Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti


-MA’RUZA MAVZU: TAQLID SO‘ZLAR. OLMOSH SO‘Z TURKUMI



Download 0,74 Mb.
bet44/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

8-MA’RUZA
MAVZU: TAQLID SO‘ZLAR. OLMOSH SO‘Z TURKUMI.


REJA:
1.Taqlid so‘zlar, ularning o‘rganilishi. Taqlidning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari.
2.O‘zgarmaslik taqlidning grammatik belgisi sifatida. Taqlidning lug‘aviy-grammatik guruhlari.
3.Olmosh va uning o‘rganilish tarixi.
4.Olmoshning o‘ziga xos ishoraviy (deyktik) tabiati, mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari.
5.Olmoshlarning matndagi o‘rni. Sintaktik imkoniyatlari.


Taqlid va uning UGMsi. Taqlid o‘zbek tilida bir guruhni tashkil etadi va mustaqil so‘z sirasidan o‘rin olgan. Buning bir nechta ilmiy asosi bor.
Birinchidan, turkiy tillarda taqlid miqdoran ko‘p va ma’no jihatdan rang-barang.
Ikkinchidan, ulardagi tovushlar tizmasi ma’lum obyektiv voqelikdan xabar berib turadi.
Uchinchidan, taqlid gap tarkibida ma’lum bir sintaktik pozitsiya egallaydi.
Taqlid – o‘zbek tilining muhim ifoda vositasi. Ularning ifoda tomoni mazmun tomoni bilan tabiiy bog‘lanishga ega. Bu quyidagi so‘z qatorini qiyoslash asosida hosil bo‘ladi:
1) taq-tiq/tuq-tuq/toq-toq/taq-taq;
2) liq-liq/luq-luq/loq-loq/laq-laq;
3) tirs-tirs/tars-tars/tars-turs;
Ko‘rinadiki, fonetik qiyofasi tor unli va qattiq undoshdan iborat bo‘lgan taqliddagi belgi darajasi keng unli va qattiq undoshdan iborat taqlid ifodalagan belgidan past. Bu taqliddagi shakl va mazmunning tabiiy bog‘lanishini ko‘rsatadi.
Taqlid jamiyatning har bir a’zosi tushunadigan turli ma’noga ega. Masalan, taq-tiq/tuq-tuq/toq-toq/taq-taq taqlidi orqasida nimadir yotgani va ma’lum bir borliq hodisasini ifodalayotgani shu til jamiyatining barcha a’zolari uchun tushunarli.
Taqliddagi ma’noviy g‘ayrioddiylik uni boshqa mustaqil so‘z turkumidan ajratib turadi. Biroq ma’noviy g‘ayrioddiylik faqat taqlidgagina xos emas. Buni olmoshda ham kuzatish mumkin. Chunki ularning ma’nosi faqat matn tarkibidagina anglashilib, shu boisdan «ichi bo‘sh» so‘z sifatida baholanadi. Ammo «ma’noviy bo‘shlik» olmoshni mustaqil so‘z sifatida qarashga monelik qila olmagan. Demak, bu nomustaqil so‘z sifatida qarab kelingan taqlidning ham «mustaqillashuvi»ga to‘siq bo‘la olmasligi kerak.
Taqlid morfologik jihatdan o‘zgaruvchan, bu bilan to‘la ma’nodagi mustaqil so‘z bo‘lgan ravishdan ham ustun turadi: odamlarning govur-guvuri, eshikning taqir-tuquridan kabi.
Taqlidcheklanmaganmuchalanuvchanlikkaega:

  1. Kesim: Atrof gala-govur.

  2. Ega: Taqir-tuqur tinmadi.

  3. Hol: Shabadagir-giresadi.

  4. To‘ldiruvchi: Odamlarningvagir-vuguridanquloqlarbitgudek.

  5. Aniqlovchi: Mahalladaduv-duvgap.

Demak, taqlid «borliqhodisalariga taqlidning lisoniy ifodasi» UGMsiga ega.
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilidagi taqlid semantik-morfologik-sintaktik jihatdan mustaqil so‘z maqomiga ega.
Taqlidning LMTlari. Taqlidning ayrimi tovushga taqlidni ifodalasa, ikkinchi bir xili ko‘rinish-holatga taqlidni ifodalaydi. Shu boisdan «tovushga taqlid» va «ko‘rinishga taqlid» LMTlari farqlanadi.


    1. Download 0,74 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish