‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Xorazm viloyati sanoatining iqtisodiy tarmoqlar tarkibi



Download 269,41 Kb.
bet4/6
Sana11.03.2022
Hajmi269,41 Kb.
#490807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15 Quyi Аmudаryo vа Jаnubiy mintаqаlаr (2)

2.Xorazm viloyati sanoatining iqtisodiy tarmoqlar tarkibi
Viloyat 1938 yilda O'zbekiston tarkibida tashkil topgan. Hozirgi kunda u 10 qishloq tumanlaridan iborat: Bog'ot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, qo'shko'pir va Hazorasp.
Xorazm viloyatining maydoni 6,05 ming km2 va bu jihatdan u respublikada Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan kattaroq, xolos. Viloyat aholisi, 1.01.2002 yil ma'lumotlariga ko'ra, 1370 ming kishi. Ma'muriy markazi-Urganch shahri.
Xorazm viloyati hududi jihatidan uncha katta bo'lmasada, uning iqtisodiy salohiyati ancha yuqori. Jumladan, bu yerda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va sanoat mahsulotining hajmi qR ga qaraganda 1,6 marta ziyod, qishloq xo'jaligi mahsulotining qiymati esa 2,4 marta ortiq.
Geografik o'rni va tabiiy boyliklari. Viloyat Amudaryoning quyi qismida, O'zbekiston Respublikasining shimoli­g'arbida joylashgan, qR va qisman janubda Buxoro viloyati bilan, g'arbda va janubi­g'arbda Turkmaniston davlati bilan chegaradosh.
Viloyat hududining asosiy qismi Amudaryoning so'l sohilida joylashgan. Amudaryo boy tarix va madaniyatga ega bo'lgan Xorazm taqdirida katta rol o'ynagan; Nil daryosi qadimgi Misr uchun qanchalik ahamiyatli bo'lgan bo'lsa, Amudaryo (Oks) ham Xorazm o'lkasi uchun shunchalik muhim bo'lgan. Binobarin, bu daryo Xorazm viloyati va qo'shni hududlar ijtimoiy­iqtisodiy rivojlanishining asosiy tarixiy geografik omili hisoblanadi.
Xorazm hududini Chorjo'y-Toshhovuz-Beynau temir yo'li kesib o'tadi. Bu uning rivojlanishiga, Turkmaniston, qozog'iston, RF va boshqa davlatlar bilan aloqa qilishida ancha qulayliklar tug'diradi. Biroq, viloyatning Orol dengiziga yaqinligi, ushbu mintaqada vujudga kelgan ekologik vaziyat uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Viloyat yer usti tuzilishi murakkab emas, uning hududi Turon pasttekisligiga kiradi. Yer sathining nisbatan balandligi daryodan uzoqlashgan sari janubga tomon biroz ko'tarilib boradi. Bunday geomorfologik holat va u bilan bog'liq yer osti suvlarining joylanishi aholi manzilgohlari va xo'jalik tarmoqlarini hududiy tashkil qilishga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Xorazm hududining tuzilishi ayni vaqtda uning qazilma resurslariga boy emasligidan ham darak beradi. Darhaqiqat, bu yerda ko'zga ko'rinarli qazilma boyliklar topilmagan (ehtimol, uning janubiy va o'ng qirg'oq qismida kelajakda yoqilg'i resurslari, jumladan tabiiy gaz konlari aniqlanishi mumkin). Viloyatda mineral xom ashyo va yoqilg'i resurslarining o'ta tanqisligi og'ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga to'sqinlik qiladi.

Iqlimi kontinental, namgarchilik kam. Shu sababli qadimdan bu hududda dehqonchilikning rivojlanishi asosan suv, sug'orish inshootlari bilan bog'liq bo'lgan. Xatto hozirgi kunda ham iqlimning quruq kelishi, Amudaryoda suvning kamayishi bu yerda nafaqat sug'orma dehqonchilikdan tashqari elektr energiyasini ishlab chiqarishga, daryo transporti faoliyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.


Shunday qilib, Xorazm viloyatining ijtimoiy­iqti¬sodiy rivojlanishi ko'p jihatdan agroiqlimiy resurs¬larga, suv zaxiralari, Orol bo'yi ekologik muammolarini hal qilishga hamda qo'shni hududlar bilan iqtisodiy integratsiya qilishiga bog'liq.
Aholisi va mehnat resurslari. Xorazm viloyatining eng katta boyligi uning xalqidir. Viloyat aholisi 1989-2002 yillarda 135,5 foizga yoki har yili 1,55 foizdan ko'payib borgan. Ammo bu raqam mamlakat o'rtacha ko'rsatkichlardan pastroq (1,95 foiz).
Aholi joylashuvida, qo'shni qoraqalpog'istonga o'xshash, katta hududiy tufovutlar yo'q. O'rtacha zichlik 1 km2 ga 228 kishini tashkil etgan holda u 180 kishidan (Yangibozor tumani), 350 kishigacha (Xiva tumani) farq qiladi. Shuningdek, Urganch, Hazorasp tumanlarida ham aholi ancha zich joylashgan.
Viloyatda urbanizatsiya darajasi past-24 foizga yaqin aholi mavjud 3 shahar (Urganch, Xiva va Pitnak) hamda 7 shaharchada (Gurlan, qoshko'pir, Chalish, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangibozor) yashaydi. Urbanizatsiya ko'rsatkichi Respublikamizda faqat Surxondaryo viloyatidan yuqoriroq, xolos, shaharlar soni bo'yicha esa u eng oxirgi o'rinda. Viloyatning ma'muriy markazi Urganchda 140 ming, «ikkinchi» shahar Xivada 50 ming kishi istiqomat qiladi.
Aholi sonining o'sishida uning tabiiy harakatini roli katta. Tug'ilish har ming kishi hisobiga 2017 yilda viloyat bo'yicha 22,5, o'lim 4,9 kishiga, tabiiy o'sish esa 17,6 promillega teng bo'lgan. Tug'ilish koeffitsiyenti Hazorasp, Gurlan va Bog'ot tumanlarida yuqoriroq (26-27 promille), o'lim ko'rsatkichlari esa Urganch shahrida biroz katta (6,5-7,0 promille). Bolalar o'limi viloyat bo'yicha har 1000 tug'ilgan chaqaloqqa 24,7 ga teng bo'lib, u Urganch shahri va Gurlan shaharchasida birmuncha yuqoriroq.
Viloyatda aholi migratsiyasi Respublika boshqa hududlariga qaraganda ancha sust rivojlangan. Masalan, 1997 yilda viloyat shahar joylariga atigi 1980 kishi kelgan va bu yerdan 360 kishi ketgan (migratsiya qoldig'i minus 1621); 1998 yilda bu ko'rsatkichlar yuqoridagilarga mos holda 1890; 3680 va minus 1790 kishini tashkil qilgan.
Alohida ta'kidlash joizki, O'zbekistonda faqat Xorazm viloyati qishloq joylarida aholining migratsiya aloqalari ijobiy, xolos. Chunonchi 1997 yilda viloyat qishloqlariga hammasi bo'lib 2968 kishi kelgan (1998 yilda 3997), ketganlar 3301 (3372) va migratsiya qoldig'i 786 (625) kishiga teng bo'lgan.
Xorazm viloyati demografiyasining yana bir xususiyati shundaki, uning aholisi asosan bir millatli hisoblanadi. Masalan, 1989 yildagi aholi ro'yxati ma'lumotlariga qara¬ganda, viloyat aholisining 94,6 foizini o'zbeklar tashkil etgan. Albatta, yuqorida keltirilgan aholining o'sishi, joylanishi, tabiiy va migratsiya harakti, milliy tarkibi, viloyat ijtimoiy­iqtisodiy rivojlanishida e'tiborga olinishi kerak.
Jami aholidan 650 ming kishi mehnatga layoqatli yoshdagilar hisoblanadi; ish bilan band bo'lganlar soni 450-460 ming kishi, rasman ishsiz sifatida mehnat birjasida qayd etilganlar 2500-2540 kishi atrofida.
2017 yil ma'lumotlariga binoan, jami band aholining 8,8 foizi sanoatga, 40,6 foizi qishloq xo'jaligiga va 8,4 foizi qurilishga to'g'ri keladi. Shuningdek, ta'lim, madaniyat, fan sohalarida ham mehnat resurslarining kattagina qismi ishlaydi (13,5 foiz). Respublika o'rtacha ko'rsatkichlariga qiyoslasak, bu yerda qishloq xo'jaligida aholi bandligining yuqoriroq va sanoatda esa pastligining guvohi bo'lamiz (O'zR da bu ko'rsatkichlar 36,2 va 12,6 foizga barobar).
2017 yilda Xorazm viloyati qishloq xo'jaligida 7,2 ming kishi ortiqcha ishchi kuchi sifatida bo'shagan va shu yili qishloq joylarida 14,1 ming yangi ish o'rinlari yaratilgan. Bu asosan sanoat va ijtimoiy sohalar, kichik tadbirkorlik hisobidan amalga oshirilgan.
Iqtisodiyoti. Xorazm viloyati iqtisodiyoti agrar­in¬dustrial yo'nalishga ega. Viloyat O'zbekiston yalpi ichki mahsulotining 4,5 foizini, sanoat mahsulotini 2,7 va qishloq xo'jaligini 6,3 foizni beradi (2000 y.). Respublika hududiy mehnat taqsimotida Xorazm viloyati yengil va oziq­ovqat sanoatiga, qishloq xo'jaligida esa paxta va sholi yetishtirib berishga ixtisoslashgan.
Viloyatda bozor islohotlari keng ko'lamda amalga oshirilmoqda. Sanoatning 90,5 foiz va qishloq xo'jaligining deyarli yuz foiz mahsuloti nodavlat sektorida yaratiladi. Ayni vaqtda qishloq joylari ijtimoiy infrastrukturasi rivojlanib bormoqda.
Xo'jalikning turli tarmoqlarida 20 dan ortiq qo'shni korxonalar qurilgan. Barcha qo'shma korxonalarda 2000 yilda 1240 mln. so'mlik mahsulot ishlab chiqilgan, ularning viloyat eksportidagi ulushi 13,5 foizni tashkil etadi. Hammasi bo'lib qo'shma korxonalarda 1000 kishiga yaqin ishchi xizmat qiladi.
Sanoati. Xorazm viloyati Respublika qurilish sanoati mahsulotining 3,5, yengil sanoatning 6,2, shu jumladan paxta tolasining 7,2, oziq­ovqat sanoati mahsulotining 6,8 foizini beradi.
Mustaqillik yillarida bu yerda sanoat ishlab chiqa¬rilishi deyarli 3 barobarga o'sdi. Bu borada u Andijon va Buxoro viloyatlari bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida ajralib turadi. 2000 yilda bu yerda sanoat mahsulotlarining hajmi 4,5 foizga o'sdi.
Sanoat tizimida 10 ga yaqin qo'shma korxonalar qurib bitirildi. Ular jumlasiga poyafzal ishlab chiqaruvchi «Dorital LTD», konserva ishlab chiqaruvchi «Meva», shuningdek «Koka-Kola», «O'zximvent», «AloqaDEU» va boshqalar kiradi.
Shu bilan birga, xorijiy davlatlar firmalari ishtirokida boshqa sanoat korxonalari ham rivojlanib bormoqda. Masalan, Xitoy texnologiyasi yordamida Urganchda «Xorazm ipagi» to'qimachilik korxonasi, Buyuk Britaniya asbob­uskunalari bilan jihozlangan Bog'otdagi tibbiy paxta (momiq) ishlab chiqaruvchi fabrika, Rossiyaning Komishin fabrikasi bilan hamkorlikda Xonqada ip kalava va ip gazlama ishlab chiqaruvchi korxona, Turkiyaning «Yazek» firmasi bilan «Gurlantekstil», xuddi shunday korxona Urganchda ham qurilgan. Bulardan tashqari, Xiva gilam kombinatiga Germaniyadan asbob­uskunalar keltirilgan, Bog'otda shisha zavodi, Hazoraspda Respublikamizda birinchi qand zavodi «Xorazmshakar» ishga tushirildi. Bularning barchasi o'ziga xos «Xorazm tezligini» ta'minlaydi.
Xorazm viloyati sanoatining tarmoqlar tarkibida yengil sanoat ustunlik qiladi (2000 yilda u jami sanoat mahsulotining 32,8 foizini bergan). Shuningdek, bu yerda un­ krupa, omuxta yem (23,8 foiz), hamda oziq­ovqat sanoati yaxshi rivojlangan–22,6 foiz. Keyingi o'rinlarni mashinasozlik va metalni qayta ishlash, qurilish sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish egallaydi.

Download 269,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish