„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Mafkuraviy  tahdidlarga  qarshi  kurash  usullari  va  vositalari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
2.Mafkuraviy  tahdidlarga  qarshi  kurash  usullari  va  vositalari. 
"Mafkuraviy  taxdid" 
muayyan  millat,  jamiyat,  davlatning  tinch-ligi  va  barqarorligiga  qarshi  qaratilgan,  siyosiy  va 
konstitutsi-on tuzumni zaiflashtirish hamda buzishga yo‗naltirilgan, shaxs va jamiyat xavfsizligi, 


ma‘naviy, mafkuraviy,  ruhiy dunyosiga tajovuz qiladigan  g‗oyaviy-nazariy qarashlar va ularga 
asoslangan  amaliyot  majmuini  ifodalaydigan  tushunchadir.  Uning  mazmun-mo-hiyati,  zararli 
oqibatlari va unga qarshi kurashish zarurligi O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom 
Karimovning  «Yuksak  ma‘naviyat  —  yengilmas  kuch»  asarida  har  tomonlama  va  ishonchli 
dalillar  asosida  ko‗rsatib  berilgan.  Ushbu  asarda  ta‘kidlanganidek,  tili,  dini,  e‘tiqodi-dan  qat‘i 
nazar, har qaysi odamning tom ma‘nodagi erkin bo‗lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan 
ruhiy  dunyosini  izdan  chiqarish  maqsadini  ko‗zda  tutadigan  mafkuraviy,  g‗oyaviy  va  in-
formatsion xurujlar bu boradagi tahdid va tajovuz hisoblanadi. 
Mafkuraviy  tahdid  va  tajovuz  vayronkor  kuchlarning  o‗z  mod-diy,  siyosiy  manfaatlarini 
ko‗zlagan  holda  har  xil  markazlar  tomonidan  biron-bir  mamlakatga  nisbatan  ichkaridan  yoki 
tashqa-ridan turib, bevosita amalga oshiriladigan buzg‗unchilikning muayyan shaklidir. Ular o‗z 
maqsadlariga erishish uchun har qan-day usullardan, odamlarning ruhiy hissiyotlari, milliy tuy-
g‗ulari,  har  qanday  jamiyatda  mavjud  ijtimoiy-iqtisodiy  mu-ammolardan,  shuningdek, 
zamonaviy  texnologiya,  telekommunika-siya,  OAV,  Internetdan  noxolislik  bilan  foydalanishga 
hara-kat qiladi. 
Hozirgi  davrda  mafkuraviy  tahdid  deganda,  aholining  ayrim  qatlamlari,  ayniqsa,  yoshlar 
ongi va qalbiga ta‘sir qilib, ular-ning qarashlarini o‗zlariga ma‘qul  yo‗nalishda o‗zgartirish, di-
niy  ekstremizm,  vayronkorlik,  buzg‗unchilik,  axloqsizlik  g‗oyala-rini  zimdan  targ‗ib-tashviq 
etib,  singdirish  kabi  g‗arazli  maq-sadlar  ham  anglanadi.  Ma‘naviyatga  qarshi  qaratilgan  har 
qanday  tajovuz,  tahdid  o‗z-o‗zidan  mamlakatning  milliy  manfaatlari,  jismonan  va  ma‘nan 
sog‗lom avlod kelajagini ta‘minlash yo‗li-dagi jiddiy xatarlardan biridir. 
Mafkuraviy tahdid shakllari xilma-xil. Zero, tahdidchi-lar ko‗pincha turli niqoblar, jozibali 
shior va  g‗oyalar niqobi ortida ish  ko‗radi,  turli-tuman usullardan foydalanadi.  Bundai  kuchlar 
ixtiyorida  juda  katta  moddiy,  moliyaviy  resurslar  va  imkoniyatlar  mavjud  bo‗lib,  ular  puxta 
o‗ylangan  hamda  da-vomli  maqsadlarga  xizmat  qilmoqda.  Hozirgi  davrda  dunyoning  ayrim 
hududlarida  ana  shunday  harakatlar  natijasida  katta  yo‗qotishlar  yuz  bermoqda,  millatlarning 
ma‘naviy qadriyatla-ri, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqmoqda, axloq-odob, oila va 
jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolmoqda. Eng yomoni, bunday mafkuraviy 
xurujlarning  pirovard  maqsadi  odamni  o‗zi  tug‗ilib  o‗sgan  yurti  va  xalqidan  tonishga, 
vatanparvarlik  tuyg‗ularidan  mahrum  etishga,  hamma  narsaga  loqayd  bo‗lgan  shaxsga 
aylantirishga qaratilgan. 
Xudbinlik  va  loqaydlik,  mahalliychilik,  korrupsiya  va  man-faatparastlik,  boshqalarni 
mensimaslik, hasad, sotqinlik singa-ri illatlar ham ma‘naviy tahdid va tajovuzlar tarkibiga kiradi. 
Prezidentimiz  ogohlantirgani  kabi,  hozirgi  davrda  turli  eski  va  yangi  goyalar  kurashi  har 
qachongidan  ham  ko‗ra  shiddatli  tus  olmoqsa.  Rang-barang,  ba‘zan  bir-biriga  mutlaqo  zid 
dunyoqarashlar  siyosiy,  milliy,  diniy  oqimlar,  mazhab  va  sektalar  o‗rtasidagi  fikr  tala-shuvlari 
goho  bahs-munozara  doirasidan  chiqib,  qonli  to‗qnashuv-lar,  ommaviy  qirg‗inlarga  sabab 
bo‗lmoqsa, odamlar boshiga behisob qayg‗u-kulfatlar solmoqda. Bu tortishuvlardan ko‗zlangan 
asosiy  maqsad  —  inson,  avvalambor,  yoshlar  qalbini  egallash,  muayyan  mam-lakat  yoki 
mintaqadagi  biror  xalqning  ongiga,  uning  sezgi-tuyg‗ula-riga  ta‘sir  o‗tkazish,  uni  o‗z 
dunyoqarashiga bo‗ysundirish, mafku-raviy jihatdan zaif va tobe qilishdan iborat. 
Mafkuraviy  tahdidlarga  qarshi  o‗z  vaqtida  qat‘iyat  va  iz-chillik  bilan  kurash  olib 
borilmasa, turli zararli oqimlar O‗zbekistonga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarni o‗z 
girdobiga  tortib  ketishi,  oqibatda  ular  ota-ona,  el-yurt  oldi-dagi  burchi  va  mas‘uliyatini 
o‗ylamaydigan,  faqat  bir  kunlik  hayot  bilan  yashaydigan  egoist-xudbinlarga  aylanib  qolishi 
mum-kin.  Bizga  mafkuraviy  tahdid  solishi  mumkin  bo‗lgan  ayrim  tash-kilotlar  o‗rta  asrlarda 
mavjud bo‗lgan musulmon xalifaligini tiklash yo‗lida faoliyat ko‗rsatmoqda. Albatta, bundan o‗n 
to‗rt asr burungi voqelikni bugun amalda qayta tiklab bo‗lmasligi ayon. Lekin ularning niyati — 
yagona  mafkuraviy  makon  barpo  etib,  islom  dinini  siyosiylashtirish  va  shu  asosda  hokimiyatni 
qo‗lga kiritib,    hukmronlik qilishdan iborat. 
Hozirgi  davrdagi  "erkin  demokratiya"  va  turli  "ochiq  jamiyat  modellari"ni  eksport  qilish, 
jamiyat  va  davlat  qurilishi-ning  "universal  loyiha"larini  tashqaridan  tiqishtirish  yo‗li-dagi 


urinishlar  ham  mafkuraviy  tahdid  va  tajovuz  sifatida  baholanmog‗i  lozim.  Aslida,  insoniyat 
tarixida  barchaga  birdek  ma‘qul  bo‗ladigan  boshqaruv  modeli  hech  qachon  bo‗lmagan. 
Mafkuraviy  tahdidning  "ommaviy  madaniyat"  niqobi  ostida  axloqiy  buzuqlik  va  zo‗ravonlik, 
individualizm,  egotsentrizm  g‗oyalarini  tarqatish,  shuning  hisobidan  boylik  orttirish,  boshqa 
xalqlar-ning necha ming yillik an‘ana va qadriyatlari, turmush tarzi-ning mafkuraviy negizlariga 
bepisandlik,  ularni  qo‗porishga  qaratilgan  shakllari  ham  mavjud.  Hozirgi  vaqtda  axloqsizlik-ni 
madaniyat deb bilish va aksincha, asl mafkuraviy qadriyatlar-ni mensimasdan, eskilik sarqiti deb 
qarash bilan bog‗liq holat-lar taraqqiyot va yoshlar tarbiyasiga tajovuz qilmoqda. 
Mafkuraviy  tahdid  shakllarining  aksariyati  informatsion  xu-ruj  va  uydirmalarni  tarqatish 
orqali  yuz  bermoqda.  Bugungi  kunda  tobora  kuchayib  borayotgan  bunday  xatarlarga  qarshi 
doimo  sergak,  ogoh  va  hushyor  bo‗lib  yashashimiz  zarur.  Bunday  tahdidlarga  qarshi  har 
tomonlama  chuqur  o‗ylangan,  puxta  ilmiy  asosda  tashkil  etil-gan,  muntazam  va  uzluksiz 
ravishda olib boriladigan mafkuraviy tarbiya bilan javob berish mumkin. Har birimiz mafkuraviy 
tah-didlarga  nisbatan  loqaydlik,  beparvolik  va  beg‗amlik  illatidan  xalos  bo‗lishimiz,  xar  bir 
fuqaro  yurtimizda,  jahonda  sodir  bo‗la-yotgan  har  qanday  voqea,  hodisa,  jarayonlar  menga, 
mening  taqdi-rimga  bevosita  daxldor  deb  hisoblamog‗i  darkor.  Prezidentimiz  ta‘-kidlaganidek, 
"Hozirgi  o‗ta  murakkab  bir  zamonda  xalqaro  maydon-da  sodir  bo‗layotgan  jarayonlarning  tub 
mohiyatiga  yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‗lish  bugungi  kunning eng 
dolzarb vazifasi, desak, hech qanday xato bo‗lmaydi" 
Mafkuraviy  tahdid  o‗z  mohiyatidan  kelib  chiqib,  eng  avvalo,  inson  ongiga,  tafakkuri  va 
xulq-atvoriga xavf-xatar solmoqda. Inson ongi va qalbini vayronkor hamda buzg‗unchi g‗oyalar 
bilan  izdan  chiqarishga  harakat  qilish  mafkuraviy  taxdidning  eng  aso-siy  mazmun-mohiyatini 
belgilaydi.  Mafkuraviy  tahdid  muayyan  jamiyat  a‘zolarini  yagona  maqsad  va  muddaolardan 
chalg‗itib,  mil-liy  mentalitetga  mos  kelmaydigan  begona  g‗oyalar,  fikrlar,  maq-sadlar  va 
qarashlarni chetdan turib eksport qilish jarayonida o‗zini yanada aniqroq namoyon qiladi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish