Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti



Download 0,74 Mb.
bet48/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

VII. Bolishsizlik olmoshi ma’no jihatdan tasdiqqa nisbatan zidlikni bildiradi va [hech]so‘zi bilan hosil bo‘ladi. Bu olmosh gapni (fikrni) inkorga aylantiradi: [hech nima], [hech kim], [hech qachon], [hechmahal].
Til tarixida ham, hozir ham ba’zan juda ko‘tarinki, tantanavor nutqda kamtarinlik uchun, manmanlik qilmaslik maqsadda [men] kishilik olmoshi o‘rnida [kamina], [faqir], [banda] so‘zi qo‘llaniladi. Bular tilshunosligimizda ot-olmosh nomini olgan.
Olmosh – nutqni o‘rinsiz takrordan tozalashning, fikrni ixcham bayon qilishning muhim vositasi. U gapda turli sintaktik vazifada kela oladi:1. Mening ozimbu yukni kotara olmas edim. 2. Vazifamiz ― shu.3. Qanday kishi xor bolur? 4. Bahor keldi seni soroqlab.
Olmoshning tuzilishiga ko‘ra turi quyidagi jadvalda berilgan (24-jadval):
24-jadval



Olmosh



Shak l l ar










Sodda













Qoshma

Juft

Takroriy

1. Kishilik

men, sen

meniki

-

-

-



2. Korsatish



bu, shu



bular, shunisi



anabu,
manau



u-bu



osha-osha, shu-shu

3. Ozlik

Oz

ozim, ozlari

-

-

oz-ozini

4. Soroq

kim, nima?

kimga, nimalar

nima uchun, nima maqsadda

-

kim-kim, nima-nima?

5. Belgilash

hamma, bari

hammamiz

har kim, har nima

-

barcha-barcha, butun-butun

6.Bolishsizlik

hech

-

hech kim, hech nima

-

-

7. Gumon

-

birov, kimdir

allakim, allanima

-

-



Jadvalda olmoshning “yasama” shaklini berishda tilshunos olim G‘.Zikrillayev fikriga tayanib, lug‘aviy shakl qo‘shimchasi inobatga olindi.
Olmoshda shaxs, hurmat, miqdor, munosabat ma’nosining mujassamligi va ularning nutqda rang-barang usulda namoyon bo‘lishi tilshunosligimizda aniqlangan. Masalan, kishilik olmoshidan [men], [biz] so‘zlovchi,[sen], [siz] tinglovchi,[u], (ular) o‘zga shaxsnibildiradi. Miqdor ma’nosining ifodalanishi jihatidan [men], [sen] birlikni; [biz], (sizlar), (senlar), (bizlar) ko‘plikni; [siz], (ular) birlikka ham, ko‘plikka ham betaraf ma’noni anglatadi. Hurmat ma’nosi II, III shaxs olmoshiga xos. Munosabat ma’nosi kishilik olmoshining kelishik qo‘shimchasini olib o‘zgarishida yuzaga chiqadi. Kishilik olmoshiga egalik ma’nosi ham xos. Ushbu olmosh qaratqich kelishigida egalik ma’nosini bildiradi: bizning universitet. O‘zbek tilida egalik ma’nosi kishilik olmoshiga[-niki] qo‘shimchasini qo‘shish bilan ham ifodalanadi: meniki, bizniki, seniki kabi. Yuqoridagi ma’nolarning ifodalanish tarzini boshqa LMGda ham kuzatish mumkin.
Olmosh derivatsiyasi. Olmosh o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga ega. U – affiksatsiya va kompozitsiya usuli. Ko‘rsatish, belgilash-jamlash, gumon, bo‘lishsizlik olmoshlari sirasida yasalmalari ham mavjud. Shuningdek, o‘zga turkum so‘zlaridan derivatsiyaning boshqa ko‘rinishlari asosida ham olmosh vujudga kelgan: [birov], [butun], [yalpi], [jami], [falonchi] kabi.
Affiksatsiya usuli. Affiksatsiya usuli gumon olmoshida uchraydi. Bu usul bilan asosan olmoshdan olmosh yasaladi.
Yasash asosiga qo‘shilib, olmosh hosil qiluvchi affiksning so‘z yasash darajasi ham turlicha: [-alla], [-dir]. Bu affiksning har biri turli derivatsion qolip tarkibida olmosh yasaydi: [-alla+soroq olmoshi/narsa = 1) asosdan anglashigan narsa/predmetning gumonligi] qolipi hosilalari quyidagicha: [allakim], [allanima], [allanarsa], [allakim], [allaqayer] kabi.
[soroq olmoshi+ - dir= 1) asosdan anglashigan narsa/predmetning gumonligi] qolipi quyidagi olmoshlarni beradi: [kimdir], [nimadir], [qayerdadir], [qachondir], [qaysidir] kabi.
Kompozitsiya usuli. Bu usul vositasida qo‘shma (ko‘rsatish, so‘roq, belgilash, bo‘lishsizlik), juft (ko‘rsatish) va takroriy (ko‘rsatish, so‘roq, belgilash) olmoshlar yasaladi (24a-jadval):

Olmosh

Qoshma



Juft

Takroriy



2. Korsatish



ana bu,
mana u



u-bu



osha-osha, shu-shu

4. Soroq

nima uchun, nima maqsadda

-

kim-kim, nima-nima?

5. Belgilash

har kim, har nima

-

barcha-barcha, butun-butun

6.Bolishsizlik

hech kim, hech nima

-

-

O‘zbek tilida olmoshning yasalishi masalasi munozarali. Olmoshning yasalish xususiyati tadqiqi tilshunosligimiz oldida turgan vazifalardan.
Boshqa turkumlarga oid sozlarning olmoshga kochishi (pronominalizatsiya)
Nutqdagi ma’lum sharoitga qarab ba’zi ot, sifat va sonlarning asl ma’nosi o‘zgarib abstraktlashadi, umumlashadi – olmoshga yaqinlashadi. Bu hodisa tilshunoslikda pronominalizatsiya deyiladi. (pronom-lotincha olmosh degan ma’noni bildiradi). Bu hodisa tufayli ot narsani, sifat belgini, son esa miqdorni bildirmay, olmoshlarga o‘xshab ularga ishora qiladi. Masalan, odam, kishi, inson, nafas, ish kabi otlar; ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi kabi sifatlar; bir soni olmoshga yaqinlashadi, olmosh vazifasida qo‘llanadi. Masalan: Uning konglini olishga bir inson topilmadi (hech kim topilmadi). Sizni bir odam chaqiryapti (sizni kimdir chaqiryapti). Yaqin kunda bajarilishi lozim bolgan vazifalarimiz tubandagilardan iborat (shulardan iborat).
Quyidagi turkumlarga tegishli ayrim so‘zlar olmoshga ko‘chadi: 1) ot: odam, kishi, inson, narsa, ish: Shularni korib hayron qolasan kishi. Kecha yomon bir ish bo`ldi. 2) sifat: ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi: Ba’zilar bu qoidalarga rioya qilishmaydi. 3) son: bir: Sizni kabinetda bir odam kutyapti. Umuman olganda, bir, bar, hech so‘zlari bilan keladigan ko‘pgina so‘zlar olmoshga ko‘chishi mumkin: hech narsa, bir narsa, har yerda.
Eski o‘zbek tilida men olmoshi o‘rnida kamina (hozir ham ishlatiladi), kaminai kamtarin, bandai ojizingiz kabi so‘zlar ham qo‘llangan.
Faqir birinchi shaxs o‘rnida yoki «men», «sen» olmoshlari bilan birgalikda ishlatilib, so‘zlovchining kamtarlik qilayotganini ifodalaydi. Masalan: Tabibiy entikdi: - Faqiringiz vijdonim buyurgan gapni aytdim. Sizdek muhtaram zot taklif etadi-yu, bizdek faqir bosh tortadimi. (S.Siyoyev).
Kamina kamtarlik yoki odob yuzasidan «men» so‘zi o‘rnida ishlatiladi. Masalan: Kaminaning sizga bo`lgan hurmati goyat samimiy. Kamina ham suhbatlaringizni sogingan ekanman. (P.Qodirov). Xiva xonining saroyida ham kaminaning koz-quloqlari bor. (Sh.Toshmatov).
Banda (bandai ojizingiz) so‘zi o‘zini kamtar tutish, murojaat qilayotgan shaxsga hurmat bildirish ma’nosini ifodalaydi. Masalan: -Amirim,-dedi moysafid soqolini tulamlab, - bu xokisor bandangizning (bandai ojizingizning) bir qoshiq qonidan keching. (P.Qodirov).

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish