Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

  

2.

 

Vohidov Erkin. Asarlar. 3-jild. Kuz saxovati. – T.: Sharq, 2016. –B.51.

 

3.  Lutfiy.  Devon.  –  T.:  G‘afur  G‘ulom  nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy 

uyi. 2012. – B.412 . 

 

 

POETIK MAHORAT QIRRALARI 



Farida KARIMOVA,  

filologiya fanlari nomzodi, dotsent (NamDU)  

 



70 

 

Erkin Vohidov Alisher Navoiy an‘analarini yangi davrda o‗ziga xos shaklda 



davom  ettirgan  iste‘dodli  shoirdir.  Shoir  iste‘dodining  bir  qirrasi  oltimishinchi 

yillarda  o‗ziga  xos  adabiy  hodisa  bo‗lgan  «Yoshlik  devoni»da  o‗ziga  xos  tarzda 

bo‗y ko‗rsatdi. Shoir g‗azal janri imkoniyatlari kengligini devondagi rang-barang 

mavzularda bitilgan o‗nlab g‗azallar orqali isbot etdi, desak mubolag‗a bo‗lmaydi. 

Shoir  she‘riyati  mavzu  va  g‗oyalar  ko‗lamining  rang-barangligi  bilangina 

emas,  balki  badiiy  qirralarining  turli  ranglarda  jilvalanishi  bilan  ham  alohida 

ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, shoir g‗azallarida inson va uning ruhiy holati, ichki 

kechinmalarini  bevosita  yoki  bilvosita  qalamga  oladi  va  so‗zi  orqali  hayotiy 

lavhalar  chizadi.  Bunga  shoir  hayotiy  voqea,  hodisa,  tafsilotlarga  murojaat  qilish 

orqali  erishadi.  Boshqacharoq  aytganda,  hayotiylik  Erkin  Vohidov  she‘riyatining 

muhim xususiyatidir. SHoir aksariyat she‘rlarida hayotiy voqea-hodisalar, holatlar 

tasviri  zamirida  o‗zining  asosiy  fikrlarini  ochishga  harakat  qiladi.  Bunday 

she‘rlarni  o‗qiganda,  ko‗z  o‗ngimizda  real  holat,  lavhalar  gavdalanadi.  SHu 

jihatdan shoirning «Uzum» radifli g‗azali xarakterlidir: 

Termular shabnamli yaproq – 

Ostidan pinhon uzum, 

Lablaringga etmoq istab 

Tong sahar giryon uzum. 

Tark etib ko‗shkin, savatga 

Qo‗ydi bosh, izlab seni. 

Charx urub bozor ichida 

Bo‗ldi sargardon uzum. 

Kimki oshiqlikni da‘vo 

Aylasa shuldir jazo, 

Oqibat xum ichra bo‗ldi 

Mahkumi zindon uzum[1, 269]



Kuz kunlarida tong chog‗ida g‗arq pishgan uzumlarning oftob nurida ko‗zni 

qamashtirib tovlanishi, uzib savatlarga joylanishi, bozorda «sargardon» bo‗lishi va 

nihoyat,  xumlarga  bosilib,  ma‘lum  muddat  saqlangach,  sharobga  aylanishi  – 

hayotiy  hodisa.  Bu  hayotiy  hodisadan  shoir  o‗z  devonining  necha  yillar  «dil 

xumida»  uzum  kabi  qonga  aylangan  iztiroblarning,  kechinmalarning,  orzu-

armonlarning  ifodasi  sifatida  yuzaga  kelganligi  haqidagi  fikrni  obrazli  ifodalsh 

uchun foydalangan: 

Xum ichida necha yil xun 

Bo‗lmoq erkan qismati, 

Lablaringga etdi oxir 

Bir piyola qon uzum. 

Ey Dilorom, senga Erkin 

Tutdi maydek she‘rini, 

Dil xumida necha yil 

Qon bo‗ldi bu devon uzum [1, 270]. 

G‗azalning  1-4  baytlarida  hayotiy  hodisa  tasviri  beriladi.  5-baytda  esa  bu 

tasvir  bilan  uyg‗un  tarzda  oshiqning  ruhiy  holati  namoyon  bo‗ladi.  Ya‘ni  kimki 




71 

 

oshiqlikni  da‘vo  qilsa,  «xum  ichra»  «mahkumi  zindon»  bo‗lgan  uzum  yanglig‗ 



bag‗ri  qon  bo‗lishi  tabiiydir.  Oshiqning  peshonasiga  yozilgan  «xun  bo‗lmoq» 

qismati  qachongacha  davom  etishi  noma‘lum.  Lekin  har  qanday  hijronning 

nihoyasi – visol… Bunga «bir piyola qon» – sharob bo‗lib ma‘shuqaning lablariga 

etishgan  uzumning  «qismati»  dalildir.  Shoir  ham  necha  yillar  qalbida  tug‗yon 

urgan  his-tuyg‗ularining,  iztiroblarining,  orzu-armonlarining  ifodasi  bo‗lgan 

g‗azallaridan go‗zal bir guldasta – devon tuzib, visol onlarida ma‘shuqasiga taqdim 

etmoqda. 

Ko‗rinadiki, hayotiy lavhalar bilan qiyoslab tasvirlash usuli bu g‗azalda bir 

uslubiy vositaga aylangan. SHoir she‘rda tashbeh, tamsil, husni ta‘lil, jonlantirish, 

istiora  kabi  san‘atlarni  qo‗llash  orqali  ko‗z  o‗ngimizda  go‗zal  lavhalarni 

gavdalantiradi. Masalan: 

Oftob mashshotasi 

Tok sochini nurdan tarab, 

Zangining bo‗yniga osmish 

Shodai marjon uzum [1, 269]. 

Oftob  mashshotasi  (soch  tarab  oro  beruvchi,  pardozchi)  tokning  sochlarini 

nur  bilan  tarab,  zangining  bo‗yniga  uzumdan  marjon  shodasi  osib  qo‗ygan. 

Mumtoz adabiyotda ko‗proq ma‘shuqaning tishlarini marjon shodasiga o‗xshatish 

an‘anaviy  tashbehlardan  hisoblanadi.  Lekin  quyosh  nurlari  ostida  ishkomda 

tovlanib  turgan  uzumlarni  tok  zangining  bo‗yniga  osilgan  marjon  shodasiga 

o‗xshatish shoirning o‗ziga xos tashbehlaridandir. 

Shuningdek,  g‗azaldagi  qofiya  va  radifga  ham  muhim  vazifa  yuklatilgan. 

Pinhon, giryon, sargardon, qon, devon kabi qofiya uchun tanlangan so‗zlar asosiy 

g‗oyaviy  mazmunni  ochishga,  g‗azal  jarangdorligini,  musiqiyligini  yuzaga 

keltirishga  xizmat  qilgan  bo‗lsa,  radif  g‗azaldagi  kompozitsion  mukammallikni 

ta‘minlagan. 

Aruzda  ijod  qiladigan  shoir  aruz  nazariyasi  qoidalarini,  vazn,  qofiya  va 

she‘riy  san‘atlar  haqidagi  ilmni  puxta  egallashi,  tilni  chuqur  o‗rganishi,  so‗z 

boyligi ko‗p  bo‗lishi,  mumtoz  va  zamonaviy  she‘riyatni  «ko‗p  va  xo‗b»  mutolaa 

qilishi, qisqasi, zahmatkash bir inson bo‗lishi lozim. Erkin Vohidovda ana shunday 

fazilatlar  mavjud  edi.  Bu  shoir  g‗azaliyoti  poetikasining  har  jihatdan  barkamol 

bo‗lishini ta‘minlagan. 

                                       Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. Vohidov E. Muhabbat. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at 

nashriyoti, 1982. 

2. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – T.: Sharq,1999. 

 

 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish