ERKIN VOHIDOV SHE`RLARIDA DAVRNING DOLZARB
MUAMMOLARI TALQINI
Akbarali SABIRDINOV,
filologiya fanlari doktori (FarDU)
XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari o‗zbek adabiyotda Erkin
Vohidov dilbar ohang va samimiy tuyg‗ular, quyma fikr va betakror ifodalar, teran
ma`no va chuqur falsafa singgan she`riyatni olib kirdi. Shoir, avvalo, o‗z davrining
ogoh va hozirjavob fuqarosi, nozik didli ijodkori sifatida faoliyat ko‗rsatdi, asarlar
yaratdi. Shu bois uning she`rlarida nafaqat yurtimizdagi, balki dunyoning qaysidir
burchagidagi voqeliklar ham talqinini topganini ko‗ramiz.
Shoirning ―Gohi poezd, goh ot bilan, Gohi kezdim piyoda. Men o‗tgan yo‗l
meridian – Chizig‗idan ziyoda‖[1, 56] deya ta`kidlashi bejiz emas.
XX asrning 50-yillarida dunyoning qaysidir joylarida bo‗layotgan urushlar,
60-yillaridagi fan-texnika inqilobi – fazoga parvoz, insonning oyga chiqishi
voqealari shoir ijodida ham ifodasini topdi. Uning ―Kosmonavt va shoir‖ (1962),
―Yurak va aql‖ (1962), ―Fazodagi uyqu‖ (1963), ―Chirchiq‖ (1963),
―Kardiogramma‖ (1971) kabi she`rlarida fan-texnika yangiliklarining inson
tafakkuri, dunyoqarashi, turmush tarziga ta`siri masalalari turli assotsiativ
mushohadalar asosida talqinini topadi.
Erkin Vohidov ilk she`rlaridayoq urush mavzusini (―Ukamning jangi‖, 1952)
yumorga asoslangan tasvirda talqin etgan bo‗lsa, davrning tezkor va shiddatli
voqealariga inson qay darajada tayyor degan muammoga o‗ziga xos tarzda javob
beradi. Uning ―Fursat – oltin‖ (1962), ―Inson va fursat‖ (1964), ―Bosh tebratar soat
kafgiri...‖ (1964), ―Uchi tugik dastro‗mol‖ (1966), ―Bong uring‖ kabi she`rlarida
inson va shiddatkor voqelik, umr va abadiyat munosabati tahlil etiladi. Ushbu
she`rlar zamirida jamiyatda tobora ildiz otib borayotgan vaqtni behuda sovurish
illati tanqidi orqali umrni, insonni qadrlash g‗oyasi ifodalanadi.
Shoir
O‗rmonlar,
22
yonsa-ku
chopamiz.
Tinmaymiz,
o‗rtansa xirmonlar.
Chorani
qaerdan topamiz,
Fursatga
o‗t ketsa,
insonlar!
Vaqt yonar,
Biz majlis qilamiz,
Tamaki tutuni dimoqda.
Shu tutun ichida
bilamiz,
Umrimiz yonmoqda,
yonmoqda [2, 302].
Tezkor davr o‗zgarishlarining yosh avlod dunyoqarashiga ta`siri va ushbu
ta`sirning turli avlodlar tafakkurida yuzaga keltirgan ayirmasi – otalar va bolalar
muammosini vujudga keltirganligini shoir ―Hozirgi yoshlar‖ (1973) she`rida yengil
yumor va beozor ifodalarda yuz yoshlardagi qariya tilidan bayon etadi. Qariya
o‗tgan asrning 70-yillari yoshlariga nazar tashlar ekan ular tutumlaridagi yutuq va
nuqsonlarni tahlil etib, bobolar mehnatini qadrlashga chaqiradi. Qariyaning tanbehi
quyidagi satrlarda yuqori nuqtaga chiqadi:
Yana der:
―Bo‗sh qolsak tunlar bo‗lib jam
―Chordarvesh‖ o‗qirdik qurshab tanchani.
Bular tanimaydi Huvaydoni ham
Erta-yu kech o‗ylar kino, tansani.
Aqli kirarmikan bularga bir kun.
Kim biladi qachon quyula boshlar!
Og‗ir kun ko‗rmadi
Balki shuning-chun
Yengilroq o‗sdimi hozirgi yoshlar? [1, 211-212]
tarzda she`r bandlari davomida kinolar buzayotgan kapalak mijoz, bordi-keldi
odatidan yiroq bemehr, og‗ir kun ko‗rmay engil o‗sgan ba`zi yoshlar tanqidi
beozor yumor vositasidagi ifodalarda aks eta boradi.
Erkin Vohidov ijodining deyarli qirq yili sho‗ro davriga to‗g‗ri keladi. Shoir
doimo sho‗ro davrining so‗zda, shiorlarda xalqlar do‗stligi-yu, amalda esa faqat bir
―og‗a xalq‖ni ulug‗lovchi shovinistik siyosatini his qilib yashadi. Shu bois sobiq
Ittifoqdagi boshqa xalqlar tarixi, madaniyati, tili, dini, urf-odatlariga mensimay
qarash, oxir-oqibat boshqa millatlarni zimdan yo‗q qilib ruslashtirishga olib
boruvchi siyosiy yo‗lining qanchalik g‗ayrimadaniy va g‗ayriinsoniy ekanini
tanqid qiluvchi she`rlarni yaratdi. Tabiiyki, sho‗ro tuzumi sharoitida bu
ijodkorlardan ulkan jasorat talab etar edi. Masalan, uning ―Ona tilim o‗lmaydi‖
23
(1976) she`rida go‗yo ―Jahoniy iroda‖dan bashorat berib, ―butkul tillar yo‗qolib,
dunyoda bir til qolishi‖ haqida so‗zlayotgan voizga shoirning javobi yanada
keskin: ―Faust‖ yondi gurillab,
―Xamsa‖ o‗tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‗ylab
Taraldi, tog‗lar oshdi.
Bir sado yangrar hamon,
Sira ado bo‗lmaydi.
Olam aytar hech qachon
Ona tilim o‗lmaydi!
O‗zbek
millatining boy tarixi, dunyo tamaddunini ta‘minlagan
namoyandalari to‗g‗risida yozish xush qabul qilinmaydigan davrda Erkin Vohidov
―O‗zbegim‖ (1968), ―O‗zbekiston‖ (1974) kabi she`riy asarlarini yaratib millat
qaddini ko‗tardi, dardiga malham qo‗ydi.
Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston o‗zbegim...
Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‗ksim osmon o‗zbegim [2, 292-293].
―Doniqishloq latifalari‖ she`rlar turkumida esa shoir kuch-qudratga to‗lgan,
lekin bu kuchni yangilik deya odamlarga zarar keltiruvchi ishga sarflagan shaxs
fojiasini (―Matmusaning charxpalagi‖), tandir ichiga tushib olib o‗z izmini eshakka
topshirgan gumroh bandaning kulgili holati (―Tandir kiygan Matmusa‖)ni
yumoristik uslubda yoritishga erishgan. Ularda yangilik ketidan quvgan jamiyat,
o‗z tandiri‖ga kirib olib boshqaruvni eshakmiyaga topshirgan, natijada yo‗lini
yo‗qotgan sho‗ro davlati yashirin tarzda kulgi ostiga olingan. Yoki, to‗qqiz oyda
bajariladigan yumushni uch oyda bajarish talabini qo‗ygan, bajarilmagan ishni
bajarildi deya bong urayotgan jamiyatning kulgili holati (―Matmusaning
uylanishi‖) o‗ziga xos talqin topganini ko‗ramiz.
E.Vohidovning ―Oqsoqol‖ (1977) she`rida zulmu zug‗umga, ayovsizligu
shafqatsizlikka asoslangan qatag‗on siyosatini qo‗msovchi Oqsoqol obrazi talqini
orqali urush davrining so‗nggi yillari tasviri aks ettiriladi. ―Shum bola‖ (1991)
she`rida rest so‗zni yoqtirmaydigan jamiyat manzarasi aks ettirilsa, ―Bizlar arra
tortmoqdamiz‖ she`rida esa o‗zi qurigan shoxga o‗tirib olib tishsiz arra bilan ushbu
shoxni kesishga uringan kimsalar vositasida yolg‗onchi jamiyatning yolg‗onchi
amaldorlari fosh etiladi. ―Bu zamon g‗azali‖ she`rida esa shoir sho‗ro saltanati
parchalanishi arafasidagi ―bo‗ri bilan tozilar tillashgan‖, ―o‗g‗ri bilan qozilar
birlashgan‖ jamiyat tasvirlansa, bu holdan mudrayotgan el qiyofasi ―Tush‖
she`rida aksini topgan.
Shoir ―dil olami, ishq olami, ruh olami bo‗lmagan, halqum uchun imonini,
vijdonini qurbon qilgan‖, ―choyxonadagi oshxo‗rlikni baxt, bir kunlik halovatni
24
naqd‖ deb bilan shaxslar mavjud jamiyatdagi illatlarni tanqid qilar ekan, nekbin
tuyg‗ularini ―Vatan istagi‖ (1991) she`rida
Bu Vatanda bir Vatan
Qurmoqni istaydir ko‗ngil,
O‗zni ozod qush kabi
Ko‗rmoqni istaydir ko‗ngil [2, 332 ].
deya ifodalaydi.
Xullas, akademik N.Karimov ta`kidlaganidek, ―Fojiali davr, fojiali voqea
haqida kulib yozish, hajviy tasvir vositalarini o‗ynatib, chaqmoq yanglig‗
charaqlatib yozish oson emas‖ [3, 31]. Erkin Vohidov ana shu vazifani
muvaffaqiyat bilan bajardi. Uning ―Tasavvur‖ (1969) she`ridagi
Mendami ixtiyor?
Yugurar zamon,
Shiddati o‗tadi har bir tolamdan.
To‗xtasam, to‗kilgum bir tomchisiman,
Tomchidek yo‗q bo‗lib ketgum olamdan [2, 290].
tarzdagi bashoratomuz fikrlari bugun o‗z isbotini topmoqda. Zamon shiddatini har
tolasiga joylagan ulug‗ ijodkor asarlarining harakati ko‗plab avlodlar qalbiga
singib davom etmoqda. Shu bois ushbu asarlar umrboqiy va o‗lmasdir.
Adabiyotlar:
1.
Vohidov E. Saylanma. Ikki jildlik. Birinchi jild. Muhabbatnoma. –
Toshkent: G‗.G‗ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1986.
2.
Vohidov E. Iztirob. –Toshkent: O‗zbekiston, 1992.
3.
Karimov N. Erkin Vohidov gulshani. To quyosh sochgayki nur. Erkin
Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida. –Toshkent: O‗zbekiston, 2016.
Do'stlaringiz bilan baham: |