E.VOHIDOV IJODIDA FALSAFIY TERANLIK VA SO„Z
QO„LLASH MAHORATI
Gulchehra QO„YLIYEVA,
filologiya fanlari bo„yicha falsafa doktori (GulDU)
Xalqimizning sevimli shoiri, jamoat arbobi, O‗zbekiston Qahramoni Erkin
Vohidov nafaqat shoir, balki dramaturg va publitsist hamda adabiyotshunos
sifatida ham nom qozongan. Buyuk ijodkor zamonaviy o‗zbek she`riyati osmonida
yarq etib chiqib, bir-biridan chiroyli, ravon va yengil o‗qiladigan sermazmun
sherlar guldastasini she`rsevarlarga armug‗on etib ketdi.
Shoirning ijod yo‗li bilan tanishar ekanmiz, unda Vatan mavzusi, ona
xalqimiz, muhabbat tuyg‗ulari, inson va uning orzu-xayollari, sir-sinoati, umidlari
tarannum etilganligining yaqqol guvohi bo‗lamiz.
U sevgi-muhabbat mavzusini tanlaydimi, chuqur lirizm va keng
mushohadaga cho‗mdiruvchi falsafiy she`rlarinimi, hayotiy hangoma va
voqealardan tug‗ilgan hazil she`rlarmi yoki kuchli sohir iste`dodining bir qirrasi
sanalgan dramalarimi, publitsistika sohasimi, adabiyotshunos sifatidagi teran
fikrlarimi – bularning hammasi keng kitobxon qalbining to‗ridan joy olib ulgurdi.
―...Bu avlod she`riyatni hayotga yaqinlashtirdi. She`riyat g‗oya ko‗kidan
tushib, oddiy insonning his-kechinmalarini tarannum eta boshladi.... A.Oripov,
77
E.Vohidovlarning ijtimoiy pozitsiyasi publitsistika darajasida qolib ketmadi, ular
chinakam she`riyatga daxldor bo‗lib, buni ta‘minlagan bosh omil ijtimoiy dardning
shaxsiylantirilganidir‖ [1, 190].
Shoirga ―oddiy insonning‖ ko‗ngil ehtiyojlarini yuqori pardalarda kuylay
olish mahorati nasib etdi.Taniqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov
ta`kidlab o‗tganidek, E. Vohidovning ―...she`riyatdagi, nasrdagi yashirin
go‗zallik‖larini, so‗zga zargarona munosabati va uni topib qo‗llashini ―kashf
qilish‖ insonga yanada ruhiy ko‗tarinkilik va madad beradi.
Ijodkor she`rlarini o‗qir ekansiz, unda shoirning so‗z qo‗llash mahoratiga
―Manzara‖ she`ri orqali guvoh bo‗lasiz:
...Bulutning orqasidan
Quyosh kulib qaraydi.
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi.
Ilk bahor kunlaridagi siyrak bulutli kun va uning orasidan quyoshning
charaqlab nur selini sochish tasvirida quyoshning kulib qarashini ko‗rgandek
bo‗lasiz. Salgina oldin yog‗ib o‗tgan yomg‗irda majnuntolning shohlari yerga
egilib, yuvilgan sochlarini quyosh o‗z nurlari bilan taroqlayotgani, ya`ni yengil
shabadada sollanib-sollanib tebranishi ko‗z oldingizda namoyon bo‗ladi.
Shoir she`rlaridagi o‗ynoqilik va ravonlik, shirali tili, teran mazmuni, chuqur
falsafiy umumlashmalardan iboratliligi bilan ajralib turadi.
Ko‗z ochib nur qo‗ynida,
Ko‗rdim yorug‗ dunyoni,
Bu olamda neki bor
Bari tortar havasim.
Lolalar qahqahasi,
Chechaklarning xandoni,
G‗unchalar yuzidagi
Sal uyatchan tabassum...
Lolalarning yoqut piyoladek bo‗lib ochilishini ―qah-qah‖ otib kulgan inson
kulgusiga, mayda chechaklarning ochilib turishini esa, uning ―xandon‖ kulgusiga,
endigina ochilaman deb turgan g‗unchani esa ―sal uyatchan tabassum‖iga
o‗xshatishdagi zukko topag‗onlik she`rni to‗xtamay, bir nafasda o‗qilishiga va
undan zavqlanish hissini oshiradi.
Yana shoirning ―Tong lavhasi‖ she`rini o‗qigan kitobxon ko‗z oldida xuddi
mohir rassom chizgan tong lavhasi aks etgan peyzaj tasvirini tomosha
qilayotgandek bo‗ladi:
Ufqlarga qo‗yib guldasta,
Tog‗ ortidan ko‗tardi-da bosh,
Pastga boqdi cho‗qqidan asta
Oltin qalam tutgan bir naqqosh.
Har nuqtaga sayqal berib u,
Vodiy uzra chizdi zar lavha.
So‗ng quyosh deb imzo chekdi-yu,
78
Tongotar deb qo‗ydi sarlavha.
Bu misralarni o‗qigan o‗quvchi ko‗z oldiga tabarruk ―Qur`on‖ suralarida
bitilgan Allohning birgina ―Bo‗l‖ deguvchi ilohiy so‗zi bilan butun olamni
yaratgani namoyon bo‗lgandek bo‗ladi. O‗sha usta naqqoshi azal-barcha narsani
izmiga solguvchi, quyosh deb imzo chektirguvchi-yu, tongotar deb sarlavha
qo‗yguvchi iznidaligimiz va har tongda bunday holat takrorlanishiga esa insonni
shukr qilmoqqa chorlashi namoyon bo‗ladi.
Umrim bir on sendan ayru bo‗lmadi,
Sochlarimga qo‗ndi tola-tola oq.
Yillar seni mendan yiroq qilmadi,
Yillar ikkimizni etdi yaqinroq...
Ayriliq ikki qalbni qanchalik uzoqlashtirmasin, haqiqiy sevgi ham hijron
yukiga bardoshli bo‗ladi. Adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‗ldoshev ta‘biri bilan
aytganda: ―She`r hamisha darddir. Kamdan-kam hollardagina quvonchdan she`r
tug‗iladi. She`r g‗amning o‗z farzandi bo‗lsa, quvonchning o‗gay bolasidir. Chunki
dunyodagi birinchi she`r Odam Ato tomonidan o‗g‗li Hobilning o‗limi munosabati
bilan yaratilgan,‖ [2, 250] deganida haqiqatni anglagandek bo‗lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |