“RUHLAR ISYONI” DOSTONI TADQIQIGA DOIR
Sanobar TO„LAGANOVA,
filologiya fanlari doktori (O „zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti)
O‗zbek badiiy tafakkuri tadrijida zabardast shoir Erkin Vohidovning alohida
o‗rni bor. Shoirning yetuk ijodiy durdonalari o‗zbek she`r iyatining kamolot
cho‗qqilardan biri hisoblanadi. Erkin Vohidov ijodi fenomenal hodisa sifatida
o‗zbek falsafiy tafakkurini yanada boyitishga, poetik idrokni ichki quvvat evaziga
yangilashga, millat ruhiyat va qadriyatini saqlashga, so‗z nafosatini anglash yo‗lida
xizmat qildi.
Davr bilan birga adabiy mezonlar ham ma`lum ma`noda yangilanib, o‗zgarib
boradi. Ammo haqiqiy san`at durdonalari vaqt chig‗irig ‗idan omon o‗tadi. Erkin
Vohidovning ijodi esa bu sinov haroratiga dosh bera oladigan darajada qalb qo‗ri
bilan pishitilgan, mantiq iplari bilan chiyrilgan. Shoir siyratida jo bo‗lgan oqil va
donolik, so ‗z fasohati, zakiy va nuktadonlik, chuqur bilim va mantiqiy ko‗lam hali
ko ‗p izlanishlarga ehtiyoj borligini ko ‗rsatadi. Bugun shoir shaxsiyati, betakror
ijodi ijtimoiy va badiiy voqelik sifatida alohida yondashuvni talab qiladi. Yaqinda
25
shoir ijodi bilan bog‗liq ish yuzasidan uning ijodiga qaytadan yuzlanishga to‗g ‗ri
keldi. Hayrat va zavq bilan birga bir qancha savollar ham paydo bo‗ldi. Shu bois
shoirning ―Ruhlar isyoni‖ dostoniga yuzlanib, shoir ijodiga biografik yo‗riq
asosida yondashishni ma‘qul bildik.
Shoirning ―Ruhlar isyoni‖ dostoni badiiy-estetik va falsafiy jihatdan
chinakam san`at namunasi sifatida ayricha qiymatga ega. Doston 1977-1979
yillarda yozilgan bo‗lib, bengal shoiri Narzul Islomga bag‗ishlanganligi
manbalarda axborot tarzida qayd etilib, negadir dostonning yaratilish sabablari,
muallif nuqtai nazari, maqsadi kabi savollar yetarli darajada ochiqlanmaganligi
bizni mulohazaga chorladi. Muallif nega aynan Narzul Islomga asar bag‗ishlashni
niyat qildi? Narzul Islom qahramon sifatida shoir uchun vositami yoki imkoniyat?
Doston yozilgan kezlar shoir ijodining kamolot cho‗qqisini zabt etgan
davrga to‗g‗ri kelishini hisobga olsak, zamon tinch, yurt obod, shon-shuhrat, hayot
farovonday. Ammo shoir ruhiyatida fikriy bezovtalik, nimadandir norozilik,
o‗zidan qoniqmaslik borligi uning shu davrda yaratilgan asarlarida yiltillab ko‗zga
tashlanadi. Buning ildizi qaerda borib taqalishi va dostonning yuzaga kelish
omillari haqida mulohaza yuritish uchun ijodkor hayoti bilan bog‗liq manbalarga
yuzlanamiz.
Erkin Vohidov ijodida Inson – Shaxs – Shoir muammosi konseptual
ahamiyat kasb etgan. Uning uchun o‗zlikni anglash va sodiq qolish hayot-mamot
masalasi bo‗lgan. Suhbatlarning birida u ―Bu olamda yo‗qotishlar ichidagi eng
og‗ir yo‗qotish insonning o‗zligini yo‗qotishidir. Odamzod tafakkur va ehtiros,
ruhiyat va imon dunyosida yashaydi. U yuragidagi e`tiqod bilan, ishonch bilan tirik
va butun. O‗zlikni yo‗qotmoq ana shu olamdan judo bo‗lmoqdir, inson imoratidagi
ruknlarning – ustunlarning sinmog‗idir‖ deb yozadi. Shoirlik ijodkor uchun imon
va e`tiqod, burch va mas`ul iyat, ishonch va umid kabidir. Ijodkor fikriga ko‗ra
―hamma zamonda ham jangchi, shaxs sifatida ham barkamol‖ bo‗lmog‗i shart.
Shoir birinchi navbatda talabni o‗ziga nisbatan qo‗ygan va bu nuqtai nazar
dostondagi qahramon tasvirida sezilarli darajada aks etgan.
―Ruhlar isyoni‖ dostonida Ruh mavzusining markaziy muammo sifatida
tanlashining o‗zi alohida izlanishni talab etadi. Ruh din va falsafaning murakkab
kategoriyalaridan biri bo‗lib unda borliq va mavjudot o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik
masalasida fikr yuritiladi. Islom olamida Ruh masalasiga bir oz hushyorlik bilan
yondashiladiki, inson uni oxirigacha anglashdan ojiz. Shoir Ruh va ruhlar isyoni
haqida yozishni niyat qilganligi sababi uning ijodiy va estetik prinsiplariga borib
taqaladi.
Erkin Vohidov o‗tgan asrning 60-yillarning oxirida ―O‗zbegim‖ qasidasini
e`lon qilinib, asar el orasida juda mashhur bo‗lib ketadi. Mazkur qasida muallifga
nafaqat shon-shuhrat olib keldi, balki kutilmagan ta‘ziyiq, kuchli bosimga ro‗baro`
qildi. She`r mohiyatiga singdirilgan tobe xalqni o‗zlikni anglashga chaqirish
g‗oyasi o‗sha davr mafkurasiga tamomila zid edi. Shoirdan Moskva, partiya, sovet
so‗zlari ishlatilmaganligi, shularni kiritish zarurligi talab etiladi, katta mukofat
va`da qilinadi. Ular she`r dagi ―o‗zbegim‖ so‗zini ―xalqim‖ so‗ziga almashtirishni,
ohangni yumshatishni taklif qilishadi. Bu haqda shoir shunday yozadi:
26
―Ta`qiblardan bezganim uchun ―Faust‖ning tarjimasini bahona qilib nashriyotdan
ishdan ketdim‖. Shoir 1970-1975 yillarda hech joyda ishlamaydi, asosan tarjima
bilan shug ‗ullanadi. O‗zi ta‘kidlashicha, ―Bu yillar mening eng ezilgan, tushkun
va kayfiyatsiz yillarim bo‗ldi‖ [1].
Shoir ―O‗zbegim‖ qasidasi uchun nohaq buhton qilinadi, adabiy jarayondan
chekinishga majbur bo‗ladi. Anchadan beri qiziqib yurgan ulug‗olmon faylasufi
Gyotening buyuk asari tarjimasiga qo‗l uradi. Qiziqishning bosh sabablaridan biri
Gyotening Sharqqa hayrat ila yuzlanishi, idrok tarzi bo‗lib, bu nozik jihatlar
shoirni ruhan unga yaqinlashtirdi. Gyote oltmish yil ichida yozgan asarni ijodkor
besh yil davomida tarjima qiladi va asar ruhiga kiradi. Yozuvchi buni ―bahona‖
deb aytadi, ammo bu nazarimizda ijodiy quvvatlanish uchun ilhom manbai, ayni
ruhiy balog‗at fursati bo‗ldi. ―O‗zbegim‖da shoir ruhi o‗zlikni anglash, qalbni
uyg‗oqlikka, fikriy bezovtalikka chorlasa, Gyote shoirni ruhning eng yuksak
cho‗qqilariga etakladi, uni ruhan ulg‗aytirdi, o‗zidagi ishonchni yanada
kuchaytirdi. Mana shu ilohiy kuch quvvat shoirni o‗zi his qilgan yuksaklik
darajasidan Inson maqomi, tiriklik mohiyatiga teranroq nazar solishga undadi.
Shoirda pishib etilgan ijodiy quvvat uni Inson atalmish mavjudotga o‗zgacha
falsafiy nuqtai nazar bilan yondashuvga chorladi. Uning ijodida Shaxs
kontseptsiyasi markaziy muammoga aylandi. 1973 yilda yozilgan ―Inson‖ qasidasi
ham shoir shuurida yig‗ilgan tuyg‗u kechinmalarning hosilasi sifatida bo‗y
ko‗rsatdi. Shoir tafakkuri jahoniy kengliklar qamrovida yuksaldi, etildi, kamolat
bosqichiga ko‗tarildi.
Bu paytda esa Sharqda Inson taqdiri, uning ozodligi, hayot-mamot masalasi
hal bo‗layotgan edi. Milliy ozodlik uchun kurashganligi bois ―Isyonkor shoir‖
laqabini olgan shoir, yozuvchi, musiqachi, faylasuf va jamoat arbobi Qozi Nazrul
Islomning vafoti (1976) shoir qalbida kechayotgan iztiroblarni qaytadan alanga
olishiga yo‗l ochib yubordi, bo‗g‗zida qolgan alamlarni so‗zga soldi. ―Ruhlar
isyoni‖ dostonining ikki yil vaqt oralig‗ida yozilganligini inobatga olsak, muallif
asar uchun zarur manbalarni: Narzul Islom hayotini, faoliyatini, ijodini, she`r larini
o‗rgangan. Ijodkor o‗z asariga shoirning ―Tug‗ilgansan ozod, mudom Ozod bo‗lib
qol!‖ misralarini epigraf qilganligi ham bejiz emas. Erkin Vohidov Narzul Islomni
o‗ziga ustoz maqomida bildi, shoir ohlariga o‗z ovozini hamohang etib, alam va
dardlarini qo‗shib jo‗rovoz bo‗lib kuyladi. Ijtimoiy muammoning shaxsiy dard
bilan o‗zaro uyg‗un tarzda birikuvi doston ta`sirchanlagini oshirishga xizmat qildi.
O‗zbek adabiyotida Sharq masalasi abadiy mavzulardan biridir. Ayniqsa,
hind xalqining mustamlakachilarga qarshi ozodlik harakatlari o‗zbek ijodkorlarini
o‗zgacha ruhda ilhomlantirgan. Mustamlakachilardan aziyat chekkan eziluvchilar
har doim bir birlarini so‗zsiz tushunishgan, ruhan his qilishgan. Cho‗lponning
―Ulug‗hindiy‖, Fitratning ―Chin sevish‖, ―Hind ixtilochilari‖ asarlarini yodga
olsak, mazkur dostonning yaralish sabablari yanayam oydinlashadi. Sovetlar
talabiga ko‗ra o‗z tarixini va millatini unutishga mahkum etilgan xalq oldida o‗zini
mas`ul sanagan Erkin Vohidov o‗zga yurtdan hamdard topdi, qayg‗usiga sherik
bo‗ldi.
27
―Ruhlar isyoni‖ dostonining kompozitsion qurilmasi tizimli shaklda
tartiblanib, mustaqil besh fasl va o‗n rivoyatdan tashkil topgan [2]. Har bir rivoyat
keyingi faslning mantiqiy davomi bo‗lib, yozuvchi qissadan hissa tarzida
izchillikka amal qilgan. Dostonning kirish qismida istibdod og‗ir dard sifatida
aytiladi. ―Abadiyat haqida rivoyat‖ nomli bo‗limda insonning mangu yashashi
emas, balki uning hayoti abadiyat uchun xizmat qilishi lozimligi aytiladi. ―Shoir
qalbi‖ faslida azaldan insonga isyon ruhi hokimligi, inson o‗zligini anglashga
intilib yashashi aytiladi. Narzul Islom Xisrav Dehlaviy, Bedil, Boburlar singari
oshiqlik haqida she`r yozib, dillarni xushnud aylashi mumkin edi, ammo taqdir
unga ulug‗ishni yukladi, u ozodlik haqida kuylashi o‗ziga qismat deb bildi.
Yaramasang kuniga.
Shoir esang,
Shoir bo‗lib
Nega kelding hayotga
―Isyon qo ‗shig ‗i‖ faslida shoir inson ozod va hur bo‗lib tug‗ilgan, uning
uchun qullik isnodligi aytilib, inson zulmga bosh egmasligi kerak, deya uni
isyonga chorlaydi. Isyon hodisaning asl mohiyatini anglash bilan boshlanadi. Isyon
ham turlicha: amal uchun, e`tiqod uchun.Vatan ozodligi bulardan eng afzalidir.
―Fidoiylik haqida rivoyat‖ faslida har bir boshga bir o‗lim, ammo sening o‗liming
ham ezgulikka xizmat qilsa, demak bekorga yashamabsan, degan g‗oya
singdirilgan. She`r monolog shaklida berilsa-da, ammo muallif o‗zi bilan
munozaraga kirishadi, murosaga boradi.Askarning o‗limi malomat qilinsa-da, zero
ayollarni qo‗shib ko‗mish odati barham topdi.
Inson aslo Yaralmagan sabrga.
Sig‗inaylik o‗sha tanho
Tahqirlangan qabrga.
Haq uchun
Bosh tutgan tikka
Mardlar ruhi yor bo‗lsin.
Bu dunyoda nohaqlikka
Ko‗nmaganlar bor bo‗lsin,
Zo‗rlik ko‗rsang,
Qilma toqat,
Har boshda bir o‗lim bor,
Fidoyilar umri faqat
Bu dunyoda poyidor!
―G‗alayon‖ deb nomlangan bo‗lim avvalgilari bilan ichki mantiqiy
bog‗liqlikda bir birini to‗ldiradi. Aslida, mantiqan o‗ylab ko‗rilsa, g‗alayon
isyondan oldingi bosqich, voqelikning pishib yetilish jarayonidir. Bo‗limda
urushning asl sababchisi hindu musulmonni bir biriga qarshi qilib, ularni
o‗ldirayotgan kimsalarning asl basharasi fosh qilinadi. Keyingi qismda shoir
shaxsiyati, shoir o‗zi kim, ijod nima kabi savollar atrofida fikr yuritiladi. Elning
koriga yaramagan shoir emas degan javobni aytadi. Kichik bo‗lim uch qismdan
iborat. Dastlab, muallif qahramon haqida so‗zlaydi. O‗rtada lirik chekinish, unda
28
muallif nuqtai nazari ravshan ko‗rinadi. Keyingi qismda xulosa shaklidagi bayon
beriladi. Shoirni malomat qilib, hibs etgan olamon jaholatda ekanini muallif
anglaydi, ulardan og‗rinmaydi. Asl fojia johillik ekani ta‘kidlanadi. Johillik
mohiyatini to‗liqroq ochish uchun ―Jaholat to‗g‗risida rivoyat‖ nomli fasl berilib,
mantiqiylik ta‘minlanadi. Jaholatning haqiqiy mohiyati ochib beriladi. Tabibni o‗zi
davolagan odamlar olovda yoqadi. Shoir ma`naviy ko‗rlikka, qalb ko‗ziga ishora
qiladi. Tabibning malhamidan ko‗r ko‗zi ochilgan chol uni malomat qilib gulxanga
o‗t tashlashi, asarning ta`sir kuchini yanada ortiradi. Adabiyotshunos olim
U.Hamdam ―Jaholatga qarshi isyon‖ nomli maqolasida jaholat haqidagi faslni
dostonning eng muhim ustunlaridan biri sifatida e`tirof etgan [3].
―Tutqunlikda‖, ―Shohi jahon va Avrangzeb haqida rivoyat‖, ―Sharpalar‖
fasllarida qahramonning uy kechinmalari, iztiroblari izchil tarzda ko‗rsatib
beriladi. Har bir fasl muallif maqsadi va niyatining ifodasi sifatida tartiblangan.
Navbatdagi fasl ―Oliy ruhlar haqida rivoyat‖ deb nomlanib ulug‗odamlarning ruhi
ham buyuk bo‗ladi, millatni yo‗lga boshlaydi degan fikrlar beriladi. Doston ayni
dahriylik kuchaygan yillarda yaratilib yozuvchi qandaydir oliy ruhlar borligiga
ishora qiladi, aslida bu o‗z davri uchun katta jasorat.
Bid‘at yotdir menga,
Dahriy fikrat egadir.
Oliy ruhlar borligiga
Ishonaman negadir
―Ozodlik‖, ―Zohidlar va oriflar haqida hikoyat‖ (rivoyat emas, hikoyat),
―Nihoya‖ fasllarida Narzul Islom nomi halqni kurash sari ruhlantirdi, hindu
musulmon birlashtirdi, Vatan ozod bo‗lishiga xizmat qilganligi bayon qilinadi.
Dostondagi har bir fasl, har bir qism o‗zida poetik mazmun tashigani ma`lum
bo‗ladi.
Jisman chetda,
Ammo ruhan
G‗alayonda men ham bor.
Nazrul Islom
Ruhi bilan
Bormokdaman bir qator
Nazrul Islom
Ruhi mendan
Shunda hisob so‗raydi.
Shoir bo‗lib
Elga bukun
Darkormisan, der menga.
Fidolikka xalqing uchun
Tayyormisan, der menga,
Erkin Vohidov Narzul Islom qiyofasida o‗z siyratida jo bo‗lgan
kechinmalarni, iztiroblarni, o‗kinchu o‗tinchlarni tasvirlashga muvaffaq bo‗ldi.
Qahramon murojaati nafaqat muallifga balki jami dunyo ijodkorlariga qaratilgan.
Shoir tabiatidagi falsafiylik va oqillik qahramonga o‗zgacha jon baxsh etdi. Doston
29
shoir ruhiy kamolatining namunasi sifatida adabiyotshunoslikda muhim manba
bo‗lib xizmat qilishi tayin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. http: kh-davron.uz. Erkin Vohidov. Umr bekatlari. She`r lar, tarjimalar.
Kuy avjida uzilmasin tor.
2. Vohidov E. Tanlangan asarlar. Saylanma. –Toshkent.: Sharq, 2017.
Do'stlaringiz bilan baham: |