ULUG„BEK HAMDAM ROMANLARIDA NOVATORLIKNING AKS
ETISHI
Lutfinisa DEHQONOVA,
O„zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o„qituvchisi (GulDU)
Muborak TOSHMATOVA,
6-maktab o„qituvchisi (Sayxunobod)
Ulug‗bek Hamdam istiqlol davri romannavisligida o‗z mavqesiga ega
ijodkordir. Uning ―Muvozanat―, ―Isyon va itoat―, ―Sabo va Samandar‖ romanlari
adabiyotshunoslar
talqiniga
sazovor
bo‗ldi.
Bu
beshta
asarlar
orqali
adabiyotimizning mavzu mundarijasi, mazmun va shakliy uslubida o‗zgarishlar
kuzatildi. Ulug‗bek Hamdamning ilk romani ―Muvozanat‖ e‘lon qilingandan so‗ng
adabiy jamoatchilikda bahs-u munozaralarga sabab bo‗ldi. M.Qo‗shjonov,
O.Sharafiddinov, U.Normatov, A.Rasulov, D.Quronov kabi adabiyotshunoslar,
P.Qodirovdek katta adiblar asarni yuqori saviyadagi roman sifatida baholadilar.
Asar an`anaviy yo‗nalishda yaratilgan, ammo yozuvchi novatorligi ham
ko‗zga tashlanadi. An`anaviy uslubda asar yaratish bilan ham ijodkor
dunyoqarashi, mahorati vositasida yangi jihatlarni ijod namunasiga singdirishi
mumkin. ―Muvozanat― yozilgan davr aynan shu paytdagi ko‗pchilikning dilidan,
tilidan kechgan o‗y-fikrlari, kechinmalarini qalamga olgani asarning yutug‗idir.
Mavzu jihatdan dolzarb, ayni chog‗da ―o‗z vaqtida yozilgan roman‖ sifatida
yaratilgan. Ulug‗bek Hamdam asarga butun qalb qo‗rini, iztiroblarini matnga jo
qilgan. Balki shu sabab M.Qo‗shjonov aytganidek, ―Muvozanat‖ bir o‗qishda
yozilgandek‖ tasavvur uyg‗otadi. ―Muvozanat‖ asarida ijtimoiy dardning tom
ma`noda shaxsiylashishi yoki shaxsiy dardning ijtimoiy jarang topishiga olib
keldiki, natijada romanning o‗quvchi ommasida katta rezonans bergani ham ushbu
holat bilan izohlanadi‖ [1, 10]. Ya`ni mustaqillikka qadam qo‗yilgan ilk yillardagi
davrning jamiyatga ta`siri, odamlar dunyoqarashidagi silsilalar hayotiy aksini
topgan. Unda xalqning turli qatlamlariga mansub va har xil sohalarda ishlaydigan
qator qahramonlarni o‗zida jamlagan holda o‗sha davrning murakkab, o‗ziga xos
evrilishlarida bosh obraz Yusufning qanday qilib muvozanatga erishishi, sa‘y-
harakatlari bizni o‗ylashga, mushohada yuritishga jalb qiladi.
Romanni o‗qish asnosida mustaqillikni garchi qon to‗kmay erishgan
bo‗lsak-da, ―omonsiz jang, ayovsiz kurash zamondosh insonning o‗z botinida― ro‗y
449
beradi. Asar mazmunidan shunday xulosaga kelish mumkinki, muvozanat, avvalo,
insonnning botinida, so‗ng u yashayotgan jamiyat bag‗rida bo‗lsagina inson
moddiy va ma`naviy ehtiyojini birdek qondirsagina erishishi mumkin. Yozuvchi
qachonki adabiyotga o‗z uslubi, mahorati bilan yangilik olib kirsa, o‗shanda
chinakamiga o‗z imzosini muhrlay oladi. Ulug‗bek Hamdam ―Muvozanat‖
romanini realizm yo‗nalishida yozdi. Xo‗sh, nima uchun yangi davrning yangicha
romani bo‗la oldi?
Birinchidan, sotsiolistik realizmga istiqlol sharofati bilan o‗zgacha
yondashuvga erishilgan. Siyosiy, mafkuraviy qarashlar emas, haqqoniylik
mezonida sun‘iylikka yo‗l qo‗yilmaganidadir.
Ikkinchidan, mavzuning dolzarbligida deyish mumkin.
Uchinchidan, mazmunni ochib berishda yozuvchi tafakkurining dunyoviy
va ilohiy qarashlarning omuxtalashuvidir.
An`anaviy uslubdagi asarlardan farqli tarzda Ulug‗bek Hamdamning
ikkinchi romani ―Isyon va itoat‖ ramziy-majoziy talqinga ega. Romanda hayotni,
insonni badiiy tadqiq qilish, falsafiy mulohazalar yetakchilik qiladi. Odam va olam
mohiyatini keng, atroflicha o‗rganadigan badiiy tafakkur maydonini yarata oldi.
Inson! U nima uchun yaratildi? Insoniylikning mohiyati nimada? Bu to‗g‗risida
romanning o‗zidan javob topsak bo‗ladi: ―Isyon va itoat‖ mana u – inson
bo‗lishning g‗oyat mashaqqatli yo‗li, mana u – odamzod peshonasiga bitilgan
qismat― [4, 137].
Ushbu asar o‗zbek romanchiligida inson botinidagi ziddiyatlarning itoatga
kelsagina halovatga erishishi, odam – olam, inson – jamiyat, odam – odam
o‗rtasidagi uzviy munosabatlarga boshqacha qarash mahsuli bo‗ldi. Akbar
timsolida Ollohga, dunyoga bo‗lgan isyon olovi odamni qay ko‗yga solishi,
alamzadalikning oxiri uni qayergacha eltishi real ochib beriladi. Romanning ayni
boshqa asarlardan ajralib turuvchi tomoni shundan iboratki, bu roman jahon
adabiyotining ekzistensializm adabiyotining o‗zbek romanchiligida sharqona
ohanglar qo‗shish bilan yoza olganidadir. Ekzistensializm adabiyotining mazmuni
jamiyatda o‗zini yolg‗iz his qiluvchi, ruhiyatidagi kurashlar, yashashning ma`nosi
va ma`nosizligi, absurd turmush tarsi, shu jumladan, umr ummonidan chetga
chiqolmaslik kabilarni tashkil qiladi. Umuminsoniy tuyg‗ularning arzimas holga
kelishi, hayotdagi mayda muammolar, baxtga erishish mumkin emas, qabilidagi
qarashlarning inson ongida o‗rnashib qolishi, shu sabab zarur ehtiyojni qondirish
uchungina yashash, o‗limni kutib yashashning qiynog‗i va yashashning ham
tashvishi jahon adabiyotiga xos bo‗lgan mavzudir. Endilikda Ulug‗bek
Hamdamning izlanishlari mevasi sifatidagi ―Isyon va itoat― ham Sharq
adabiyotidagi va aynan o‗zbek adabiyotida ekzistensial yo‗nalishning takrorlanmas
namunasi bo‗lib qoldi.
O‗zgalar baxtidan quvonish, qayg‗usiga kuyunish insoniylik belgisi
hisoblanadi. ―Isyon va itoat‖ romanidagi qahramonlar boshidan kechirgan
hodisalar, ular to‗g‗ri deb bilgan hayot haqiqatlariga munosabat bildirar ekanmiz,
obrazlarga befarq bo‗lolmaymiz. Har bir obrazning qismati, kechmishi, bizni
o‗zimiz haqida ham o‗ylashga undaydi. Oltmish yoshga kirguncha ―Nahotki inson
450
hayoti hech nimaga arzimasa?‖ tarzidagi savolga javob izlash bilan umrini ruhiy
notinchlik kayfiyatida o‗tkazdi. Diana esa qo‗shni kampirning ―tezroq farzand
ko‗r‖, - deya aytgan, o‗z boshidan o‗tgan azobni sen ham tortmagin deb bergan
maslahatiga beparvo, o‗yin-kulgu bilan gashtini surdi. Tursunboy jontalash Akbar
va Dianalardan farqli oilasi, ro‗zg‗ori haqida kuyib pishadi. Akbar qarilik nima
ekanligini, o‗limning ham haqligi, isyonning oxiri faqat itoat bo‗lishini tushunadi.
Tursunboy jontalash misolida esa insonning yashashidan maqsad yolg‗iz mehnat
qilishdangina iborat emasligi, odam taftini odam olishi, qadrdonlar suhbatiga ham
oshiqish, huzur-halovatga erishish lozimlgi namoyon bo‗ladi. Bizning oramizda,
balki o‗zimiz ham bu yashab turgan olam turg‗undek, tiriklik mangudek isyondan
qochib qutulolmasmiz. Lekin roman g‗oyasi, mazmunidan anglashiladiki, hamma
narsa o‗tkinchidir. Yaxshi amallar, musibatlarni ham quvonch, tabassum bilan
qarshilash, Haq so‗zdan toymaslik, imon saqlab qolishga yordam berishi itoatning
ko‗rinishidir.
Ulug‗bek Hamdamning ―Sabo va Samandar― romanida mumtoz an`ana
ruhidagi zamonaviy Layli-yu Majnunlarni qalamga olishga muvaffaq bo‗ldi.
Asardagi qahramonlar, sujet, kompozitsiyada yozuvchi nafasi ufurib turadi.
Romanda shaxs – jamiyat – muhit uchligi yirik planda namoyon bo‗lishi bilan
xarakterli. Sabo va Samandar o‗rtalaridagi muhabbatlari sof, pokiza, ammo ular
jamiyatdagi mavjud mavqesi, shuningdek, muhit ta`siridan chetga chiqib
kurashishga ojizlik qiladilar. Sabo ota amrini bajarishni farzandlik vazifasi deb
bilib, otasi tanlagan yigitga rozilik bildiradi. Sabo oila, farzandlar quchog‗ida
bo‗lsa ham, Samandarni eslamagan oni bo‗lmaydi. Samandar Saboni telba
Majnundan ham ziyodroq sevadi. Sevgisi uni sahro kezishga, aqldan ozishga
mahkum qilmay, balki Saboga bo‗lgan jo‗shqin sevgisini yod etib yashashga
undaydi. Bu ikki qalb hayot tashvishlari bilan andarmon bo‗lsalar-da, botinan birga
edilar. Ular ruhiyatidagi ishq dardi, haroratini yozuvchi kitobxonga yetkazishda
tush holati, ichki monolog, lirik chekinish orqali ifodalaydi. Samandar bot-bot
Alisher Navoiyning ishq dostonlarini o‗qiydi, esga oladi. Olloh unga ham o‗zi orzu
qilgan, kutgan buyuk sevgini in‘om qiladi. Sabo firoq ko‗yida azoblansa-da, bu
alamlarni ichiga yutadi. Yurak xastaligi sifatida tana dardni tashqariga, yuzaga
chiqaradi. Donor topilganda ham Sabo yuragini almashtirishni istamaydi. Sababi
yuragi bilan birga Samandarga bo‗lgan ishqidan ayrilishni xohlamaydi. Qo‗rquvga
soladigan narsa sevgisidan mahrum bo‗lish edi. Sabo dard-u iztirobni chekkan,
muhabbatga to‗la xasta yuragi bilan bu dunyodan o‗tgan chog‗da Samandar ham
avtohalokatda jon taslim qiladi va boqiy olamga birgalikda rixlat qiladilar. Pok
majoziy muhabbat bilan yonma-yon ilohiy muhabbatning hamohangligi yaqqol
ko‗zga tashlanadi.
Realistik asarda romantik bo‗yoqlarning sintezlashgan ko‗rinishi romanning
novatorlik belgilaridan biridir. Qahramonlarga tanlangan ismlar ramziy ma`no-
mazmun tashiydi va ular qismatini ham oshkor qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Quronov D. Adabiy jarayonda ―mom sindromi‖.–T.: Akademnashr, 2010.
451
2. Quronov D. Mamajonov Z. Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‗ati. –
T.: Akademnashr, 2010. – B. 398.
3. Qozoqboy Yo‗ldosh. So‗z yolqini. –T.: G‗.G‗ulom nomidagi NMIU,
2018. – B.503.
4. Hamdam U. Isyon va itoat. – T.: Yangi asr avlodi, 2003. – B. 137.
5. Yoqubov I. Badiiy-estetik so‗z sehri. – T.: TDPU, 2011. – B. 475.
Do'stlaringiz bilan baham: |