Anaforik shakl – oldingi so‘zga ishora;
Kataforik shakl – keyingi so‘zga ishora
9 – MA’RUZA
MAVZU: SINTAKTIK SHAKL HOSIL QILUVCHI KATEGORIYALAR.
REJA:
1.Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar va ularning turlari: egalik, kelishik va kesimlik kategoriyasi. Ularning umumturkiy va sintaktik vazifa uchun xoslangan kategoriyalar ekanligi.
2.Egalik kategoriyasi va uning shakllari paradigmasi. Egalik kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Egalik kategoriyasining turli mustaqil so‘z turkumlarida qo‘llanish xususiyatlari. Egalik kategoriyasi umumiy grammatik
ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
3.Kelishik kategoriyasi va uning shakllari paradigmasi. Kelishik kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Kelishik kategoriyasining turli mustaqil so‘z turkumlarida qo‘llanish xususiyatlari. Kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
4.Kesimlik kategoriyasi murakkab kategoriya sifatida. Kesimlik kategoriyasining tarkibi (shaxs-son, zamon, tasdiq/inkor, modallik kategoriyalari), uning shakllari paradigmasi. Shaxs-son kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nolari. Zamon kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nolari. Tasdiq-inkor kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nolari.
Ot turkumidasintaktik kategoriyalarkengqo‘llanishga ega. Xususan, KK va EK voqelanishi uchun bu turkumda cheklanmagan imkoniyat mavjud. Ammo unda kesimlik kategoriyasining voqelanishi
nisbatan chegaralangan.
Egalik kategoriyasi. Ot turkumi EK UGMsini «keyingi otni oldingi so‘zga bog‘lash» tarzida xususiylashtiradi. Matn va birikuvchi so‘zning semantikasiga bog‘liq ravishda turli-tuman grammatik ma’no ifodalanishi mumkin. Lekin «keyingi otni oldingi so‘zga bog‘lash» kategorial ma’no xususiylashmasi sifatida o‘zgarmay qolaveradi. Ot turkumining EK UGMsini xususiylashtirishidagi o‘ziga xosliklarni ko‘rib o‘tamiz.
Ot turkumida EK ning ishlatilishida ikki holat bor:
Egalik affiksi o‘zi birikkan so‘zning boshqa so‘z bilan bog‘lanishida ishlatiladi. Bu vaqtda EK dagi so‘z QK dagi so‘z bilan keladi: mening kitobim, sening kitobing, uning kitobi. Kishilik olmoshi va EK qo‘shimchasi shaxs va sonni ifodalaydi. Shu boisdan QK dagi olmosh tushirib qoldirilishi mumkin: (kitobim), (nutqing);
EK dagi so‘z ba’zan ChK dagi so‘z bilan ham birga qo‘llanilishi mumkin: talabalardan biri. Bunda ko‘pincha qaralmish miqdor yoki belgi ifodalovchi so‘z bilan ifodalangan bo‘ladi.
Egalik affiksi QK ni talab qilmaydi. Bunda ham ikki holat farqlanadi:
a) erkin birikmada bosh kelishikdagi so‘zni boshqaradi: Navoiy ko‘chasi, Dehqonobod tumani;
b) EK dagi so‘zda affiks ma’nosi va vazifasi kuchsizlanib, ravishga o‘tib ketadi:[kechasi], [kunduzi]; modalga o‘tadi: [chamasi], [yaxshisi].
EK ning birlik va ko‘plik shakli qo‘llanilishida farq bor. Ko‘pincha miqdor bildiruvchi o‘zakka birlik son shakli qo‘shilmaydi: (beshovimiz), (barchangiz). Bu jihatdan III shaxs egalik affiksi farqlanadi: (barchasi), (beshovi).
Do'stlaringiz bilan baham: |