Ўзбекистон Республикаси Президенти



Download 10,22 Mb.
bet91/134
Sana12.07.2022
Hajmi10,22 Mb.
#783799
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   134
Bog'liq
ozbekiston tarixi

Tayanch tushunchalar:
Mehnatning dastlabki yirik taqsimoti, sun‘iy sug’orma dehqonchilik, savdo va madaniy aloqalar, katta Xorazm, Qadimgi Baqtriya, Sug‘diyona, ilk shaharsozlik, «Avesto», qadimgi Farg‘ona , Qang‘, Kushonlar, Eftalitlar, Turk hoqonligi
Davlat, davlatchilik o‘z mohiyati bilan insonlarning dolzarb talablarini, tub ehtiyojlarini amalga oshirishga, ularning huquqlarini himoya qilishga, jamiyatda barqarorlik o‘rnatish va uni saqlashga mo'ljallangan dargoh, u muayyan jamoa, elat, xalq tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh bo‘lib, uning ma'lum huquqlarga ega bo‘lgan vakillar mavjud. Davlat jamiyatga tashqaridan, zo‘rlab kiritilgan emas, balki ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va taraqqiy etishi natijasida jamiyatnig o‘zida vujudga kelgan. Davlat siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni uyushtiradi, hokimiyat bilan xalqni uyg‘unlashtirishga harakat qiladi. Bir faylasuf «davlatni barpo qilishdan maqsad odamlarga jannat yaratish emas, balki jamiyatda do‘zax bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir», degan ekan. Alloma xaqdir. Chunki, jamiyatda barqarorlik bo‘lsa, odamlar farovon hayotni o‘z mehnatlari bilan yaratadilar.
Davlatlar kelib chiqishiga ko‘ra, birlamchi yoki ikkilamchi davlatlarga bo‘linadi. Birlamchi davlatlar deb, o‘zga davlatlarning ta'sirisiz, mustaqil tarzda yuzaga kelgan davlatlarga aytiladi. Ikkilamchi davlatlar o‘zga davlatlarning ta'siri ostida yuzaga kelgan davlatlar hisoblanadi.
O‘zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga o‘tish jarayoni mil. avv. 2 ming yillikning o‘rtalarida boshlandi. Ilk davlatlar paydo bo‘lishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni aytish mumkin:
Kishilik jamiyatining ishlab chiqarish munosabatlarida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti, buning natijasida ijtimoiy - iqtisodiy hayotdagi siljishlar va o‘zgarishlar. Ma'lumki, so‘nggi bronza davrida (mil. avv. 2 ming yillik) mehnatning dastlabki yirik taqsimoti ro‘y beradi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Iqtisodiy hayotdagi siljishlar tufayli ortiqcha mahsulot paydo bo‘lib, bu mahsulot ma'lum shaxslar qo‘lida to‘plana boshlaydi. Odamlar orasida mulkiy tengsizlik holatlari yuzaga kela boshladi.
Jamiyat va davlatning bosh yacheykasi hisoblangan oilaning yuzaga kelishi. Ota urug‘i - patriarxat davridan (miloddan avvalgi 3 ming yillik) boshlab urug‘chilik munosabatlari ham o‘zgarib boradi. Ikki urug‘ a'zolaridan tashkil topgan er - xotin - juft oilalar vujudga keladi. Buning natijasida mulkchilikda ham o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Katta patriarxal oilalar urug‘ jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug‘ jamoalariga qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug‘ jamoasining umumiy xo‘jaligi oilalar jamoasiga bo‘linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi. Xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari bo‘lgan dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek, hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi urug‘ va qabilalar ichida ayrim to‘q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Mulkiy tabaqalanish kengayib bordi.
«Avesto» ma'lumotlariga ko‘ra, O‘rta Osiyoda jamiyatning asosini katta patriarxal oilasi tashkil etgan. Bu «nmana» deb atalgan. Shunday oilaning bir nechtasi urug‘ jamoasini — «vis»ni tashkil etgan. Hududiy qo‘shnichilik jamoasi «varzana» deb atalgan. Bunday jamoalar birlashib qabilani — «zantu» ni tashkil etgan. Qabilalar o‘rtasida muntazam kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. O‘z hududlarini himoya qilish maqsadida bir necha yirik qabilalar muayyan hudud (viloyat) da birgalashib yashaganlar. Bu birlashma dahyo(yu) degan nom olgan. Bu viloyatlarni boshliq («qavi») boshqargan. Ushbu viloyatlar dastavval harbiy - siyosiy birlashma sifatida paydo bo‘lgan. Ular o‘zi yashagan hududni mudofaa qilgan. Sug‘orish ishlarini uyushtirgan va boshqarib borgan. Qabila boshliqlari vaqti - vaqtida to‘planib, kengashib turishgan. Bular dastlabki davlatchilikning alomatlari edi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning siyosiy tuzilmasi davlat va uni boshqaruv tizimi muttasil takomillashib borgan.
Davlatlar paydo bo‘lishining navbatdagi omili - osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan «Sharq yo‘li» bo‘lib, unda iqtisodiyotning asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etgan. Ishlab chiqarishning osiyocha usuli mil.avv. V ming yillikdan milodiy I asrgacha daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo kabi hududlarda yoyilgan. Davlat tuzilmasining «evropacha yo‘li» yevropa hududida mil.avv. V asrdan boshlab milodiy III asrgacha qadimgi yunon polislarida mavjud bo‘lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanishuvi jarayoni (tabaqalar shakllanish jarayoni) asosiy omil bo‘ldi.
Milloddan avvalgi IV ming yillik eneolit davridayoq O‘rta Osiyoning janubida sug‘orma dehqonchilik vujudga keldi, anhorlar va ariqlar ochildi, unumdor yerdan keng foydalanib, turli o‘simliklar (arpa, bug‘doy, javdar) ekildi, mevachilik ham rivojlandi. Bronza davrida esa sun'iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosini tashkil etdi. Sug‘orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qo‘shimcha mahsulot va xususiy mulk ko‘rinishlari paydo bo‘ldi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun'iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonning janubida bronza davrida, Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi hududlarida esa ilk temir davrida shakllanib rivojlandi. O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun'iy sug‘orish birmuncha qulay bo‘lgan Amudaryo (yuqori, o‘rta, quyi) oqimlari bo‘ylarida, Murg‘ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar - Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.
Ilk davlatlarning paydo bo‘lishida suniy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik xo‘jaligi bilan bir qatorda hunurmandchilik, o‘zaro ayirboshlash, savdo - sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Dastavval shuni aytish joizki, O‘rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o‘zaro munosabatlarni rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib shimoldagi ko‘chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o‘troq dehqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Bu o‘rinda o‘sha davrda shakllanib keyinchalik ancha rivojlangan qadimgi yo‘llarning ahamiyati beqiyos bo‘ldi. O‘rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo‘shni davlatlar bilan ham o‘zaro aloqalarni rivojlantirganlar. Bu o‘rinda shuni ta'kidlash joizki, qimmatbaho Badaxshon (Tojikiston) lojuvard toshlari mil avv. III ming yillikdayoq Mesopotamiya va Misr shaharlarida nihoyatda qadrlangan va bu hududlar bilan o‘zaro mol ayirboshlash munosabatlari o‘rnatilgan. Undan tashqari, Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Eron, O‘rta Osiyo yodgorliklaridagi so‘nggi bronza va ilk temir davri topilmalaridagi juda ko‘pgina o‘xshashliklar bu hududlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan dalolat beradiki, bu jarayon ham ilk davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Qadimgi Sharq mamlakatlarida ilk davlatlar shahar - davlatlar ko‘rinishida paydo bo‘lgan. Bu jarayon sug‘orishga asoslangan barcha dehqonchilik hududlari - O‘rta va Yaqin Sharq, shu jumladan O‘rta Osiyo mamlakatlarida yuz bergan. Dastlab, O‘rta Osiyodagi ilk davlatlar deyilganda, yaqin yillargacha miloddan avvalgi VII - VI asrlarda vujudga kelgan «Katta Xorazm» va «Qadimgi Baqtriya» podshohliklari tushunilib kelingan. Ular davlatchiligimiz rivojining ikkinchi bosqichiga tegishli davlatlardir. So‘nggi yillardagi arxeologik tadqiqotlar Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar shahar - davlatlar ko‘rinishida bo‘lib, ular miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida paydo bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bunga misol tariqasida shu davrda yuzaga kelgan Jarqo‘ton shaharsozlik madaniyatini aytish mumkin.
Shahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo‘lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo‘li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko‘ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi, uzoq, bosqichma - bosqich davrlarni bosib o‘tgan. Mil. avv. II ming yillikka oid O‘rta Osiyodagi Jarqo‘ton, Sopollitepa, Dashli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, Ulug‘tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi:

  • aholining o‘troq dehqonchilikka o‘tishi va keng vohalar bo‘ylab yoyilishi;

  • hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi;

  • qadimgi savdo yo‘llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda savdo - sotiqning taraqqiy etishi;

  • tabiiy - geografik hamda harbiy - strategik shart - sharoitlar.

Ko‘p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, O‘zbekistondagi ayrim ko‘hna shaharlarning yoshi 2700 - 3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Ko‘zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, yerqo‘rg‘on (Qashqadaryo) kabilar kiradi. Qadimgi shaharlar - tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi.
Davlat paydo bo‘lishida uning tabiiy - geografik hududi va joylashuvi ham muhim omil hisoblanadi. O‘rta Osiyodagi ikki daryo oralig‘i - alohida tarixiy - geografik va tarixiy - madaniy hududdir. Uning sivilizatsiyasi Amudaryo va Sirdaryo tufayli ko‘p ming yilliklar mobaynida vujudga keldi. Bu mintaqada yuzaga kelgan davlatlar qadimgi davrlarda ham, o‘rta asrlarda ham umumiy belgilar bo‘lishiga qaramay, Markaziy Osiyoning boshqa qismlaridagi davlatlardan o‘ziga xos belgilariga ko‘ra ajralib turgan.

Download 10,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish