„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  “Ommaviy  madaniyat”ning  oqibatlariga  nisbatan  immunitetni  shakllantirishning



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
3.  “Ommaviy  madaniyat”ning  oqibatlariga  nisbatan  immunitetni  shakllantirishning 
zaruriyati. 
Globallashuv  ―ommaviy  madaniyat‖ni  yoymoqda.  U  o‗zbeklarning  tafakkuriga, 
musiqasiga,  didiga,  kiyinishiga,  menyu,  imorat  qurish,  o‗zaro  muomala,  oilasiga,  oilaviy 
munosabatlariga, hatto orzulariga ham chang solmoqda.  


―Ommaviy  madaniyat‖  globallashuv  davrining  maxsuli  bo‗lgan  OAVning  yangi 
ko‗rinishlari ta‘sirida dunyo mamlakatlarining barchasiga ―zamonaviy madaniyat‖ sifatida kirib 
bordi. U XX asr o‗rtalarida ommaviy muloqot va axborot vositalarining jamiyat hayotiga chuqur 
kirib  borishi  va  barcha  ijtimoiy  guruhlar  uchun  yetarli  bo‗lishi  natijasida  shakllangan  va 
mohiyatan  barcha  yoshdagi  aholi  uchun  tushunarli  bo‗lgan  madaniyat  namunalari  (ommaviy 
estrada  musiqasi,  sirk  va  h.k.)  qadriyatlaridir.  ―Ommaviy  madaniyat‖ning  keskin  rivoji  XX 
asrning  o‗rtalariga  to‗g‗ri  keladi.  Shu  vaqtdan  boshlab  u  keng  qamrov  va  hujumkorlik  bilan 
tarqala boshladi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televideniye, ko‗p nusxali 
gazetalar,  suratli  jurnallar,  internet)  vositalarining  keskin  rivoji  va  tarqatilishi  –  globallashuv 
jarayoni bunga sabab bo‗ldi. 
Chunki  globallashuv  davrida  har  qanday  jarayon  dunyoning  u  chetidan  bu  chetiga  tez 
sur‘atlar  bilan  ko‗chib  o‗tishini  inkor  eta  olmaymiz.  Eng  umumiy  ma‘noda,  globallashuv 
muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzini qamrab olganini 
hamda  ularning  insoniyat  taqdiriga  daxldor  ekanini  anglatadi.  Globallashuv  jarayonining 
hayotimizga  tobora  tez  va  chuqur  kirib  kelayotganining  asosiy  sababi  esa,  Prezidentimiz  qayd 
etganlaridek, bugungi  kunda  har  qaysi  davlatning  taraqqiyoti  va  ravnaqi  nafaqat  yaqin  va  uzoq 
qo‗shnilar,  balki  jahon  miqyosida  boshqa  mintaqa  va  hududlar  bilan  chambarchas  bog‗lanib 
borayotganidadir.  Biron  mamlakatning  bu  jarayondan  chetda  turishi  ijobiy  natijalarga  olib 
kelmaydi. Bu borada hind xalqining davlat arbobi Maxatma Gandiga ―Globallashuv jarayoniga 
qanday  qaraysiz?‖  degan  savolni  berishganda,  u  shunday  ma‘noda  javob  bergan  ekan:  ―Men 
tashqaridagi bo‗rondan qo‗rqib, derazamni yopib qo‗ya olmayman, chunki menga toza havo ham 
kerak. Shu bilan birga, toza havo kerak ekan, deb derazamni katta ochib ham qo‗ya olmayman, 
chunki  uyimni  chang-to‗zon  bosib  ketishini  ham  xohlamayman‖.  Demak,  biz  o‗sha  kirib 
kelayotgan vositalarga filtr o‗rnatishimiz kerak, xolos. 
Globallashuv  jarayonining  yana  bir  o‗ziga  xos  jihati  uning  mafkuraviy  ta‘sir  o‗tkazish 
ko‗lamini  haddan  ziyod  kengaytirib,  beqiyos  darajada  tezlatib  yuborganida  ham 
ko‗rinadi. ―Mana  shunday  vaziyatda,  –  deb  yozadi  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov,  –
 odam  o‗z  mustaqil  fikriga,  zamonlar  sinovidan  o‗tgan  hayotiy-milliy  qadriyatlarga,  sog‗lom 
negizda  shakllangan  dunyoqarash  va  mustahkam  irodaga  ega  bo‗lmasa,  har  turli  ma‘naviy 
tahdidlarga,  ularning  goh  oshkora,  goh  pinhona  ko‗rinishdagi  ta‘siriga  bardosh  berishi 
amrimahol‖. 
Shunday  ekan,  biz  ham  ommaviy  madaniyat  bilan  ―ommaviy  madaniyat‖ning  farqiga 
borishimiz  hamda  ―ommaviy  madaniyat‖ning  ayanchli  oqibatlarining  oldini  olish  uchun 
kurashishimiz  lozim.  Buning  ayanchli  oqibatlari  esa  ma‘lum:  axloqiy  buzuqlik  va  zo‗ravonlik, 
individualizm, egotsentrizm g‗oyalarining keng tarqalishi.  
 ―Ommaviy  madaniyat‖ning  maqsadi  nima?  Xizmat  yuzasidan  mamlakatimizning  turli 
hududlaridagi har xil soha vakillari, jumladan, ziyolilari bilan suhbatda bo‗lamiz. Ana shunday 
suhbatlarda  ―Ommaviy  madaniyat‖  nima?  degan  savolga  hatto  aksariyat  ziyolilar  ham  ijobiy 
hodisa  sifatida  tasnif  berishadi.  Albatta,  tushunish  mumkin  og‗zaki  nutqda  qo‗shtirnoqqa  olib 
gapirib bo‗lmaydi. Balki shuning uchun ular adashtirishayotgandir, deb o‗zimizga taskin berdik 
dastlabki  so‗rovlar  vaqtida.  Lekin  keyinchalik  bu  savolni  yozma  shaklda,  ya‘ni  aynan 
qo‗shtirnoqqa  olingan  holda  berganimizda  ham  natija  o‗zgarmadi.  Demak,  bu  tushunchaning 
salbiy ekanligini xalq orasida targ‗ib qilish va bu bo‗yicha tushuntirish ishlari olib borish bugun 
shu soha vakillarining asosiy vazifalaridan biri ekan. 
―Ommaviy  madaniyat‖  o‗z  ma‘nosida  emas,  balki  ko‗chma  ma‘noda  ishlatilmoqda. 
Chunki  u qo‗shtirnoqqa olingan. Bu tushuncha haqida ko‗plab olimlarimiz ta‘rif  berishdi.  Biz 
ham o‗z tadqiqotlarimiz tahlilidan kelib chiqib, quyidagicha ta‘rif tuzdik: 
Ma‘lum  bo‗lishicha,  ―ommaviy  madaniyat‖  asosan  zamonamiz  vakillarining  yangi-yangi 
―moda‖lari  asosida  boyib  boradi.  Go‗yoki  kim  o‗sha  ―moda‖ga  amal  qilsa,  u  madaniyatli  deb 
topiladi. Hamma ommaviy ravishda ana shu moda asosida yashashi kerak bo‗ladi. Aks holda u 
zamondan  orqada  qolgan  –  madaniyatsiz  deb  hisoblanadi.  Chunki  u  bugunning  modasini 
bilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ―ommaviy madaniyat‖ bu – ommaviy 


―moda‖  niyat,  ya‘ni  yangicha  modani  niyat  qilish,  unga  erishish  va  uni  ommaviylashtirish 
demakdir. Moda esa kimningdir foydasini ko‗zlagan holda ommaviylashtiriladi. Uning natijasida 
esa inson salomatligiga zarar yetadi. 
E‘tibor  bering-a,  ―ommaviy  madaniyat‖  ham  ma‘naviy  saviyamizni  tushirishga  harakat 
qilib, o‗zligimizdan ayirishga intilayotir, ham sezdirmagan holda sog‗ligimizga hujum qilayotir. 
Chunki u jismonan nosog‗lom odam kimningdir ―muruvvati‖ga muhtoj bo‗lishini biladi-da.  
Bundan  tashqari,  ko‗rib  turganingizdek,  ―ommaviy  madaniyat‖  axloqsizlikni  targ‗ib 
qilmoqda va uni odamlarga madaniyat deb o‗rgatmoqda. Bu zamonaviy ma‘naviy tahdid nafaqat 
axloqiy  buzuqlikni,  balki  zo‗ravonlik,  individualizm  va  egotsentrizmni  ham  keng 
ommalashishiga  xizmat  qilmoqda.  Chunki  ―ommaviy  madaniyat‖  ma‘naviy  tuban  odam 
kimgadir so‗zsiz bo‗ysunishiga ishonadi-da. 
Xullas,  ―ommaviy  madaniyat‖ning  maqsadlaridan  biri  –  odamlarni  bir-biriga  qarama-
qarshi qo‗yib, bir-birini va shu bilan birga, o‗zini o‗zi o‗ldirishigacha olib borish. Natijada esa 
uning tarqatuvchilari dunyo va undagi boyliklarga yagona hukmron bo‗lib qolishni xohlaydilar. 
Hozirgi  zamon  madaniyatshunosligida,  odatda,  ommaviy  madaniyatning  uchta  asosiy 
darajasini ko‗rsatadilar: 
Kitch-madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar  madaniyati) 
Mid-madaniyat (―o‗rtamiyona‖ madaniyat); 
Art-madaniyat (ma‘lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega madaniyat). 
―Kitch‖ so‗zi nemislarning ―kitschen‖ olmoshidan hosil bo‗lgan va saviyasi past, arzon va 
jo‗n asar  yaratib, sotishni  bildiradi.  Bunday asarlar haqiqiy san‘at  durdonalari  soyasida paydo 
bo‗ladigan bo‗sh, esdan tez chiqib, unutiladigan madaniyat mahsulotlaridir.  
Muammolarni cheklangan, hayotdan uzoq qilib tasvirlash, obrazlarni, g‗oya va syujetlarni 
qolipga  solish,  mayda  turmush  tashvishlariga  o‗ralashib  qolgan  qatlamga  mo‗ljallangan 
madaniyat asarlarini yaratish. 
Mid-madaniyatning  qamrovi  keng,  darajasi  ancha  baland.  U  an‘anaviy  madaniyatning 
ayrim xususiyatlarini aks ettirsa ham, ommaviy madaniyatga bevosita taalluqlidir.  
Art  madaniyati  odatda,  aholining  bilimli  qismiga  mo‗ljallangan  ommaviy  madaniyatdir. 
Uning  vazifasi  ommaviy  madaniyatni  maksimal  darajada  an‘anaviy  madaniyat  standartlariga 
yaqinlashtirishdan iborat.  
Bundan tashqari ba‘zi bir mutaxassislar ommaviy madaniyatning yana ikki alohida turini – 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish