„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligi  g„oyalarining  namoyon  bo„lishi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

Yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligi  g„oyalarining  namoyon  bo„lishi. 
Har 
qanday tarixiy davrda, har bir mamlakatda: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasi 
jamiyatning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  ma‘naviy  rivojlanish  darajasini  belgilashda 
mushtaraklashgan  universal  mezon  hisoblanib,  millat,  elat  va  xalqlarning  tarixiy  shakllangan 
mentalitetiga, manfaatlariga  mos keladi. Shu nuqtai nazardan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq 
faravonligi g‗oyasi bilan bevosita bog‗liq va uning mazmunini ifodalaydigan ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy,  ma‘naviy-madaniy  hodisalar  rivojlanishining  obyektiv  shart-sharoitlarini,  subyektiv 
omillarini,  chuqur  o‗rganish  hamda  nazariy-konseptual  asoslarini  ishlab  chiqish  g‗oyat  dolzarb 
ilmiy muammodir. 
O‗zbekiston  xalqining  milliy  g‗oyasi  va  mustaqillik  falsafasining  asoschisi  Birinchi 
Prezidentimiz  Islom  Karimovdir.  Xususan,  ilmiy-konsetstual  jihatdan  mamlakatimiz  milliy 
taraqqiyot  yo‗lini,  ozod  va  obod  yurt  tinchligining  istiqbollari  strategiyasi  hamda  taktikasini 
asoslab berish, mustaqillik yillarida qo‗lga kiritilgan katta muvaffaqiyatlarning amaliy tajribalari 
bevosita  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  nomi  bilan  bog‗liq  bo‗lib,  Vatan  va  millat 
oldidagi buyuk xizmatlaridir.  
Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyasi mamlakatimizning har bir fuqarosi 
taqdirida  o‗z  ifodasini  topmoqda.  Kelajak  avlodlarga  ozod  va  obod  Vatan  qoldirish  masuliyati 
                                                 
1
 Karimov. I.A. Yangilanish  va o‗zgarishlar  jarayoni ortga qaytmaydi. Ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. Ishonch. 2002 yil 5 aprel.. 


esa,  hammaga  birdek  majburiyat  yuklaydi.  Uni  anglash  esa,  inson  barkamolligining  muhim 
mezonidir.  Zero,  bu  g‗oya  «har  bir  yurtdoshimizni  o‗zining  ma‘naviy  kamoloti  uchun  yuksak 
mas‘uliyatini his etishga, o‗z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‗unlashtirib 
yashashga da‘vat etadi».
42
 
Insoniyat  tarixining har  qanday bosqichida, har  bir sof vijdonli kishi o‗z vatani ravnaqini 
oliy  maqsad  deb  bilgan  va  o‗zicha  tasavvur  qilgan.  Masalan,  jazirama  sahroda  yashovchi 
ko‗chmanchi  badaviy,  abadiy  muzliklar  bilan  qoplangan  yurtlardagi  evenklar,  inson  o‗tib 
bo‗lmaydigan  tuqaylarda  yashayotgan  aborigenlar  va  boshqa  xalqlar  uchun  ajdodlari  o‗tgan 
hamda o‗zlari yashayotgan tabiiy muhit, ijtimoiy makon Vatan hisoblanadi. Uning ravnaqini o‗z 
o‗tovi,  chaylasi,  yerto‗lasida  yashayotgan  oilasi,  qondosh  urug‗lari,  xalqi  hayot  tarzi,  e‘tiqodi, 
orzu-umidlari  timsolida  tasavvur  qiladi.  Bu  tasavvurlardagi  umumiylik  ma‘naviyatdagi 
umuminsoniylikning  namoyon  bo‗lishidir.  Biroq,  o‗z  vatani  ravnaqini  mutlaqlashtirib,  boshqa 
mamlakatlar  manfaatlariga  qarama-qarshi  qo‗yish,  hech  qachon  tom  ma‘nodagi  yurt  tinchligi, 
Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyasining mazmunini ifodalamaydi. Agar biz, ularni oliy baxt 
deb  hisoblaydigan  bo‗lsak,  buyuk  faylasuflardan  biri  aytganidek,  «birovlarning  ko‗z  yoshlari 
evaziga erishilgan baxt - eng buyuk baxtsizlikdir».  
Umumlashtirib  aytadigan  bo‗lsak,  erkin  bozor  munosabatlari  shakllanayotgan  hozirgi 
sharoitda,  jamiyatning  umuminsoniy  demokratik  tamoyillarga  asosan  ijtimoiy  tabaqalanishi 
jarayonida,  nafaqat  iqtisodiy  nuqtai  nazardan,  balki  ma‘naviy-ma‘rifiy,  psixologik-ruhiy 
jihatlardan  ham  qatlamlashish  hodisasi  sodir  bo‗lmoqda.  Har  bir  ijtimoiy  guruhning  siyosiy 
qiyofasi,  eng  avvalo  uning  mafkurasida  namoyon  bo‗ladi.  Chunki, 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish