287
III SHO„BA:
ERKIN VOHIDOV IJODIYOTI TADQIQI MASALASI
SO„Z BIRIKMASINING QO„SHMA SO„ZGA MUNOSABATI HAQIDA
A.BERDIALIEV,
filologiya fanlari doktori, professor,
Xujand davlat universiteti (Tojikiston Respublikasi)
So‗z birikmalari va qo‗shma so‗zlarning o‗zaro munosabati masalasi xususiy
tilshunoslik uchun ham, umumiy tilshunoslik uchun ham eng dolzarb
muammolardan biri hisoblanadi [1, 25]. So‗z birikmalari va qo‗shma so‗zlar tashqi
shakliga ko‗ra, ma`lum o‗xshashlikka ega. Bu o‗xshashlik shuki, so‗z birikmalari
tarkibida ham, qo‗shma so‗zlar tarkibida ham ikki yoki undan ortiq lug‗aviy
birliklar mavjud bo‗ladi. Lekin shunisi xarakterliki, so‗z birikmalarining tarkibi
«so‗z-so‗z» tipidagi qismlardan, qo‗shma so‗z tarkibi esa, sirtdan qaraganda
so‗zlarning ekvivalenti sanaluvchi «o‗zak-o‗zak» tipidagi qismlardan tuziladi.
Shoir Erkin Vohidov asarlarida juda ko‗plab so‗z birikmasi va qo‗shma
so‗zlarga misollar keltirish mumkin. Masalan,
Donishqishloq
degan joy, Bordir
bizning tomonda. O‗sha qishloq ahlidek,
Dono xalq
yo‗q jahonda[5].
Qo„ylar…Jarariq yoqasiga yetganda, suvni ko„rdi-yu, mushtdek-mushtdek salki
dumbalarini sikitib pastga chopishdi
(R.Rahmon. ―Kelin‖) gapida
Jarariq
yoqasiga yetganda ko„rdi, suvni ko„rdi, dumbalarini silkitib chopishdi, pastga
chopishdi, mushtdek-mushtdek dumbalar
kabi so‗z birikmalari bilan bir qatorda,
so‗zlarga ekvialent sanaluvchi jar va ariq qismlaridan tuzilgan,
Donishqishloq
,
Jarariq
qo‗shma so‗zi ham mavjud.
So‗z birikmalari va qo‗shma so‗zlarning farqi ana shu gapni yuqoridagidek
qismlarga ajratishning o‗zidanoq ko‗rinib turibdi: so‗z birikmalarini tashkil
qiluvchi qismlar leksik-semantik jihatdan ham grammatik jihatdan ham «tirik»,
so‗nmagan: ular mustaqil so‗zlik xususiyatlarini har qanday holatda ham erkin
saqlab qolayotir. ―Jarariq‖ kompoziti [2, 14] tarkibining
“jar-“
va
“-ariq”
qismlari
unday xususiyatga ega emas.
“Ishchi”
so‗zining morfem qurshovida
–“chi”
affiksi qanday xususiyatga
ega bo‗lsa,
“Jarariq”
so‗zining morfem qurshovida ham uning vazifaviy qismlari
o‗shanday xususiyatga ega. Qo‗shma so‗z tarkibidagi «so‗z»lar (kvaziso‗zlar)ning
grammatik xususiyati (ayniqsa, sintaktik xususiyati) so‗nib, morfema tusini oladi.
Tashqi tomoniga ko‗ra, qo‗shma so‗zlar ham birdan ortiq so‗zning qo‗shilishini
eslatadi. Masalan, ―belbog‗‖ kompoziti (qo‗shma so‗z)ning tarkibi odatdagi
“bel”
va
“bog„”
so‗zlarining mavjudligini bildirsa-da, aslida, bu qismlar o‗z leksik va
morfologik mustaqilligini unutib, bir so‗zning morfema xarakteridagi qismlariga
aylangan. Demak, qo‗shma so‗zlarda ularning komponentlari chin ma`nodagi
so‗zlik belgisini tark etadi. So‗z birikmalarida unday emas. Ularning tarkibiy qismi
o‗z lug‗aviy va morfologik mustaqilligini saqlaydi. Masalan:
tinchlik tarafdorlari,
katta uy, shirin qovun, tilning ichki taraqqiyot qonuni, tinchlik bayrami, yaxshi
kitob, odobli bola.
So‗z birikmalari va qo‗shma so‗zlarning muhim farqlaridan
288
yana biri shundaki, so‗z birikmalarini tashkil qilgan qismlar analitik tarzda alohida-
alohida shakllanadi, har bir qism o‗z leksik mustaqilligini saqlaydi. Shoir Erkin
Vohidovning ―Donishqishloq latifalari‖ asaridan olingan quyidagi misolga e`tabor
qaratamiz: ―Oyga chiqmoq yo‗li bor, Juda oson degan ham,
Temir yo„l
ni ko‗tarsa,
Tayyor narvon degan ham‖ [5, 13] satrlarida
Temir yo„l
qo‗shma so‗zi qismlari
analitik tarzda shakllangan. Xuddi shu kabi
Yaqin Sharq, beshyillik, nozik badan
singari ayrim qo‗shma so‗zlarda ham ularning qismlari analitik tarzda shakllangan.
Lekin bu qo‗shma so‗zlarning qismlari ham mustaqil ma`nolarini tark etgan. Ular
o‗zaro boshqa yangi ma`nolar ifodasi uchun xizmat qilgan.
So‗z birikmalari tarkibiy qismlarining analitik Mustaqilligi binar
qismlarining leksik va grammatik jihatdan mustaqil alohida-alohida ekanligi bilan
izohlanadi. Ba`zi tip qo‗shma so‗zlar tarkibiy qismlarining ayrimligi faqat tashqi
jihatdan bo‗lib, bu alohidalik sun'iy, ya`ni nolisoniy xarakterda bo‗ladi, shuning
uchun Ham ularda qismlar birgalikda bir ma`no butunligiga ega bo‗ladi. Bunday
butunlik morfematik butunlik tavsifida bo‗ladi.
So‗z birikmalarining ayrim ko‗rinishlarida ham tarkibiy qismlarining ma`no
yaxlitligi mavjud bo‗ladi. Lekin bu butunlik har xil mustaqil lug‗aviy ma`nolarning
biri boshqasini to‗ldirish, Izohlash xarakteridagi munosabatdan hosil bo‗luvchi
mazmuniy butunlikdir. Sho‗rolar davrining mashhur tilshunoslaridan biri
A.I.Smirniskiy ta'biri bilan aytganda, qo‗shma so‗zlar tarkibida qismlariaro ma`no
butunligi amal qilsa, so‗z birikmalari tarkibida qismlararo ma`no murakkabiligi
amal qiladi[3, 182]. Qo‗shma so‗zlar ifodasidagi ma`nolar so‗z birikmalari
ifodasidagi ma`nolardan funktsional jihatiga ko‗ra ham farq qiladi. So‗z
birikmalarida yangi, hosila, ma`nolar vujudga kelmaydi, balki lisoniy amali
saqlangan bir necha ma`nolar muayyan bir semantik va sintaktik valentliklar
asosida bog‗lanadi. Agar so‗z birikmalari qismlaridan birini ―A‖, boshqasini ―B‖
kabi shartli simvolik vositalar yordamida nomlasak, ularning qo‗shilishidan
uchinchi ―V‖ hodisasi vujudga kelmaydi. Ma`no jihatdan qismlar ―A‖ va ―B‖
ligicha qolaveradi.
Qo‗shma so‗zlarda esa, tarkibiy qismlari ma`nolaridan farq qiluvchi va ayni
shu ma`nolar bilan lisoniy aloqada bo‗lmagan yangi, hosila, ma`nolar vujudga
keladi: ya`ni ―A‖ va ―B‖ qismlarning lisoniy munosabati uchinchi – ―V‖ hodisasini
hosil qiladi. Shuning uchun ham qo‗shma so‗zlar shakllanishiga ko‗ra, til ilmining
so‗z yasalishi sathiga, ma`no xususiyatiga ko‗ra, uning leksikologiya sathiga
qarashli bo‗ladi. So‗z brikmalari esa tilshunoslikning faqat bir sohasi –
sintaksisgagina tegishli hodisa sanaladi.
Qo‗shma
so‗zlar
abstaraktsiyaning
yuqori
bosqichida
turadi
va
kommunikatsiyaning o‗ta tejalgan (ekanom qilingan) siqiq holdagi ifoda vositasi
hisoblanadi [4, 17]. Chunki qo‗shma so‗zlar, so‗z yasalishi va leksikologiyadan
tashqari, morfemika va morfologiya sohalarida ham o‗rganiladi. Bu sohalar
abstraktsiyalashgan lisoniy birliklar sistemasi xarakterida bo‗lib, bu sohalarga xos
lisoniy birliklarning konkret tus olishi aktuallashish jarayoni tufayli sintagmatika
ixtiyoriga o‗tgach, yuz beradi va sintaktik sath ixtiyoriga o‗tadi. Boshqa tomondan
esa, kompozitlarning so‗z taxlit (kvaziso‗z) ko‗rinishidagi qismlari morfemalar
289
xarakterida bo‗ladi. Morfemalar til hodisalariga xos abstraktsiyaning eng yuqori
pog‗onasida bo‗ladi. Masalan,
ishboshi
qo‗shma so‗zi tarkibining
ish-
va
-bosh
qismlari bosh kelishigi, III shaxs birligi ma`nolaridagi odatdagi
ish
va
boshi
so‗zlaridan tubdan farq qiladi. Chunki bu so‗zlar belgili va aniq grammatik shaklga
ega leksik-grammatik butunliklardir.
Ishboshi
kompoziti tarkibidagi taksonomik
qismlarning ma`nosi ham, grammatik qiyofasi ham aniq emas. Shuning uchun ham
qo‗shma so‗zlar tarkibining morfema xarakteridagi qismlari nutqiy birliklar
tavsifida mustaqil sintaktik vazifa bajarmaydi [5, 15].
Qo‗shma so‗zlar, qismlarining miqdoriy xarakteristikasidan qat'iy nazar,
Sintagmatika ixtiyoriga o‗tgach, Boshqa so‗zlar bilan so‗z birikmalari doirasida
ularning tarkibiy qismlaridan biri maqomida birlashadi. Shuni ham unutmaslik
kerakki, qo‗shma so‗zlarning paydo bo‗lishi, Ularning qismlari tartibi so‗z
birikmalari va ularning qismlari tartibiga o‗xshaydi. To‗g‗rirog‗i, qo‗shma so‗zlar
so‗z birikmalari andozalari asosida vujudga keladi. Shuning uchun ham qizilgul,
oqsoch, yakkatut, beshyog‗och, issiqko‗l, qizilyulduz, yangiqishloq (joynomlari,
toponimlar); ko‗kmag‗iz, oqurug‗ (qovun navlari) kabi bir qator hodisalarni ba'zan
qo‗shma so‗z, ba'zan so‗z birikmasi tarzida tasavvur etish mumkin. Bu xil
mushtaraklik odatda ―aniqlovchi-aniqlanmish‖ andozasidagi birikuvlarga xosdir.
Qo‗shma so‗zlar bilan so‗z birikmalari qismlarining material o‗xshashligi
(bir xilligi) ko‗pincha toponim xarakteridagi lug‗aviy birliklarda ko‗zga tashlanadi.
Qiyoslang,
beshariq – Beshariq, oltintopgan – Oltintopgan, to„rtko„l – To„rtko„l,
oqtepa – Oqtepa, uchqo„rg„on – Uchqo„rg„on
va boshqalar. Bulardan shu narsa
ma`lum bo‗ladiki, deyarli ko‗pchilik tilshunoslar e`tirof etganlaridek, qo‗shma
so‗zlarning juda ko‗pchiligi so‗z birikmalari zaminida, ularning leksikalizatsiya va
morfologizatsiyalashuvi tufayli vujudga keladi[6, 76]. Qo‗shma so‗z va so‗z
birikmalarini o‗zaro farqlovchi yana bir xususiyat mavjud.
Bu xususiyat ularning fonetik qiyofasida ko‗zga tashlanadi. So‗z
birikmalarining har bir qismi o‗z mustaqil lug‗aviy urg‗usiga ega bo‗ladi, qo‗shma
so‗zlar qismi o‗z mustaqil urg‗usiga ega bo‗lmaydi, balki qo‗shma so‗zlar odatdagi
sodda so‗zlar kabi bir umumiy urg‗u bilan fonetik shakllanadi. So‗z
birikmalarining har bir komponenti alohida-alohida nutqiy birlik hisoblanadi. Shu
bois ham uning har bir qismi gapda mustaqil sintaktik vazifa bajaradi, gap
tarkibining Funktsional birligi hisoblanadi. Qo‗shma so‗zlar, aksincha, yaxlit holda
til birligi sanalib, Ularning qismlari taksonomik birlik xarakterida gapda mustaqil
vazifaga ega bo‗lmaydi.
Yuqorida aytilgan barcha fikrlarni umumlashtirib, so‗z birikmalari va
qo‗shma so‗zlar munosabatidagi farqlarni quyidagicha xulosalash mumkin:
1. So‗z birikmalari tilning sintaktik sathiga xos birlik; qo‗shma so‗zlar esa,
Tilning derivativ-morfematik, leksik-morfologik sathlariga xos birliklardir.
2. So‗z birikmalari leksik va grammatik jihatdan shakllangan so‗zlarning
birikuvidan tuziladi; qo‗shma so‗zlar mustaqil leksik-grammatik xususiyati
mavhumlashib, morfemalashgan lisoniy qismlar birikuvidan tuziladi.
290
3. So‗z birikmalarining har bir qismi o‗z mustaqil urg‗usiga ega bo‗ladi,
qo‗shma so‗z qismlari yaxlit holda, bir umumiy urg‗u yordamida fonetik
shakllanadi.
4. So‗z birikmalarining qismlariaro harakatdagi ―jonli‖ sintaktik munosabat
mavjud bo‗ladi; qo‗shma so‗z qismlariaro haraktdagi sintaktik munosabat inkor
etiladi, mavjud bo‗lmaydi.
5. So‗z birikmalarining har bir qismi funktsional birlik maqomida mustaqil
gap bo‗lagi vazifasini bajaradi; qo‗shma so‗zning qismlari bunday xususiyatga ega
emas, ular taksonomik birliklar tavsifida ish ko‗radi.
6. So‗z birikmalarining modellari qo‗shma so‗zlarning paydo bo‗lishi uchun
andoza bo‗ladi; qo‗shma so‗zlarning modellari so‗z birikmalari uchun andoza
bo‗lolmaydi.
7. So‗z birikmalari nutqda avtomatik tarzda paydo bo‗ladi va nutq tugagach,
barham topadi; qo‗shma so‗zlar tilda tayyor ―xoma shyo‖ tarzida mavjud bo‗ladi,
nutq tugagach ham, ular barham topmaydi. Bu ikki hodisa munosabatidagi
yuqorida sanalgan farqlar so‗z birikmalari va qo‗shma so‗zlarni tilning har xil
sathlariga xos mustaqil va murakkab lisoniy hodisalar ekanligini dalillovchi
omillardir.
Adabiyotlar:
1. Васильевская Е.А. Словосложение в русском языке. – М.: Учпедгиз, 1962.
2. Ҳожиев А. Ўзбек тилида қўшма, жуфт ва такрорий сўзлар. – Т.: ЎзФАН,
1963. 14-бет.
3. Смирницкий А.М. К вопросы о слове//Вопросы теории и истории языка. –
М., – Л., 1952. 182-203 с.
4. Васильевская Е.А. Словосложение в русском языке. – М.: Учпедгиз, 1962.
– 68 с.
5. Потиха З.А. Современное русское словообразование. М.: Просвещение,
1970. 13-с.
6. Васильевская Е.А. Словосложение в русском языке. – М.: Учпедгиз, 1962.
– С. 76-77.
7. Vohidov E. Umrim daryosi. – Toshkent, ―Sharq‖ nashriyoti, 2001. 102-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |