Ўзбекистон Республикаси Президенти



Download 10,22 Mb.
bet100/134
Sana12.07.2022
Hajmi10,22 Mb.
#783799
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   134
Bog'liq
ozbekiston tarixi

(1394.22.3- 1449.27.10). mansabini sobik hokim amir Sulton Isoning ukasi amir Sulton Solihga in'om etadi va o‘zi orqaga qaytadi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqqa bobosi Amir Temurning taklifi bilan Muhammad Tarag’ay deb ism qo’yadilar. Bu nom Temurning otasi xurmatiga nisbat qilib byerilgan edi. Ammo tarixda u ko‘proq Muhammad Tarag‘ay nomi bilan emas, balki Ulug’bek nomi bilan mashhurdir. Manbalarda bu haqda hech qanday izoh berilmagan bo’lsada, sababai tushunarlidir. Chunki, Sharq xalqlari an'analariga ko’ra bobosi yoki buvisining nomi berilgan farzandni boboning yoki buvining hurmati evaziga ularga berilgan nom bilan chaqirmasdan, “Otabek”, —Ulug’bek”, “Onajon”, “Onam” deb erkalab chaqiradilar. Shu ma'noda Muhammad tarag’ayni beklarning ulug’iga qiyoslab Ulug’bek ataganlariga ajablanishga asosyo’q. Ulug’bekning tarbiyasi bilan Temurning xotini Saroymulkxonim (Bibixonim) shug’ullanadi. Davlatshoh Samarqandiy Ulug’bekning yoshlik chog’idanoq nihoyatda o’tkir zehnli bo’lganligini ta'kidlaydi va bir ibratli hikoya keltiradi. Ulug’bek endi besh yoshga kirganida bobosi Amir Temur 1398 yilda saroy qissaxonaning jiyani Shayx Orif Ozariyni unga murabbiylikka tayinlaydi. U Ulug’bekka 4 yil saboq beradi. Ulug’bek ustozini g’oyatda qadrlar va hurmatlar edi. Ustoz va shogird 46 yildan so’ng uchrashganlar. 1947 yilda Shayx Orif Ozariy darvesh kiyimida Isfaroyn shahrida Ulug’beka ro’baro keladi. U bir qarashidayoq o’z ustozini taniydi va uning bilan samimiy suhbatlashadi.
Yosh Ulug’bek Temurni Armaniston va Kavkazortiga qilgan yurishlarida, 1398-1399 yillardagi Hindiston yurishida Saroymulkxonim bilan birga Qobulgacha kuzatib boradi. Temurning 1399-1404 yillardagi G’arbga yurishida ham saroy ahli bilan birga bo’ladi. Ulug’bekning onasi, Shohruh Mirzoning yosh xotini Gavharshodbekgim ham qaynotasi Amir Temurning O’rdugohida bo’lgan.
Abdurazzoq Samarqandiyning ma'lumotlariga qaraganda, Ulug’bekning amakivachchasi Iskandar Mirzo (Umarshayxning o’g’li) 1413 yilda Ulug’bekka qarshi isyon ko’taradi. Bu qo’zgolonni bostirish uchun Shohruh Mirzoning shaxsan o’zi qo’shin bilan boradi. Chunki Movarounnahrning o’zida ham vaziyat tinch emas edi. Fag’rona hokimi Umarshayx Mirzoning yana bir o’g’li Ahmad Mirzo Ulug’bekka itoatsizlik bildirgan edi. Ulug’bek kengash bahonasida Ahmad Mirzoni Samarqandga chaqiradi. Biroq u Samarqandga kelmaydi. Shundan so’ng Ulug’bek Mirzo Axmad Mirzo bilan muzokara yuritish maqsadida Boyazid parvonachini Andijonga yuboradi. Muzokaradan natija chiqmaydi. Ulug’bek Farg’ona vodiysiga qo’shin tortib boradi. Ahmad Mirzo tog’larga qochib ketadi, u yyerdan Qashg’arga o’tadi, Ulug’bek Andijon va Axsini jang bilan egallaydi. 1416 yilda esa Qashg’ar ham Ulug’bekka taslim bo’ladi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, bu voqealardan xabardor bo’lgan Shohruh Mirzo 1415 yil 25 mayda Ahmad Mirzoga quyidagi mazmunda maktub yo’llaydi: «Eshitishimizga qaraganda, Ahmad Mirzo bilan farzandimiz Ulug’bek orasida fisqu fasodchilarning nomo’tabar so’zlariga e'tiboran shaharlar va fuqarolarning tashvishlarini orttiruvchi kechmish yuz beribdi. Bu xabarni biz Iroq mamlakatida ekanligimizda eshitdik, ammo masofa yiroqligi tufayli uning tadorikini qurishga kirisha olmadik. Dorussaltanat Hirotga qaytib kelgandan keyin esa eshitdikki, u farzand Mo’g’uliston tomon ketayotgan emish. Bu hol biz uchun bag’oyat maslaxatdan yiroq va ajib tuyuldi. Chunki birodarlar va farzandlarga nisbatan bizning «beshikdan tobutgacha» g‘amxo‘r ekanligimiz unga ma'lumdir. Ota-bolalik binosi qo‘zg‘olmay turuvchi tog‘lardek sobit bo‘lmog‘i uchun u farzand bizning huzurimizga homiylik panoxini so‘rab kelishiga ishonchimiz komil va e'tiqodimiz kuchlidir. Bu so‘zlar to‘g‘ishganlik vazifalarini ado etish, musulmolik ham musulmonlarga g‘amxo‘rlik qilish yuzasidan aytildi. Takallufu maqtanchoqlik, makr-hiylaga yo‘yib kek saqlash bizlar uchun uyatdir. Extimolki, mulozimlikda yurgan bir gurux kishilar mazkur noo‘rin harakatlar hoh ixtiyoriy, xoh majburiy tarzda ular tomonidan sodir bo‘lganligi tufayli, vahimaga tushib, u farzandning bizning huzuridamizga kelishiga mone'lik qilarlar. Ahmad Mirzo ularning barchasini ishontirsinki, biz hammalarining jarimalarini afv qildik. Haq ustiga xaqdirki, ularning hammasiga rahm-shafqat panohidan boshpana bergumizdir», Ahmad Mirzo 1416 yilda Hirotga keladi. Uni nazoratda saqlaydilar. Ma'lum vaqt o‘tgach, u Ka'batulloh ziyoratiga jo‘natiladi. 1425 yilda u ziyoratdan qaytib kelmasdan vafot etadi.
Ulug‘bek Mirzo lashkarboshi sifatida tarixda nom qoldirishga intilmagan. Uning harbiy yurishlari asosan mudofaa haraktyerida bo‘lib, yaqinlashib kelayotgan xavf-xatarni bartaraf qilish va uning oldini olishga qaratilgan edi.
Oltin O‘rdada ko‘chmanchi o‘zbek qabilalarining bir necha shahzodalari o'zaro hokimiyat talashib urushlar olib borar edilar. Ulug’bek Mirzo o’zining shimoliy chegaralari xavfsizligi manfaatlarini o‘ylab, o‘zbek shaxzodalarining bu harakatlaridan foydalanishga qaror qiladi va 1419 yilda Toshkent sari yuradi. U bir vaqtlar bobosi Amir Temur bilan urushgan Oltin O‘rda xoni O‘rusxonning nabi- rasi bo‘lmish Baroqhonni qo‘llaydi. 1422 yilda Baroqxon Ulug‘bekning qo‘llashi natijasida o‘zbek hukmdori Muhammadxon ustidan g‘alaba qozonib, Oltin O‘rda taxtini egallaydi. Ulug‘bek o‘zining gumashtasi bo‘lmish Baroqning bu muvaffaqiyatidan mamnun edi. Bu, uning fikricha, mamlakatning shimoliy chegaralari xavfsizligini ta'minlardi. Ulug‘bek endi asosiy e'tiborini Jeta (yoki Mo‘g‘uliston)ga qaratadi. Bu o‘lka Temur vasiyatiga ko‘ra Ulug‘bek Mirzo mulki xisoblanar edi. Ammo Jeta hukmdorlari tez-tez Ulug‘bekka qarshi bo‘lgan kuchlar bilan yaqinlashib, sharqiy hududlarda davlat xavfsizligiga qarshi faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lar edilar. Buning ustiga 1416—1420 yillarda bu yyerda ham hokimiyat talashib tartibsizliklar yuz beradi. Bundan foydalangan Ulug‘bek Jeta o‘lkasiga o‘z odami Shyermuhammadni hukmdorlikka ko‘taradi. Biroq u ko‘rnamaklik qilib, Ulug‘bekka itoat qilishdan bosh tortadi. Mirzo Ulug‘bek 1425 yilda ko‘rnamak isyonkor gumashtasi ustiga qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi. Shohruh Mirzo bu yurishni to‘xtatish maqsadida ikki marta Ulug‘bek Mirzoga elchilar yuboradi. Ulug‘bek elchilarga javobida: «Yurish hakidagi farmon allaqachon ovoza bo‘lgani, agar endilikda yurish to‘xtatilsa dushman bizni kuchsiz ekan deb gumon qilishi mumkin», degan mulohazada safarni davom ettiradi. Ulug‘bek bu yurishda Issiqko‘l istehkomini egallab Jahonshoh qo‘shinini ta'qib qiladi. Ikki o‘rtada Ketmontepa butazorida bo‘lgan jangda sarkarda amir Arslonxo’ja katta jasorat ko’rsatadi va unda Ulug’bek g’alaba qozonadi. Katta o’lja va boyliklar bilan Ulug’bek Mirzo Qashqadaryo orqali Samarqandga qaytadi. Ulug’bek o’zining 2000 chapdast botir askarlari bilan Qarshi istehkomidagi nefrit (yashm) toshini Samarqandga olib keladi. Bu tosh bir vaqtlar Xitoydan Qarshiga keltirilgan bo’lib, uning bir bo’lagi Amir Temur davrida Qarshidan Samarqandga keltirilgan edi. Uch bo’lakka bo’linib keltirilgan ushbu nefrit toshi sohibqironning maqbarasiga qo’yiladi. Ulug’bek Mirzoning raqiblari ustidan qozongan g’alabasi 1425 yil yozda Samarqandda va kuzda Hirotda tantanali suratda nishonlanadi. Noyabr oyining o’rtalarida Ulug’bek Hirotdan Samarqandga qaytadi. Ammo g’alaba nashidasi uzokka cho’zilmaydi. 1426 yilda Baroqxon Ulug’bekning gumashtasi bo’laturib, Sirdaryoning quyi va o’rta oqimidagi yyerlarga xujum qiladi va Sig’noq shahrini egallaydi. Sig’noq Jo’chi ulusiga qarashli yyerlar edi. 1377 yilda bu yyerda Baroqxonning bobosi O’rusxonning harbiy o’rdugohi joylashgan edi. O’rusxon davrida shaharda bir necha Madrasa, xonaqon m'asjid va boshqa madaniy-maishiy qurilishlar barpo etilgan. Keyinchalik Sig’noq Amir Temur yyerlariga qo’shilib ketgan edi. Baroqxon bu yyerni Ulug’bek Mirzodan so’roqsiz egallab olib, men «shariatga muvofiq» o’z bobom merosiga egalik qildim»,— deb Ulug’bekka elchi yuboradi. Ulug’bek Mirzo tomonidan Sig’noqqa hokim etib qo’yilgan amir Arslonxo’ja Baroqxondan shikoyat qilib keladi. Bu voqeadan g’azablangan Ulug’bek Mirzo Baroqhon ustiga lashkar tortadi. Ushbu xabarni eshitgan Shohruh Mirzo Ulug’bekka bu yurishni man etadi. Biroq Ulug’bek harbiy yurishni boshlab yuborgan edi. Natijada Shohruh Mirzo kichik o’g’li Muhammad Jo’ki Mirzo boshchiligida 1427 yil fevral oyida Ulug’bekka yordam uchun bir bo’lak lashkar yuboradi. U 25 fevralda Sig’noq yo’lida Ulug’bek kuchlari bilan qo’shiladi. Ana shundan so’ng har ikkala shahzoda o’z harbiy kuchlariga ortiqcha baho berib, taltayib ketadilar va siyosiy hushyorlikni qo’ldan beradilar. Binobarin, ular Baroq o’g’lonni nazar-pisand qilmay unga qarshi tashlanadilar. Baroqxon esa dushman askarining son jixatdan ko’p bo’lganligini xisobga olib, extiyotlik choralarini ko’radi va ayyorlik bilan Sig’noq yaqinidagi baland-pastlikda qo’qqisdan xujumga o’tadi. Natijada u aka-ukalarning birlashgan kuchlarini to’zitib yuboradi. Ulug’bek va Jo’ki Mirzolar zo’rg’a o’z jonlarini saqlab qoladilar. Samarqand beklari mag’lubiyatga uchragan Ulug’bekka shahar darvozasini ko’ngilsizlik bilan ochadilar. Baroqxon o’zbeklari bu g’alabadan ruhlanib, Movarounnahr va Turkiston shahar hamda qishloqlarini talab, Samarqandga yaqinlashadilar. Bemor Jo’ki Samarqandda qoladi. Unga tegishli bo’lgan Qandahor va Hirot qo’shinlarini Ulug’bek Mirzo o’z qo’shinlariga qo’shib Sirdaryoni kechib o’tadi. U Shohruhiya orqali Toshkentga yetib kelganda Baroqhonning orqaga qaytganligi haqida xabar eshitadi.
Ulug’bek Mirzoning bu mag’lubiyati Movarounnahr aholisini og’ir tashvishga solib qo’yadi va uning obro’siga ham butunlay putur yetkazadi. Bu haqda Bartold: «1427 yildagi tahqirlanish Ulug’bekning butun keyingi podsholigiga putur yetkazdi», degan edi. Chunki bu mag’lubiyat oqibatida Ulug’bekning bobosi Amir Temurning 1389, 1391 va 1395 yillarda Oltin O’rda va To’xtamish o’zbeklari ustidan erishgan buyuk g’alabalariga barham berilgan edi.
Aslida ana shu mag’lubiyatdan so’ng Oltin O’rda o’zbeklarining, xususan
o’zbek ulusining kuchayishi boshlanadi.
Sodir bo’lgan voqealardan batamom voqif bo’lgan Shohruh Mirzo 1427 yil 28 mayda Hirotdan chiqib Samarqandga keladi. Otasining yo’lga chiqqanligini eshitgan Ulug’bek askarlarini Toshkеntda qoldirib, o’zi padari buzrukvorini kutib olish uchun Tyermizga kеladi. Samarqandga kеlgandan so’ng Shohruh Mirzo bo’lib o’tgan urushdagi mag’lubiyat sabablarini puxta o’rganadi va bir necha amirlarni darra jazosiga hukm qiladi. U Ulug’bekni ham qattik so’roq qilib jazolaydi va bir necha kun e'tiborsiz qoldiradi. Nihoyat ko’p ta'nalardan so’ng Movarounnahr taxtini yana Ulug’bekka qoldirib, o’zi Hirotga qaytadi.
Ana shu davrdan boshlab Ulug’bek Mirzo o’z umrini ilm-fanga bag’ishlaydi, harbiy yurishlarda ishtirok etmaydi. Ammo u XV asrning 30 — 40- yillarida otasi Shohruh Mirzo bilan Dashti Qipchoqning sharqiy qismida istiqomat qiluvchi ko’chmanchi o’zbek qabilalari xoni Abulxayrxon (1412 — 1468) ga qarshi muttasil janglar olib borishga majbur bo’ladi. Ko’chmanchilar ayniqsa, qish fasllarida Movarounnahr hududlariga tez-tez bostirib kirar, shahar va qishloqlarni talab, axolini talar edilar. Jumladan, Abulxayrxon 1431 va 1435 yillarda Xorazmgacha bostirib keladi, uning g’arbiy qismini Urganj bilan birga egallab oladi. Abulxayrxonga qarshi kurash Shohruh Mirzo bilan Ulug’bek Mirzoga oson bo’lgani yo’q. Shunday qilib, Ulug’bek Mirzo ichki va tashki siyosatda ayrim xollardagina mustaqil harakat qilgan bo’lsa-da, asosan otasi Shohruh Mirzoga vassal edi va uning roziligisiz o’zi mustaqil bir ish qila olmasdi.
Shohruh 1447 yil 12 martda nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray shahrida vafot etadi. Shu daqiqadan e'tiboran temuriy shaxzodalar o’rtasida toju taxt uchun kurash yangi kuch bilan avj olib ketadi. Ayniqsa, Shohruh Mirzoning xotini Gavharshoh begimning davlat ishlariga hadeb aralashavyerishi tugunlar chigalini yana ham chalkashtirib yuboradi. Shohruh Mirzo vafotidan so’ng odatga ko’ra uning katta o’g’li Ulug’bek Mirzo valiahd sifatida ota taxtini egallashi kerak edi. Ammo Gavxarshod begim Shohruhning uchinchi o’g’li Boysung’ur Mirzoning o’g’li va sevikli nabirasi Alouddavlarning valiahd bo’lishiga tarafdorlik qiladi. Natijada Boysung’ur Mirzoning o’g’illari Alouddavla va Abulqosim Bobur Mirzoga qarshi harakat boshlaydilar. Xuroson bilan Hirotni Alouddavla, Mozandaron va Jurjonni Abulqosim Bobur egallaydi. G’arbiy Eron bilan Forsni Boysung’urning yana bir o’g’li Sulton Muhammad qo’lga kiritadi. Shohruhning o’zi xayotlik chog’ida hech kimga aytmagan bo’lsa-da, biroq o’g’li Muhammad Jo’kini o’z o’rniga valiavd hisoblardi. Ammo u 1444 yilda to’satdan vafot etadi. Jo’kining o’g’li Abu Bakr Mirzo o’z og’asi Muhammad Qosimga qarshi bosh ko’taradi va undan Balh Shibirgo’n; Qunduz va Bag’lon viloyatlarini tortib oladi. Ana shunday boshboshdoqlik va o’zboshimchaliklar avj olib ketgan bir sharoitda Ulug’bek qo’shin tortib chiqishga va temuriy shahzodalar bilan muzokaralar boshlashga majbur bo’ladi.
Ulug’bekning qo’shin bilan Samarqanddan chiqishiga yana boshqa eng muhim sabab ham bor edi. Shohruh Mirzo o’z nabirasi Sulton Muhammad isyonini bostirishga kelib, Ray shahrida vafot etgan paytda Gavharshod begim Ulug’- bekning o’g’li Abdullatif bilan birga bo’ladi. Alouddavla esa Hirotda qoldirilgan edi. Gavharshod begimning maslaxati bilan Abdullatif Shohruh qo’shiniga boshchilik qiladi. Ayni paytda Gavharshod begim bo’lgan voqea xususida Alouddavlaga maxfiy xabar yuboradi. Abdullatif Shohruh lashkarining amiri bo‘lgandan so‘ng unga boysunmagan va isyon ko‘targan o‘zining lashkarboshilari va qarindoshlari bo‘lmish Boysung‘urning o‘g‘li Abulqosim Bobur va Muhammad Jaxongirning o‘g‘li Xalil Sultonga qarshi keskin choralar ko‘radi. Abdullatif bu isyonda Gavharshod begimning qo‘li borligidan shubxalanadi va uni hibsga oladi. O‘zi esa lashkar bilan sharqqa tomon yurib Nishopurga keladi. Gavharshod begim tomonidan ogoh etilgan Alouddavla Shohruhning xazinasini askarlarga bo‘lib beradi va Nishopurga yetib keladi. Bu yyerda u kutilmaganda, qo‘qqisdan 1447 yil aprelda Abdullatif qo‘shinlariga hujum qiladi va uni tor-mor qilib, Abdullatifni qo‘lga oladi. Alouddavla Abdullatifni Hirotdagi Ixtiyoriddin qal‘asiga zindonga tashlab, o‘zi Ulug‘bek Mirzoga qarshi Balx sari lashkar tortadi.
Bu paytda Ulug‘bek Mirzo Amudaryodan o‘tib, Balxni ishg‘ol qolgan edi. U Balx va uning atrofidagi yyerlar hokimi Jo‘kining o‘g‘li Abu Bakrni xibsga oladi va Samarqandga jo‘natadi. U shu yyerda Ulug‘bekning buyrug‘i bilan qatl etiladi. Ulug‘bek o‘g‘li Abdullatifning qurbon bo‘lishini istamay, Alouddavla bilan sulx bitimi tuzishga majbur bo‘ladi. Bu bitimga ko‘ra Abdullatif zindondan ozod qilindi va Ulug‘bek uni Balx va Amudaryo ikki sohilidagi yyerlarning hokimi etib tayinlaydi. Buning evaziga Ulug‘bek Hirot va Xurosonga bo‘lgan da'vosidan voz kechadi. Ikki o‘rtadagi chegara Murg‘ob daryosi vodiysi bo‘ylab o‘tgadigan bo‘ladi. Alouddavla Abulqosim Bobur bilan ham bitim tuzadi. Bitimga ko‘ra ularning mulklari o‘rtasidagi chegara Xurosonning shimolidagi Kuchan shaxri deb belgilanadi. Ana shu tariqa Amir Temur tomonidan ne-ne mashakkatlar bilan barpo etilgan buyuk saltanat bir necha bo‘laklarga bo‘linib ketadi.
Xondamirning yozishicha, Abdullatif 1449 yilning bahorida o‘z mulkida unga qarshi qo‘zgolon ko‘targan Mironshoh ismli bir temuriy isyonini bostiradi, shahzoda qatl etiladi. Qatl etilgan shahzodaning cho‘ntagidan bir maktub topiladi. Maktub Ulug‘bek Mirzo qo‘li bilan yozilgan bo‘lib, unda go‘yo shahzodani Abdullatifga qarshi isyon qilishga da'vat etilgan edi. Bu voqeadan so‘ng Abdullatif o‘z otasiga nisbatan ishonchini batamom yo‘qatadi va battol dushmanga aylanadi. U hatto Abulqosim Bobur Mirzo bilan ham otasiga qarshi harbiy ittifoq tuzadi va 1449 yilning bahorida Abdullatif Ulug‘bekka qarshi ochiq jang harakatlarini boshlab yuboradi. Ulug‘bek Mirzo isyonkor o‘g‘li Abdullatifga qarshi lashkar tortishga majbur bo‘ladi. U Samarqandni kichik o‘g‘li Abdulaziz Mirzoga topshirib, jiyani va kuyovi Abdullo Mirzo (marxum Ibrohim Mirzoning o‘g‘li) ni o‘zi bilan birga olib Amudaryo sohillarida turgan Abdullatif qo‘shinlariga ro‘baro‘ keladi. Davlatshoh Samarqandiy ma'lumotlariga qaraganda, ota-bola qo‘shinlari uch oy mobaynida bir-birlariga qarama-qarshi turganlar. Har ikkala tomondan kichik-kichik guruxlar daryodan o‘tib, to‘qnashib jang harakatlar olib borganlar. Bu janglarda Abdullatif lashkarlaripimg qo‘li sezilarli darajada ustun mavqega ega bo‘lgan. Hatto ular Abdulla Mirzoni asirga ham olganlar. Ayni zamonda Mirzo Ulug‘bek lashkarlari orasida isyon xavfi paydo bo‘ladi. Buning asosiy sababchisi Sao'arkandda hokim qilib qoldirilgan Ulug’bekning kenja erkatoyi Abdulaziz edi. U Samarqand taxtini egallagach, beibolarcha axloqiy buzuq ishlarni amalga oshirishga kirishadi. Abdulaziz otasi Ulug’bek bilan birga jangga ketgan Samarqand shahrining kazo-kazo bek va amirlarining go’zal qizlari, kanizak- juvonlarini majburan saroyga oldirib, aysh-ishrat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Albatta, bu hol bek va amirlarning Ulug‘bek Mirzodan noroziligining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bu narsa Ulug‘bekning keyingi faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmay qolmaydi, albatta. Ulug^R Mirzo darhol Ьек va amirlar bilan o'zaro muloqotda bo‘lib, tang vaziyatni tinchitishga harakat qiladi va o‘g‘li Abdulazizni pand-nasihat bilan to‘g‘ri yo‘lga soladi.
Shunday og‘ir bir vaziyatda turkmanlarning arg‘un qabilasi 25 yoshli Abu Sayyid Mirzoni o‘zlariga bosh qilib ko‘taradilar va Samarqandni qamal qiladilar. Abdurazzoq Samarqandiy bergan ma'lumotlarga qaraganda, bu qabila vakillari Mirzo Ulug‘bek bilan birga harbiy yurishda bo‘lgan. Ular Amudaryo soxiliga kelgach, Ulug‘bek lashkarlaridan ajralib chiqib, Samarqand sari yuradi. Bu vo- qeadan xabar toptan Ulug‘bek Samarqandga qaytishdan boshqa yo‘l topa olmaydi. U Samarqand tomon yurib Abu Sayyid Mirzoni bartaraf etadi va shaharda osoyishtalik o‘rnatadi. Ulug‘bek Samarqand hokimligiga qovchin urug‘idan bo‘lgan Mironshohni ko‘tarib, o‘zi Abdulazizni yoniga olib yana Abdullatifga qarshi qo‘shin tortib ketadi. Ammo bu paytda Abdullatif Amudaryodan o‘tib Tyermiz, Huzor (G‘uzor) va Keshni egallab, Samarqand sari kelayotgan edi. Nihoyat 1449 yil oktyabr oyida Samarqandga yaqin Damashq qishlog‘i yonida ota- bola o‘rtasida qattiq jang bo‘ladi. Bu jangda Ulug‘bek Mirzo qo‘shinlari yengi- ladi. Chorasiz qolgan Ulug‘bek Samarqandga chekinadi. Biroq Samarqand hokimi Mironshoh qovchin uni Samarqandga kiritmaydi. Ulug‘bek noiloj Shohruhiyaga keladi. Lekin Shohruhiya hokimi Ibrohim ibn Po‘lod Ulug‘bek Mirzodan yuz o‘giradi. U hatto Ulug‘bekni Abdullatifga tutib byerish choralarini ham ko‘radi. Mana shunday og‘ir bir vaziyatda Ulug‘bek Mirzo «egilgan boshni qilich kesmas» qabilida ish tutadi. U o‘z xohishicha hokimiyatni Abdullatif Mirzoga topshirib, umrining qolgan qismini ilm-ma'rifatga bag‘ishlamoqchi bo‘ladi. Ulug‘bek ana shu ezgu niyatlar bilan o‘g‘li Abdullatifning huzuridaga bosh egib boradi. Biroq Abdullatif Mirzo otasi Ulug‘bekni Ka'batulloh ziyoratiga jo‘natish xususida farmon beradi.
Ulug‘bek Mirzoning fojiali o‘limi tafsiloti haqida tarixchi Mirxond batafsil ma'lumot bergan: «Ka'batulloni bir necha marta ziyorat qilgan Hoji Muhammad Xusravning raxnamoligida Ulug‘bek Mirzo kechqurun Samarqanddan otliq yo‘lga chiqqan. Uning vaqti choq turli mavzularda so‘zlashib borardi. Ko‘p o‘tmay, orqadan bir chopar yetib kelib (sulduz urug‘idan) sobiq hukmdorni Ka'batulloga kuzatish marosimini shohona tarzda o‘tkazish lozimligi va bunga tayyorgarlik tugallangunga qadar ko‘shni qishloqda dam olishlari haqida farmoni oliyni eshitti- radi. Mazkur farmondan dovdirab qolgan Ulug‘bek Mirzo qo‘shni qishloqdagi uylardan biriga kirib tunashga majbur bo‘ladi. Havo ancha sovuq edi. Ulug‘bek Mirzo olov yoqib, go‘sht pishirishga amr qiladi. Olov yoqiladi, gulxan yonida chordana qurib, isinib o‘tirgan Ulug‘bek Mirzoning tizzasiga uchqun sachrab, chakmonini quydiradi. Shunda u olovga qarab: «Sen ham bilding»,— deydi-yu, uning kayfiyati buziladi, hoji esa Ulug‘bekka tasalli byerishga behuda urinadi. Shu asnoda uy eshigi ochilib, xonaga Abbos ismli shaxs o‘z navkari bilan kirib keladi. Ulug’bek Mirzo Abbosni ko’rgan hamono o’rnidan turib, unga tashlanadi va ko’ksiga musht tushiradi. Navkar Ulug’bekni ushlab, uning yelkasidan «oltoy po’stin»ni yechib oladi. Abbos arg’amchi keltirish uchun tashqariga chiqadi. Ulug’bek Mirzo o’limi oldidan so’nggi tahoratni qilib olishi uchun Hoji darhol eshikni ichidan zanjirlab oladi. So‘ngra Abbos kirib, sobiq hukmdorning qo‘llarini bog‘lab, tashqariga olib chiqadi. Ariq bo‘yiga cho‘kkalatib, fonus yorug‘ida qilichning bir zarbi bilan boshini tanasidan judo qiladi». Bu fojiali halokat hijriy 853 yil 8 ramazon (1449 yil 27 oktyabr) da sodir bo‘ladi. Shunday qilib, Samarqand qozisi Miskinning qarshiligiga qaramay ulug‘ olim, davlat arbobi va ma'rifatparvar inson Ulug’bek Mirzo 56 yoshida fojiali suratda shahid bo’ladi.
Samarqand taxtini egallagan Abdullatif mamlakatda zulm-adovatni avjiga mindiradi. U ota qotili padarkush sifatida tarixda nom qoldiradi. Ulug’bekning shahid bo’lgan qonlari hali sovimasdan turib, bir necha kundan so’ng Abdullatif taxt vorislaridan qutilish niyatida o‘z ukasi Abdulaziz Mirzoni ham o‘ldirtiradi. Movarounnahrdagi har qanday itoatsizlik va isyonni shafkatsizlik bilan bostiradi. Abdurazzoq Samarqandiy iboralari bilan aytganda, unda «kattaga hurmat, kichikka shafqat» degan tushunchaning o’zi yo’q edi. Uning siyosatidan norozi bo’lgan kishilar hatto ovoz ham chiqara olmasdilar. Movarounnahrdagi nisbatan osoyishtalik Abdullatif tomonidan amalga oshirilgan g’oyatda qattiqqo’llik siyosati tufayli edi. Ammo bu osoyishtalik tagida Abdullatifga nisbatan zimdan norozilik va xalq nafrati kuchayib borardi. Darvoqe, unga qarshi suiqasd uyushtirilmoqda edi. Bu suiqasdga Ulug’bek Mirzo va Abdulaziz Mirzoga sodiq kishilar boshchilik qiladilar.
Amir Temur ning qarashlari va davlat boshqaruv usullari davri uchun kanchalik muhim bo'lgan bo'lsa, Hozirgi kunda ham ahamiyatini yo'k. Otgani yo'q va mustaqil O’zbekistonni mustahkamlashda undagi fikr, xulosa, nasixatlardan foydalanilmOqda. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov bejiz ta‘kidlamaganidek: "Amir Temur to'zuklarini o'qisam xuddi bugungi zamonning katta katta muamolariga javob topgandek bo'la man". Temurning jahongirlik qoidasi xaqiqatni sixat-salomatlik, xaqiqatni-tartib, haqiqiy adolat deb tushunilgan. Asosiy shiori esa "rusto-rosti", ya‘ni ma‘nosi "kuch adolatda". Ibn Arabshoh asarida quyidagicha yozadi: "Temur tamg’asining naqshi "rusto- rosti" bo'lib, haqgo'y bo'lsang najot topasan demakdir". temur uchun adolat masalasida oddiy fuqaro ham, amaldor ham teng edi. Bu borada, yana bir e‘tiborli tomoni shu edi, Temurning vazifalaridan ikkitasiga o'ta ma‘suliyatli, har qanday sharoitda ham sohibqironni o'zini ko'zatish, uni doim to'g’rilikka davat etish vazifasi yuklatilgan edi. Temurning farzandlariga qilgan vasiyatida: " Millatning dardlariga darmon bo'lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko'ring, yo'k sillarni (boylar) zulmiga tashlamang. Adolat va yaxshilik qilmoq dasto'ingiz, rahbaringiz bo'lsin". Amir Temur faoliyati va uning to'zuklari insoniyat tarixida tengi yo'q. Markazlashgan davlatchilikka, qonunchilikka asos solish bilan dunyoning ko'pmamlakatlarida o'rganilib, Hozirgi kunda ham mumxim ahamiyatga ega. Darxaqiqatni, Vatanni sevish, kadrlash, unga sidqidildan xizmat qilish, uning jahon mikesiga chiqarish uchun harkat ,ozodlik, tenglik, xurfikrlik, insonparvarlik, haqiqiy milliy iftixor, mehnat sevarlik, axloqiy pOqlik, mehr-oqibat, haqguylik, saxovat, birodarlik, ilm-fanni qadrlash kabi fazilatlarni qozonish va ularni takomillashtirish uchun muhimmanbalardan biri. Milliy mustaqil ikka erishganimizdan keyin Amir Temurning hayoti va faoliyatiga munosib baho berish, izzatini o'rniga quyish, atroflicha o'rganish uchun keng yo'l ochildi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov o'zi tashabbuskor bo'ldi Amir Temur faoliyati va uning To'zuklari bugungi O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi, qudratli davlatni barpo etish, umuman davlatchilik asoslarini qayta tiklash, milliy istiqlol mafko'rasini shaklantirish, xalqimizning milliy guro'ini, ongini yuksaltirish, o'zligini anglash, kelgusi avlod ajdodlarimiz bilan faxrlanishga o'rgatishda o'lkan manba. 1996 yilni Amir Temur yili deb e‘lon qilindi va mamlakatimizda keng nishonlandi. Toshkent, Shahrisabz, Samarqand, shaharlarida unga haykallar o'rnatildi. Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi . YuNYeSKO qarori bilan Amir Temur yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida o'tkazildi. Bir qator mamlakatlarda Konrad Adenaur va Halqaro Amir Temur jamg‘armasi hamkorligida ilmiy anjumanlar bo'lib o'tdi. YuNYeSKO rahbarligida Parijda bu sanaga bag’ishlangan madaniyat xaltaligi bo'lib o'tdi. Nafaqat Vatanimizda, balki xorijiy mamlkatalrada ham Amir Temur faoliyatiga chuqur hurmat, izzat ikrom bilan qaralishi; Temuriylar davlati tarixini o'ganish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borilishi Sohibqiron g‘oyalarining hamon dolzarbligi va hayotiyligining erkin misolidir.
Tekshiruv savollari:
«Sarbador» lar harakati to'g‘risida nimalarni bilasiz?
Nima uchun A.Temur bilan Amir Husayn o'rtasida nizo kelib chiqdi? A.Temur markazlashgan davlat qurish uchun qanday ishlarni amalga oshirdi? A.Temur davlatning ichki va tashqi siyosati to'g‘risida so'zlabbering.Amir Temur faoliyatida ko'pjang qilgan.
A.Temurning mashhur harbiy yurishlaridan qaysilarni bilasiz?
A.Temur davlatida qanday soliq turlari mavjud edi?
A.Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan ma‘lumot beruvchi qimmatli manba nima?
«Temur to'zuklari» ning Hozirgi kunda davlatni boshqarishdagi ahamiyati to'g‘risida so'zlabbering.
O‘zbekiston istiqlolga erishganidan keyin A.Temurning shaxsiga bo'lgan munosabat tubdan o'zgaranligini tushuntirib bering.
YuNYeSKO tashabbusi bilan A.Temur tavalludining 660 yilligi qachon nishonlanadi?


  1. Download 10,22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish