ERKIN VOHIDOV DOSTONLARINING O„ZIGA XOSLIGI
Shohista XUDOYQULOVA,
Lutfinisa DEHQONOVA
katta o„qituvchilar (GulDU)
O‗zbek xalqining suyukli shoiri Erkin Vohidov o‗zbek she`riyatida o‗ziga
xos o‗ringa ega ekanligi barchamizga ma`lum. Shu bilan bir qatorda shoir o‗nga
yaqin dostonlar muallifi hamdir. Erkin Vohidovni ko‗p qirrali ijodkor inson desak
mubolag‗a bo‗lmaydi. U turli yo‗nalishlarda ijod qilib o‗z uslubini yarata olgan
ijodkorlardandir. Erkin Vohidov o‗z ijodiy yo‗li davomida she`r she`r yozish bilan
birga chuqur falsafiy asarlar ham yozishga muvaffaq bo‗ldi.
Erkin Vohidovning yana bir dostoni ―Istanbul fojiasi‖da hayotning boshqa
bir shafqatsiz haqiqatiga duch kelamiz. ―Ruhlar isyoni‖ dostoni o‗z davridan hiyla
olg‗a ketgan, davr nopokliklariga, zulm va adolatsizlikka, qoloq odatlarga,
jaholatga qarshi chiqqan jasur, mardona shaxs fojeasi bo‗lsa, ―Istanbul fojeasi‖
davr to‗zonlari, hayot chigalliklari ichra gangib, noxush, nomaqbul to‗lqinlar
iskanjasiga tushib qolgan, adashgan ammo kechikib bo‗lsa-da, xatosini anglagan
odamlar fojiasidir. Xuddi ―Ruhlar isyoni‖dagi kabi ―Istanbul fojiasi‖da ham
qahramonlar qismati zamonning muhim tarixiy-ijtimoiy voqea hodisalari –
Ikkinchi jahon urushi, urushdan keyingi davrda dunyodagi keskin ziddiyatlar,
mamlakatimiz ijtimoiy-ma`naviy hayotidagi muammolar bilan bog‗liq holda talqin
115
etiladi.
Drama syujeti unchalik murakkab bo‗lmasa-da, bir qorindan talashib
tushgan aka-uka Jalol va Iskandarlar muhabbat tufayli bir-biriga raqibga
aylanadilar. Aka ukasi sevgan qizni yo‗ldan uradi, alamiga chiday olmagan uka
esa o‗zini qo‗ygani joy topolmay, ko‗ngilli bo‗lib frontga jo‗naydi. Qismatni
qarangki, ana shu aka-uka va ular orasidagi ziddiyatga sababchi bo‗lgan ayol-
Sadoqat qirq yildan keyin xorijda uchrashib qolishadi.
Syujet rivoji zanjirida romantik ruhdagi asarlarga xos favqulodda shartli
halqalar talaygina: og‗a-ini va ular orasiga g‗ov solgan ayol, ya`ni ham qondosh,
ham raqib og‗a-ini va ularning har ikkisi uchun aziz bo‗lgan shaxsning qirq yildan
so‗ng xorijda bir-biriga duch kelishi, allaqachon marhum sanalib, nomi
qahramonga aylangan, shuhratlarga burkangan odamning tirik, buning ustiga
vatangado bo‗lib chiqishi bir vaqtlar o‗zga nomda, o‗zga el odami bo‗lib yurtiga,
og‗asi, sevgilisi, onasi huzuriga kelib ketishi, buni hech kim sezmay qolishi -
bularning barchasi romantik asarlar syujetiga xos favqulodda xususiyatlardir.
Bulardan tashqari, asarning shakliy-she`riy tuzilishi, ifoda tarzi ohangidagi
romantik ko‗tarinkilik, qandaydir salobat bor. Shu bilan birga muallif tasvirda
izchil realistik yo‗ldan borishga – qahramonlar fojiasining ham sub‘ektiv, ham
ob‘ektiv – hayotiy asoslarini ochishga, ular xarakterining murakkabligi,
ziddiyatlari ila ko‗rsatishga, ularni zamonasining real jonli odamlari sifatida
berishga intiladi. ―Ular xatolari va armonlari bilan, ishonchlari va ishtiboqlari bilan
shu zaminda yashab turgan odamlar‖, - deydi muallif asarga yozgan so‗zboshida.
Eng muhimi, hodisa va xarakterlar talqinida shoir bir xillik hamda
biryoqlamalikdan qochadi.
Asardagi uch yetakchi personaj – og‗a Jalol, ini Iskandar, oradagi ayol
Saodat – hammasi o‗zgaruvchan xarakterlar, ular hayot yo‗li – umrning turli
bosqichlarida turli vazifalarda turlicha holda ko‗rinadilar.
Ko‗p hollarda bir hodisa uch personaj tomonidan uch xilda idrok etilib, uch
xilda baholanishi, aksari qarashlaridagi tafovut va ziddiyatlarning keskin tus olishi
asarga o‗ziga xos munozara ruhini bag‗ishlaydi. Bahslar payti muallif voqeaga
bevosita aralashmaydi, kim haq, kim nohaq, asl haqiqat kim tomonda ekanini
o‗qiyotgan kishi sezib, bilib turadi. Shunga ko‗ra bu asarni o‗qish uchun kishida
adabiy-estetik tayyorgarlik bo‗lishi kerak, hamda u nozik didli, bilimdon bo‗lishi
talab etiladi.
Bunday olib qaraganda, Iskandar shunchaki adashgan vatangado xoin bir
kimsadek ko‗rinadi. Aslida esa Iskandar qochoq, xiyonatkor emas, yurt oldida
gunohsiz: u ixtiyorsiz ravishda hayot so‗qmoqlariga tushib qolgan. Bir vaqtlar bu
pok va sodda, qalbi ko‗zgu kabi musaffo, oriyatli yigit Saodatni chin dildan
sevgan, vatan ozodligi yo‗lida chindan ham mardona jang qilgan. Bu odam
hayotining izdan chiqishi sarson-sargardon vatangadoga aylanishi, avvalo urush
dahshatlariga, ziddiyatli dunyoning g‗ayriinsoniy tomonlariga borib taqaladi.U
urushning eng baxtsiz tirik qurboni.Omonsiz jang payti dushman qo‗liga tushib
qoladi, xorijda sarson-sargardon kezadi.Iskandarning baxtsizligida beqaror
Saodatning ham hissalari bor. Bunga Iskandarning o‗zi ham aybdor.U ilk sevgi
116
hijroni azoblariga dosh berolmay, jizzakilik qilib, ixtiyorini butunlay taqdir izniga
qo‗yib beradi.Endi uning uchun go‗yo ona yurtida qiziqtiradigan hech narsa
qolmagandek,
yurtiga
astoydil
talpinmaydi,
o‗z baxti, sha‘ni uchun
kurashmaydi.Bunday beqarorlik, loqaydlik esa, unga nihoyatda qimmatga tushadi.
Dostonda Jalol obrazi alohida ahamiyatga ega. U shaxsiy manfaat, shon-
shuhrat kuyida bilib bilmay ko‗p nomaqbul ishlarga, gunohlarga qo‗l urgan: bir
vaqtlar u inisining tirigini xo‗rlab, o‗limi haqidagi yolg‗on xabardan so‗ng uni
e‘zozlashga tushgan, inisining jasorati haqidagi xabardan esa xudbin maqsadlari,
soxta shuhrati uchun bir omil sifatida foydalangan.
Hayotda yo‗l quyilgan xato sabablarini, mohiyatini, oqibatlarini anglab
yetish ham mardlik alomati. Jalol shunday holatlarni boshidan kechiradi.Xorijdagi
inisi bilan uchrashuv Jalol uchun bir hayot imtihoni vazifasini o‗taydi. Iskandar va
Saodat bilan tortishuvlar asnosida ko‗p ikkilanishlar, ishtibohlar, ichki olishuvlar
jarayonida u oxiri chin haqiqat, adolat yo‗lini tanlaydi. Shaxsiy hayotda yo‗l
qo‗ygan xato, o‗z jigariga qilgan adolatsizlik, bu adolatsizlikning dahshatini
yurakdan his etish, Jalol uchun boshqa ayblarni-ijtimoiy faoliyatdagi gunohlarini
anglab yetishga yo‗l ochadi.
Shu tariqa ―Istanbul fojeasi‖ davrining ijtimoiy-ma`naviy muammolari –
millat tanini har qanday g‗uborlardan poklash g‗oyasi, ijtimoiy adolat nuri bilan
yo‗g‗rilgan asardir.
Doston kamchiliklardan ham holi emas. Chunonchi, Jalol ruhiyatidagi
o‗zgarishlar, uning oxirgi qat‘iy qarori qanchalar qimmatga tushishi mumkinligini,
oldindagi vaziyat naqadar chigal va mushkulligi butun dramatizmi bilan
ko‗rsatilmagan; voqea va hodisalarning uch shaxs doirasida cheklab qo‗yilishi
muallif oldida muayyan ijodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqargan. Personajlar,
ayniqsa, Jalol ijtimoiy faoliyati bilan bogliq murakkab muammolarni kengroq
yoritishga mone‘lik qilgan, voqealarga yana kimlardir aralasha olmay, dardini,
gapini ayta olmay qolgani sezilib turibdi; syujet janridagi omonatroq halqalar
realistik dalillashni taqozo etadi. Lekin bu xildagi kam -ko‗stlaridan qat‘iy nazar,
bu asar 80-yillar o‗zbek adabiyotida katta hodisadir.
Dramaturg qalamga olgan muhim jihatlar va ziddiyatlar ichida qolgan,
adashib qolgan kishilar foydasi, murakkab taqdiri, muammolar bilan chambarchas
bo‗lgan kimsalar o‗tmishini asar davomida birin-ketin uzliksiz kuzatamiz. Bu kabi
chigal muammolar bugungi kunda ham yo‗q emas.Mavzu yillar o‗tsa ham o‗z
yukini, mag‗zini, insonlar o‗rtasidagi, ayniqsa jigarlar orasidagi oqibatni
yo‗qotmaslikka, kengroq fikr yuritishga undaydi.
Erkin Vohidov yillar davomida ijodiy izlanishlari tufayli fikrlar ufqini
kengaytirdi, uning his-tuyg‗ulari tobora serjilo bo‗lib bordi. Ammo u hech qachon
o‗z ijodidan qoniqmadi, unda yangilikka moyillik kayfiyati tug‗ildi. Bu bir dard,
armon bo‗lib vujudini g‗alayonga soldi. Qalbdagi ana shu g‗alayonlarning mevasi,
izlanishlarining samarasi 80-yillada yaratilgan ―Ruhlar isyoni‖ dostonida yaqqol
namoyon bo‗ladi.
Xulosa qilib aytganda, real hayotga o‗ta yaqinlik, zamin, zamon va inson
tashvishlari bilan hamdardlik, oddiy kundalik tashvishlarda katta insonning
117
muammolarini ko‗ra olish, ulardan umumbashariy ma`nolar qidirish, bugungi
kunda barchani hayajonga solgan masalalarni dadil o‗rtaga qo‗yish Erkin Vohidov
uchun xos xususiyatdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qodirov M. An`anaviy teatr dramaturgiyasi. – T.: Yangi asr avlodi, 2006.
2. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. –T., 1993.
3. Vohidov E. She`r dunyosi. Saylanma. II jild. – T.: Sharq, 2001.
4.
Vohidov E
.
Saylanma. 1-jild. – T.: Sharq, 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |