13-mavzu. Qurilmaviy noaniqliklar va ularni taʼsirini miqdoriy baholash
Qurilmaviy noaniqliklar - ólchash vositalarining takomillashmaganligiga bogʼliq bólgan noaniqliklardir. Bunday noaniqliklarga, masalan, analitik tarozilarning aniqlik chegaralari; (berilgan chegaralarda) qayd qilinadigan temperaturadan farqlanuvchi órtacha temperaturani taʼminlovchi temperatura rostlagichining mavjudligi; ortiqcha yuklama effektiga uchrashi mumkin bólgan avtomatik analizator; ólchash vositalarning ishlash printsipiga kirgan noaniqliklar; ólchash vositasini tayyorlash texnologiyasi yoki konstruktsiyasidagi kamchilikka bogʼliq bólgan noaniqliklar va h.k. kirishi mumkin.
Аsbobiy (qurilmaviy) noaniqliklar – ishlatiladigan ólchash vositalarining metrologik, texnik va qóllash xususiyatlari ideal bólmagan taqdirda hosil bóladi. Jumladan:
- ólchash vositasining konstruktiv kamchiliklaridan;
- ólchash vositasini tayyorlash texnologiyasining mukammal emasligidan;
- alohida elementlarning eskirishi va yeyilishidan;
- ólchash vositalarining asosiy va qóshimcha noaniqliklaridan;
- ólchash vositalarining inertsionli xususiyatlaridan;
- darajalash noaniqligi yoki shkalaning siljishidan;
- ólchash vositasining ólchash obʼekti bilan ózaro taʼsirlashuvidan;
- ólchash informatsiyasini uzatishda va boshqa faktorlar taʼsirida hosil bóladigan noaniqliklar va b.
Ólchash vositalarning ishlash printsipiga kirgan noaniqliklar. Bu noaniqliklar, ólchash vositasidan foydalanish tartibiga qarab, statik va dinamik noaniqliklarga ajraladi. Statik noaniqlik – ólchash vaqti davomida ólchami ózgarmas deb hisoblangan kattalikni ólchash noaniqligidir. Dinamik noaniqlik – ólchanayotgan kattalikning ólchami ózgarmaydi, deb bólmaydigan dinamik ólchashlar vaqtida statik noaniqlikka qóshimcha ravishda paydo bóladigan ólchashlar noaniqligining tashkil etuvchisidir.Dinamik noaniqlik ikki omilga: ólchash vositasining dinamik xossalari va ólchanadigan kattalikning vaqt ichida ózgarish xarakteriga qarab aniqlanadi. Bu turdagi statik noaniqlikka ólchash vositasi almashtirish funktsiyasining nochiziqligiga bogʼliq bólgan noaniqlik misol bóla oladi. Masalan, Guk qonuning keng oraliqda nochiziqliligi, temperaturani ólchashda temperatura datchiklarining nochiziqliligi (Zeebek effekti), ózgaruvchan tok volьtmetrlarining chastotaviy noaniqliklari tufayli statik noaniqliklar kelib chiqadi. Dinamik noaniqliklarga ólchash vositalarining inertsion xossalari (temperaturani ólchashda termometrning inertsionligi, tez ózgaruvchi tezliklarni aniqlashda spidometrning inertsionlik xossalari va h.k.) ga bogʼliq bólgan noaniqliklar misol bóla oladi. Barcha raqamli ólchash vositalarining ishlash printsipiga kirgan, tez-tez uchrab turadigan noaniqliklardan biri analogli-raqamli almashtirishda uzluksiz kattalikni kvantlash noaniqligidir.
Masalan, SGB G4-1 modelidagi gaz sarfi hisoblagichning qurilmaning qóshimcha temperaturaviy noaniqligini hisoblash misolida kórib chiqamiz.
|
Gaz sarfi hisoblagichni 100 m3 miqdor uchun yól qóyilgan standart U(V) noaniqligini quyidagicha aniqlaymiz (qurilma qóllash bóyicha yóriqnoma maʼlumotlaridan foydalanildi):
bu yerda: δ – qurilmani qólashdagi yól qóyiladigan nisbiy xatoligi; V0 – ólchangan hajm.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |