Dvigatelni hamma ish tartiblarida notekis ishlashi. Bu to`rni, filtrni, karbyurator jiklyorlari va kanallarini ifloslanishi, unga suv tushishi, karbyuratorni kirish quvuri birikmasidagi qistirmasi shikastlangan joylaridan yoki tormozni vakuum kuchaytirgichi ichaklar birikmalaridan havo so`rish, majburiy salt yurish ekonomayzer tizimini nosozliklari bo`lishi. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, bu nosozliklar dvigatelni boshqa tizim va mexanizmlarida bo`lishi mumkin. Misol, klapanli mexanizm tirqishi va yondirish tizimi ishini buzilishi mumkin.
YOnilg`ini ortiqcha sarflanishi. Bu yonilg`ini sizib chiqishi, karbyuratorni nosozligi (salt yurish tizimini nosozligi, havo zaslonkasini to`la ochilmasligi, po`kakli kameradagi yonilg`i sathini kopayib ketishi hamda jiklyorlarni o`tkazish qobilyatini kopayib ketishi) bo`lishi mumkin. YOnilg`ini ortiqcha sarflanayotganligini aniqlash va bartaraf qilish uchun ta`minlash tizimi yonilg`i uzatish tizimini obdon kozdan kechirgandan so`ng, salt yurish tizimi sozlanadi, havo zaslonkasini ochilishi va po`kakli kameradagi sathi tekshiriladi va sozlanadi, karbyuratorni bosh dozalovchi tizimi jiklyorlari almashib qolmaganligi tekshiriladi va to`g`rilab o`rnatiladi. Bundan tashqari yonilg`i sarfi avtomobilni boshqa tizim va mexanizmlari nosozliklari (yondirish tizimini nosozliklari, tormoz tizimini buzuqliklari tufayli avtomobilni erkin yurishini yomonlashuvi, shinadagi bosimni, kamligi, KSHM, GTM nosozliklari va boshqalar) tufayli ham bo`lishi mumkin.
Ta`minlash tizimi agregatlarini ta`mirlash. YOnilg`i nasosini ta`mirlash. YOnilg`i nasosini ta`mirlash uni avtomobildan yechib olishda detallarini tozalash va tekshirishdan shikastlangan diafragma va qistirmalarni almashtirishdagi, klapanlarni germetikligini tiklashdan hamda uni ish qobilyatini tekshirishdan iborat.
Avtomobildan yonilg`i nasosi yechib olishda yonilg`i uzatma ichaklari yechib olinadi va dvigatelga qotirilgan gaykalar bo`shatiladi.
YOnilg`i nasosini qismlarga ajratish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Nasos qoqog`i bolt yechib olinib qoqoq qistirma bilan birga olinadi. Nasosni yuqori va pastki qismlar vintlarini bo`shatib uni yuqori qismi ajratib olinadi. qismlarni ajratishda nasos shtutserini oldingi holatini saqlashni osonlashtirish maqsadida ularga belgi qo`yish lozim. So`ng nasosni pastki qismidan diafragma shtok bilan birga olinadi. Nasos detallarini qismlarga ajratgandan so`ng ular benzinda cho`tkacha yordamida yuviladi va havo yordamida udaladi. SHtok bilan birga o`rnashgan diafragmalar yig`ma holatda almashtiriladi. qolgan diafragmalar gayka bilan shtokka qotirilganligi sababli shtokdan ajratib olib almashtiriladi.
Diafragma prujinasi uni erkin va yuklangan holatidagi uzunligini o`lchash bilan tekshiriladi. YOnilg`i nasosi diafragmasi prujinasini uzunligi tashkil etadi: VAZ va MEMZ-245 dvigatellari uchun erkin holda 46,5 mm va 32 N yuklamada 24 mm, UZAM-331 va 412 larda erkin holda 47 mm va 32 N yuklanadi 15 mm bo`lishi lozim.
YOnilg`i nasos klapanlarini germetikligini tiklash uchun klapanlarni va ularni nasos korpusidagi o`tirish joylari sirtlarini mayda qum qog`oz yordamida jilvirlab tozalanadi. Buning uchun klapanlar oboymasini bolg`acha bilan sekin urib klapan sug`irib olinadi. Klapanlar rezinasi shikastlanganda va qotib qolganda almashtiriladi. Bikrligini yo`qotgan prujinalar almashtiriladi. Klapanlarni yig`ishda oboyma va prujina orasidagi tirqishni me`yorida ulash lozim.
YOnilg`i nasoslarini ta`mirlash uchun maxsus chiqarilgan ta`mir komplektlaridan foydalanish qulaydir. Ta`mir komplektlariga diafragma, qistirmalar hamda klapanlar oboyma va prujinasi bilan kiradi.
Nasos yig`ishdan oldin nasosni bir-biriga yotuvchi yuqori va pastki qismi sirtlarini chiqib ketishiga sabab bo`ladi. Bunday holatlarda nasosni yuqori va pastki qismlarini qattiq tekis-tekislikka o`rnatilgan mayda qumqog`ozga kuch bilan ishqalash bilan tekislanadi.
YOnilg`i nasosini yig`ish qismlarga ajratishga teskari ravishda amalga oshiriladi. Nasosni yig`ishda nasosni o`zaro joylashgan qismlarini to`g`riligini ta`minlash lozim. Nasos korpusini yuqori va pastki qismlarini biriktirishda hamma vintlarini bir ikki rezbadan kuch ishlatmay qotirish so`ng esa ularni «Xoch» («krest na krest») tartibida qotiriladi.
YOnilg`i nasosini unumdorligi maxsus stenda tekshirishda u hosil qilayotgan bosim va uni unumdorligi o`lchanadi. YOnilg`i nasosini bosimi va unumdorligi har xil dvigatellar uchun quyidagicha bo`ladi:
VAZ va MeMZ-245 dvigatellarida 2000 daq.-1da 0,023...0,03 MPa va 54 l/s;
UZAM-331 va 412 dvigatellarida 1800daq.-1da 0,03...0,036 MPa va 50 l/s;
yuk avtomobillari dvigatellarida markalariga qarab 42
120 l /s.
Avtomobilda yonilg`i nasosini germetikligi maxsus asbob yordamida o`lchanadi. Asbob manometrda 3 va 2 ta ichaklardan 1 va 5, ulardan bittasi jumrak bilan birgalikda karbyuratorga uzatilayotgan yonilg`i shtutseriga, 2 chisi esa almashtiruvchi shtutserlari bilan yonilg`i nasosidan chiqayotgan ichakka ulanadi. Nasosni tekshirish jo`mrak ochiladi, dvigatel ishga tushiriladi. Tirsakli valni kichik aylanishlarida va salt yurishda nasos erishishi mumkin bo`lgan bosim manometr bilan o`lchanadi va bu o`lchamlar yuqoridagi koprsatkichlarga mos tushishi lozim. So`ng jo`mrak 2 berkitiladi va dvigatel to`xtatiladi. 30 soniya o`tgandan so`ng manometr bo`yicha bosimni tushishi o`lchanadi. Agar bosimni tushishi 30 soniya davomida 0,01 MPa dan kopga tushmasa, nasos soz hisoblanadi. Dvigatel yana 10..15 soniyaga ishga tushiriladi, dvigatelni to`xtatib jo`mrakni berkitmay 30 soniyadan keyin bosimni tushishi o`lchanadi. qayta tekshirishda bosimni tez tushishi karbyuratorni ninasimon klapanini nosozligini bildiradi.
Maxsus stend bo`lmaganda yonilg`i nasosini avtomobilda soddalashgan uslubda tekshirish mumkin. Buning uchun yonilg`i nasosidan ichaklar uzib qo`yilib qo`l nasosi yordamida benzin to`kib yuboriladi. So`ng kirish shtutseriga kalta ichak ulanadi va ikkinchi uchi benzinli idishga tushiriladi, chiqish shtutseriga esa uzun (400...450 mm.) ichak ulanadi, uni ikkinchi uchi nasos ustiga koptarilgan. qo`l nasosini 25 marta ishlatgandan yoki starter bilan yonilg`i 400 mm.li balandlikka chiqishi lozim. Aks holda yonilg`i nasosi dvigatelda ishlatish uchun yaroqsiz hisoblanadi, uni almashtirish yoki ta`mirlash lozim.
YOnilg`i nasosini avtomobilga o`rnatishdan oldin qistirmalar qalinligini yoki sonini o`zgartirib nasos uzatmasi (richag) tortqisi turtkisini chiqib turishi sozlanadi. Buning uchun nasosni qotirmasi shilkasiga yoki boltiga zichlovchi qistirmali issiqlik himoyalovchi rostavka o`rnatiladi va turtkini chiqib turishi D o`lchanadi, u VAZ dvigatellarida 0,8...1,3 mm., MeMZ-245 dvigatelida 3,2...4,3 mm va UZAM-331-412 dvigatellarida 1,0...1,5 mm. bo`lishi lozim.
VAZ dvigatelida sozlovchi qistirmalar qalinligi 0,27...0,33 mm 0,70...0,80 mm va 1,10...1,30 mm bo`ladi, qistirmalarni qalinligini tanlash bilan turtkini chiqib turishini sozlash mumkin, qolgan dvigatellarda 0,3 mm li qistirma sonini o`zgartirish bilan sozlanadi.
Karbyuratorni ta`mirlash. Karbyuratorni ta`mirlash ishlari o`z ichiga uni avtomobildan yechib olish, qismlarga ajratish, karbyurator detallarini va klapanlarini tozalash va siqilgan havo bilan udash, detallarni tekshirish, shikastlangan detallarni almashtirish, kabyuratorni yig`ish, hamda po`kakli kameradagi yonilg`i sathini va salt yurish tizimini sozlashni oladi. Kopgina hollarda karbyuratorni dvigateldan yechib olmasdan uni ish qobiliyatini tiklash mumkin. qismlarga ajratmasdan salt yurish tizimini, havo zaslonkasi uzatmasini sozlash, to`rli filtrni yechib uni tozalash yo`li bilan. qisman qismlarga ajratib, ya`ni karbyurator qoqog`ini yechib po`kakli kameradagi yonilg`i sathini sozlash va jiklyorni tozalash va kanallarni siqilgan havo bilan udash yo`li bilan. Agar koprsatilgan usullar bilan karbyuratorni ishga yaroqli holati tiklab bo`lmasa uni avtomobildan yechib olinib almashtiriladi yoki ta`mirlanadi.
Karbyurator avtomobildan quyidagi tartibda yechib olinadi:
karbyuratordan havo filtri yechib olinadi;
karbyuratorni shtuttserlaridan ichak va quvurlar yechib olinadi;
majburiy salt yurish ekonomayzeri va elektromagnit klapani uzib-ulovchisidan uzatmalar uzib qo`yish;
drosel zaslonkasi va havo zaslonkasi troslarini uzib qo`yish;
karbyuratorni kirish quvuriga qotirilgan tortish gaykasi bo`shatiladi va karbyurator avtomobildan olinadi.
DAAZ-2105 karbyuratorini qismlarga ajratish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Tiqin bo`shatiladi va to`rli filtr olinadi. Tortqi prujinasini bosib vtulkadan havo zaslonkasi teleskoik tortiqisi uziladi. Karbyurator qoqog`idagi vintlarni bo`shatib qistirma va po`kakni shikastlamaslik uchun ehtiyot bo`lib qoqoq yig`ma holatda olinadi. Havo zaslonkasi richagi qotirmasi vintni bo`shatib, uni prujina va tortqi bilan birgalikda o`rnidan olinadi. prujina olinadi. Stopor halqasini olib shtiftdan drossel zaslonkasi ikkilamchi kamerasini pnevmouzatmasi shtogi uziladi. Ikkita vintni bo`shatib karbyurator korpusini o`rta qismidan pastki qismi (drossel zaslonkasi qismi) ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |