Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

 

 

ERKIN VOHIDOV USLUBINING O„ZIGA XOS JIHATLARI 

Gavhar MAMATQULOVA,

  

 



12-maktab o„qituvchisi (Guliston)  

 

Har  bir  shoir  uslubining  mukammal  ko‗rinish  kasb  etishida,  u  yashab  ijod 



etgan davrning turli sohalardagi hayot tarzi, sharoiti hamda adabiy jarayoni muhim 

ahamiyatga ega. Adabiyotshunos olim I.Haqqul bu borada shunday yozadi: ―Davr 

ruhi,  zamon  nafasi,  jamiyat  dardi  ham  dastlab  ijodkor  shaxsiga  ta`sirini  o‗tkazib, 

undan so‗ng asarlariga ko‗chadi‖ [2, 20]. 

Uslub  san`atkor  ijodiy  qobiliyatining  samarasi,  shu  bilan  birga,  ijodiy 

qobiliyat yetukligi, originalligining o‗ziga xosligi ifodasi. Uslub orqali ijodkorning 

shaxsiyati,  ijodiy  individuallik  kamoloti,  adabiy  jarayondagi  mustaqilligi,  badiiy 

tafakkur tipi, ijodiy mahorati anglashiladi. Uslub ijodkor badiiy olamidagi original 

ifoda va yechimlarni jamlaydi, ko‗rsatadi. Shu ma`noda o‗zbek adabiyotining yirik 

zabardast  vakillaridan  biri  Erkin  Vohidov  ham  o‗z  uslubi  va  yo‗nalishiga  ega 

bo‗lgan ijodkor sanaladi.  

Erkin  Vohidov  o‗z  uslubini,  badiiy  mahoratini  goh  lirikada,  goh  mumtoz 

poetikada,  goh  tarjimada,  goh  dramaturgiyada  namoyon  etib,  bir  qator  ibratli 

yutuqlarga  erishgan. Ayniqsa, nemis  klassik shoiri  Gyotening ―Faust‖  asari  shoir 

tarjimasida  mukammallikka  erishgan.  Bir  so‗z  bilan  aytganda,  shoir  G‗arbda 

jaranglagan  sharqona  ohangni  yana  Sharqqa  qaytargan.  ―Faust‖  ustidagi  uzluksiz 

ishlar tarjimon E.Vohidovninggina emas, balki shoir E.Vohidov fikrlarining ijodiy 

teranlashuviga  samarali  ta`sir  ko‗rsatdi.  Uning  poetik  chizgilari  shoir  iqtidorining 

yuksakligi, estetik ideallarining buyukligi, oddiy voqea yoki oddiy badiiy detaldan 

favqulodda katta poetik umumlashmalar chiqara olish mahoratidan dalolat beradi.  

Sheʼr – shoirning anglangan va anglanmagan tasavvurlaridan tarkib topgan 

tuyg‗ulardan yaraladi. Unda ―borliq bilan yo‗qlik‖ chegarasi doim bir-biriga taʼsir 

oʻtkazib, biri-ikkinchisini marom bilan harakatlanishiga ragʻbat bagʻishlab turadi. 

Shu  ikki  sifat  oʻrtasida  muvozanat  bilan  fikr  yuritayotgan  ijodkor-shoir  yirik  va 

oʻziga  xos  tuygʻular  yigʻindisini  muayyan  tartibga,  yaxlitlik,  butunlikka  jamlay 

oladi.  Sheʼr  –  mangu  dard  haqidagi  soʻz. Shubhasiz, Erkin  Vohidov ijodiyoti  ana 

shunday  teran  mushohadalar  toʻplamidan  iboratdir.  Fikr  va  tuygʻu  nisbati 



109 

 

ziddiyatda, harakatda, tadrijiyatda ekan, shoir poetik olami ham tobora tiniqlashib, 



kengayib, oʻziga xos va mos yoʻl tanlab boradi.  

Erkin Vohidovning serqirra va rang-barang ijodiy merosiga nazar tashlasak, 

oʻtgan  davrning  mafkuraviy  gʻoyalariga  kuchli  tanqidiy  ruhda  fikr  yuritganini 

ko‗ramiz. Buning yorqin namunasi sifatida ―Oʻzbegim‖ qasidasi misol boʻla oladi: 

Ilmu sheʼrda gohu sulton

 

Lek taqdiriga qul,



 

Oʻz elida chekdi gʻurbat,



 

Zoru nolon oʻzbegim [1, 34]. 

 

Erkin  Vohidov  1968-yil  aruz  vaznida  yozgan  ―O‗zbegim‖  qasidasida 



yo‗qotilgan milliy g‗ururni qayta tiklash va uyg‗otish, milliy ruhni xalqimiz ongiga 

singdirish,  mustahkamlash  va  bardavom  ettirish  g‗oyasini  ilgari  surgan  edi.  Olim 

Qozoqboy  Yo‗ldoshev  ta‘biri  bilan  aytganda:  ―O‗zbegim‖  o‗z  vaqtida  maydonga 

tashlangan mardona poetik chorlov bo‗lgandi [3, 267]. 

Maʼlumki, ijodkorning doimiy harakatdagi tafakkurida kurtak ochgan badiiy 

fikrning o‗ziga xos halqasini tashkil qiluvchi muayyan obrazda estetik nigoh, lirik 

harorat  mujassam.  Shu bois  ham  unga  real  hayot  bilan  aynanlik  maqomini berish 

mumkin  emas.  ―Illo  badiiy  haqiqat  hayot  haqiqati  boʻlmay,  ong  va  tuygʻu  – 

ruhoniy nazar ifodasining uygʻunligidan hosil boʻluvchi goʻzallik sifatida matnga 

tayanib, ijodkor mikroolamiga kechinmadoshlik orqali poetik idrok etiladi‖,  - deb 

yozadi taniqli adabiyotshunos olim Islom Yoqubov [5, 365]. 

Darhaqiqat,  ijod  uslubining  o‗ziga  xosligi  poetik  idrok  mohiyatidan 

oziqlanadi.  To‗g‗rirogʻi,  ijtimoiy-ruhiy,  milliy  va  umuminsoniy  jihatlar  qamrovi 

sharoit  taqozosi,  ijodkorning  ayni  shu  jihatlarga  qay  darajada  yondashuvi  bilan 

ham belgilanadi. Binobarin, sheʼriy tabdilda shakl, mazmun va uslub uygʻunligini 

taʼminlovchi  asosiy  omil  dunyoqarashning  nechogʻli  yuksakligi  va  tafakkurning 

miqyoslariga borib ulanadi. Ayni paytda, poetik tushuncha tadriji ham ichki, ham 

tashqi mohiyatini butunlashtiradigan estetik mohiyatning oʻziga xos qirralari bilan 

raqobatga kirishadi. Har bir sheʼr voqeligi ijodkor kechinmalaridan vujudga keladi. 

Bu esa umummillat kayfiyatini ifoda qilayotgandek taassurot uygʻotadi: 

U baxsh etgan otashda yondim,

 

Oʻzi boʻldi menga rahnamo,



 

Unga, faqat unga ishondim,



 

Yurak meni aldamas aslo!



 

[1, 67] 


Aql  va  yurak  amri  ziddiyatini  qarama-qarshi  qoʻygan  ushbu  satrlarda  shoir 

real hayot manzaralariga nazar tashlaydi. Bunda shoir hodisotni poetik kashf etish 

bilan  cheklanib  qolmaydi,  balki  ijodiy  yondashuv  hamda  estetik  baholash 

mezonlarini  birlashtiradi.  Bu  munosabat  tuygʻu  shiddati  uygʻunligini  taʼminlash 

barobarida tasvir toʻlaqonliligini ham tasdiqlaydi. 

Adabiyotshunos  olim  N.Rahimjonovning  taʼkidlashicha:  ―Erkin  Vohidov 

estetikasida  insonning  ma`naviy-intellektual  kamolotiga  alohida  urg‗u  beriladi. 

Shoir  nuqtai  nazariga  ko‗ra  inson  tirikligining  ma`nosi,  hayotining  mazmuni 

qanday sharoitda va muhitda bo‗lishidan qat‘iy nazar, o‗z shaxsida komillik xislat-

xususiyatlarini  takomillashtirishga  muttasil  intilishdan  iborat.  Ma`naviyatni, 




110 

 

tiriklikni  go‗zallashtirish  barobarida  hayotni  va  jamiyatni  yanada  go‗zallashtirish 



bosh muddaodir‖ [4, 121]. 

Sheʼr  –  ijodkorning  ichki  kechinmalarini,  olamni  qabul  qilish  va  uni 

ifodalashdagi  ayricha  usulini  belgilab  beradi.  Chunki  ijodkor  ana  shu  kichkina 

qalbi  orqali,  katta  umumlashmalar  hosil  qiladi.  Xoh  u  Vatan  haqida  bitilgan 

boʻlsin,  xoh  u  muhabbat,  qalb  amrining  buyurganini  qalamga  oladi.  Erkin 

Vohidovning  samimiy,  dilbar  va  jozibali  satrlarida  millatning  pinhon  iztiroblari, 

uning  maʼnaviy-ruhiy  manzarasi  yaqqol  koʻzga  tashlanib  turadi.  Chunki  shoir 

kitobxonning, nainki kitobxon, balki shu yurtda yashovchi oddiy insonlarning qalb 

nidolarini  sheʼrga  aylantiradi.  Bu  oʻz  navbatida  millat  qoʻshigʻiga,  uning 

madhiyasiga  aylanib  ketadi.  ―Sen  tomonga  otilgan  oʻq  menga  tegsin‖  [1,  83] 

satrlarining oʻziyoq aytilgan fikrlarimizni dalillaydi. 

Sheʼr  –  ogʻriqlardan  dunyoga  keladi.  Toʻrt  misra  sheʼrga  olam  maʼno 

singdira  olgan  ijodkor  chinakam  salohiyat  egasidir.  Uning  uchun  shoir  chinakam 

tuygʻularni, qalbning  millat uchun eng zarur soʻzlarini sheʼrga aylantira olsa,  o‗z 

maqsadiga  erisha  oladi.  Erkin  Vohidov  ―Toʻrt  satr‖  sheʼrida  ham  shu  kabi 

mazmun-mohiyatni  kitobxonga  anglatadi.  ―Kamtarlik  haqida‖  deb  nomlanuvchi 

sheʼrda ham chiroyli tashbeh qoʻllay olgan. Unda choynakning piyolaga egilishi – 

kamtarlik ramzidir.  

Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, Erkin Vohidov lirikasida hissiy idrok 

birlamchi  omil  vazifasini  o‗taydi.  Unda  tuygʻular  silsilasi  sezimlar  quvvat 

manbaini  kengaytiradi.  Aslida  ham  haqiqiy  sheʼr  tuygʻular  silsilasidan  paydo 

bo‗ladi. Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov lirikasi ham bunday xususiyatdan 

mustasno emas. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.

 

Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 1997. – B. 283. 



2.

 

Haqqul I. Badiiy matn va tahlil muammolari. // O‗zbek tili va adabiyoti jurnali



2012, 4-son. 

3.

 



Qozoqboy Yo‗ldosh. So‗z yolqini. – T.: G‗afur G‗ulom nomidagi NMIU, 2018. – 

B. 503.  

4.

 

Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‗zbek she`riyati. – T.: Fan, 2007. – B. 259. 



5.

 

Yoqubov I. Badiiy-estetik so‗z sehri. – T.: TDPU, 2011. – B. 475.  



 

 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish