352
HALIMA HUDOYBERDIYEVA HAMDA ERKIN VOHIDOV
SHE`RLARIDA VATAN MAVZUSINING QIYOSIY TAHLILI
Mohinur SOTVOLDIYEVA,
suxandon (Andijon)
O‗zbek adabiyoti shunday chamanzorki, unda gullar ko‗p, chechaklar ko‗p.
Bu bog‗da bir-biriga o‗xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan shoirlar avlodi
qayta-qayta bo‗y cho‗zaveradi. Erkin Vohidov hamda Halima Hudoyberdieva ana
shunday shoirlar avlodidandir.
She`r – bamisli ko‗rinmas buloqqa o‗xshaydi. Uning ta‘mini ta‘tib ko‗rgan
inson unga talpinaveradi, sira nari ketmaydi. Buloq suvi chanqagan dillarni
to‗yintiradi. Qalbda nafis tuyg‗ular uyg‗otadi. Bu ikki shoirning she`rlarida ana
shunday buloq aksini ko‗rish mumkin. Ha, Vatan haqida ko‗plar yozishgan. Har
shoir uni o‗zicha kuyga soladi.
Halima opa she`rlarida ―Vatan jim turadi‖. Uning haqda tosh, osmonning
―ko‗z yoshlari‖, saratonda bobolarning chaylalari ―so‗z qotadi‖. Bir she`rida Ona
yurt timsoli shunday madh etiladi:
Vatan deb
Ko‗krak qafasingda yashasa yo‗lbars
O‗lgach ham o‗kirib tursa bo‗ladi
Har ollohdan olib tursa dars
Olloh bilan birga yursa bo‗ladi.
Yoki boshqa she`rida shoira, tongotarda el deb uyg‗onib, kunbotarda
uningchun botadi. Deyarli har she`ri ohangi tarovatidan Vatan nafasi seziladi.
Halima opa Vatanni kezi kelsa bo‗rondek ―turib‖, vulqondek otilib, chashmadek
shovullab, daryodek mavjlanib, ba‘zan ummon kabi sokin, ba‘zan dengiz kabi
to‗lqinlanib, toshib kuylaydi. Butun ijodi misolida, Vatan deb ko‗ksiga urib jar
solib emas, uning chun yurakdan yonib-kuyib yashashga undaydi.
Shoira she`riyati – sharqona hayot haqiqatini boricha, hech qanday ortiqcha
bo‗yoqlarsiz satrlarga chizadi. Uning ijodini ulkan daryo toshqiniga qiyoslash
mumkin. Chunki bu daryoning har toshqini sizni o‗z domiga tortadi. Butun jismu-
joningiz, ruhingiz va yuragingizni butkul egallaydi. U shunchaki o‗ylab, shunchaki
kuylashdan yiroq. Agar ovoz paychalari chiday olsa, ularni yorgudek ―toshqinib‖
kuylaydi. Bu shoiraning o‗zigagina yarashguvchi, o‗zigagina xos bo‗lgan tug‗yoni
va hech kimnikiga o‗xshamas shiddatining ko‗rinishi.
Halima opaning o‗ylashicha, har er, har narsada Vatan isi, Vatan tarovati bor.
Nomi tilga olinmasa-da, har joyda o‗z ―egasi‖ bor. ―Vatandir bu‖ she`rida shunday
satrlarga duch kelasiz:
Bu yer kimning, bu ko‗k kimning
Egasi bor har o‗t, chimning
O‗z yerida o‗zbegimni
O‗zi qolgan Vatandir bu.
O‗zbek she`riyatining ulkan tog‗laridan biri bo‗lgan Erkin Vohidov ijodi haqida
ko‗p va ho‗p gapirish mumkin. Unda mavzular ko‗lami keng, ohangli torli, tarovati
353
nafis, satrlari bo‗yoqdor, rangi turfa xil. Shoir she`rlarida Vatan timsoli baland
pardalarda kuylanadi. Uningcha, Vatan tilga olinganida dunyo chamanzorga
aylanadi. Shoir uchun Yurt tuprog‗i zar, ma‘dan, umri mahzan va iqboli yorug‗
maskan.
Shoir she`riyati – qir-u adir va baland tog‗lar orasidan yarqirab oqayotgan soydek.
Bu ruh she`r ila hamnafas, cheksiz ishqqa to‗yingan, ―O‗zbegim‖ deya har yurakda
hayqiradi. Bu hayqiriq ostida ―erda qolgan tan‖ bor. Vatan bor. Zulmatni yorib
chiqqan ziyo, nur bor. Shoir butun borini Vatanga bahshida etmoqqa shay:
Bag‗ring tole nuriga to‗lsin
Ona yurtim, munis makonim
To tirikman seniki bo‗lsin –
Umrim.
She`rim.
Yuragim.
Jonim.
Yoki yana bir she`rida shunday satrlar bor:
Men jilg‗aman, daryo bo‗lib to‗lgim keladi
Ona yurtim senga o‗g‗lon bo‗lgim keladi
Bugun senga faqatgina she`r bag‗ishladim
Kerak bo‗lsa jonim fido qilgim keladi.
―Nihol‖ nomli she`rida esa Ustoz har bir odamni Vatan deb atalgan bog‗
yaratishga undaydi:
Gul-u niholinga baxsh etib hayot
Suv ber va bu suvga mehr deb qo‗y ot
Toki farzandinga bog‗ qolsin, Ey do‗st
Bog‗ing Vatan deb nom olsin Ey do‗st.
Ha, har ikki shoir ijodiga nazar solar ekansiz, har ikkisida jo‗shqinlik,
Vatanni boricha – huddi ko‗ringanidek tasvirlash, unga bo‗lgan jaydaricha
oshiqlik, sodda, xalqona ohang, bir-biriga o‗xshash tarovat, bir-biriga o‗xshamagan
jihatlarni ham ko‗rish mumkin.
Halima opa ―o‗z yerida o‗zbegimning, o‗zi qolgan vatandir bu‖ degan.
Vatan jim turadi. Bayrog‗i yonib
Boshidagi tug‗i aytadi so‗zni.
Moziylardan kelib –chir
chir aylanib
Momomning urchug‗i aytadi so‗zni.
She`rga mehr qo‗yganlarga uning taftini alqatadi. She`riyat nomli go‗zal
bog‗da
havaskor
ijodkorlarga
o‗z g‗unchalarining quloch yozmog‗iga
ko‗maklashadi. Daryoning toshqinidan ruh orom oladi, mavjlari yurakka surur
bag‗ishlaydi. Ikki daryo tutashgan joyda, ummon hosil bo‗ladi. Bu ummon esa
barchani o‗z qa‘riga tortadi. Bir qarashda uning haybati odamni cho‗chitadi, biroq
u qanchalar haybatli bo‗lsa, shunchalar fusunkor ko‗rinadi. Ummon tubi cheksiz,
oxiri ko‗rinmaydi. Ammo chinakam yutug‗i ham uning ana shu chuqurligidadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vohidov E. Ishq savdosi. – T.: Sharq, 2000.
354
2. Xudoyberdieva H. Saylanma. – T.: Sharq, 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: