O`ta boy yonilg`i aralashma hosil bo`lishi qo`yidagi belgilar bo`yicha kuzatiladi: qora tutun va ovoz so`ndirgichdan «otishmalar», dvigatel quvvati kamayadi va qiziydi, yonilg`i sarfi kopayadi, moyga benzin tushadi, yonish kamerasida porshen tubida va kanallarda qurum hosil bo`ladi.
Ovoz so`ndirgichdan qora tutunni chiqishi chiqindi gazlarda yonilg`ini to`la yonmagan mahsuloti borligi bilan tushintiriladi. YOnilg`ini bir qismi tsilindrda havoni yetishmasligi tufayli yonmaydi va ovoz so`ndirgichda chiqayotganda kislorod bilan birikib yonishi natijasida ovoz so`ndirgichda «otishma» sodir bo`ladi. Ovoz so`ndirgichdagi «otishma» chiqish kanallari zich berkilmaganda ham sodir bo`lishi mumkin. Boy aralashmani sekin yonishi dvigatel quvvatini pasayishiga olib keladi. YOnmagan benzin bug`lari kondensatsiyalanadi. Ular tsilindr devorlariga o`tirib qolib poddon karterga oqib tushadi yoki moy sidiruvchi halqalar moyni sidirib tushiradi, buning natijasida moyga benzin tushadi.
Qo`yidagi sabablar boy aralashma hosil bo`lishiga olib kelishi mumkin: po`kakli mexanizmini sozligini buzilishi, po`kakni devorlari darz ketganligidan po`kakni benzin bilan to`lishi po`kakli kamera devorlariga po`kakni tegib qolishi sababli po`kakli kamerada yonilg`i sathi kopayib ketadi; po`kakli kameradagi ninasimon klapanni yeyilishi, qadalib qolishi va to`la yoilmasligi, uning o`tirgichini bo`shab qolishi; havo zaslonkasini to`la ochilmasligi; quvvat ekonomayzeri diafragmalari germetikligini buzilishi hamda jiklyorlarni yeyilish.
Bu nosozliklar qo`yidagicha aniqlanadi va bartaraf qilinadi. Karbyurator qoqog`ini yechib, po`kakli mexanizm tekshiriladi, lozim bo`lganda aniqlangan nosozliklar bartaraf qilinadi va po`kakli kamerada yonilg`i sathi sozlanadi. Ninasimon klapanni germetikligi tekshiriladi. Buning uchun karbyurator qoqog`ini po`kak bilan yuqoriga qaratib og`dariladi va yonilg`i uzatuvchi shtutserga zichlab rezina nok ulanadi, rezina nokni siqib siyraklashish hosil qilinadi. Agar 30 soniya davomida rezina nokni shakli sezilarli o`zgarmasa, demak klapan germetiklangan, o`zgarsa klapan germetiksizlangan va uning almashtirish zarur. Havo zaslonkasini to`la ochilmasligini, uning trosli uzatmasini sozlash bilan bartaraf qilinadi. Boy aralashma hosil qiluvchi boshqa nosozliklar karbyuratorni avtomobildan yechib olgandan so`ng aniqlanadi va bartaraf qilinadi.
YOnilg`i bakini o`tuvchi tiqinini hamda yonilg`i o`tkazgichlarni nosozligi, yonilg`i o`tkazgichlardagi darz, yonilg`i nasosi diafragmasini va birikmalarini nogermetikligi sababli yonilg`i oshishi mumkin. YOnilg`ini har qanday oqishini darrov bartaraf qilish lozim, chunki bu avtomobillarda yong`inni keltirib chiqarishi va yonilg`i sarfi kopayishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |