‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Qoraqalpog'iston Respublikasi



Download 269,41 Kb.
bet3/6
Sana11.03.2022
Hajmi269,41 Kb.
#490807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15 Quyi Аmudаryo vа Jаnubiy mintаqаlаr (2)

Qoraqalpog'iston Respublikasi
qishloq tumanlarining aholisi





Tumanlar

Maydoni,
ming kv.km

Aholisi,
ming kishi

Zichlik
1kv.km kishi

Har ming kishiga



Tug’ilish



O’lim

tabiiy ko'payish

1

Amudaryo

1,02

139,1

136,4

26,7

5,2

21,5

2

Beruniy

3,94

141,3

35,9

25,5

5,3

20,2

3

Bo'zatov

1,98

19,7

9,9

22,8

5,0

17,8

4

Kegeyli

0,92

58,2

63,3

23,4

5,9

17,5

5

Mo’ynoq

37,94

28,7

0,8

23,3

6,9

16,4

6

Nukus

0,97

42,7

44,0

24,8

6,1

18,7

7

Taxtako'pir

21,12

44,0

2,1

20,6

6,0

14,6

8

To’rtko’l

7,47

152,1

20,4

24,1

5,2

18,9

9

Xo’jayli

2,33

195,3

83,8

25,6

6,2

19,4

10

Chimboy

1,43

89,8

6,3

24,7

6,5

18,2

11

Shumanay

0,64

41,3

64,5

25,3

6,1

19,2

12

Ellikqala

5,42

111,3

20,5

27,4

5,9

21,5

13

qanliko'l

0,73

38,6

52,9

25,7

6,0

19,7

14

qorao'zak

5,89

43,3

7,4

20,9

5,6

15,3

15

qo'ng'irot

74,49

108,5

1,5

24,6

5,8

18,8

16

qoraqalpog'iston Respublikasi

166,59


1503,0


9,0


24,1


5,6


18,5


Keltirilgan jadvaldan ma'lum bo'lishicha, qoraqal¬pog'iston Respublikasi aholi joylashuvi (zichligi) turli tumanlarda har xil. Masalan, eng yuqori ko'rsatkich Amudaryo tumanida kuzatilsa (136 kishi), uning eng past darajasi qo'ng'irot tumaniga to'g'ri keladi. Ushbu tuman nafaqat qoraqalpog'istonda, balki O'zbekiston mamlakatida ham eng katta ma'muriy birlik hisoblanadi; qo'ng'irot tumani qo-raqalpog'iston maydonining 46 foiz, Respublika hududining 16,6 foizini tashkil qilgan holda bu yerda har 1 ming kv. km. ga atigi 1,5 kishi to'g'ri keladi, xolos.


Jadvalda aholining tabiiy harakati to'g'risida ham ma'lumotlar aks ettirilgan. Chunonchi qR bo'yicha tug'ilish 24,1 va o'lim 5,6 promillega teng. Ushbu demografik jarayonlarda hududiy farqlar uncha katta emas: eng yuqori tu¬g'ilish koeffitsiyenti Amudaryo tumanida, o'limning eng past darajasi esa Bo'zatovda qayd qilingan (2000 yil yakunlari bo'yicha). Ammo bolalar o'limi ko'rsatkichlarida sezilarli tafovutlar kuzatiladi. Masalan, 1 yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi qR bo'yicha har ming tug'ilganlarga nisbatan 24,9 ni tashkil qilgan holda, u Chimboy shahrida 49,3, qorao'zak shaharchasida 48,5, Taxtako'pir shaharchasida 51,4 va Shumanay shaharchasida 45,4 kishiga teng.
Ekologik vaziyatning noqulayligi sababli aholining migratsiya harakatlari ham bu yerda salbiy natijalarga ega. Jumladan, birgina 1998 yilda qR ning shahar joylarida migratsiya qoldig'i, ya'ni kelganlar bilan ketganlar nisbati minus 3 ming, qishloq joylarda esa-1750 kishiga barobar bo'lgan. 1997 yilda bu raqamlar, yuqoridagilarga mos holda-3168 va 1729 kishini tashkil qilgan.
Jami aholidan 738 ming kishi 15 shahar va 16 shahar¬chalarda va 789 ming kishi qishloq joylarda yashaydi. Eng katta shahar-qR poytaxti Nukus bo'lib, unda 211 ming aholi istiqomat qiladi. Xo'jayli, Beruniy va Taxiyatosh o'rta shaharlar qatoriga kiradi; Chimboy, To'rtko'l, Mang'it va qo'ng'irot shaharlarining har biriga 30-50 ming aholi to'g'ri keladi. qolgan shaharlarda aholi soni bundan kam.
Nisbatan katta qishloqlar asosan qadimdan sug'orilgan hududlarda joylashgan.
Xo'jaligi. Mintaqa iqtisodiyoti agrar­industrial yo'nalishi bilan tavsiflanadi. Boshqa hududlarda bo'lganidek, bu yerda ham bozor islohotlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, jami sanoat mahsulotining 92-94 foizi, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining 98-99 foizi nodavlat sektoriga to'g'ri keladi. Shuningdek, bozor infrastrukturasini shakllantirish, qulay investitsiya makonini yaratish, geoekologik holatni sog'lomlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Sanoati. qR sanoati, yalpi ichki mahsulotning 1/3 qismidan ko'prog'ini beradi. Bu yerning sanoat majmuida yengil, qurilish mahsulotlari va oziq­ovqat sanoati nisbatan yaxshi rivojlangan. Masalan, yengil sanoat qR yalpi mahsulotini 22,4, elektr energetika 16,9, oziq­ovqat 8,2 foizini ta'minlaydi. Bulardan tashqari, un­krupa, omuxta, yem sanoati ham rivojlanib bormoqda.
qR O'zbekiston Respublikasining 4,2 foiz elektr energiyasini, shuncha qurilish sanoati, 4,6 oziq­ovqat, 3,6 foiz yengil sanoat, 5,2 foiz paxta tozalash sanoat mahsulotini beradi. Keyingi 10 yilda bu yerda yoqilg'i, to'qimachilik, shisha va farfor idishlari sanoati boshqalarga ko'ra tezroq rivojlanib borgan. Chunonchi, mustaqillik yillarida qoraqalpo¬g'istonda Nukus un zavodi (1992 y.), Kateks (1993 y.), Elteks (1994 y.), Xo'jayli shisha zavodi (1995 y.), o'ndan ortiq qo'shma korxonalar qurildi. Hozirgi kunda bu yerda 92 asosiy sanoat korxonalari mavjud bo'lib, ularda 20 ming kishiga yaqin ishchi band. Ammo sanoat rivojlanish darajasi yuqori emas: sanoat ishlab chiqarishning indeksi 0,34 (O'zR-1,00). Har ming aholiga sanoatda band bo'lganlar 13,3 kishi.

qR elektr energetikasi Taxiyatosh IESiga asoslangan. Albatta, bu uncha katta bo'lmagan issiqlik elektr stantsiyasi quyi Amudaryo mintaqa iqtisodiyotini jadal rivojlantirish uchun yetarli emas. Shuningdek, qazib olinayotgan neft va gaz kondensati, tabiiy gaz miqdori ham kelajakda ko'payishi kerak.
So'nggi yillarda kimyo sanoati rivojlanishiga katta e'tibor qaratilmoqda. Masalan, qo'ng'irot shahrida mahalliy tuz xom ashyosi asosida O'zbekistonda yagona soda zavodi xorijiy mamlakatlar investitsiyasini jalb qilingan holda barpo etilmoqda.

Mashinasozlik va o'rmon sanoati yaxshi rivojlanmagan. Mashinasozlik ko'proq qishloq xo'jaligi va yo'l qurilishi mashinalari hamda kemalarini ta'mirlashga ixtisoslashgan. Ayni vaqtda qurilish sanoati (ohak, marmar, g'isht ishlab chiqarish) birmuncha yuksalmoqda.


Yengil sanoati tarkibida to'qimachilik va paxta tozalash korxonalarining o'rni katta. Nukus va Ellikqa'la tumani markazi Bo'ston shahrida Turkiyaning «Yazek» firmasi bilan hamkorlikda Kateks va Elteks korxonalari barpo etilgan. Nukusda jun mahsulotlari (kiygiz) ishlab chiqaruvchi kombinat mavjud, paxta yetishtiruvchi Beruniy, To'rtko'l, Amudaryo, Ellikqal'a, Xo'jayli va boshqa tuman markazlarida paxta tozalash zavodlari ishlab turibdi.
Oziq­ovqat sanoatida asosan o'simlik yog'i (Xo'jayli, Nukus, qo'ng'irot, Chimboy, Beruniy), konserva (Mo'ynoq, Nukus) ishlab chiqarishi tovar ahamiyatiga ega. Don mahsulotlari va yemning ko'pchilik qismini «qorao'zak­don» aktsionerlik jamiyati beradi. Un sanoati korxonalari Beruniy, Chimboy, To'rtko'lda joylashgan.
Hammasi bo'lib qoraqalpog'istonda o'ndan ortiq faoliyat ko'rsatayotgan qo'shma korxonalar bor. Ammo ularning eksport salohiyati ancha past. Keyingi yillarda «Texnomart» o'zbek­arab qK (fotoxizmat), «Osiyo-vest» O'zbekiston­ Germaniya qK (madanli suv va alkogolsiz ichimliklar), «Persey» O'zbek-Rossiya-Litva qK (qishloq xo'jaligi xom ashyosini qayta ishlash va realizatsiya qilish), «Sharq-teks» qoraqalpoq-Italiya (paxta va uning chiqindilarini qayta ishlash), «Chimboy-Deri» O'zbek-Turk (qo'y va echkilar terisini qayta ishlash, poyafzal ishlab chiqarish) qo'shma korxonalari qurilgan. Shuningdek, dekarativ toshlar (marmar), muzqaymoq ishlab chiqaruvchi «Ays-Jayhun» qora¬qalpoq-Lyuksemburg, o'simlik yog'i beruvchi «Turon» O'zbek-Rossiya qo'shma korxonalari ham mavjud. «Kart» qK da paypoq ishlab chiqariladi.
Sanoatning hududiy tarkibi o'ziga xos: taxminan ¼ qism sanoat mahsuloti Nukus shahriga, deyarli 20 foizi Taxiyatosh shahriga to'g'ri keladi. Bulardan tashqari, Xo'jayli, qo'ng'irot, Ellikqal'a, Chimboy, Beruniy va Amudaryo tumanlarida ham sanoat ishlab chiqarishi birmuncha rivojlangan. Ayni paytda qorao'zak, Taxtako'pir, Mo'ynoq va Bo'zatov tumanlarida bu soha deyarli yo'q darajada.
Qishloq xo'jaligi. qR O'zbekistonning 5,4 foiz paxta xom ashyosini, 3,6 foiz pilla, 10,7 foiz poliz ekinlarini, 4,9 foiz go'sht, 3,6 foiz sut, 8,9 foiz qora ko'l terisi, 40,7 foiz sholisini yetkazib beradi (2000 y.).
qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligida chorvachilik nisbatan ustun turadi. Uning hissasiga jami agrar soha mahsulotlarining 57,2 foizi to'g'ri keladi, qolgan 42,8 foizini esa dehqonchilik beradi. Chorvachilikda eng unumdor soha qo'ychilik­qorako'l qo'ylarini boqish va jun, teri mahsulotlarini yetishtirish hisoblanadi.
Ekin maydoni so'nggi yillarda, barcha xo'jalik turlarida 340-390 ming gektarni tashkil qiladi (respublikada 3775 ming ga). Shundan taxminan 1/3 qismi don (asosan sholi), 35 foizga yaqini paxta, 20 foizdan ko'prog'i yem­xashak, 7-9 foizi poliz ekinlari bilan band (14­chizmaga qarang). Bir yilda 150-170 ming tonna atrofida sholi, 130-190 tonna paxta xom ashyosi olinadi hosildorlik sholichilikda 20 s/ga yetadi, paxtada bu ko'rsatkich ancha past. Paxta va sholi ko'proq suv bilan yaxshi ta'minlangan hududlarda, bevosita Amudaryoga yaqin joylarda ekiladi.
qR da yaylov chorvachiligi rivojlangan, yem­xashakdan asosan beda yetishtiriladi. Umuman beda yetishtirish bu yerda katta ahamiyatga ega. Yirik shoxli mollar soni 397 ming bosh atrofida, qo'y va echkilar 443 ming bosh, otlar 17 mingga yaqin, tovuqlar esa 650 mingdan ziyod .
qishloq xo'jaligi sohasi bo'yicha Ellikqal'a, Beruniy, To'rtko'l va Amudaryo tumanlari ajralib turadi. Ularning har biri qoraqalpog'iston agrar soha mahsulotining 10 foizidan ko'prog'ini beradi. Ayni vaqtda Mo'ynoq va Bo'zatov tumanlarida makroiqtisodiyotning bu tarmog'i juda sust rivojlangan. qRda ijtimoiy sohalar ham rivojlanib bormoqda. Ushbu muammo Orol bo'yi mintaqasidagi ekologik ahvolni yaxshilash mintaqaviy dasturi doirasida hal etilib borilmoqda. 2000 yil yakunlariga binoan, aholi jon boshiga 15,7 ming so'mlik xalq iste'mol mollari, 34 ming so'mlik chakana savdo oboroti, 5150 so'm atrofida pullik xizmat bajarilgan. Har 10 ming aholining sog'liqni saqlash tizimi bilan ta'minlanganlik darajasi bemorlar koykalari bo'yicha 4,8, ambulator­poliklinika muassasalari bo'yicha 154 birlikni tashkil etadi.
qishloq infrastrukturasi ham yaxshilanib bormoqda. Masalan, markazlashtirilgan holda toza ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasi o'rtacha 62,3 foizga, tabiiy gaz bilan­87,3 foizga teng. Shu bilan birga mazkur sohalarning ahvoli Amudaryo, Beruniy va Shumanay tumanlarida (suv bo'yicha) hamda Bo'zatov va Beruniy tumanlarida (tabiiy gaz) qoniqarli darajada emas.
Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar. 2000 yilda barcha transport vositalari bilan 52,9 mln. tonna xalq xo'jaligi yuklari jo'natilgan (yuk oboroti 1346 mln. tonna/ km), shundan avtomobil transporti 49,4 mln. tonna (443,4 mln. tonna/km), temir yo'l, yuqoridagilarga mos ravishda 3,5 mln. tonna va 902 mln. tonna/km. 1999 yilda esa 62,0 mln. tonna yuk tashilgan, yuk oboroti o'rtacha 1290 mln. tonna/km bo'lgan.
qoraqalpog'iston hududidan O'zbekistonni Rossiya bilan bog'lovchi Taxiyatosh-Beynau temir yo'li o'tadi. Shu bilan birga keyingi yillarda Nukus-Chimboy temir yo'li ham qurilib ishga tushirilgan va qo'ng'irot-Nukus-Chimboy yo'nalishi bo'yicha yo'lovchilar tashilmoqda. Ayni vaqtda Uchquduq-Miskin-Nukus temir yo'li qurildi, Nukus-Beynau avtomobil yo'li ham qurib bitirilmoqda. Ular to'la ishga tushgach qoraqalpog'iston Respublikasi mamlakatimizning boshqa hududlari bilan bevosita bog'lanish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Tashqi savdo oboroti 110 mln. AqSh dollariga teng, shu jumladan, eksport 52,6 va import 56,5 mln. dollar. Eksportning 80-85 foizi paxta tolasiga to'g'ri keladi, importda esa mashina va asbob­uskunalar, oziq­ovqat mahsuloti asosiy o'rinni egallaydi. Ta'kidlash joizki, yildan­yilga paxta tolasining eksportdagi ulushi kamayib bormoqda. Masalan, u 1998 yilda jami eksport qiymatining 92,6 foizini, 1999 yilda 86,5 foizini tashkil qilgan bo'lsa, 2000 yilga kelib bu ko'rsatkich 82,3 foizga teng bo'ldi. Iqtisodiy aloqalar Hamdo'stlik mamlakatlari va qisman «uzoq» xorij davlatlari bilan olib boriladi (Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Belьgiya, Rossiya, qozog'iston bilan).
Ichki tafovutlari. qoraqalpog'iston hududi to'rtta asosiy iqtisodiy rayonlarga bo'linadi: g'arbiy, sharqiy, markaziy va janubiy. Bundan tashqari, Mo'ynoq va Bo'zatov tumanlari doirasida shimoliy rayon ham ajratilishi mumkin.
Belgilangan hududiy tarkiblar orasida g'arbiy, shimoliy va sharqiy rayonlarning iqtisodiy va demografik salohiyati ancha past, markaziy va janubiy mintaqalar esa birmuncha rivojlangan.
1. /arbiy rayon tarkibiga qo'ng'irot, Shumanay va qonliko'l tumanlari kiradi; rayon qoraqalpog'iston hududining 45,5 va aholisining 12,5 foizini tashkil qiladi. /arbiy rayon hissasiga qoraqalpog'istonning 16 foiz sanoat va deyarli shuncha qishloq xo'jaligi mahsuloti to'g'ri keladi. Ushbu rayonning «norasmiy» markazi qo'ng'irot shahri (35,2 ming kishi). Bu yerda asosan yaylov chorvachiligi birmuncha rivojlangan. Shu bilan birga yoqilg'i va kimyo sanoati ham yuksalib bormoqda.
2. Shimoliy rayon Mo'ynoq va Bo'zatov tumanlaridan tashkil topgan bo'lib, unga qRning 23,4 foiz maydoni va aholisining atigi 3,2 foizi to'g'ri keladi. Rayon iqtisodiy jihatdan juda sust rivojlangan. U qoraqalpog'iston sanoat mahsulotining atigi 1,2 foiz, qishloq xo'jaligi mahsulotining 2,5 foizini beradi. Eng yirik shahri Mo'ynoq (13,6 ming kishi).
3. Markaziy rayon Nukus shahri hokimiyati, Nukus va Xo'jayli tumanlarini birlashtiradi. Hududi qRning 2,0 foiz, aholisi 32,5 foiz, sanoat mahsuloti 55, qishloq xo'jaligi mahsuloti 13,15 foizga teng. Bu qR da eng rivojlangan. Markazi–Nukus shahri. Mintaqa asosini Nukus–Xo'jayli sanoat tuguni va shu nomdagi shahar aglomeratsiyasi tashkil qiladi. Mazkur rayonda oziq­ ovqat, to'qimachilik, elektr­energetika sanoati, sholichilik yaxshi rivojlangan.
4. Sharqiy rayon qorao'zak, Chimboy, Kegeyli va Taxtako'pir tumanlaridan iborat. Uning qR da tutgan o'rni: maydoni 17,6 foiz, aholisi 15,6 foiz, sanoati 10-12 foiz, qishloq xo'jaligi bo'yicha 20-22 foiz. Asosiy shahri Chimboyda 33,1 ming aholi yashaydi. Rayonda yaylov chorvachiligi, sholi yetishtirish katta ahamiyatga ega.
5. Janubiy rayon tarkibiga Amudaryo, Beruniy, To'rtko'l va Ellikqal'a tumanlari kiradi. Rayon qR hududining 7,1 foizini, aholisining esa 36,2 foizini tashkil qiladi. Bu yerda agroindustrial majmuasi, shu jumladan paxta va sholi yetishtirish, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati rivojlangan. Rayon qoraqalpog'istonda sanoat mahsulotining taxminan 20-22 foiz hamda qishloq xo'jaligining 45-48 foizini ta'minlaydi. Asosiy shaharlari Beruniy (53 ming) va To'rtko'l (49 ming kishi).
qR ichki iqtisodiy rayonlarining muammolari va istiqbol yo'nalishlari ham har xil. Masalan, Markaziy rayon o'zining mavqeini saqlagan holda yaqin kelajakda Janubning rivojlanishi yanada jadallashadi. Bunga Uchquduq-Sultonuvays-Miskin-Nukus temir yo'lining ochilishi ham sabab bo'ladi. Keyingi navbat /arbiy rayonga kelsa kerak, bu Ustyurt qazilma boyliklaridan foydalanish bilan bog'liq.
Sharqiy rayon istiqboli uzoqroq kelajakda Taxtako'pirdan sharqqa­qozog'istonning tutash hududiga temir yo'l qurilishi, Chimboy tuz konlarini ishga tushirilishi bilan boshlansa ajab emas. Shimol esa ancha vaqt muammoli rayon bo'lib qoladi va uning rivojlanishi ko'p jihatdan Orol taqdiridan kelib chiqadi. Hududlarning bunday tarqqiyot xususiyatlari qR ning mintaqaviy siyosatida o'z aksini topadi.

Download 269,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish