ARUZ HAQIDAGI BAHSLAR XUSUSIDA
Marhabo XUDOYQULOVA,
stajyor-tadqiqotchi (BuxDU)
Ijodkorlarning adabiy-nazariy qarashlari badiiy asarlarni talqin qilishda
muhim ochqich vazifasini o‗tashi dunyo adabiyotshunosligi tajribasidan ma`lum.
Shuning uchun buyuk iste`dodlarning she`riyatga, badiiyatga, iste`dod egalariga,
umuman, adabiyot va san`atga qarashlari maxsus kitoblar holida nashr qilinadi.
Bunday ishlarning ikki jihatdan ahamiyati ko‗zga yaqqol tashlanib turadi:
Birinchidan, ijodkorning badiiy-estetik kontseptsiyasi ma`lum bo‗ladi.
Ikkinchidan, adabiy-nazariy qarashlar xazinasi boyib, adabiyot maydoniga
kirib kelayotgan havaskorlar uchun ibrat maktabi vazifasini bajaradi. Zotan, jahon
adabiyotdagi I.V.Gyote, L.Tolstoy yoki Ch.Aytmatovning adabiyot haqidagi
qarashlari ilm ahli uchun har doim qimmatli bo‗lgan va shunday bo‗lib qoladi.
O‗zbekiston qahramoni Erkin Vohidovning «Shoiru she`ru shuur» nomli
kitobi biz tilga olayotgan masala nuqtai nazaridan e`tiborga loyiq. Kitobga
kiritilgan maqolalar uning munaqqid sifatidagi qiyofasini oydinlashtirishga yordam
beradi. Jumladan, E.Vohidovning ―Aruz haqida‖ (1972 yil) deb nomlangan etyud
maqolasi aruz vazni haqidagi bahslarga javob tarzida yozilgan.
Bahslashuvchilar ikki guruhga bo‗lingan, birinchi guruh aruzning zarurligi,
bugun ham zamonamizga xizmat qilishi mumkin deganlar mumtoz va zamonaviy
g‗azallarning eng yaxshi namunalariga suyanganlar, ikkinchi guruh esa ya`ni shoir
aytmoqchi, ―aruzning raqiblari‖ arzon va jo‗n g‗azallarni, ―aksari qo‗shiq qilib
aytilayotgan zamonaviy aruzning turfahol namunalarini misol qilib ko‗rsatganlar‖
[1, 20]. Ijodkor ―bunday ―g‗azallarning‖ o‗sha vaqtlarda haddan ziyod ko‗payib
95
ketganligi natijasida hatto adabiyotimizning bir necha ulkan vakillari ―aruz
raqiblari qarorgohidan‖ joy olganlarini afsus bilan qayd etadi‖. Ular o‗sha vaqtda
balki haqli ham edilar. Chunki:
Yaxshilikni odat et, qilma yomonlik hech qachon,
Yaxshilik yaxshi erur, lekin yomonlikdir yomon, singari o‗ta jo‗n nasihatlar,
―aylading-ketding‖ kabi radiflarda yuksak his-tuyg‗udan yiroq oshiqonalar
matbuot sahifalarini seldek to‗ldirgan edi‖.
Ijodkor o‗zi ta`kidlaganidek, she`riyat bosib o‗tgan ulkan yo‗lga nazar solib,
aruzning yutuq va kamchiliklari haqida ma`lum darajada ob'ektiv xulosalar
chiqaradi. Bundan uning adabiy jarayonga befarq emasligi ayonlashadi, shu bilan
birga o‗zining aruz vaznida yozilgan go‗zal asarlari bilan she`riyatimizni boyitib
kelganligini ham ko‗ramiz.
E.Vohidovning ―Aruz haqida‖ deb nomlangan kichik etyud maqolasidagi
mulohazalar
bugun
ham
eskirmagani
yaqqol
ko‗rinadi:
―Aruz,
adabiyotning,umuman, san`atning hamma turlari kabi talant va mahorat, teran
xayol va ehtiros talab qiladi‖.
Shoirning ijodiy tajribalari tufayli tug‗ilgan nazariy qarashlari katta ahamiyat
kasb etadi.
«Aruz haqida» maqolasida: «G'azal – murakkab va ancha qiyin janr.
G'azalnavisdan oz so‗zda ko‗p ma`no berish, fikr durdonalarini badiiy tashbeh
sadaflari ichida taqdim etishni talab etuvchi janr… Aruz adabiyotning, umuman,
san`atning hamma turlari kabi talant va mahorat, teran xayol va ehtiros talab
qiladi», degan e`tiborli mulohazalarni yozadi.
«Sarbast – o‗lchov qirg‗og‗iga sig‗magan toshqin tuyg‗ularning vaznidir»,
«Maqollar – hech bir podsho e‘lon qilmagan farmon, hech bir davlat tomonidan
bitilmagan konstitutsiyadir». Umuman olganda, Erkin Vohidov anglagan va
anglatgan bunday haqiqatlar, adabiy-nazariy qarashlar o‗z qadr-qiymatiga ega.
Ulardan bahramandlik ma`naviy yuksalish, adabiyot va san`atni, she`riy his-
tuyg‗ular va nazm tabiatini anglash uchun juda zarurdir.
Istiqlol yillarida qilingan bir suhbatda E.Vohidovga aruz bilan bog‗liq
shunday savol berishadi: ― Bugun barmoq, sarbast va shu kabi boshqa vaznlarda
yozilayotgan she`rlarga ko‗proq duch kelayapmiz. Aruzda esa negadir oqsash bor.
Bu shu mumtoz she`riy vaznda ijod qilishning murakkabligidanmi yo she`r
ahlining aruzga ko‗nikolmayotganidanmi? Shuningdek aruzning bugungi kundagi
mavqei haqida ham to‗xtalib o‗tsangiz… Shoir va munaqqid shunday jaob beradi: -
Men uchun hech qanday vaznning ahamiyati yo‗q. Shekspir sonet yozgunicha
birorta odam sonetning ulug‗ligini tasavvur qilmagan bo‗lsa kerak. Bizda
Navoiydan keyin shunday shoirlar o‗tganki, partiya, sovet hukumatini maqtab,
she`rga solib aruzning mavqeiga putur yetkazishgan. Hattoki, Abdulla Qahhor,
96
aruzniyam dabdalasini chiqardilaring, endi aruzda yozmanglar, deb norozi
bo‗lgan‖.
Shoir bir vaqtlar aruz vaznida she`r yozish-yozmaslik muammosi
ko‗tarilganda, aruzda yozmaslik tarafdorlari no‗noq shoirlardan misol keltirib,
aruzda yozish tarafdorlari Navoiydan misol keltirishgani haqida gapirib, o‗sha
mo‗'jaz maqolasini eslaydi. Hamma gap iste`dodda. Iste`dod shunday nur, shu'laki,
zax tushgan burchakka tushsayam, uni nur qilib yoritib yuboradi deb hisoblaydi.
―Bir vaqtlar turkiy tilda she`r yozib bo‗lmaydi degan to‗xtamga kelingan.
She`r fors tilida yozilishi kerak, fors tili go‗zal til, turkiy til tikonga o‗xshaydi, bu
tilda so‗kish mumkin, bozorda savdo qilish mumkin, boringki, harbiyda «tur»,
«o‗tir», deyish mumkin, deb hamma bir fikrga kelgan. Shunda Navoiy, Fuzuliy
turk tilining nazokatini ochib, shu go‗zal tilda she`r kashf qilib, o‗z iste`dod nuri
bilan yoritgandan keyin turkiy til ham g‗oyat go‗zal til ekanligini Abdurahmon
Jomiy e`tirof etgan: «Navoiy biz fors-tojik shoirlariga rahm-shafqat qilib forschada
yozmagan, turkchada yozgan. Agar shu ijodkor forschada «Xamsa», devon
yozganda, biz bechoralarga nima qolardi…». Gap vaznda emas. Hayrat, dard,
ruhiyatda‖.
E.Vohidov aruzni ma`naviy xazina, boylik deb hisoblaydi va bu boylikni
yo‗qotmaslikka chaqiradi. Shu vaznda she`r yozgan ijodkorlar muxlislarni o‗ziga
jalb qilishini istaydi. Ko‗rinadiki, shoirning aruz haqidagi mulohazalari yanada
chuqurlashgan. U aruzda yozilgan asarlari bilan, maqolalari bilan aruzning
targ‗ibotchisi sifatida ko‗rinadi.
E.Vohidovning aruz haqidagi mulohazalari bir maqola doirasidan nihoyatda
katta, uning suhbatlari, yirik maqolalarini tadqiq etish adabiyotshunoslik oldidagi
vazifalardan biri bo‗lib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vohidov E. Shoiru she`ru shuur. – Toshkent. Yosh gvardiya. 1987. 20-bet.
2. Vohidov E. Ishq savdosi. – T., ―Sharq‖ nashriyot matbaa qontserni Bosh
tahririyati. 2000.
3. Vohidov E. Muhabbat. –T., G'afur G'ulom nomli Adabiyot va san`at
nashriyoti. 1982.
Do'stlaringiz bilan baham: |