‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Xorazm viloyati sanoatining tarmoqlar tarkibi



Download 269,41 Kb.
bet5/6
Sana11.03.2022
Hajmi269,41 Kb.
#490807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15 Quyi Аmudаryo vа Jаnubiy mintаqаlаr (2)

Xorazm viloyati sanoatining tarmoqlar tarkibi
(foiz).

1

Mashinasozlik va metalni qayta ishlash

7,8

2

qurilish mahsulotlari sanoati

5,8

3

Yengil sanoat

32,8

4

Oziq­ovqat sanoati

22,6

5

Un­krupa va omuxta yem sanoati

23,8

6

Boshqa tarmoqlar

7,2




Jami sanoat

100,0

Jadval O'zR Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.


viloyatda 574 asosiy sanoat korxonalari mavjud bo'lib, ularning barchasida 34 ming kishi xizmat qiladi. Ana shu yili 110 mln. kVt/s elektrenergiyasi, 173,2 ming tonna paxta tolasi, 900 ming m2 gilam va gilam mahsulotlari, 17,9 mln. tonna tozalangan o'simlik yog'i, 110 ming tonna un, 1250 mln.m.kv. ip gazlama ishlab chiqarilgan.
Ko'rinib turibdiki, Xorazm viloyatida asosan yengil va oziq­ovqat sanoati yetakchilik qiladi. Ayni vaqtda og'ir sanoat, xususan metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, elektr energetika rivojlanmagan. Bu yerda uncha katta quvvatga ega bo'lmagan Tuyamo'yin GESi bor, xolos. Uning faoliyati ham Amudaryo suv rejimiga bog'liq.
Yengil sanoat, jumladan to'qimachilik sanoati Urganch, Gurlan va Xonqada, gilam ishlab chiqarish Xivada tashkil etilgan (Xorazm Respublikada ishlab chiqariladigan gilam mahsulotlarining deyarli 60 foizini beradi). Viloyat barcha tumanlarining markazlarida paxta tozalash zavodlari mavjud. Ular jami sanoat mahsulotining 1/5 qismini ta'minlaydi.
Oziq­ovqat sanoati Xonqada (un, don mahsulotlari va omuxta yem), o'simlik yog'i («Urganchyog'» aktsionerlik jamiyati) va konserva ishlab chiqarish Urganchda, shakar zavodi Hazoraspda joylashgan. Mashinasozlik korxonalari asosan ekskavator va boshqa qishloq xo'jalik mashinalarini ta'mirlash (Urganchda), konserva sanoati uchun shisha idishlar ishlab chiqarish Bog'otda mavjud.
qishloq xo'jaligi. Xorazm viloyati 1999 yilda O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi maxsulotining 8,7 foizini, shu jumladan dehqonchilikning 9,2 foiz va chorvachilik mahsulotining 8,0 foizini beradi. 2000 yilda ob­havo sharoitlarining, xususan, dehqonchilik uchun noqu¬lay kelganligi sababli uning ulushi chorvachilikdan kamroq bo'ldi. Chorvachilik mahsuloti 2000 yilda 1,5 marta o'sdi, vaholanki dehqonchilikda bu yilda kamayish yuz berdi. 1999 yilda esa qishloq xo'jalik mahsulotlari qiymat hisobida 108,9 foizga o'sgan edi.
Viloyat 1999 yilda mamlakatimizning 34,8 foiz sholisini, 8 foiz paxta, 8,4 foiz poliz, 10,9 foiz meva va deyarli shuncha sut hamda go'shtini, 10,5 foiz pillasini, 6,2 foiz sabzavotini yetishtirgan.
Xorazm viloyati barcha ekin maydonlari 225 ming gektar atrofida bo'lgan. Shuning 1/5 qismidan ziyodrog'i g'alla, asosan sholi bilan band (15­chizmaga qarang). Bir yilda taxminan 200 ming tonna don yetishtiriladi, o'rtacha hosildorlik 28,4 s/ga. Shu yili ob­havo sharoitining noqulay kelganligi tufayli sholi, paxta, qand lavlagisi va boshqa dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish ham biroz kamaygan: sholi 40 ming tonna atrofida (1999 y. ­70 ming tonna), paxta 200 ming tonnaga yaqin (1999 y. ­290 ming t.) olingan. Biroq, shunga qaramasdan,
Xorazm dehqonchiligi iqtisodiy jihatdan ancha yuqori ko'rsatgichlarga xos.
Chorvachilikda XXI asrning dastlabki yili ham birmuncha unumdor bo'lgan. Pilla yetishtirish 1474 tonnani tashkil etgan. Yirik shoxli mollar soni 447 ming bosh, shundan qoramollar 188 ming, qo'y va echkilar 218 ming boshga yaqin.
Xorazm viloyatida ijtimoiy sohalar ham rivojlanib bormoqda. Birgina 2000 yilda xalq iste'mol mollarini ishlab chiqarish 108,8 foizga ortdi. Aholi jon boshiga bu yerda 29 ming xalq iste'moli mollari, 48 ming so'mlik chakana tovar oboroti, 8,7 ming so'mlik pullik xizmat hajmi bajarilgan
Har 10 ming kishiga 50,5 bemor karavotlari va 145 kishi ambulatoriya­poliklinika muassasalarida xizmat qiladi. Aholini tabiiy gaz bilan ta'minlanish darajasi ham yaxshi-91,4 foiz. Biroq, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida ham hal etilmagan muammolar mavjud. Bu xususda o'rtacha ko'rsatkich 64 foizni tashkil qilgan holda u qo'sh¬ko'pir, Xonqa va Shovot tumanlarida 35-45 foizga teng, xolos.

3.Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar.


2020 yilda ja'mi tashilgan yuklar hajmi 33,2 mln. tonnani tashkil qilgan, uning deyarli 98 foizi avtomobil transportiga to'g'ri keladi. Yuk oboroti 924 mln. t/km., shu jumladan avtomobil transportida 478 mln. t/km. Shu bilan bir qatorda yo'lovchi transportiga ham katta e'tibor berilmoqda. Jumladan, Urganch-Xiva yo'nalishi bo'yicha shaharlararo trolleybus qatnovi joriy etilgan.
Tashqi savdo oboroti 2000 yilda 93,8 mln. AqSh dollarini tashkil qilgan. Shundan eksport 69,0 va import 24,8 mln. dollar. 1999 yilda bu ko'rsatkichlar, yuqoridagilarga mos holda, 130,0; 93,0 va 37,0 mln. AqSh dollariga teng bo'lgan.
Eksportning asosiy qismi (81,5 foizi) paxta tolasiga to'g'ri keladi, importda esa oziq­ovqat mahsulotlarini keltirish ustunlik qiladi. Ba'zan, qo'shma korxonlarni qurish yillarida mashina va asbob­uskunalarni import qilish oldingi o'rinda bo'ladi.
Xorazm viloyatining tashqi iqtisodiy aloqalari yaqin va «uzoq» xorij mamlakatlari bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, viloyat iqtisodiyotida xalqaro turizmning ham ahamiyati oshib bormoqda. Birgina 2000 yilda 24,6 ming sayyohlarga xizmat ko'rsatilgan (uning asosiy qismi «uzoq» xorij mamlakatlaridan). Jami «O'zbekturizm» milliy kompaniyasida ko'rsatilgan turizm xizmati ham katta daromad keltiradi.
Ichki tafovutlari. Xorazm viloyati hududining uncha katta emasligi, aholi va xo'jalik tarmoqlarining nisbatan tekis joylashganligi sababli uning ichki farqlari juda sezilarli darajada emas (35­jadvalga qarang). Bu borada faqat Amudaryoning o'ng qirg'og'ida joylashgan viloyatning kichik bir qismi iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlanmagan, xolos.
Jadval ma'lumotlarida ko'rsatilishicha, Urganch viloyat sanoat mahsulotining deyarli 1/4 qismini beradi. Bu uning aholi nisbiy ko'rsatkichidan 2,5 marta ortiq. Shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishida Xonqa, Hazorasp va Xiva tumanlarining ahamiyati ham katta. Ayni vaqtda Yangiariq va Yangibozor qishloq tumanlarida sanoat sust rivojlangan.
qishloq xo'jaligida Gurlan va Xonqa tumanlari ajralib turadi. Ularning ikkisiga viloyat qishloq xo'jaligi mahsulotining 25 foizi to'g'ri keladi. Jadvalda tumanlarning savdo oboroti va aholiga pullik xizmat ko'rsatish bo'yicha ham ma'lumotlar keltirilgan.

Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi mintaqaviy siyosati doirasida Xorazm viloyatining ijtimoiy­iqti¬sodiy rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga muvofiq kelajakda viloyat ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirish, ijtimoiy­iqtisodiy va ekologik vaziyatni yaxshilash, mehnat resurslaridan to'laroq foydalanish, xalqaro turizm va sanoatning og'ir tarmoqlariga ham ustuvor ahamiyat berish nazarda tutilgan.


* * *
quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O'zbekiston Respublikasining mintaqaviy siyosatidagi o'ziga xos o'rni kelajakda ham saqlanib qoladi. Zero u «muammoli mintaqalar» dan hisoblanadi va bu yerdagi mavjud muammolarni hal qilish uchun albattta markazning har jihatdan, shu jumladan moliyaviy qo'llab­quvvatlanishi talab etiladi. Shu nuqtai nazardan hozirgi ajratilayotgan investitsiya hajmi yetarli emas (u 2000 yilda qoraqalpog'iston Respublikasida O'zbekistonga nisbatan 5,1 va Xorazm viloyatida 3,4 foizni tashkil etadi). Binobarin, mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish maqsadida bu yerga belgilangan kapital mablag'lar, xorijiy davlatlar investitsiyasining hajmi yanada oshib borishi kerak.
Kelajakda Xorazm viloyati va qoraqalpog'iston Respublikasi orasida iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish va shu asosda yagona iqtisodiy makonni shakllantirish zarur. Buning uchun har ikki tomonda ham imtiyozlar va hamkorlikda rivojlanish ehtiyojlari mavjud. Chunonchi, qoraqalpog'istonning qazilma resurslari va yer boyliklari, Xorazmning esa mehnat resurslari va turizm imkoniyatlari bir­birlarining iqtisodiy rivojlanishini to'ldirishi mumkin.
Ularning har ikkisi uchun umumiy muammo Orolbo'yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni sog'lomlashtirish, hududning boshqa rayonlar bilan transport aloqalarini yaxshilash, infrastruktura tizimini rivojlantirish va qulay investitsiya makonini yaratish zarur. Bundan tashqari, iqtisodiy rayonda yoqilg'i­energetika va qurilish bazasini mustahkamlash ham muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda, bu yerda, mintaqaning iqtisodiy­geografik o'rnidan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarishni kompleks rivojlantirish, tutash hududlar-Turkmaniston va qozog'iston hamda boshqa xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish ham maqsadga muvofiq hisoblanadi.



Download 269,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish