Ўзбекистон Республикаси Президенти



Download 10,22 Mb.
bet89/134
Sana12.07.2022
Hajmi10,22 Mb.
#783799
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   134
Bog'liq
ozbekiston tarixi

Tayanch tushunchalar:
Tosh davri, yangi tosh davri, qadimgi sivilizatsiya, o‘rta paleolit, so‘nggi paleolit, ibtidoiy jamoa, urug‘chilik, matriarxat, patriatxat, Kaltaminor madaniyati, Selung’ur , Uch tut, Unarcha, Qoratog‘, ilk paleolit, muste madaniyati.
Insoniyat qadim - qadimdan o‘z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma'naviy madaniyatga, ya'ni ma'lum darajadagi sivilizatsiyaga ega bo‘lgan. Davrlar o‘tishi bilan insoniyat sivilizatsiyasi darajasi o‘sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish va ko‘paytirib borishi bilan bog‘liq kechgan.
"Sivilizatsiya" qanday ma‘noni bildiradi? Bu so‘z lotinchadan olingan bo‘lib, u hozirgi zamonda odamning komillikka, yetuklikka intilish mazmunida talqin etiladi, shuningdek u inson hayoti uchun qulayliklar yaratish jarayonini ifodalovchi tushuncha ham. Adabiyotda bu so‘z "tamaddun" deb xam ataladi va madaniy hayotga, taraqqiyotga erishuv jarayoni ma‘nosida ishlatiladi. Qomusiy kitoblarda sivilizatsiya - jamiyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklar, shuningdek ularni yanada ko‘paytirib va takomillashtirib borish usullarining majmui, deyiladi.
Sivilizatsiya haqida so‘z borganda, insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma'naviyat va ma'rifatga intilishi tufayli o‘zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari - ov va mehnat qurollari, kiyim - bosh, uy - joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma'naviy dunyosi, ijtimoiy - siyosiy, axloqiy - huquqiy munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan ma'lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, Antik Yunon - Rim sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, Xristian sivilizatsiyasi, hozirgi zamon sivilizatsiyasi kabi tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma'naviy qiyofasi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo‘ladi.
Har bir mintaqada sivilizatsiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq, o‘ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz - O‘zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo hududlarida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini tasdiqlaydi.
Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning turli davrlarda, ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishini sivilizatsiya tushunchasi o‘zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi insoniyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, jamiyatning rivojlanish darajasi, moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bilan izohlanadi.
Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo‘ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq dehqonchilikka o‘tib, unumdor xo‘jalikni rivojlantirgan bo‘lsalar, bu davrda shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va qisman ziroatchilikning ilk shakllari bilan shug‘ullanganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o‘zaro munosabatlar bilan izohlash mumkin. Bu o‘rinda O‘rta Osiyoning cho‘l va dasht hududlari hamda tog‘oldi va daryo vohalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko‘rish (Kopetdog‘, Hisor, Zarafshon tog‘oldi hududlari hamda Qizilqum, Qoraqum, Qashqadaryo va Zarafshon vohasining dasht hududlari) muhimdir. Sivilizatsiya qadimda yer kurrasining bir necha turli qit‘a va hududlarida mustaqil ravishda paydo bo‘lgan va shu sababdan uning o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud. Zamonlar o‘tib bu mahalliy sivilizatsiyalarning bir qator xususiyatlari boshqa hududdardagi taraqqiyot belgilari bilan qorishib, umuminsoniy sivilizatsiya vujudga kelgan.
Yaqin yillarga qadar O‘zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan 100 ming yillar ilgari o‘zlashtirilgan deb hisoblanib kelinar edi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda bu jarayonni asosan yevropa paleoliti bilan bog‘lab kelar edilar. Ammo so‘nggi yillarda O‘zbekiston arxeologlari tomonidan olib borilgan ko‘pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi.
1980 yil arxeolog O‘. Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur (So‘x tumani) g‘oridan paleolit davri makonini ochishga muvaffaq bo‘ldilar. So‘nggi tadqiqotlar natijalariga qaraganda Selung‘ur ilk paleolit davriga oid bo‘lib, 13 madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko‘plab ibtidoiy tosh qurollar topilgan. Bu qurollar ko‘p hollarda Olduvoy qurollariga o‘xshab ketadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Selung‘ur topilmalarining yoshi 1 mln. yildan ziyodroqdir. Selung‘ur topilmalari orasidan eng ahamiyatlisi qadimgi odam jag‘ suyaklari, tishlari va yelka suyaklaridir. Fanda «Farg‘ona odami» - «Fergantrop» deb nomlangan bu qazilma odam qoldiqlari eng qadimgi odam haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonning insoniyat paydo bo‘lib rivojlangan o‘choqlardan biri ekanligini uzil - kesil isbotlaydi. Bundan tashqari fanga 1963 yillardan beri ma'lum bo‘lgan Ko‘lbuloq makonidan (Shimoli - sharqiy O‘zbekiston, Toshkent vil.) ham ko‘p qatlamli yodgorlik ochilgan bo‘lib, uning eng pastki qatlamlari ilk paleolit (ashel) davriga, yuqori qatlamlari esa o‘rta va so‘ngi paleolit davrlariga oiddir. Shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan ham ilk paleolit qatlamlari ochilgan hamda bu yerdan 100 dan ziyod chopper, nukleus, qirg‘ich va tarashlag‘ich tosh qurollar topilgan.
Dastlabki sivilizatsiya ma‘lum darajada til va yozuvlar bilan ham bog‘liq. Yozuv madaniyatining eng qadimgi o‘choqlari Misr, Mesopotamiya, Old Osiyodir. Markaziy Osiyoda xam yozuv mil.av. paydo bo‘lgan. Yozuv yaratish xarakatlarining dastlabki qadamlarini xalqimizdagi qoyatoshlarga ishlangan ajoyib suratlarda ko‘ramiz. Bundan 2,5 ming yil avval yurtimiz xalqlari ilk bor chizma belgilarda nutq tovushini ifodalovchi (fonetik) yozuv tajribasini yarata boshlagan. Bu harakat axmoniylar davrida ma‘lum bir yozuvga aylangan. Mutaxassis olimlar mil. av. V-III asrlarda oramiy yozuvlari tajribasi asosida So‘g‘d, Xorazm, Baxtar, Parfiya kabi o‘lkalarda mahalliy tillarni ifodalashga mo‘ljallangan yangi yozuvlar yaratildi, deb ta‘kidlaydilar. Bular fonetik ifoda jihatdan oramiydan farq qiluvchi mustaqil yozuv tizimlari bo‘lgan. Mil. av. IV—III asrlarda, shuningdek, Yunon imlosi ham ishlatilgan. Ajdodlarimiz turkiy-run (Urxun-Enasoy), uyg‘ur, so‘g‘d yozuvlarini qo‘llaganlar.
Demak, mintaqamizda qadim paytlarda turli yozuvlar paydo bo‘lib, ular takomillasha borgan, mahalliy tillar va lahjalar xususiyatlarini aks ettirgan va shu tariqa Markaziy Osiyo madaniyatining rivojiga o‘z ulushini qo‘shgan. Respublikamiz hududida tillarning shakllanishi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Manbalarga asoslanib aytish mumkinki, bu yerlarda qadimgi mahalliy tillar - turkiy, so‘g‘diy bo‘lgan. O‘rta asrlarqa esa ular bilan birga forsiy, arab, chig‘atoy va eski o‘zbek tillari rivoj topa boshlagan.
Markaziy Osiyo hududidan topilgan va o‘rganilgan Selung‘ur (Farg‘ona), Uch tut (Buxoro), Unarcha (Kirgiziston), Koratog‘ (Tojikiston) kabi makonlar ilk
paleolit davriga oiddir. Markaziy Osiyoda o'rtapaleolit (muste madaniyati) davrining eng mashhur yodgorliklariga Teshiktosh, Obirahmat, Xo‘jakent,Kulbuloq,Qutirbuloq ,Uchtut kabi bir qator makonlar kiradi. Bu davrda mezlanish keng tarqala boshlagan, iqlim sharoiti ancha yomonlashgan. Bu hol odamlarni tabiat kuchlari bilan kurashishga majbur qilgan. Ular asta-sekin ovchilik xo‘jaligini takomillashtirib yirik xayvonlarni ovlashga o‘ta boshlaganlar, ut chiqarishning turli yo‘llarini ixtiro qildilar, turli sharoitda yashash uchun o‘zlariga boshpanalar (g‘orlar, kapa, chaylalar) izladilar va qurdilar. Bu davrda mehnat qurollarining yangi turlari: qirg‘ich, pichoq, qabilar paydo bo’ldi.
Insoniyat tarixi shajarasida bu davrning odami neandertal odami nomi bilan yuritiladi. Neandertal odamlar yashagan madaniyat makonlari Markaziy Osiyo hududining 50 dan ortiq joyida topilgan. Shular orasida 1938 yilda Boysun tog‘ning (Surxandaryo) Teshiktosh deb atalgan g‘oridan topilgan yodgorliklar alohida qimmatga egadir. G‘ordan tosh qurollar, gulxan izlari, qul qoldiqlari, xayvon suyaklari bilan bir qatorda 8-9 yashar bolaning bosh suyaklari , uning yonida bir necha juft tog‘ echkisi shohlari ham topilgan. Bundan shu narsa ma‘lum bo’ladiki, neandertal odamlarning asosiy mashg’uloti hayvon ovi bo'lgan.
Paleolit - ibtidoiy mehnat qurollari toshdan yasalganligi sababli eng qadimgi davrni tarixchilar paleolit (grekcha «palaios - palayos» - qadimgi, «lithos - litos» - tosh degan ma'noni bildiradi) - qadimgi tosh davri deb ataydilar. Paleolit davri o‘z navbatida uch bosqichdan - ilk paleolit, o‘rta paleolit va so‘nggi paleolitdan iborat.
Ilk paleolit - miloddan avvalgi 1 mln. - 100 ming yillar. Ilk paleolitning o‘ziga xos tomoni shundaki, bu davrda odamlar va ularning dastlabki mehnat qurollari vujudga keladi. Biroq tosh qurollardan boshqa mehnat qurollari bizgacha yetib kelmagan. Bu mehnat qurollari dastlab mehnat quroli topilgan makon - joy nomi bilan ashel qurollari deb nom olgan. Arxeologlar ilk paleolit davrida taxminan 700 - 300 ming yillar ilgari bo‘lib o‘tgan Shel (XIX asrning 60 - yillarida fransuz arxeologi G.Mortile tomonidan Fransiyaning Shel shahri yaqinidan topilgan arxeologik madaniyatning nomi) va taxminan 300 - 100 ming yillar ilgari bo‘lib o‘tgan Ashel (Fransiyaning Amen shahri yaqinidagi Sent - Asheldan topilgan madaniyatning nomi) davri bo‘lganligini ham ta'kidlaydilar.
Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi qiyofadagi aql - idrokli odamlardan ajralib turadilar. Ular asosan to‘da - to‘da bo‘lib, ya'ni ibtidoiy to‘da shaklida termachilik va ovchilik bilan tirikchilik o‘tkazganlar hamda tabiat oldida juda ojiz bo‘lib, unda mavjud bo‘lgan tayyor mahsulotlarni o‘zlashtirib yashaganlar. Ibtidoiy to‘da - turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir. Bu davrda odamlar o‘rtasida oilaviy aloqalar hali aniq tartibga tushmagan. Markaziy Osiyoda bu davrda yashagan ibtidoiy odamlar fanda sinantrop nomi bilan ataladi. Sinantroplar g‘or va ungurlar og‘zidan makon topib turli jonzodlarni ovlash, o‘simlik iddizlari va yovvoyi mevalarni terish bilan kun kechirganlar, olov hosil qilishni hali bilmaganlar. Ayni vaqtda toshdan qo‘l cho‘qmori - chopper kabi dag‘al tosh qurollar yasab, ulardan irg‘itgich, urgich, chopg‘ich, kavlagich va keskichlar sifatida foydalanganlar. Shu tufayli ularni «homo - habilis» - «bilag‘on odam» deyiladi.
O‘rta paleolit - qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimiz hududida o‘rta paleolit yoki muste davri, avvalo, odamlar qiyofasining o‘zgarishi, neandertallarning vujudga kelishi bilan farqlanadi. Ularning peshonasi va jag‘ tishlari bo‘rtib chiqmagan, miyasi kattaroq bo‘lgan, tik yuraolgan. Bu davrga oid dastlabki yodgorlik Boysun tog‘idagi Teshiktosh (Surxondaryo) g‘or makoni 1938 yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan edi. Surxon vohasidagi (Boysuntog‘) Teshiktosh g‘or - makon topilmalari nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo arxeologiya fanida mashhurdir. Bu g‘or makondan 3000 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Teshiktosh g‘or - makonining yuqori qatlamlaridan 9 yashar bolaning skelet suyaklari topilgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bu bola neandertal tipidagi qadimgi odam vakilidir. Bu bola dafn etilganda ibtidoiy dafn marosimlariga amal qilinib, jasad atrofiga tog‘ echkisi shoxlari qadab qo‘yilgan. Shuningdek, g‘or - makondan gulxan izlari va kul qoldiqlari topilib, gulxan o‘rni va atroflaridan tog‘ echkisi suyak qoldiqlari aniqlangan Teshiktosh odami O‘rta Osiyodagi neandertal qiyofadagi qadimgi odamlarning yagona vakili bo‘lib, bu hududlardan hozirgacha boshqa topilmagan.
O‘rta Osiyo hududlarida tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan qo‘plab izlanishlar natijasida o‘rta paleolit davriga doir ko‘plab makonlar aniqlandi. Jumladan, Omonqo‘ton (Taxtaqoracha dovoni, Samarqand), Qo‘tirbuloq va Zirabuloq (Zarafshon vodiysi), Qorabura (Vaxsh vohasi), Jarqo‘rg‘on (Shimoliy Tojikiston), Ko‘lbuloq va Obirahmat (Toshkent viloyati), Qizilnur (Qizilqum), Tossor (Qirg‘iziston), Og‘zikichik (Tojikiston), Xojkent (Toshkent viloyati), Qopchig‘ay (Qirg‘iziston) kabi ko‘plab makonlar o‘rta paleolit davriga oid bo‘lib, ularning jami 300 ga yaqinlashib qoladi.
O‘rta paleolit davri O‘rta Osiyo hududlarida tabiy iqlim o‘ziga xos bo‘lib, yozda ob - havo iliq va quruq, qishda esa sovuq va namgarchilik bo‘lgan. Bu davrning o‘rtalari va oxirlariga kelib shimoldan ulkan muzlikning siljib kelishi natijasida iqlim tamoman o‘zgaradi. Natijada qadimgi odamlar turmush tarzida katta o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Sovuq iqlim tufayli odamlar ko‘proq g‘orlarga joylasha boshlaydilar. Janubdagi kichik tuyoqli issiqsevar hayvonlar qirilib ketib shimol bug‘ulari, mamontlar, ulkan ayiqlar paydo bo‘ladi. Ulkan hayvonlarning paydo bo‘lishi esa o‘z navbatida jamoa bo‘lib ovchilik qilishning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Sovuq iqlim ta'sirida odamlarning issiqlik manbaiga bo‘lgan ehtiyoji ortib boradi. Dastlabki odamlar hayvonlar kabi osmonda sodir bo‘ladigan momoqoldiroq va chaqmoq zarbidan, vulqon otilganda paydo bo‘ladigan olov lavasidan, dahshatli yong‘indan qo‘rqar edi, keyinchalik undan foydalana boshlaydilar, olovni o‘chirmaslik uchun navbatchilik qilib, olovga shox - shabba tashlab turishgan.
O‘rta paleolit davri odamlari ishqalash orqali - sun'iy olov chiqarishni kashf etganlar, gulxanda pishirilgan mazali va to‘yimli go‘sht iste'mol qilishgan, yirtqich hayvonlarni olov bilan qo‘rqitishgan. Olovni bilib olish odamlar hayotida, ularning hayvonlar ustidan hukmronlik qilishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. G‘or va ungurlarni o‘zlashtirish, o‘choq yasab uning atrofida to‘planish va nihoyat jamoa bo‘lib ov qilish uslublari paydo bo‘ladi.
Qadimgi tosh asrining oxirgi bosqichi yuqori (so‘nggi) paleolit bo‘lib, bu davrda Markaziy Osiyo hududida iqlim quruq va mu‘tadil bo'lgan. Shuning uchun ibtidoiy odamlar g‘orlardan chiqib,engil turar joylar qura boshlaganlar.Natijada ular faqat tog‘li xududlarda yashab qolmay vohalar buylab tarqalib, tekisliklarda,daryo va ko‘llar sohillariga kelib joylasha boshlaydilar, so‘nggi paleolitning eng katta yutug‘i antropogenez jarayonining tugallanishi va hozirgi zamon odamlariga xos odamlarning ( kromanon ) paydo bo‘lishidir.
Bu davrda Markaziy Osiyo hududida yashagan odamlarning mehnat qurollari ham ancha takomillashdi, suyak va shohdan yasalgan buyumlar, igna, qarmoq, har xil bezaklar paydo bo‘ldi, tosh qurollar ancha ixchamlashdi, parma asbobi paydo bo‘lib, tosh va suyaklarni parmalaganlar. So‘nggi aoleolit davrining yutuqlaridan biri-nayzaning ixtiro qilinishi hisoblanadi. Nayza tufayli ovchilik rivojlandi.
Insoniyat tarixiy taraqqiyotida shunday davr yuzaga keldiki, bu davrda ibtidoiy to‘da urniga urug‘chilik jamoasi keldi. Bu holat so‘nggi poleolit davriga tug’ri keladi."Ibtidoiy to’da" o’rnini matriarxat-ona urug’i jamiyati,ya‘ni "urug‘chilik jamoasi" egallaydi.Urug‘chilik ibtidoiy jamiyatning alohida bosqichini tashkil etib,bu ijtimoiy hayotdagi qator o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Xususan,ayollar jamiyatda yetakchi mavqeni egallaganlar. Jinslar o‘rtasida mehnat taqsimoti kelib chiqqan. Ayollar oziq-ovqatlarni saqlash, ovkat tayyorlash, oilada bolani boqish va tarbiyalash ishlari bilan band bo‘lsa, erkaklar asosan ovchilik bilan shug‘ullanganlar, mehnat qurollari tayyorlaganlar. Bu davrda qarindosh-urug’lar o’rtasidagi nikoh ta‘qiqlangan, ya‘ni ekzogamiya paydo bo‘lgan. Bu esa insonning biologik jihatdan takomillashib borishiga zamin yaratgan.
Paleolit zamonida vujudga kelgan urug‘chilik tuzumi bronza davrida ham davom etgan. Faqat, bu davrda ona urug‘i (matriarxat)ning mavqei yo‘qola borib,uning o‘rni ota urug‘i-patriarxat egallagan. Endi qarindoshchilik otaga qarab olib boriladigan bo‘lgan. Bolalar ham ota mulki hisoblanib, merosni otadan ola boshlagan.Jamoalarning mol-mulklarini qo‘riqlash ehtiyoji harbiy qabila ittifoqini vujudga keltirgan. Patriarxat urug‘ining rivojlanishi,ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi bilan katta jamoa oilalarining boylik orttirishlari uchun qulay vaziyat yaratgan deyish mumkin.
Urug‘chilik jamoasining vujudga kelishi ajdodlarimiz hayotida iqtisodiy siljishlarga, hatto "inqilobiy" o‘zgarishlarga olib keldi. Masalan,miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o‘z ichiga olgan mezolit (o‘rta tosh) davrida ajdodlarimiz kamon o‘qini kashf etdilar ,bu esa inson yaratgan birinchi mexanizmdir.Bu kashfiyot odamning tabiat kuchlariga qarshi kurashda buyuk bosqich bo‘ldi, ovchilik endi yangicha mazmun kasb etdi va uning yangi usullari paydo bo‘ldi,ovdan keladigan daromad manbai ko‘paydi, ovda qo‘lga kiritilgan xayvonlarning iste‘moldan ortiqchasi qo’lga o’rgatila boshlandi.
Mezolit davrining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu davrda ovchilikning ahamiyati oshishi bilan birga termachilikning o‘rni ham ortdi. Bu davr termachiligi qadimgi tosh davri termachiligidan keskin farq qilgan. Bu davrda odamlar o’simliklaming ildizi bilan iste‘mol qilmasdan, balki ularni saralab, shirin va mazali o’simliklarni iste‘mol qilishni o’rgandilar. Bu hol odam tanasining sifat jihatdan tozalanishi va kamol topishiga, inson aqli va tafakkurining o‘sib rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko'rsatdi.
Mezolit davriga oid mozorlarning tahlili odamlarda diniy e'tiqod shakllanayotganini, u dunyoga ishonganini ko‘rsatadi. Machay qabristonida jasad chalqanchasiga yotqizilgan bo‘lib, ustiga qizil rang sepilib, atrofiga tosh taqinchoqlar terib qo‘yilgani aniqlangan. Ko‘hitong tog‘idagi Zarautsoy qoyasidan (hozirgi Surxondaryo viloyati) topilgan suratlar esa tasviriy san'atning vujudga kelganligini ko‘rsatadi. Qoyada yovvoyi hayvonlarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Zarautsoy qoyalaridagi suratlar o‘sha davr rassomlarining fikr doirasini, diniy tasavvurlarni tasviriy san'atda qanchalik darajada aks ettirilganliklari haqida fikr yuritishga asos beradi.
O‘zbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo‘lib, ular yuzdan ziyoddir.
Mezolit davridan keyingi neolit davriga kelib mehnat qurollari ancha takomillashdi. Bu odamlarning avvalgidek daydi hayot kechirish zaruriyatini qoldirmadi. Ular o‘troq hayot kechirishga o‘tdilar. Bu davrga kelib doimiy yertulalar,kulbalar qurish, loydan, guvaladan uylar solish, qishloqlar barpo etish neolit davri odamining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib bordi. Ana shu tariqa doimiy o‘troq xo‘jaligi vujudga keldi. Bu hol dexqonchilikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Neolit davri odamlari o‘zlarining tinimsiz mehnati, ko'zatuvchanlik qobiliyati, ibtidoiy bilimlarini safarbar qilib, xo’jalikning ilg’or unumdor shaklini, dehqonchilik va chorvachilikni kashf etdilar. Arxeolog olimlar bu jarayonni "neolit inqilobi" deb baholaydilar.
Neolit davrida qadimgi ajdodlarimiz loydan idishlar yasab,ularni olovda pishirishni o‘rgandilar, ip yigirish va to‘qimachilikka asos soldilar. Odamlar yog’och va qamishdan qayik yasab, suvda so'zishni ham o’rgandilar. Hilma-xil buyumlar yasay boshlab, bu davrning muhim kashfiyotlaridan biri - hunarmandchilikka asos soldilar. Eneolit ya‘ni mis-tosh davrida ibtidoiy odamlar metall bilan tanishdilar. Ungacha ibtidoiy odamlar faqat toshdan, yogg’ochdan va suyakdan yasalgan qurollardan foydalanganlar.
Insoniyat taraqqiyoti tarixida bronza (jez) va temir davrlari bo’lib o’tdi. Chust manzilgohi va Zamonbobo qabristonidan topilgan ashyoviy dalillar o’sha davrning ijtimoy-iqtisodiy va madaniy holatidan darak beradi. Olovdan foydalanish, o’q-yoy, sopol idishlar, jezdan zeb-ziynatlar va buyumlar yasash, marhumlarni ko’mish ko’hna Turon qadimgi odamlari moddiy va ma‘naviy madaniyatining asosiy belgilaridir.Lekin ,tabiiy olam, tilsimiy hodisalari oldida odam ojiz qolaverdi. Odam tabiat hodisalariga, hayvonlarga sig’ina boshladi. Shu tariqa dastlabki diniy e‘tiqodlar yuzaga keldi. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida qadimgi ajdodlarimiz hayotida dastlabki tsivilizatsiyaning ma‘naviy asoslari yuzaga keldi.
Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy darasida arxeologlar qoyalarga cheqilgan rangli suratlarni topdilar. Bu rasmlar mezolit - neolit, ya‘ni mil.avv. VIII-IV ming yillikka oiddir. Ov manzarasi aks ettirilgan Zarautsoy suratlari ibtidoiy ma‘naviy madaniyatining nodir manbalari bo‘lib, ular o‘sha davr odamlarining fikrlash tarzini, ilk magik tasavvurlarini o‘zida namoyon qiladi. Qoyatosh rasmlarining eng nodir namunalari, shuningdek respublikamiz hududidagi Sermishsoy, Bironsoy, Kuksaroy, Teraklisoy kabi yuzdan oshiq joylarda borlig‘i aniqlangan. Ibtidoiy odamlar ma‘naviy hayotida dastlabki diniy e‘tiqodlar paydo bo’la boshladi. Ular o’zlarida sodir bo'la yotgan ruhiy kechinmalarni, faoliyatlarining hususiyatlarini tabiatga xos bir holat deb bilishgan.
O‘zbekiston xalqi insoniyatning ajralmas bir qismidir. Yurtimiz o‘tmishi va buguni o‘zga xalqlar, davlatlar bilan bog‘liq. Chunki ularning o‘lkamizda sodir bo‘lgan voqealar u yoki bu darajada bevosita, goho bilvosita ta‘siri bo‘lgan. Shul bois O‘zbekiston tarixi jahon tarixining tarkibiy qismi desak adolatdan bo‘ladi.
Tariximizni o‘rganar ekanmiz, yana shuni inobatga olmoq lozimki, o‘zbek davlatchiligi sarhadlari hozirgi mustaqil respublikamiz hududidan ancha keng bo‘lgan. Shu boisdan ham o‘tmishimizning turli davrlarni o‘rganishda Markaziy Osiyoga oid ma‘lumotlar ham muhim o‘rin turib, bu tarixiy jarayonni to‘laroq anglashga yordam beradi. Ayni paytda, mamlakatimizda uzoq vaqtlardan buyon o‘zbeklar bilan yonma-yon yashab kelayotgan tojik, qozoq, turkman, qoraqalpoq va boshqa elatlar ham yurtimiz tarixiga daxldor.
Odamzodda ong paydo bo‘libdiki, o‘z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma‘naviy madaniyatiga, ya‘ni ma‘lum darajadagi sivilizatsiyasiga ega bo‘la boshlagan. Mapkaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston xalqlari ham qadim zamonlardan beri hayot tarzini takomillashtirar ekan, turli qulayliklar yaratgan, odatlar, rusumlar esa an‘anaga aylangan.
Ajdodlarimiz qoldirgan bu bebaho meros keyingi yillarda chuqur o‘rganilmoqda. Qadimshunoslar va boshqa olimlar o‘lkamiz o‘tmishini tadqiq etib, bu makon jahon sivilizatsiyasining o‘choqlaridan biri ekanligini ta‘kidlaydilar. O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q" asarida "Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya‘ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini jahon tan olmoqda",- deydi.
Markaziy Osiyo va boshqa bir qator mamlakatlarda (Misr, Suriya, Iroq, Eron, Hindiston, Xitoy) sug‘orma dehqonchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi - sivilizatsiyaning yangi qadami bo‘ldi. Arxeologlar Ya.Rulomov, S. Tolstov Xorazm voxasida uzunligi 4050 km, eni 35-40 metr keladigan kanallar bundan uch ming yil avval barpo etilganligi haqida so‘z yuritadilar. Bunday yirik irrigatsion inshootlarni yaratish fahmu-farosatni, hisob-kitobni, odamlarni bu ishga jalb qilish va uyushtirishni talab qilardi. O‘sha paytda to‘g‘on suv sathini ko‘tarish, katta- katta ariq va kanallarni ishlata bilish, dehqonchilikda hosildorlikni bir necha bor oshirishga olib keldi, aholining vohalarda o‘troqlasha boshlashi jadallashdi.
Xorazm va Zarafshon voxalari yurtimizdagi qadimiy dehqonchilik mintaqalaridan bo‘lgan. Demak, o‘lkamizda odamlar bundan 5-6 ming yil muqaddam o‘troqlasha borgan hamda sun‘iy sug‘orish va shudgorlab ekishga asoslangan dehqonchilik vujudga kela boshlagan, kanallar qazishgan, yangi yer ochganlar.
Odamlar o‘z mehnat qurollarini yasash uchun har xil mustahkam toshlar qidirib, tabiiy misga duch keladilar va undan turli buyumlar yasaydilar. Keyinchalik misni olovda eritib ishlatish kashf etiladi. Markaziy Osiyoda ochiq ruda konlari va ular atrofida metall eritish ustaxonalari mavjud bo‘lgan. Xususan, Kaltaminor madaniyatini yaratgan ajdodlarimiz rudadan metall olganlar. Sof misdan qurollar qilingan. Qadimgi "metallurglar" keyinroq qalayni misga qorishtirib jez (bronza) olishni o‘rganganlar. Ajdodlarimiz metall eritish texnologiyasini, u bilan bog‘liq fizik-kimyoviy jarayonlarni o‘zlashtirganlar. Ular sifatli jez olish uchun mis bilan qo‘rg‘oshin aralashmasi 9:1 nisbatda va uni eritish harorati 930-1030 daraja bo‘lishi kerakligini bilganlar. Bronzadan foydalanish mehnat qurollari turini ko‘paytirish imkoniyatini yaratdi. Maxsus temirchilik, chilangarlik va zargarlik ustaxonalari paydo bo‘ldi.
Yurtimizda metalldan foydalanishga o‘tilishi, ko‘pxonali uylarning barpo etilishi, eng qadimgi ibodatxonalarning qurilishi, dastlabki xumdonlarning paydo bo‘lishi xam mis-tosh davriga to‘g‘ri keladi. Shu vaqtlarda charxda ishlaydigan sopol buyumlarning, shu jumladan haykalchalarning tarqalishi xam yuz bergan.
Ibtidoiy jamoa tuzumining asta-sekin yemirilishi, mulkiy tengsizlikning yuzaga kelishi davri (mil. av. 4-3 ming yilliklar)da ijtimoiy hayotda onalar ta‘sirining kamaya borganini, ota urug‘i mavqeining osha boshlaganini va patriarxat davri boshlanganini ko‘ramiz. Bu jarayonga kundalik ehtiyojdan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarishning vujudga kelishi ham ta‘sir etadi.
Ma‘lumki, qadimgi zamonlarda shaharlar, qakalar barpo etish sivilizatsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lgan. Arxeologlarning izlanishlari natijasida mintaqamizda o‘nlab ma‘lum bo‘lgan yirik shahar xarobalari ochildi. Ular Farg‘onada Dalvarzin, Surxondaryoda Qiziltepa, Xorazmda Ko‘zaliqir, Qashqadaryoda Yerqo‘rg‘on Toshkentda Shoshtepa va boshqa manzilgohlardir. Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, O‘zbekiston qadimgi shahar sivilizatsiyasi ilk bor shakllangan hududga kiradi. Bunga Sopollitepa va Jarqo‘ton topilmalari misol bo‘la oladi.
Urug’chilik jamiyatida dastlabki diniy e‘tiqodlar va marosimlar kelib chiqqan. Shular jumlasiga animizm (ruhga sig‘inish), totemizm (ajdodlar ruxiga siginish) magiya (sehrgarlik) va boshqalar kiradi.
Qadim zamon odamlarida turli tabiiy va g‘ayri tabiiy kuchlarga ishonshch tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Shu alfozda urug‘chilik davrida totemizm, ajdodlar ruhiga sig‘inishlar, sehrgarlik, shamanlik kabi e‘tiqod va marosimlar vujudga keladi va tarqaladi. Bu dastlabki e‘tiqodlar, ayniqsa totemizm o‘sha paytda paydo bo‘la boshlagan, san‘atda turli xayvonlar siymosi sifatida o‘z aksini topgan edi. Bunday siymolar Farg‘onaning ayrim qishloqlaridan, Toshkent viloyatining Chinoz, Sijjak tumanlaridan, Samarqand atrofidan, Amudaryo sohillaridan topilgan. Keyingi davrlarda tabiatnyang turli hodisa va namoyondalarini ilohiylashtirish, ularga e‘tiqod qilish va sig‘inish davom etgan.
Ajdodlarimiz ko‘pincha voqiylikni afsonaviy tarzda tushunganlar. O‘sha paytlarda asta-sekin mifologik tafakkur yuzaga kelgan. Tadqiqotchilarning aytishlaricha, insoniyat qabilachilikkacha bo‘lgan davrda totemizmga amal qilgan bo‘lsa, mifologiya qabilachilik davrining mahsuli bo‘lgan. Xususan, miloddan avval Turon zaminida yaratilgan va Markaziy Osiyo xalqlarida mashhur bo‘lgan "Ug‘iznoma" dostonidan bu jarayon o‘z ifodasini topgan. Bu asar o‘sha paytdan beri og‘izdan-og‘izga o‘tib ma‘lum darajada o‘zgarib mintaqa xalqlari folklorida bugun ham nufuzli o‘rin egallaydi.
Ibtidoiy jamiyatning yemirilib borishi jarayonida yangi diniy aqidalar vujudga kela boshladi. Shu jumladan, odamsimon xudolar, ajdodlar ruhiga sig‘inish, oxirat to‘g‘risidagi afsonalar paydo bo‘ladi. Endi diniy tasavvurlar ancha murakkablashadi, milliy aqidalar asosida jaxon dinlari, xususan, zardushtiylik shakllana boradi.
Shuningdek, arxeologik topilmalar va yozma yodgorlyaklar bundan 2-2,5 ming yil avval Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida zardushtiylarning olovxonalari bilan bir qatorda buddaviylarning ibodatxonalari bo‘lgani, ulardan minglab e‘tiqod qiluvchilar foydalaganligidan xabar beradi. Ajdodlarimiz ma‘lum bir odatlar, rasm-rusumlar, udumlarni o‘ylab topganlar, ular asta-sekin an‘analarga, hayot qoidalariga aylangan. Shu alfozda qadriyatlar vujudga kelgan, ular esa, o‘z navbatida, kishilarni manaviy yetuklikka da‘vat etgan. Bunga yorqin misol Navro‘z udumlaridir.
Tadqiqotchilarning fikricha, Navro‘z bayrami bundan taxminan 3,5-4 ming yil avval paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda qadimgi dehqonlar qishni kuzatib, bahorni qarshilash marosimini shunday deb ataganlar. U davrlarda aholining aksariyati dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Navro‘z yangilanish, poklanish ramzi, inson umidlari, niyatlarini ifodalash belgisi sifatida paydo bo‘lgan. Uni bayram qilish turli udum, urf-odatlar, irimlar bilan chulg‘angan, asrlar osha yangi an‘analar bilan boyib borgan. Demak qadimgi ajdollarimiz tabiat mavsumlarini anglaganlar, ularni e‘zozlaganlar, ularga asoslanib, o‘z maqsad va niyatlarini amalga oshirishga intilganlar.
Mintaqamizning muhim xususiyatlaridan biri uning murakkab etnik-madaniy chorrahada joylashganidir. Aholi bir qancha turli qavm, qabila va elatlardan tashkil topgan va ular etnik jihatdan aralashgan holda yashaganlar. Shu bilan birga aholining ko‘pchiligini turkiy va forsiy- tojik ajdodlari bo‘lgan, ular o‘zaro hamjihatda yashaganlar, san-manga bormaganlar. Bu xam bag‘rikenglik, tolerantlik hislatlarining sarchashmalari bo‘lsa kerak.
Qadimda o‘lkamizda yashagan aholining ma‘naviy va madaniy qiyofasi mashxur "Avesto" mazmunida o‘z ifodasini topgan. Ma‘lumki, bu muqaddas kitob Markaziy Osiyo xalqlari to‘g‘risidagi dastlabki noyob manbadir. "Avesto" avval xalq og‘zaki ijodi shaklida tarqalgan va bir necha asrlar davomida og‘izdan- og‘izga o‘tib, qadimgi Turon, Xuroson, Eron, Ozarbayjon elatlarining ijtimoiy- iqtisodiy hayotini, olam haqidagi tasavvurlarini va diniy qarashlarini o‘zida aks ettirgan. Bu asar ko‘p yillar davomida zardushtiylik-otashparastlik dinining ulamo kohinlari tomonidan to‘ldirilib, takomillashtirilgan. Abu Rayxon Beruniyning "O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitobida ta‘kidlashicha, "Avesto" ilk bor mil. av. VI asr boshlarida to‘liq holda 12 ming qoramol (xo‘kiz) terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) sharqni zabt etganda "Avesto" ning nodir nusxasidan o‘ziga ma‘qul bo‘lgan joylarini tarjima qildirib olib qolgan, boshqa qismini esa yoqtirib yuborgan. Shu sabab, bu qomusiy asarning 5 dan 3 qismi kuydirib yuborilgan. Keyinchalik - milodiy I-IV asrlarda "Avesto"ning qolgan qismlari jamlanib, ayrim joylari qayta tiklanib, yangidan kitob holiga keltirilgan. Bizga qadar "Avesto"ning ayrim qismlarigina yetib kelgan. Bular: "Yasna"-ibodat paytida ijro etiladigan matnlar "Yasht"-otashparastlarning tangrini ta‘riflash madhiyalari, "Vendidot"-zulm timsoli-devlarga qarshi qonunlar va afsonalar, "Visparat"-ibodat yo‘sinlari va mazmuni haqida ma‘lumotlardir.
"Avesto" katta hajmda bo‘lganligi sabab, dindorlarning kundalik faoliyatida foydalanshi uchun kichik "Avesto" ham yaratilgan. Unga katta "Avesto"dan tanlab olingan duolar kiritilgan. Demak, "Avesto"da zardushtiylik dinining qonun- qoidalari, ibodat vaqtida ijro etiladigan qo‘shiqlari bitilgan.
"Avesto" ta‘limotining asoschisi tarixda payg‘ambar nomi bilan tanilgan Zardushtra (Zardust) ismli shaxs bo‘lgan. Zardushtra - oltin tuyali yoki oltin tuya yetaklovchisi degan ma‘noda ishlatilgan. Zardushtra otashparastlik g‘oyalarini o‘z hamfikrlari bilan birgalikda Katta Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Eron, Ozarbayjon qisman Hindiston aholisi o‘rtasida targ‘ib etgan.
Beruniy keltirgan rivoyatga ko‘ra, Baqtriya podshosi Vishtasp va malika Xutaosa birinchilardan bo‘lib zardushtiylik e‘tiqodini qabul etganlar, so‘ng bu din keng yoyilgan.
"Avesto"da dunyo ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashidan iborat, ezgulik xudosi Axuramazda (Xurmuzd) yovuzlik tangrisi Axriman ustidan g‘alaba qozonishi bayon etilgan. Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilib, u insonning baxtu-saodati ramzi sifatida ulug‘langan.
Zardushtiylik jamiyatda barcha odamlar - tanasining rangidan, tili, urf-odatlari va yashagan joylaridan qat‘i nazar, osoyishtalik bilan yorqin hayot kechirishga haqlidir, deb hisoblaydi. Bu din odamlarni jur‘atli, dovyurak, yetuk insonlar bo‘lishga da‘vat etadi. Otashparastlikda zamin (yer), suv, quyosh va havo ilohiyat darajasiga ko‘tariladi va ularni ifloslash og‘ir gunoh hisoblanadi. Kitobda aytilishicha, Zardusht odamlarga murojat qilib, yerga, tuproqqa sifatli urug‘lar sepinglar, pirovard natijada o‘zlaringiz har xil illatlardan va balolardan holi bo‘lasizlar. Bilib qo‘yinglar, ishlov berilmagan tashlandiq yerlarda turli kasalliklar, iflos narsalar va balo-qazolar paydo bo‘ladi. Demak, sizlar yerga ishlov berib, unga yaxshi urug‘ sepib, tuproqni e‘zozlasangiz har xil balolardan qutulasiz, xayotga, insonga ishonchingiz kuchayadi, yashagan joyingizga, vataningizga mehringiz oshadi, deydi. Ko‘rib turibmizki, zardushtiylikda tabiatga ehtirom asosiy yo‘nalish bo‘lgan. Zardushtiylik diniga oid turli buyumlar, rasmlar, urf-odat asoratlari qadimgi Xorazm, So‘g‘d va boshqa o‘lkalarda ko‘plab topilgan.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, "Avesto"ning vatani Amudaryo sohili, aniqrog‘i qadimgi Xorazmdir. Bu asarda olingan 16 yirik hududiy-geografik nomlarning ko‘pchiligi O‘rta Osiyoga taalluqlidir. Bular Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya yurtlari, Xisor, Pomir, Tiyanshon tog‘lari, Kaspiy, Orol, Issiqko‘l suv havzalari, Amudaryo va Sirdaryolardir. Demak bu muqaddas asarda geografiyaga oid mulohazalar xam bisyor.
"Avesto" jaxon olimlari tan olgan boqiy yodgorlik, noyob tarixiy manba. U dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan. Kitob fransuz, ingliz, rus, nemis, fors va boshqa tillarda chop etilgan. Asarning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham 1999 yil noyabrda YuNeSKO bosh konferenkiyasi "Avesto" yaratilganligining 2700 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlashga qaror qildi, 2001 yil oktyabrida Xorazm zaminida "Avesto" va uning insoniyat taraqqiyotadagi o‘rni mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya otkazildi.
Ma‘lumki, qadimgi zamon moddiy va ma‘naviy taraqqiyoti fanda antik, ya‘ni qadimgi sivilizatsiya deb ataladi. Jahonning turli mintaqalarida vujudga kelgan bunday taraqqiyot bora-bora umuminsoniy qadriyatlarga, madaniyatga, Sivilizatsiyaga aylanadi. O‘zbekiston esa insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lgan. Demak, o‘lkamizda yashab o‘tgan qadimgi odamlar jahon ravnaqiga, uning bugungi rivojiga o‘zining munosib hissalarini qo‘shganlar. Shu bois bugungi mustaqil O‘zbekiston xalqlarida milliy g‘urur bilan birga taraqqiyotga, sivilizatsiyaga intilish hissi kattadir.

Download 10,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish