Mafkuraviy faoliyatda milliy g„oyani aholi ongiga singdirish.
Milliy g‗oyaning xalq
ishonchi va e‘tiqodiga aylanishini ularning ijtimoiy faoliyat yo‗nalishlariga mos ravishda
turkumlashtirish mumkin. Ya‘ni: birinchidan milliy g‗oyaning ishonch va e‘tiqodga aylanishi,
oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo‗ladi. Xususan o‗zbek xalqining oilaviy
munosabatlari nisbatan barqarorligi, bolajonligi, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, umuman
mehr-muruvvatning ko‗rsatish xususiyatlari bilan bog‗liqdir. Bu sifatlarning ko‗proq oilada
namoyon bo‗lishi - millatning mentalitetini, tarixiy an‘analarga sodiqligini ko‗rsatuvchi
mezonlardir.
Mahalla milliy ijtimoiy fenomen sifatida milliy va umuminsoniy g‗oyalarning xalq
ishonchi e‘tiqodiga aylanishida muhim institutlardan biri hisoblanadi. Negaki, insonlarning
yashash muhiti ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy muhiti barqarorligi milliy g‗oyani xalq
ishonch e‘tiqodiga aylantirishda muhim ahamiyatga egaligi bilan alohida boshqa ijtimoiy
institutlardan ajralib turadi. Mahalla birinchi Prezidentimiz iborasi bilan aytganda «demokratiya
darsxona»si funksiyasi sifatida milliy g‗oyani xalq ishonchi e‘tiqodiga aylantirishda, bir
tomondan, imkoniyat, vosita rolini bajarsa, ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g‗oyasining xalq
e‘tiqodiga, ishonchiga aylanish darajasini ko‗rsatuvchi dastlabki ijtimoiy makon hisoblanadi.
Ana shu makonni vujudga keltirishda – «…uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng
ilg‗or vakillari, kerak bo‗lsa, mutafakkirlarni, xalq va Vatan ravnaqi uchun hayotini
bag‗ishlaydigan fidoyi ziyolilari mehnat qilishi lozim»
1
.
Milliy istiqlol g‗oyasining xalq ishonchi, e‘tiqodiga aylanishida mehnat jamoalari, ta‘lim-
tarbiya tizimi o‗ziga xos faoliyat mezoni ekanligini qayd qilish lozim. Zero, mehnat jamoalari
yoki ta‘lim tarbiya muassasalari kishilarining muayyan faoliyatlari, ehtiyojlari, manfaatlari
umumiyligi asosida tashkil topganligidan ma‘lum g‗oyaga nisbatan munosabatini
muvofiqlashtirish imkoniyati katta. Shu bilan birgalikda bu omillar ularni uyushtirish va safarbar
qilish imkoniyatini kengaytiradi. Boshqacha qilib aytganda, milliy g‗oyani xalq ishonchi va
e‘tiqodiga aylantirishning tashkillashtirish funksiyalariga katta imkoniyat tug‗diradi. Shu bilan
birgalikda, ularning barchasi uchun xos bo‗lgan umumiy qonuniyatlar, talablar ham mavjud.
Ya‘ni:
- Jamiyat ma‘naviy-madaniyatini rivojlantirishning ustuvor maqsadlarini, vazifalarini
amalga oshirib, uning istiqbollarini, shaxs barkamolligini ta‘minlaydigan milliy va umuminsoniy
manfaatlar birligi;
- Insonlarning millatidan, irqidan, diniy e‘tiqodidan, iqtisodiy ahvolidan, siyosiy
partiyalarga mansubligidan, madaniy saviyasi darajasidan qat‘iy nazar, huquqi va ijtimoiy
faoliyat erkinliklarining ustuvorligi;
- Umuminsoniyat sivilizatsiyasining ahloqiy, huquqiy, siyosiy, ma‘naviy qadriyatlar va
tarixiy meroslariga tayanishi hamda milliy an‘analarini rivojlantirishi;
- Millat tarixiy taraqqiyot qonuniyatlariga, mentalitet xususiyatlariga mos tarzda madaniy
sohani erkinlashtirish imkoniyatlari va sharoitlarining o‗zgarishi;
1
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. -T.: «O‗zbekiston», 2000.
501-b.
- Mavjud tuzumning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarida keskin
ziddiyatga bormaslik, g‗oyaviy-mafkuraviy murosa xususiyatlari;
- g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish - jamiyat ma‘naviy-madaniy
hayotining dinamik o‗zgarishlarini demokratik tamoyillarga, umuminsoniy axloqiy normalarga
muvofiqlashtirib, bosqichma-bosqich amalga oshiradigan siyosiy kuch va imkoniyatlarni topish
jarayonlariga ham xosdir.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatda g‗oyaviy-mafkuraviy
munosabatlarni erkinlashtirishning muhim demokratik tamoyillaridan biri fikrlar va mafkuralar
xilma-xilligini ta‘minlashdir. Zero, demokratik jamiyat fikr, so‗z, matbuot, e‘tiqod sohalarida
amaliy faoliyat erkinligi uchun shart-sharoit hamda imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan,
ma‘naviy-madaniy sohani erkinlashtirishning demokratik tamoyillari: bir tomondan, inson
huquqlari va erkinliklari ustuvorligini e‘tirof etishi; ikkinchi tomondan, millatning tarixiy
shakllangan ma‘naviy-ahloqiy meyorlari va qadriyatlariga asoslanishi, milliy g‗oyani xalq
ishonchi va e‘tiqodiga aylantirishi bilan umuminsoniy mohiyatini namoyon qiladi.
Jamiyat rivojlanishi bilan barcha sohalarni mutanosib erkinlashtirishning ijtimoiy makon
hamda tarixiy zamondagi xususiyatlari o‗zgarib, ularning maqsadlarida va vazifalarida ichki
birlik vujudga kelayotir. Xususan, respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
o‗tishning hozirgi bosqichida, ijtimoiy-siyosiy sohani erkinlashtirish mazmunidagi o‗zgarishlar -
g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarga umuminsoniy demokratik tamoyillar va andozalarni
kengroq qo‗llash bilan xarakterlanadi. Bu jarayonning samaradorligi, davlat tizimidagi
«qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o‗zaro muvozanati va mutanosibligini, shu bilan birga,
ularning mustaqilligini ta‘minlash, har qaysi tarmoq o‗z vazifa va burchini bajarish uchun amaliy
mexanizmlarni hayotda tashkil qilib berish»
1
bilan bog‗liq.
Hozirgi davrda ma‘naviy-madaniy sohani erkinlashtirishning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslari
va tamoyillari, uning an‘anaviy shakllangan tarixiy qadriyatlaridan kelib chiqqan bo‗lib,
demokratik huquqiy davlatning tub siyosiy maqsadlarini ifodalaydi. Ya‘ni, shaxs va jamiyat
erkinliklarini kengaytirish; davlatning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vaqolatlarini
bosqichma-bosqich quyi tizimlarga, mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish tuzilmalariga o‗tkazish;
nodavlat, jamoat tashkilotlari – fuqarolik institutlarining g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni
boshqaruvchilik rolini oshirishdan iborat.
Jamiyat ma‘naviy-madaniy taraqqiyotini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning
demokratik xususiyatlari, milliy g‗oya va jamiyat mafkurasini xalq ishonchi, e‘tiqodiga
aylantirish davlat siyosiy funksiyalarini qanday usullar, vositalar bilan amalga oshirishiga
bog‗liq bo‗ladi. Shu nuqtai nazardan, «davlatning kuch qudrati – avvalo, demokratik
institutlarning mustaqil faoliyat ko‗rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning
barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini ro‗yobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar
erkinligi uchun imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan o‗lchanadi»
2
. Zero, jamiyatning
g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarini qayta qurishda davlatning bosh islohotchilik roli aynan
shu vazifalarni qanday uddalashi bilan belgilanadi.
O‗zbekistonda milliy g‗oyani xalq ishonchi va e‘tiqodiga aylantirishning asoslarini
yaratishda, davlatning bosh islohotchilik roli quyidagi xususiyatlarida namoyon bo‗lmoqda:
- Ma‘naviy-madaniy hayotni, g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tashkillashtirish,
boshqarish, va nazorat qilishning siyosiy instito‗tlari tizimini, mukammal mexanizmlarini,
vositalarini vujudga keltirib, uzluksiz takomillashtirmoqda;
- Demokratik konstitutsionalizmga asoslangan amaldagi qonuniy-huquqiy asoslarining
umuman ma‘naviy-madaniy hayotni, xususan milliy g‗oyani rivojlanlashtirish manfaatlariga mos
kelishi, islohotchilik roli samaradorligini belgilaydigan mezon mezonlardan biri bo‗lib
hisoblanadi;
1
Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoº kerak. T.10. –T.: «¡zbekiston», 2002, 322-b.
2
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard mag‗oyasadimiz. –T.: «O‗zbekiston» 2000,
13-b.
- Davlatning xalqaro ma‘naviy-madaniy, g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni
erkinlashtirish siyosati milliy manfaatlarga va umuminsoniy demokratik tamoyillarga,
tendensiyalarga mos kelmoqda;
- g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish milliy davlatchilikning mavjudligi
va demokratik rivojlanishini ta‘minlaydigan omilligi anglanib, siyosiy faoliyatga asos
bo‗lmoqda. Lekin, shuni ham alohida ta‘kidlash kerakki, ma‘naviy-madaniy sohani, g‗oyaviy-
mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish jarayoniga keng xalq ommasini jalb qilish, uning
intellektual salohiyatini, siyosiy ongi va faolligini oshirish bilan, davlat funksiyalari ustidan
nazorat qilishni kuchaytirish mumkinligini, xalqaro miqyosda erishilgan amaliy tajribalar
ko‗rsatib bermoqda. Chunki, «har qanday davlat tizimi, uning apparati va ma‘muriy organlari
demokratik andozalarga qanchalik javob bermasin - baribir o‗z kuchini, qolaversa o‗z
zo‗ravonligini o‗tkazishga harakat qiladigan tizim bo‗lib qolaveradi»
1
.
Xulosa qilib aytganda, umuman ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimiga, xususan
g‗oyaviy-mafkuraviy sohaga davlat aralashuvini cheklashda demokratik tamoyillarning qaror
topishi:
-
jamiyatning g‗oyaviy-mafkuraviy ziddiyatlarini
keskinlashtiruvchi
inqilobiy
o‗zgarishlardan, siyosiy qarashlardagi radikalizmdan voz kechish va umuminsoniyat manfaatlari
ustuvorligini e‘tirof qilish orqali;
- g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni demokratiyalashtirish, bu sohada inson huquq va
erkinliklari hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilishni ta‘minlash, xalqaro insonparvar
huquq meyorlariga qat‘iy rioya etish tufayli;
-
millatlararo ma‘naviy-madaniy g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlar erkinligi,
madaniyatlararo tolerantlik, jamiyat mafkurasi taraqqiyoti uchun har bir shaxs, ijtimoiy guruhlar
va millatlarning mas‘uliyat va imkoniyatlari tengligini ta‘minlash natijasida;
-g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqarishni erkinlashtirishga doir muqobil
g‗oyalarning mavqelarini e‘tirof etish va hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda siyosiy
plyuralizm, milliylik va umuminsoniylik uyg‗unligi tamoyillariga amal qilishda namoyon
bo‗ladi.
O‗zbekistonda bozor munosabatlariga o‗tish davrida bu vazifalarning izchil amalga
oshirilishi tarixiy taraqqiyotning taqozosi bo‗lib, ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi
islohotlar samarasini va jamiyatni erkinlashtirishning mazmunini belgilaydi. Zero, insonning,
jamiyatning ma‘naviy erkinligi, ishonch va e‘tiqod erkinligi milliy istiqlol g‗oyasi uning
demokratik tamoyillarga asoslanganligini ko‗rsatuvchi mezondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |