2.Tolipova J. Talabalarning mustaqil ta`limini tashkil etish. Xalq ta`limi. – T.: 2002.
XX asr o‗zbek adabiyotini, xususan, o‗zbek she`riyatini atoqli shoir va
maktablarida keng o‗rganiladi. O‗zbekiston Qahramoni, O‗zbekiston xalq shoiri
Erkin Vohidovning hayoti va ijodini o‗rgatishga salmoqli o‗rin ajratilgan. Adib
asarlari umumta`lim maktablarning beshinchi sinfda ―Nido‖ dostoni, oltinchi
284
sinfda ―O‗zbegim‖ qasidasi va o‗n birinchi sinflarida ―Ruhlar isyoni‖ dostonini
o‗rganish ko‗zda tutilgan.
Maktabda adabiyot o‗qitishning vazifalari o‗quvchilarda badiiy adabiyotga
mehr uyg‗otish, badiiy asarlarni tushunadigan va tahlil eta oladigan, o‗z fikrlarini
og‗zaki va yozma tarzda erkin ifoda eta oladigan qilib tarbiyalashdan iborat. Bu
esa o‗z navbatida o‗qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni talab etadi. O‗quv
mashg‗ulotlarni mazmunli va sifatli tashkil etish-bilim samaradorligining asosini
tashkil etadi. Adib asarlarini o‗rgatishda grafik organayzerlardan foydalanish
muhim ahamiyat kasb etadi [1, 119 ].
O‗quvchilarni o‗quv-bilish faoliyatlarini jadallashtirishga yordam beruvchi
ta`lim vositalarini tanlash va ulardan foydalanish quyidagilarga bog‗liq:
1) maqsadni belgilash;
2) asosiy bilim manbaiga;
3) ta`lim usuliga;
4) o‗quv materialining yangiligi va murakkabligiga;
5) o‗quvchilarnng o‗quv imkoniyatlariga.
Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko‗rgazmali
taqdim etish vositasidir [2, 111]. Grafikli organayzerlarni uch guruhga ajratish
mumkin:
1.
Ma`lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo‗lib chiqish, o‗rganilayotgan
tushunchalar(hodisalar, voqealar, mavzular va shu kabilar) o‗rtasida aloqa va
aloqadorlikni o‗rnatishning yo‗li va vositalari: Klaster,Toifalash jadvali, Insert,
B/BX/B jadvali
2.
Ma`lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslashning yo‗l va vositalari:
T-jadvali, Venn diagrammasi
3.
Muammoni aniqlash, tahlil qilish va uni hal etishni rejalashtirishning
yo‗llari va vositalari: «Nima uchun?», «Baliq skeleti», «Piramida», «Nilufar guli»
sxemalari, «Qanday?» iyerarxik diagrammasi, «Kaskad» tarkibiy-mantiqiy sxema.
Dastlab Erkin Vohidovning hayoti va ijodini o‗rganish uchun Insert
jadvalidan foydalanish mumkin. Bunda o‗quvchilar ma`lumotlarni tarkiblashtirish
va tarkibiy bo‗lib chiqish, o‗rganilayotgan tushunchalar (hodisalar, voqealar,
mavzular va shu kabilar) o‗rtasida aloqa va aloqadorlikni o‗rnatishni o‗rganib
oladilar.
285
Erkin Vohidovning ―Nido‖ dostonini o‗rganish orqali shoir ijodi, uning
bolaligi haqida birmuncha tasavvurga ega bo‗ladilar. Shoir dostonda uncha uzoq
bo‗lmagan o‗tmishni, tarixda mudhish iz qoldirgan ikkinchi jahon urushi
asoratlarini bolalarcha tasavvurda ifodalab bera oldi. O‗quvchilarda yorqin
tasavvurlarni paydo qilishda Klaster, Toifalash, Nima uchun? jadvallaridan
foydalansa maqsadga muvofiq bo‗lar edi. Misol uchun, shoir dostonda nima uchun
―Yerni tepma, asta bos qadam‖ deb murojaat qilyapti?
Oltinchi sinf ―Adabiyot‖ dasturida shiorning ―O‗zbegim‖ qasidasini
o‗rganish uchun ikki soat ajratilgan. Qasidani ifodali o‗qish jarayonida o‗qituvchi
o‗quvchilarga murakkab o‗rinlarini, qiyin so‗zlarni belgilab borishni tayinlab
qo‗ysa matn ustida ishlashga qulay bo‗ladi. Matn ustida ishlash jarayonida
ma`lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo‗lib chiqish, o‗rganilayotgan
tushunchalar(hodisalar, voqealar, mavzular va shu kabilar) o‗rtasida aloqa va
aloqadorlikni o‗rnatishning yo‗li va vositalari sifatida ―Toifalash‖ jadvalidan
samarali foydalanishi mumkin.
286
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Azizxo‗jayeva N.N. Pedogogik texnologiya va pedogogik mahorat.
– T.: 2003
2. Ziyodullayeva N. Sh. O‗zbek adabiyotshunosligida ijodkor
biografiyasini o‗rganish muammolari. – T.: 2000.
3. To‗xliyev B. Adabiyot o‗qitish metodikasi. – T.: 2006.
4. Is‘hoqov Y. So‗z san`ati so‗zligi. – T.: 2006.
5. Xurshid Davron kutubxonasi (Internet sayti).
Do'stlaringiz bilan baham: