik. Boshqaruv shakli - mutloq monarxiya.

  2. Davlat tipi - konfederativ podsholik. Boshqaruv shakli - cheklangan monarxiya. Ular odatda qabila boshliqlari yoki o‘z tangasini zarb qiluvchi urug‘ boshliqlari tomonidan boshqariladigan bir nechta mustaqil o‘lkalardan iborat bo‘lgan.

  3. Davlat tipi - mulkka egalik qilish. Boshqaruv shakli - qabila doxiylari yoki urug‘ boshliqlarining meros qilib qoldiriladigan hokimiyati.

O‘rta Osiyodagi qadimgi davlatchilik evolyusiyasini (taraqqiyotini) bir
necha davrlarga ajratib ko ‘rsatish mumkin:

  1. - davr. Miloddan avvalgi II ming yillikning II yarmi - O‘zbekiston janubida davlatchilik tuzilmalarining ilk belgilari paydo bo‘ldi. Davlatning bunday namunasi Jarqo‘tonda topilgan.

  2. - davr. Miloddan avvalgi I ming yillikning boshi - Xorazm, Baqtriya, Sug‘d tarixiy - madaniy viloyatlarining shakllanishi.

  3. - davr. Miloddan avvalgi VI - IV asrlarda Ahomoniylar bosqini va O‘rta Osiyoning Ahomoniylar davlati tarkibiga kirishi natijasida mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus.

  4. - davr. Miloddan avvalgi IV - II asrning yarmi. Yunon - Makedon qo‘shinlari bosib olgandan boshlab, Yunon - Baqtriya podshohligining qulashigacha. Bir vaqtning o‘zida mahalliy davlatchilikning tiklana borishi.

  5. - davr. Miloddan avvalgi II asrning yarmi va milodiy I asri boshi. Mahalliy davlatlar: Qang‘, Xorazm podshohligi, Sug‘d, Davan davlatlarining mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi.

  6. - davr. Milodiy I asri boshidan III asr yarmigacha. Mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. O‘zbekiston janubiy hududlarining Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi.

Salkam uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishining keyingi davrlari quyidagilardan iborat:

  1. Ilk o‘rta asr davlatchiligi tarixi (IV - VIII asr o‘rtalarigacha);

  2. Rivojlangan o‘rta asr davlatchiligi tarixi (IX - XIII asr boshlari);

  3. Amir Temur va temuriylar davlati (XIV asr ikkinchi yarmi - XVI asr boshlari);

  4. XVI - XIX asr birinchi yarmi davlatchiligi tarixi;

  5. O‘zbek davlatchiligi XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr mustamlakachiligi davrida;

  6. Mustaqil O‘zbekiston davlatchiligi bir necha ming yillik o‘zbek davlatchiligining davomi va vorisi sifatida.

Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida paydo bo'lgan ilk davlat uyushmlari - bu "Katta Xorazm" va "Qadimgi Baqtriya" davlatlaridir.
Ma‘lumki so'ngi bronza davrida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti ro'y beradi. Chorvachilikdan ajralib chikadi iqtisodiy hayotdagi siljishlar natijasida ortiqcha mahsulot paydo bo'lib,bu mahsulot ma‘lum shaxslar qo'lida to'plana boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmlarining ma‘muriy markaziga aylana boshlaydi.
Markaziy Osiyo hududida tashkil topgan eng qadimgi davlatlar tarixini o'rganishda bizga arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyoviy dalillar, yozma manbalar, masalan "Avesto", Beruniyning "Osorul-boqiya"... ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") kabi asarlar, ko'hna Eroniy yozuvlar, yunon xitoy muarrixlarining yozib qoldirgan ma‘naviy meroslari yordam beradi. manbalarning guvohlik berishicha o'tmish ajdodlarimiz miloddan avvalgi 1 ming yillik boshlarida temirni kashf etdilar. Natijada har qanday taraqqiyotning to'rt qism bo'lib kelgan mehnat qurollarining takomillashuvi uchun keng imkoniyat tug’ildi. Oqibatda inson faoliyati kengaydi va jadallashdi. O'tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi yarmidayoq mantikada tog’ jinslarini, xususan, temir, oltin, qalay, qo'rg’oshin va hokozolarni qayta ishlash, ulardan jang,mehnat qurollari yasash, kulolchilik, to'quvchilik, quruvchilik, zargarlik kabi sohalarda keng foydalanilgan bundan tashqari, miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda Xorazmda uzunligi bir necha o‘n kilometr, eni bir necha o‘n metrni tashkil etgan ulkan sun‘iy sug’orish kanallari mavjud bo'lganligi tarixdan ma‘lum. Bu hol sun‘iy sug’orish ishlarining ajdodlarimiz chiqishida hayotida katta o'rin tutganligini ko'rsatadi. Bunday katta hajmdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik bo'lgan ishlarni e‘tiborli va nufuzli kuchga ega bo'lgan davlat tuzilmasi mavjud bo'lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin edi. demak, o'z-o'zidan xulosa chiqarish mumkinki, miloddan avvalgi birinchi ming yillikning birnchi yarmidayoq vatanimiz hududida dastlab davlat uyushmlari tashkil topganligiga shubha yo'q.
O‘zbekistonning miloddan avvalgi VII - VI asrlarda tashkil topgan eng qadimgi davlat birlashmalari Katta Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlaridir. Bu davlatlar o‘ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o‘tgan. Ayniqsa, bu ilk davlatlar orasida Baqtriya nisbatan barqaror bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Katta Xorazm «ishlab chiqarishning Osiyo usuli»ga ega bo‘lgan davlatlarning qadimgi sharq tipiga mansub edi.
Katta Xorazm - Amudaryo quyi havzasidan Turkmaniston janubiga qadar; shuningdek, O‘rta Osiyoning markaziy tumanlarini o‘ziga birlashtirgan, O‘rta Osiyoning keng hududlarini o‘z nazoratida tutgan qabilalar konfederatsiyasi hisoblangan. Xorazm davlati egallagan hududlar ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki undan ancha janubga, ya‘ni Murg‘ob va Tajang daryolari atroflariga qadar ham yoyilgan. Shu boisdan bu qadimgi tarixiy o‘lka fanda 2 xil: Katta Xorazm va Qadimgi Xorazm nomlari bilan ma‘lum.
«Avesto» da Katta Xorazm davlati haqida bir qancha ma‘lumot bor. Unda Xorazm O‘rta Osiyodagi rivoj topgan, o‘z hududiy chegaralariga ega bo‘lgan o‘lkalardan, viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma‘lumoticha, qadimda Oks (Amudaryo) daryosi bo‘ylab 360 dan ziyod sun‘iy sug‘orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho‘lli, sahroli yerlarga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Gerodot taassurotlarida Xorazm o‘lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga ega bo‘lib, ularning donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug‘doy, suli, arpa, meva - sabzavotchilik mahsulotlarini mo‘l - ko‘l yetishtirganligi qayd etib o‘tiladi. Xorazm shaharsozligida xom g‘isht, paxsalardan keng foydalanilgan. Binolarning tashqi va ichki ko‘rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o‘ziga xos ko‘rkamligi ta‘minlangan. Xorazm vohasida hunarmandchilik, tog‘ - kon ishlari ancha rivojlangan. Bu yerdan qazib olingan qimmatbaho ma‘danlar ishlov berilib, yuksak sifat ko‘rsatkichiga yetganidan keyingina u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan.
Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug‘ullangan, ularning tuya, ot, qo‘y - echkilardan iborat ko‘plab chorva mollari bo‘lgan. Savdo bozorlarida g‘alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari ayirbosh qilingan.
Afsuski, Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to‘g‘risida ma‘lumotlar hozirgacha yetarli emas. Rivoyatlarga ko‘ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi - Siyovushiylar bo‘lganligi zikr etiladi. «Avesto»da ta‘kidlanishicha, Siyovarshon Kavousning o‘g‘li bo‘lgan. Siyovarshon o‘limidan so‘ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o‘ch olib, hokimiyatni egallab, Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga asos soladi.
Miloddan avvalgi IV asrda Amudaryo quyi oqimi hududida Qadimgi Xorazm davlati tashkil topdi. Ushbu asrda Katta Xorazmning Amudaryoning quyi oqimidagi hududi Qadimgi Xorazm davlatiga uyushadi. Bu paytda Xorazmda Farasman ismli shoh bo‘lganligi manbalarda tilga olinadi. U g‘oyatda tadbirkor xukmdor bo‘lgan. U Iskandar Zulqarnaynga elchi jo‘natib, uning Xorazm tomonga yurishini oldini oladi.
Qadimgi Baqtriya - O‘zbekiston janubi, Janubiy - sharqiy O‘rta Osiyoning katta hududlarini, jumladan, hozirgi Surxondaryo, Qashqadaryo, qisman Zarafshon, Amudaryo yuqori oqimi, shuningdek, Afg‘onicton shimolini o‘z nazoratida tutgan qabilalar konfederatsiyasi hisoblangan. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon - rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. Baqtriyaning o‘tmishda «Ming bir shahar mamlakati» deb atalganligi unda shaharlarning ko‘p bo‘lganligidan guvoxlik beradi.
Baqtriyadagi ko‘pdan - ko‘p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur bo‘lib, mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, unda podshoh qakasi alohida ajralib turgan.
Ba‘zi yozma manbalarda qayd etilishicha, bu davlat tarkibiga So‘g‘d va Marg‘iyona hududlari ham kirgan. Qadimgi Baqtriya davlati to‘g‘risida yunon olimi Ktesiy ma‘lumotlari qimmatlidir. U Baqtriyadagi ko‘plab shaharlar, uning poytaxti Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiard, unga qarashli behisob boyliklar haqida ma‘lumotlar beradi. Yana bir yunon tarixchisi Gerodot ham Baqtriya davlati haqida qimmatli ma‘lumotlar yozib qoldirgan. U Baqtriya xalqi, bu davlatning qudrati jihatidan Misr va Bobil davlatlari bilan teng bo‘lganligi haqida yozadi.
Qadimgi So‘g‘diyona - bu davlat uyushmasi ham Baqtriya singari qadimdan mustaqil faoliyat ko‘rsatgan. Uning hududlariga qadimda hozirgi Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari yerlari kirgan. Davlatning poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan. Arxeologlar bergan ma‘lumotlarga qaraganda tub yerli aholi shaharni Smarakansa (Smarakansa) deb atagan. Bu shahar qadimgi «Buyuk Ipak yo‘li»da joylashgan bo‘lib, savdo - iqtisodiy jihatdan Sharq va G‘arbni bog‘lagan. Sug‘d tili qadimda va ilk o‘rta asrlarda jahon savdo tili sifatida katta nufuzga ega bo‘lgan. So‘g‘diyonada aholi yuqori darajada dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik madaniyatiga ega bo‘lgan.
Mil. avv. VI asrda Eron hududida yashovchi xalqlar mil. avv. 558 yilda podsho Kayxusrav II boshchiligida kuchli davlatga uyushdilar. Bu davlat ikki asr mobaynida, ya‘ni, mil. avv. 330 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. Uning hududlari Misrdan to Shimoli - G‘arbiy Hindistonga qadar cho‘zilgan edi. Axomaniylar (ko‘plab adabiyotlarda ahamoniylar) saltanatini Kir II (qad. eron - Kurush, grek. - Kyros) barpo etdi. Mil. avv. 558 - 530 yillarda esa Axomaniylar davlatini boshqargan. Axomaniylar davlati qisqa davr ichida Hind daryosidan Egey va O‘rta dengizgacha bo‘lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Midiya va Bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir II O‘rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko‘radi. Kirning sharqiy hududlarga, xususan, O‘rta Osiyoga harbiy yurishlarini ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Uning birinchi bosqichi miloddan avvalgi 545 - 540 yillarga to‘g‘ri keladi. Kir II ning O‘rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi miloddan avvalgi 539 - 530 yillarni o‘z ichiga oladi. Harbiy yurishlarning birinchi bosqichida Parfiya, Baqtriya, Marg‘iyona hududlarini bosib oladi. Ammo O‘rta Osiyo xalqlari har doim erk, ozodlik va hurlikni hamma narsadan ustun qo‘yganlar. Shu bois ular bosqinchi Axomaniylar zulmiga qarshi muttasil kurash olib borganlar. Miloddan avvalgi 530 yilda massagetlar yo‘lboshchisi malika To‘marisning Kir II ustidan qozongan yorqin g‘alabasi bunga misol bo‘la oladi. Axomaniylar shohi Kir II ning tanadan judo etilgan boshini odamlar qoni bilan to‘ldirilgan mesh — qopga solar ekan, To‘maris shunday deydi: «Ey, Kir! Umr bo‘yi jang qilib, odam qoniga to‘ymading, mana, endi to‘yganingcha ich!».
Ammo Kir II ning o‘limi O‘rta Osiyo xalqlariga kutilgan ozodlikni olib kelmadi. Kir II o‘limi uchun uning avlodlari o‘ch oldilar. Xususan, o‘rta osiyoliklar axomaniylar podshosi Doro I davrida qattiq jafo chekdilar. Axomaniylar shohi Doro I (522 - 486) davrida O‘rta Osiyo hududlari bosib olinadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, mil. avv. 522 yilda podsholik taxtini egallagan Doro I ga qarshi Marg‘iyonada Frada boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Doro I qo‘zg‘olonni bostirish uchun Baqtriya satrapi Dodarshishni yubordi. Qo‘zg‘olon shafqatsizlik bilan bostirildi, 55 ming qo‘zg‘olonchi qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo‘lga olinib, mil. avv. 521 yilda qiynab o‘ldiriladi. Ammo qo‘zgolonlar davom etavergan. Axomaniylar shohi Doro I ning shaxsan o‘zi mil. avv. 519 yilda parfiyonaliklar va sak qabilalari ustiga qo‘shin tortib borishga majbur bo‘lgan.
Doro I O‘rta Osiyo xalqlaridan qattiq o‘ch oldi, ammo ayni paytda o‘zi ham katta talafotlar ko‘rdi. Bu o‘rinda muarrix Poliening «Harbiy hiylalar» asaridagi Shiroqning (asarda Shiroq — Siyrak deb nomlangan) afsonaviy harbiy jasorati diqqatga molikdir. Manbada hikoya qilinishicha, yilqiboqar Shiroq o‘z vataniga bostirib kelgan dushmanlarni hiyla ishlatib, chalg‘itib, Qizilqumning haloqatli jazirama dashtlariga boshlab boradi va o‘z jonini qurbon qilib bo‘lsa - da, vatani va xalqini yovuz dushmandan asrab qoladi. O‘rta Osiyo xalqlari Eron axomaniylariga qarshi qat‘iy kurash harakatlari olib borilayotgan bir davrda chetdan yangi xavf kirib kelayotgan edi. Mil. avv. IV asrning o‘rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar - davlatlar kuchaya boshlaydi. Mil. avv. 359 yilda Fillip II (mil.av. taxm. 382 - 336) Makedoniyani birlashtirib, yagona davlat tuzishga erishadi. U kuchli armiya tuzadi.
Yunoniston hududlarini egallab olgan Filipp II 337 yidda Korinf shaxridagi anjumanda o‘zini Yunoniston podshosi deb e‘lon qildi. Bu davrda axomaniylar bilan Yunoniston o‘rtasida ziddiyatlar kuchaydi. Filipp II mil. avv. 336 yilda axomaniylarga qarshi urush e‘lon qildi. Ammo shu yili Filipp II o‘ldirilganligi tufayli urush harakatlari to‘xtab qoldi.
Taxtni Filipp II ning 20 yoshli o‘g‘li Aleksandr, Iskandar Maqduniy (mil. avv. 356, Pella — 323, Bobil) egalladi. U Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn (Zulqarnayn - Aleksandr Makedonskiyning laqabi. Sharqda shu laqab bilan atalgan. Bu laqab tojining ikki cheti shoxsimon bo‘lganligi sababli «ikki shohli» yoki «ikki tomon — ham G‘arb, ham Sharq hukmdori» degan ma‘nolarni anglatgan) nomi bilan mashhur edi.
Aleksandr otasi Filipp II yo‘lini davom ettirdi. Ammo u dastlab mamlakat ichki hayotini mustahkamladi. Davlat hokimiyatiga qarshi bo‘lgan amaldorlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rdi. U Bolqon yarim orolida o‘z hokimiyatini mustahkamladi. Mil. avv. 334 - 330 yillarda o‘zining asosiy raqibi Doro III qo‘shinlariga bir necha harbiy zarbalar berib butun Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Finikiya, Misr yerlarini egallab axomaniylar davlati hududlariga kirib bordi. Doro III Midiyaga qochdi. Iskandar qo‘shinlari mil. avv. 330 - 329 yillarda
Afg‘onistonning janubiy tomonlarini egallab Hindiqush tog‘lari orqali O‘rta Osiyoga yurish boshladi.
Tarixiy manbalarda Aleksandrga qarshi butun O‘rta Osiyo xalqlari oyoqqa turganligi hikoya qilinadi. Ayniqsa baqtriyaliklar, so‘g‘diyonaliklar xalq qasoskorlari Spitamen, Oksiard rahbarligida qahramonlik ko‘rsatgan. Iskandar hiyla - nayranglar va shafqatsiz qirg‘inlar evazigagina o‘z maqsadini ro‘yobga chiqara olgan. Jumladan, Samarqand (Marokand)da Spitamen boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni Aleksandr ikki yildan so‘nggina — mil. avv. 328 yil kuzida bostira oldi, xolos. Diodor bergan ma‘lumotlarga qaraganda, qo‘zg‘olonni bostirish chog‘ida so‘g‘dliklardan 120 ming kishi shafqatsizlarcha qirib tashlangan. Ustrushonada Samarqand bilan Xo‘jand oralig‘idagi tog‘liklar bilan bo‘lgan jangda tub yerli 30 ming aholidan 22 minggi qilichdan o‘tkazilgan. Ammo vatanparvarlar taslim bo‘lmaganlar. Iskandar hiyla ishlatib mahalliy hukmdorlardan So‘g‘d qaTasining hokimi Oksiardning qizi Roksana (Raxshona, Ravshanak)ga uylanadi, mahalliy xalqqa o‘zini yaqin tutib, uning milliy urf - odatlarini qabul qiladi, milliy kiyimlarini kiyib yuradi. Shundan so‘nggina mahalliy hukmdorlarning bir qismi uning tomoniga o‘tadi va Aleksandr o‘z niyatlarini ro‘yobga chiqaradi.
Juda katta va dahshatli janglardan so‘ng Aleksandr mil. avv. 327 yilgacha uncha katta bo‘lmagan hududlarni: Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, hozirgi Bekabod va Xo‘janddan iborat Sirdaryo bo‘ylarini egallay oldi xolos. Xullas, Eronday qudratli davlatni uch oy ichida bo‘ysundirgan Aleksandr Makedonskiy O‘rta Osiyoni bo‘ysundirishga uch yil sarfladi. Mil. avv. 327 - 325 yillarda Iskandar Hindistonni zabt etdi. Mil. avv. 325 yili Bobilni egallaldi. U yangi urushlarga tayyorgarlik ko‘rish paytida bezgak kasaliga chalinib, 34 yoshida, ya‘ni mil. avv. 323 yilda o‘z davlatining yangi poytaxti Bobil shahrida vafot etdi. Shunday qilib, makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn olib borgan bosqinchilik va adolatsiz urushlar oqibatida O‘rta Osiyoda axomaniylar zulmi yunon - makedon istilochilari zulmi bilan almashdi. Bu zulmdan qutulish uchun So‘g‘diyona xalqlariga 150 yil, Baqtriya xalqlariga esa 180 yil kerak bo‘ldi. Bu jarayonda o‘lkamiz xalklarining erk va ozodlik uchun olib borgan kurashlari hal kiluvchi rol o‘ynadi.
3. Turon zaminda vujudga kelgan Yunon - Baqtriya, Davan, Qang‘ davlatlari. Aleksandr Makedonskiy vafotidan so‘ng taxt vorisligi uchun uning lashkarboshilari o‘rtasida kurash avj olib ketdi. Mil. avv. 301 yilda Frigiyaning Ips deb atalgan joyida yuz bergan qonli janglar oqibatida Iskandar saltanati uchta mustaqil davlatga bo‘linib ketdi: Makedoniya - Antiox avlodlariga, Misr - Ptolomey avlodlariga va Suriyadan to O‘rta Osiyo - Hindistongacha bo‘lgan yerlar Salavkka tegadi. Mil. avv. 293 yilda Salavk I o‘z davlati poytaxtini Bobildan Suriya - Antioxiyaga ko‘chirdi.
O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarini Salavk I mil. avv. 306 yilda bosib olgan edi. Salavkiylar davlati hududlariga ko‘chmanchi qabilalar tez - tez hujum qilib turar edi. O‘zi notinch bo‘lsa-da, Salavk I Hindiston bilan urush harakatlari olib borgan va yengilgan. Bu hol salavkiylarning O‘rta Osiyodagi obro‘siga salbiy ta‘sir qilgan. Salavkiylarga qarshi mahalliy xalq qo‘zg‘olonlar ko‘taradi. Ayniqsa bu qo‘zg‘olonlar mil. avv. 280 yilda Salavk I vafotidan so‘ng kuchaydi. Bu jarayondan foydalangan sharqiy viloyatlar mustaqillikka intilib salavkiylarga qarshi chiqishlar uyushtirganlar. Oqibat natijada Salavkiylar davlati parchalanib ketgan. Miloddan avvalgi III asrning o‘rtalariga kelib dastlab Parfiya, so‘ngra Yunon - Baqtriya bu davlat tarkibidan ajralib chiqib mustaqillikka erishdi.
Parfiya, Parfiya podsholigi — mil. avv. taxm. 250 yilda Kaspiy dengizining janubiy va janubiy - sharqiy tomonida vujudga kelgan kadimgi davlat. Antik davr tarixchilari Parfiya saltanatining asoschisi sifatida parnlar (aparnlar) qabilasini tilga olganlar. Mil. avv. I asr o‘rtalarida Mesopotamiyadan Hindistongacha bo‘lgan hududni o‘ziga bo‘ysundirgan. Parfiya davlatining poytaxti (mil. avv. III - milodiy III asrlar) Niso shahri bo‘lgan. Parfiya milodiy III asrning 20 - yillarigacha mavjud bo‘lgan.
Yunon - Baqtriya podsholigi - qadimgi quldorlik davlati (mil. avv. 250 - 248 yillar orasi - mil. avv. 140 - 130 yillar). Asoschisi salavkiylariiig Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Mil. avv. 250 yilda u o‘zini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb e‘lon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy O‘zbekiston va Afg‘oniston kirgan. Yunon - Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoliy - G‘arbiy Hindiston hamda Sug‘diyona ham bo‘ysungan. Poytaxti Baqtra (o‘rta asrlardagi Balx) shahri bo‘lib, uning xarobalari Shimoliy Afg‘onistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylashgan. Davlat bir qancha satrapliklar (viloyatlar)ga bo‘linib boshqarilgan. Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlar natijalari iqtisodiy hayot, badiiy hunarmandchilik, haykaltaroshlik, madaniyat, shaharsozlik yunon an‘analari asosida yuksak rivojlanganligidan dalolat beradi. Yunon - Baqtriya davriga mansub eng mashhur yodgorlik Shimoliy Afg‘onistondagi Oyxonum va Janubiy Tojikistondagi Taxti Sangin yodgorliklari hisoblanadi. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, Vaxsh va Panj daryolari quyilishida joylashgan Taxti Sangindagi ibodatxona tuzilishi va topilmalari ellinizm dunyosiga xos diniy e‘tiqodlar keng tarqalganligini ko‘rsatib turibdi.
Yunon - Baqtriya podsholigi Hindiston va O‘rta Osiyo hududlarini o‘zaro bog‘lovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors ko‘rfaziga olib chiquvchi savdo yo‘llarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy - savdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ko‘plab tangalar tovar - pul munosabatlari rivojlanganligini ko‘rsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va b.) hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Diodot (mil. avv. 250 - 230), Yevtidem (mil. avv. 230 - 199), Demetriy (mil. avv. 199 - 167), Yevkradit (mil. avv. 167 - 155), Geliokl (mil. avv. 199 - 155) va boshqa hukmdorlari ma‘lum. Bitta nom bilan davlatni boshqargan hukmdorlar (mas, Diodot I - II, Yevkradit I - II) ham bo‘lgan.
Mil. avv. III asr oxiri — II asrning 1 - yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Mil. avv. II asr o‘rtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlanadi. Mamlakat alohida viloyatlarga bo‘linib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va b.) o‘z nomidan tangalar zarb qilishgan. Yunon - Baqtriya podsholigi mil. avv. 140 - 135 yillarda sak va yuechji qabilalari tomonidan butunlay tugatilgan (O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi. 8 - jild. - T.: O‘ME, 2005. - B.320 - 321).
Davan (xitoycha Da - yuandan olingan) — Farg‘ona vodiysidagi qadimgi davlat. Mil. avv. II - I asrlardagi Xitoy manbalarida keng, obod, boy mamlakat — Davan haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulug‘ hukmdor qarorgohi Gushan (hoz. O‘zgan shahar deb taxmin etiladi)da bo‘lgan. Podsho hokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qo‘yilgan. Oliy kengash hukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto o‘lim jazosiga hukm qilishi mumkin bo‘lgan. Davan atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. III asrgacha uchraydi. So‘ngra Davan o‘rniga «Boxan» va «Polona» (mil. V asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qadimgi Davanga mos keladi deb qayd etib o‘tganlar. Ammo arxeolog olim akademik A. Asqarovning xulosasiga ko‘ra, Davan davlati mil. avv. II asrda emas, balki ancha ilgari - mil. avv. IV yoki III asrlarda ham bo‘lgan. U davrda bu davlatning nomi Parkana bo‘lgan. Davan nomini xitoylar berganlar. Xitoyshunos N. Ya. Bichurinning fikricha, Davan - Qo‘qondir, ham shahar va o‘lkadir. Xitoyliklar Davan deb nomi toxarlar bilan bog‘liq bo‘lgan mamlakatni atashgan degan fikr bor.
Mil. avv. II asr Xitoy manbalari ma‘lumotlarida ta‘kidlanishicha, Davanda 300 ming aholi yashagan. Vohada 70 ta katta - kichik shahar bo‘lgan, poytaxti Ershi (hozirgi Marhamat) shahri edi. Davanliklar ko‘zlari kirtaygan, qalin soqolli xalq bo‘lib, savdo - sotiq ishlarida mohirliklari bilan nom chiqarishgan. Davanda xotin - qizlar izzat - ikrom qilingan. Davanda yetishtirilgan «samoviy tulporlari» — arg‘umoqlar (zotli chopqir otlarga Sharq xalqlari bergan umumiy nom) Sharqda mashhur bo‘lgan. Mil. avv. 104 - 101 yillarda Xitoy askarlari Davanga ikki bor hujum qilganlar. Birinchi - hujum Xitoy askarlarining mag‘lubiyati bilan tamom bo‘lgan, chunki ular istehkomga aylantirilgan qishloqlarning qarshiligini sindirish uchun ojizlik qilganlar. Xitoyliklar 60 ming kishilik katta qo‘shin bilan ikkinchi marta hujum qilib, 101 yilda Ershi shahrini qamal etishgan (O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi. 3 -jild. - T.: O‘ME, 2002. - B. 147).
Qang‘ davlati, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy o‘qilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning o‘rta havzasida mavjud bo‘lgan davlat (mil. avv. III - mil. V asr o‘rtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.
K. Shoniyozovning fikricha, Qang‘ davlati sharqda Farg‘ona (Davan, Dayyuan), shimoliy - sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shimoliy - g‘arbda Sarisu, g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh bo‘lgan. Xitoy manbalariga ko‘ra, Qang‘ davlatining janubiy hududiga hozirgi O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on va Urganch tumanlari kirgan bo‘lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubda — Dayruzie (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Qang‘ davlatining janubiy chegarasi o‘zgargan. Shu tufayli mil. avv. II asrda Xitoy elchisi Chjan Tsyan farg‘onaliklar yordamida Qang‘ davlati orqali Dayruzie (Dayuechji) davlatiga borgan. Qang‘ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushie bo‘lgan. Bityan Binkat shahri (boshqa manbalarga ko‘ra, Qanqa) o‘rnida, Sushie esa hozirgi Parkent tumanidagi So‘qoq (Sukeeke) nomli joyga to‘g‘ri keladi. Qang‘ davlatining yozgi qarorgohlari Issiqko‘l bo‘ylab, hozirgi Qoraqo‘l (Prjevalsk) yonida bo‘lgan. Qang‘ davlatining qo‘shini 80 - 90 ming jangchini tashkil etgan. Qang‘ davlati aholisining urf - odatlari Ruzie (Yuetszi) davlati aholisi urf - odatidan farq qilmagan. O‘z navbatida, ruzieliklar urf - odatlari hunlarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Qang‘ davlati hukmdori va Hun xoqonligi o‘rtasida qudachilik munosabatlari o‘rnatilgan. Shu tufayli xitoylar hunlar ustidan g‘olib chiqib, ularni o‘z joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni o‘z avlodi bilan Qang‘ davlatiga ko‘chib kelgan.
Qang‘lilarda madaniyat va san‘at ham yuksak darajada rivoj topgan. Milodiy II - III asrlarga oid xitoy manbalarida qang‘lilarning mohir sozanda, maqomchi va bastakor bo‘lganliklari, ularning mashhur raqqosalari to‘g‘risida ma‘lumotlar bor.
Qang‘ davlatining ko‘chmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan o‘troq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo - sotiq bilan shug‘ullangan. Ular Buyuk ipak yo‘ladagi xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim o‘rin tutganlar. Qang‘ davlati hududida jiddiy migratsion jarayonlar sodir bo‘lib turgan. Mil. III asrning 2 - yarmida Qang‘ davlati parchalanib, uning hududida Shosh (SHi), Samarqand (Kan), Maymurg‘ (Mi), Shahrisabz (SHi), Kattaqo‘rg‘on (Xe), Usrushona (Tsao) kabi kichik davlatlar tashkil toptan (O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi. 10 - jild. - T.: O‘ME, 2005. - B. 600).
4. Kushon podsholigi va uning yurtimiz davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni. Kushon podsholigi - o‘zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat (milodiy I - III asrlar). Milodiy I asrning 1 - yarmi yoxud o‘rtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida - yuechji) mil. avv. 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon - Baqtriya podsholigi o‘rnida bir asr davomida 5 qabilaga bo‘linib (Kushon, Xyumi, Shuanmi, Xise, Dumi) yashagan. Bulardan Kushon (Xitoy yilnomalarida Guyshuan) qabilasi jabg‘usi Kujula Kadfiz (Kadfiz I - mil. avv. I asr oxiri - milodiy I asr 1 - yarmi) mil. I asrda qolgan 4 qabilani bo‘ysundirib, o‘zini hukmdor deb e‘lon qilgan.
«Kushon» atamasi yo sulola yoki qabilaga tegishli bo‘lib, u ilk bor mil. avv. I asr oxiri - mil. I asr boshida hukmronlik qilgan podshoh «Geray» — Sanab zarb qildirgan tangalarda qo‘llangan. Mil. avv. I asrda Kosonsoy - Kushonlar saltanatining poytaxti bo‘lgan. Kushonlarninchqg dastlabki mulklari hududiga Shimoliy Baqtriya (Tojikiston hamda O‘zbekistonning janubi, Turkmanistonning janubiy - sharqidagi yerlar) kirgan. Dastlab jabg‘u, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon davlatiga asos solgan bo‘lib, uning davrida kushonlar hozirgi Afg‘oniston bilan Pokistonning ko‘pchilik qismini bosib olgan.
Kushon davlati Kujula Kadfizning o‘g‘li Vima Kadfiz (30 yil podsholik qilgan), xususan, Kanishka I (23 yil podsho bo‘lgan) va uning o‘g‘li Vasishka (4 yil podsholik davrini surgan) davrida har tomonlama kuchayib dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Buni milodning III asriga oid budda matnidagi «dunyo uch qismga (Xitoy, Rim va Kushon) bo‘lingan» degan jumlalar ham isbotlaydi. Kushon davlati O‘rta Osiyoning kattagina hududlari, Shimoliy Hindiston, Qashqar, Afg‘oniston va Sharqiy Turkiston yerlarini o‘z tarkibiga qamrab olgan edi. Kanishka podsholigi davrida mamlakatning iqtisodiy - siyosiy va harbiy qudrati har tomonlama rivoj topdi. Mamlakatda oltin, kumush va mis tangalar zarb kilindi. Bu davrda ayniqsa Termiz, Samarqand, Naqshab, Buxoro, Choch, Dalvarzin, Peshovor va boshqa shaharlar rivojlandi. Xitoy, Rim va boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari kengaydi. Bu borada «Ipak yo‘li»ning o‘rni va ahamiyati oshdi. Xitoy savdo - sotiqda o‘zining xom ipak va ipak matolari, oltin va terilari bilan mashhur bo‘lsa, O‘rta Osiyolik savdogarlar noyob va nafis shishalari, qimmatbaho toshlari, zeb - ziynat buyumlari bilan dong taratgan edilar.
Kushon davlatida siyosiy hokimiyat ruhoniylar qo‘lida bo‘lib, unda podsho dunyoviy rahbar bo‘lish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat satrapliklarga bo‘lingan bo‘lib, ularning satraplari ayrim erkinliklarga ega edi. Kushon podsholigi quldorlik davlati bo‘lsa-da, unda qishloq jamoasi muhim o‘rin tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng ko‘lamda dinlararo murosasozlik siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmning mahayana mazhabiga e‘tiqod qilgan, shuningdek, mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi ko‘plab boshqa dinlar ham bo‘lgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida ko‘proq oltin va mis tangalar qo‘llanilgan. Dehqonchilik, xususan, sug‘orma dehqonchilik rivojlangan, qishloq xo‘jaligi ekinlarining ko‘pchilik turi ekilgan. Kushonlar saltanati o‘z davriga nisbatan yuksak madaniyatga ega bo‘lgan edi. Ammo u hakda ma‘lumotlar deyarli saqlanmagan. Kushon davlati Kanishka I (78 - 100 - 123) podsholigi davrida o‘z yozuviga ega bo‘lgan. 22 harfdan iborat bo‘lgan bu yozuv Kushon (Baqtriya) yozuvi deb atalgan. Bu yozuvlar Kushon davlati zarb etgan tangalarda aks etgan.
Kushon saltanatining inqirozi Xuvishka podsholigi davri (32 yil hukm surgan)dan boshlandi. Bu jarayonda Sosoniylar davlatining tarix sahnasiga chiquvi asosiy omil bo‘ldi. Xususan, sosoniy hukmdorlardan Shopur I ning (milodiy 242 - 243 yillardagi yurishlari) va Shopur II ning (309 - 379) kushonlarga bergan zarbalari hal qiluvchi o‘rin tutdi. Milodiy III asrning 1 - yarmi yoki o‘rtalarida Kushon podsholigi barham topgan.

Download 10,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish