„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Mafkuraviy  faoliyatni  tashkil  qilishning  usullari  va  yo„llari.  Mafkuraviy  faoliyatni



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

Mafkuraviy  faoliyatni  tashkil  qilishning  usullari  va  yo„llari.  Mafkuraviy  faoliyatni 
amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari. 
Mafkuraviy faoliyatda targ‗ibot va tashviqot 
muhim  o‗rin  egallaydi.  "Mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqot"  biron-bir  shaxs,  guruh,  millat, 
jamiyat, hudud xalqlarining ongi va qalbiga mu-ayyan g‗oya va mafkuraning mazmun-mohiyati, 
maqsad-muddaolari,  amaliyoti  to‗g‗risidagi  bilimlarni,  ularga  doir  tushuncha  va  ta-moyillarni 
singdirishga qaratilgan tizimli faoliyat  hamda u bilan bog‗liq chora-tadbirlarni  amalga oshirish 
jarayonini  ifo-dalaydigan  tushunchadir.  Shu  bilan  birga,  bugungi  kunda  bu  tu-shuncha 
yurtimizdagi  turli  millat,  ijtimoiy  toifa,  kasbu  kor-ga  mansub  bo‗lgan  kishilarni  ma‘naviy 
tajovuzlardan  ogohlikka  chorlash,  mavjud  xavf  va  taxdidlarning  mohiyatini  anglab  yetish,  ular 
haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish, eng muhimi, milliy g‗oya asosida xalqni birlashtirish, 
jipslashtirish,  yosh  avlod  ongi  va  qalbida  ezgu  g‗oyalarga  sadoqat  tuyg‗ularini  tarbiya-lashga 
qaratilgan  usul  va  amaliy  harakatlar  majmuini  ham  anglatadi.  Odamlar  qalbi  va  ongida  ana 
shunday  insoniy  tuyg‗ular  qaror  topishi,  jamiyatda  olijanob  fazilatlar  ustuvor  bo‗li-shida 
mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot muhim ahamiyatga ega. 
Mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqot  aslida  ta‘lim-tarbiyaning  muhim  ko‗rinishidir. 
"Targ‗ibot"  atamasining  o‗zagini  "rag‗bat"  so‗zi  tashkil  etgani  bois,  u  insonni  biror  harakatga 
rag‗batlantirishni  nazarda  tutadi.  "Tashviqot"  tushunchasining  o‗zagi  esa  "shavq"  so‗zidan 
olingan  bo‗lib,  u  kishida  biror  narsaga  shavq,  ishonch  tuyg‗ularini  uyg‗otishga  yo‗naltirilgan. 
Demak, targ‗ibot-tashviqotdan ko‗zlan-gan asosiy maqsad nafaqat bilim orttirish, balki kishyni 
biror-bir xatti-harakatga undashdan iborat. 
Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqotning ikki an‘anaviy  yo‗li mavjud. Birinchisi  — insoniy 
fazilatlarni ulug‗lash,  yuksaq ma‘naviyatli  kishilar hayoti va  faoliyatini  ta‘riflash, ular-ni  ibrat, 
namuna  qilib  ko‗rsatish  orqali  kechadi.  Ikkinchi  yo‗l  esa  illatlarni  qoralash,  ulardan  xalos 
bo‗lishga  da‘vat,  tar-g‗ib-tashviq  orqali  amalga  oshadi.  Bu  vosita  birinchisiga  nisba-tan 
samaraliroq.  Shu  sababdan  ham  erishilgan  yutuqlarni  xoliso-na  e‘tirof  etib,  yo‗l  qo‗yilgan 
kamchiliklar tanqidiy nuqtai nazardan baholanishi lozim. 
Mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqotda  ulug‗  ajdodlarimizning  hayot  yo‗li,  qoldirgan 
merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‗g‗ri va haqqoniy aks ettirmog‗imiz darkor. Lekin, bunda 
faqat  o‗tmish-dagi  siymolar  bilan  cheklanib  qolmay,  bugungi  kun  qahramonlari,  ilg‗or 
zamondoshlarimizdan  o‗rnak  olish  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Toki,  ular  yoshlar  uchun  tom 
ma‘noda ibrat namunasi bo‗lsin. Chun-ki, targ‗ibot-tashviqotda faqat o‗tmishdan misol keltirish 
bilan  cheklanib  qolinsa,  bu  —  kechagi  kun  bilan  yashash  bo‗ladi.  Targ‗ibot-tashviqot  borasida 
eski  davrdan  qolgan  quruq,  siyqasi  chiqqan  va‘z-xonlikdan  voz  kechib,  yurt  bugun  boshidan 
kechirayotgan  murakkab  va  mashakqatli  hayot  haqiqatiga  tayanib,  jamoatchilik  fikrini  shakl-
lantirishning  eng  zamonaviy,  ta‘sirchan  usul-uslublaridan  foydalangan  holda  ish  olib  borishni 
hayotning o‗zi talab qilmoqsa. 


Shu  sababdan  ham  targ‗ibotchilar,  ijtimoiy  soha  mutaxassis-lari,  ilg‗or  fikrli  ziyolilar 
milliy  g‗oyaning  asosiy  maqsadla-rini  xalqqa  sodda,  haqqoniy,  tushunarli  tarzda  ifodalab  be-
rishlari  muhim  ahamiyatga  ega.  Buning  uchun  nima,  qanday  targ‗ib  qilishni  aniq  va  puxta 
tasavvur  etmoq,  ma‘naviy  oziq  nimadan  iborat  bo‗lishini,  uni  odamlar  ongiga  qay  tariqa 
yetkazish usul-larini ishlab chiqmoq darkor. Ma‘naviy oziqning mezoni haqiqat va faqat haqiqat 
bo‗lishi zarur. Ya‘ni, xalqqa bor haqiqatni  ochiq aytib, shunga ko‗ndirish, ishonchini qozonish 
va shu asosda uni yangi marralarga intilishga rag‗batlantiriladi. 
Har  qanday  tarbiyada,  hatto  yuksak  rivojlangan  demokratik  tarbiya  tizimida  ham  ozmi-
ko‗pmi  bajarilishi  shart  bo‗lgan  bel-gilar  mavjud.  Masalan,  bola  go‗dakligidan  biror  ezgu 
fazilatga  o‗rgatilmasa,  majbur  qilinmasa,  yuz-qo‗lini  yuvmaslik,  kattalar  gapini  bo‗lish  singari 
qusurlar  unga  odat  bo‗lib  qoladi.  Xalqimizga  azaldan  xos  bo‗lib  kelgan  andisha,  ota-onaga 
hurmat,  ilm-ma‘rifatga  intilish  kabi  olijanob  fazilatlar  ham  o‗z-o‗zidan  shakllanib  qolmaydi. 
Mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqot  ishla-rida  har  bir  ixtisos,  har  bir  yo‗nalish  bo‗yicha 
mutaxassislar-dan  foydalanish  kerak.  Shundagina  har  bir  ko‗rsatuv,  eshitti-rish,  ma‘ruza, 
ma‘rifiy tadbirlar mazmun-mohiyati bilan odam-lar qalbi va ongiga yetib boradi. 
Mafkuraviy  targ‗ibot  o‗tkinchi,  mavsumiy  holga  aylanib  qol-masligi  lozim.  Bugungi 
murakkab ma‘naviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ular-
ning  ustuvor  yo‗nalishlarini,  kimga  va  nimaga  qarshi  qaratil-ganligini  aniqlash,  aholi  turli 
qatlamlariga ta‘sirini o‗rga-nish, ma‘naviy tajovuzlar mohiyatini ochib berish alohida ahamiyat 
kasb  etmoqsa.  Faqat  ana  shunday  asosda  aholi,  ayniqsa,  yoshlarni  o‗z  fikriga  ega,  ma‘naviy 
tajovuzlarga  qarshi  sobit  tura  olishga  qodir,  irodali,  fidoyi,  vatanparvar  insonlar  etib 
tarbiyalashga erishish mumkin. Targ‗ibot ishlarining ta‘sirchan-ligini ta‘minlaydigan zamonaviy 
informatsion  va  kompyuter  texnologiyalarini  keng  joriy  etish,  jamiyat  ma‘naviy  immuni-tetini 
kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ish-lab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari 
hamda  targ‗ibotchi-tashviqotchilar  uchun  tegishli  tavsiya  va  qo‗llanmalarni  tayyor-lash  bu 
boradagi  muhim  vazifalar  tarkibiga  kiradi.  Mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqotda  keng 
qamrovlilik,  uzluksizlik,  bosqichma-bosqichlik,  meyoriylik,  shaxsiy  ibrat  singari  tashkiliy 
tamoyillarga amal qilingan taqdirdagina ko‗zlangan samaraga erishish mumkin. 
"Mafkuraviy faoliyat samaradorligi" tushunchasi joylarda amalga oshirilayotgan ta‘lim va 
tarbiyaviy ishlardan qanday na-tijalarga erishilganini va shu soha xodimlarining faoliyati hamda 
tarbiyaviy  salohiyatidan  foydalanish  darajasini  ifodalaydi.  Bu  maqsadga  erishish  uchun 
tadbirlarni  ta‘lim  jarayoni  bilan  uyg‗unlashtirish  va  ulardan  samarali  foydalanish  muhim 
ahamiyatga ega. Ta‘lim-tarbiya jarayonida aholiga ta‘sir o‗tka-zuvchi omillarning harakat qilish 
mexanizmlari  va  xususiyatla-rini  aniqlash,  ulardan  unumli  foydalanish,  ma‘naviy-ma‘ri-fiy 
tadbirlar  orqali  yoshlarni  milliy  va  umumbashariy  qadri-yatlarga  sadoqat  ruhida  tarbiyalash 
g‗oyat  muhim  ahamiyat  kasb  eta-di.  Mafkuraviy  faoliyat  samaradorligi  yuqori  bo‗lishi  uchun 
ular-ni  tayyorlash  va  o‗tkazish  jarayonida  yoshlarda  tarbiya  va  o‗zini  o‗zi  tarbiyalash  hissini 
shakllantirish hamda rivojlantirish tashkilotchining diqqat markazida bo‗lishi lozim. Ta‘lim tizi-
midagi  ma‘ruza,  amaliy  mashg‗ulotni  ma‘naviy-ma‘rifiy  tad-birlar  bilan  uyg‗unlashtirish,  bir 
tomondan, ta‘lim samara-dorligini oshirsa, ikkinchi tomondan, ta‘lim va tarbiyaning uz-viyligini 
ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Mafkuraviy  tadbirlarni  tayyorlash  hamda  o‗tkazishga  yoshlar-ni  keng  jalb  qilish  ularda 
tuyg‗udoshlik  va  daxldoshlik  xissini  uyg‗otadi,  bu  holat  o‗tkazilgan  tadbirning  tarbiyaviy 
samaradorli-gini  yanada  oshiradi.  Bunday  tadbirlardan  ma‘naviy-axloqiy  tar-biyada  samarali 
foydalanishning  muhim  sharti  shuki,  bunda  har  bir  kishining  xususiyatlari,  muayyan  voqea-
hodisaga nisbatan fikri qay darajada shakllanganini hisobga olish lozim. Ta‘lim muassasalarida 
tadbirlarni  rejalashtirish,  tashkil  qilish,  tayyorlash  va  o‗tkazishga  talaba-yoshlarni  keng  jalb 
qilish,  ay-niqsa, mavzu tanlash, reja tuzish,  ssenariy tayyorlash, tadbir o‗tkaziladigan xonalarni 
jihozlash kabi yumushlarni ularning o‗zlariga topshirish lozim. 
Mafkuraviy  faoliyat  samaradorligining  oshishi  o‗quv  yurtlarida  o‗tkaziladigan  ma‘naviy-
ma‘rifiy  tadbirlarning  reja  va  ssenariylari  professor-o‗qituvchilar  yoki  o‗quv  yurti  xodim-lari 
tomonidan  tuzilgan  taqdirda  ularni  talabalar  muhokama-sidan  o‗tkazish  va  muhokama 


jarayonida  bildirilgan  fikrlar-ning  inobatga  olinishiga  ham  bog‗liq.  Mafkuraviy  targ‗ibot  va 
tashviqot samaradorligini oshirish maqsadida o‗quv yurtlarining ma‘naviy-ma‘rifiy muassasalar 
bilan  hamkorligini  mustah-kamlashning  ahamiyati  katta.  Bunday  hamkorlik,  bir  tomondan, 
madaniy-ma‘rifiy muassasalarni  auditoriya, tomoshabin  bilan ta‘minlashga, ikkinchi  tomondan, 
ma‘naviy-ma‘rifiy  tadbir-larning  ta‘sirchanligi  va  samaradorligini  oshirishga  ko‗makla-shadi. 
Qolaversa,  mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqot  samarador-ligi  tadbirlarning  mazmunan  milliy 
ma‘naviy-axloqiy  qadri-yatlarimiz,  milliy  g‗oya  va  madaniyatimiz,  ma‘naviy  merosimiz  bilan 
uyg‗un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv us-lublar asosida tashkil etilishiga bog‗liq 
Mafkuraviy  targ‗ibot  va  tashviqot  samaradorligini  shu  so-haning  faollari,  targ‗ibotchi  va 
tashviqotchilarisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. "Mafkura targ‗ibotchisi" shu sohadagi yangiliklar va 
axborotlarni  tarqatuvchi,  kishilarni  muayyan  g‗oya  va  g‗oyalar  ti-zimiga  xos  maqsad-
muddaolarga yetishish, ideallarga erishishga da‘vat etuvchi, hayotning barcha sohalaridagi ilg‗or 
jarayon va vo-qealarni muntazam ravishda tahlil etib, bu boradagi dolzarb muammolar yechimini 
topish  bo‗yicha  xabar,  ma‘lumot,  taklif-larni  ommaga  tarqatuvchi  shaxsni  ifodalaydigan 
tushunchadir.  Mafkura  targ‗ibotchisi,  keng  ma‘noda,  ijtimoiy  faoliyatning  alohida  turi,  ya‘ni 
g‗oya  va  mafkura  masalalari  bilan  shug‗ulla-nadi,  ijtimoiy-siyosiy,  g‗oyaviy,  axloqiy 
qadriyatlarni targ‗ib qiladi. Tor ma‘noda esa, u faoliyati ma‘naviyat, mafkura va siyosatni targ‗ib 
etishga qaratilgan shaxsni anglatadi. 
Mafkura targ‗ibotchisi ilmiylik, konkretlik, obyektivlik, ijtimoiy hayot bilan chambarchas 
bog‗liqlik  tamoyillariga  asos-lanishi,  ilmiy,  nazariy,  amaliy-tashkiliy  jihatdan  yetuk  kishi 
bo‗lishi  lozim.  U  shaxs,  jamiyat  va  davlat  ehtiyojlaridan  kelib  chiqib,  ular  manfaatlarini  ifoda 
etib,  adolatli  jamiyat  qurish  haqidagi  bunyodkor  g‗oyalarni  omma  orasida  yoyish,  kishilarga 
ma‘-naviy,  g‗oyaviy-siyosiy  ta‘sir  ko‗rsatish  subyektidir.  Mafkura  targ‗ibotchisi  o‗zi  anglagan, 
o‗rgangan,  yuragidan  o‗tkazgan,  to‗g‗ri-ligiga  ishongan  ma‘lumotlarning  serqirraligi,  yangiligi 
bilan aholini ma‘naviy, g‗oyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jara-yonlarda   faollikka chorlaydi. 
Hozirgi davrda ham har bir ma‘rifatli, vijdonli inson buzg‗unchi  g‗oyalar ta‘siriga qarshi 
kurashishi, aholiga bor haqiqatni tushuntirib berishi, odamlar ruhini, ongu tafakku-rini, umuman, 
ma‘naviyatini  himoya  qilishi  zarur.  Elga  ezgu  g‗oyalarga  asoslangan  tushunchalarni  targ‗ib 
qiladigan,  aholiga  tar-biya  beradigan,  tinchlik-osoyishtalikni  saqlash,  ma‘rifatni  tar-qatish  kabi 
savobli va xayrli ishlarni amalga oshirishga da‘vat etadigan mo‗tabar joy — maktablar va ularda 
ishlaydiganlar  ham  mafkura  targ‗ibotchilaridir.  Yuksak  ma‘naviyat  yoshlar  ongi  va  qalbiga 
singishi,  davlat  va  jamiyat  maqsad-muddaolarini  ja-moatchilik  qo‗llab-quvvatlashiga  erishmoq 
uchun targ‗ibot-tashvi-qot uzluksiz bo‗lmog‗i lozim. 
Shu  ma‘noda,  mafkura  targ‗ibotchisi  yangiliklarni  anglashga  qodir,  haqiqat  va  xalq 
manfaati  yo‗lida kurashlarga hamisha tayyor, mard, fidoyi  bo‗lishi lozim. Bunday xususiyatlar 
esa, tarixdan, ajdodlar tajribasidan ma‘lumki,  jamoa, jumladan, mahalla  sharoitida shakllanadi. 
Mahalla  —  jamiyatimizda  alohida  ma‘-naviy  tarbiyaviy  ahamiyatga  molik  bo‗lgan  o‗ziga  xos 
demokratiya  maktabi.  Bu  noyob  tajriba  —  aholining  mahalla  bo‗lib  yashash  tar-zi  jahonning 
boshqa mamlakatlarida kam uchraydi. Shuning uchun ham insonni jamiyat bilan birga yashashga 
o‗rgatadigan, uning ma‘-naviyatini tarbiyalaydigan birlamchi makon mahalladir. 
Milliy  urf-odatlar,  marosimlar  targ‗iboti  chog‗ida  ham  butun  insoniyat,  Vatan  va  millat 
manfaatlarini,  shaxs  erkinligi,  mil-liy  qadriyatlar  majmuining  yaxlit  uyg‗unligini  yodda  tutmoq 
lo-zim.  G‗oya  va  mafkura  tamoyillari  shu  sohadagi      har  bir  inson,  jumladan,  targ‗ibotchining 
har bir xatti-harakatida o‗z ifodasini topadi. Uning yashash tarzi, qilgan ishlari, yaratgan asarlari, 
mehnatining  natijalari,  atrof  voqelikka  munosabati  —  barcha-barchasi  g‗oyalarga  sadoqatning 
ko‗zgusidir. Olimning kashfiyoti, musavvirning kartinasi, yozuvchining romani, shoirning she‘ri, 
o‗qituvchining,  voizning  ma‘ruzasi,  bastakorning  musiqasi  o‗ziga  xos  targ‗ibotdir.  Bunday 
targ‗ibotda  ko‗p  kitob  o‗qiydigan,  ma‘lu-motli  ziyolilarga  mo‗ljallangan  bir  oz  murakkabroq 
axborotlar  bilan  tadbirkorlar  kayfiyatiga  ta‘sir  etib  bo‗lmaydi.  Shuningdek,  g‗oyalarga  sadoqat 
tuyg‗ularini singdirishda talabalarga ham,  fermerlarga ham  bir xil munosabatda bo‗lish,  bir xil 
usullar-dan foydalanish  kutilgan samarani  bermaydi.  Chunki,  turli  ij-timoiy  guruh vakillarining 
dunyoqarashi, manfaatlari va qadri-yatlari bir-biridan farq qiladi. Mafkura targ‗ibotchisi tomoni-


dan  har  bir  guruh,  tabaqa,  toifa  xususiyatlarini  hisobga  olish  ko‗proq  samara  berishi  mumkin. 
Mafkura targ‗ibotchilarining o‗zlari ham el-yurt orasida obro‗-e‘tibor qozongan, yuksak saviyali, 
ko‗pni  ko‗rgan,  jonkuyar,  otashin,  eng  muhimi,  odamlarning  yuragiga  haqqoniy  so‗zi,  yorqin 
fikri bilan yo‗l topadigan halol insonlar, ya‘ni bunga ma‘naviy huquqi bor kishi bo‗lishi lozim. 
Demak, mafkura targ‗ibotchisi "Avesto"dagi "ezgu niyat, ezgu so‗z, ezgu amal" tamoyiliga 
mos shaxs bo‗lmog‗i zarur. Mafkuraviy targ‗ibotda hissiyotlarga kuchli ta‘sir qilish, jozibalilik, 
no-an‘anaviy usullarni  qo‗llash,  oshkoralik, milliy  qadriyatlar doirasidan  chiqmaslik, ommabop 
va  tushunarli  ifodalash  ko‗proq  samara  beradi.  Bugungi  g‗oyat  murakkab,  tahlikali  dunyoda 
yoshlar  ma‘naviyatini  yanada  yuksaltirish,  ularni  milliy  an‘ana  va  qad-riyatlarga  yot  bo‗lgan 
buzg‗unchi g‗oyalar, zararli oqimlar ta‘siri-dan asrash vazifasi mafkuraviy targ‗ibot faollari bilan 
bir-ga, bu sohada faoliyat yuritadigan turli tashkilot va muassasa-lar zimmasiga ulkan mas‘uliyat 
yuklaydi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish