Topshiriqlar.
3 guruhga bo‘lining. Belgilangan qisqa muddat ichida 1-qator ilm-fanga oid, 2-qator san’at va madaniyatga, 3-qator texnikaga oid atamalarni navbat bilan yozuv taxtasiga yozing. Qaysi guruh atamalarni ko‘p va to‘g‘ri topa
olsa, o‘sha guruh g‘olib deb topiladi.
1- mashq. Atamalarni topib, ularni izohlang.
Vodorodning ishlatilishi uning kimyoviy xossalariga asoslangan. Undan kislorod bilan birikkan paytida ko‘p issiqlik chiqadi. Shu bois, vodoroddan motor yoqilg‘isi sifatida foydalaniladi. Metallarni qirqish va payvandlash ishlarida ham u faol qo‘llaniladi. Vodorodning metallmas moddalar: xlor va azot bilan birikishi reaksiyasi asosida sanoatda xlorid kislota va ammiak ishlab chiqariladi. Ammiakdan, o‘z navbatida, nitrat kislota olinadi.
Vazifa: O‘z tanlagan sohangizga oid terminlarni faol qo‘llagan holda matn tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |