Rahbar yaxshi inson, murabbiy, tarbiyachi bo‘lishi mumkin.
Ammo bugungi kunda agar u tadbirkor, innovator bo'lmasa ishni
barbod qilishi tabiiy. Xuddi shunday u tadbirkor, innavator
boisayu yaxshi boshqaruvchi, diplomat bo‘lmasa ham ish yaxshi
ketmasligi, o‘zi ko‘p ishlab jamoa tomoshabin bo‘lib
turishi
mumkin. Bu ham hozirgi zamonaviy rahbarga yetarli emas.
Rahbar hamisha juda t a ’sirchan qarorlarni qabul qilishi lozim.
Bu esa uning faoliyatida FQTdan foydalanishni taqozo qiladi.
Bulardan kelib chiqib nafaqat rahbaming, balki FQT bilan
shug‘ullanadigan mutaxassisning fazilati xususida ham to‘xta-
lishni lozim deb hisoblaymiz.
FQT bilan shug‘ullanadigan xodim, odatda, rahbar singari
bilimdon va unda mavjud fazilatlarga ham ega bo'lishlari lozim.
Bulardagi fazilatlarning mazmunini ochishdan oldin fazilat
atamasining nimaligini anglab olishi lozim.
M. Sharifxo‘jayev va Yo. Abdullayevlar: «Fazilat — bu ijobiy
xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir», deb ta’kidlaydilar.
Biroq
fazilat ushbu tushunchadan kengroq ma’noga egadek. Fazilat
insonga xos ijobiy xislat bo‘lib, o‘z ichiga insonning bir qancha
qirralarini oladi. Masalan, insondagi yuksak axloq, madaniyat,
intizom
kabi fazilatlar ham borki, ulami ham fazilatdan ayri
tasawur qilib bo‘lmaydi.
Zero, rahbar fazilati m a’lum darajada inson fazilatidan
ko‘proq va kengroq bo‘lishi mumkin. Chunki, oddiy inson yaxshi
odam boia turib 20 ta yaxshi fazilatga ega bo‘lsa, rahbarda va
FQT mutasaddisida unga nisbatan 2—3 barobar mas’uliyat bor.
Demak, undagi ijobiy fazilatlar ham shunga mos ravishda ko‘p
bo‘lishi lozim.
FQT mutasaddisining fazilatlarini rahbaming fazilatlariga
tenglashtirish mumkin. FQT mutasaddisi
va rahbar fazilati juda
keng qamrovli tushunchadir.
Bu FQT mutasaddisi va rahbarlarda boTadigan umumiy
fazilatlarning bir qismidir. Ammo FQT mutasaddisida rahbar-
lardagi shu fazilatlar b ilan birga yana bir qancha o ‘ziga xos
175
fazilatlar ham bo‘lishni taqozo qiladi. Bularga quyidagilar
kiradi:
— yuksak intizom sohibi bo‘Iish;
— mas’uliyat va javobgarlikni his qiiish;
— yuqori huquqiy madaniyatga ega bo‘lish;
— qonunga qattiq noya qilishda o'ziga va qo‘l
ostidagilarga
talabchan;
— hujjatlashtirishda halolük, to‘g‘rilik, izchillik va o‘z vaqtida
bajariüshiga erishish;
— hamkorlari bilan yaxshi muomala va munosabatlarda o‘ta
ziyraklik, xush muomalalik;
— masalani hal qilishda homiylik;
— o‘z m anfaatini jam oa va davlat m anfaatidan ustun
qo‘ymaslik hamda shu o‘rinda jamoaning
manfaati va davlat
manfaatini uyg‘un holda tasawur qilishlik.
Bularning hammasi mujassam bo'lgan xodimgina FQT
sohasini yaxshi biladi va uni to‘g ‘ri bajara oladi. Shundagina,
ular tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar yuqori samara berishlari
mumkin.
Ayrim adabiyotlarda FQT uchun tanlab olinadigan kadrlarga
bir qancha talablar qo'yadilar. Bunda uning haqiqiy va étalon
bahosi aniqlanadi hamda solishtiriladi. Buning uchun 15.1-
jadvalni tuzishni tavsiya qilamiz.
15. l-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: