ERKIN VOHIDOV
–
XX ASR O„ZBEK SHE`RIYATI
MUMTOZ VAZNINING OTASHIN HIMOYACHISI
Dilfuza HAMROYEVA,
o„qituvchi (Buxoro)
Shoir Erkin Vohidovning she`rxonlarga bir kamtarona o‗tinchi bor:
Istadim sayr aylamoqni men g‗azal bo‗stonida,
Kulmangiz ne bor senga deb Mir Alisher yonida.
Shoir Erkin Vohidov o‗zbek she`riyatida aruz vaznining himoyachilari safida
turib, bu vaznda mavzu jihatdan xilma-xil, xalqqa manzur bo‗ladigan, sevib o‗qilib
kuyga solinadigan g‗azallar yaratdi. Xususan ,‖Yoshlik‖ devonida shoirning jonli
tili va badiiy mushohada qobiliyati yaqqol namoyon bo‗ladi. Bu haqida xalq shoiri
Abdulla Oripov shunday yozadi:―Yoshlik devoni‖ni o‗qir ekansiz, shoir qalbidan
sizib chiqayotgan ma‘sum tuyg‗ ular go‗yo sirli, sehrli so‗zlarga aylanadi. Shoir
ukparday mayin bu so‗zlarni to‗zg‗ itib o‗ynaydi-yu, ulardan g o‗zal, o‗ynoqi
ohanglar yaratadi, so‗ngra esa ular asta o‗rni-o‗rniga tushadi, xuddi dastgohdan
chiqayotganday. Quyma, betakror satrlar paydo b o‗layotganday taassurot
qoldiradi kishida:
Tun bilan yig‗labdi bulbul,
G‗uncha hajri dog‗ida.
Ko‗z yoshi shabnam bo‗lib
Qolmish uning yaprog‗ida.
Ona tilimizdagi ipakdek mayin, kamalakdek rang-barang, g‗oyat nozik lutf,
beozor qochirimlar ,goh hazin, goh samimiy tabassum uyg‗otuvchi tashbehlar
,o‗tkir xulosalar – bular bari ulkan shoirimiz qalamiga mansub betakror
fazilatlardir‖ [1, 246].
Rashkim‖ she`ri ham muhabbat mavzusida bitilgan, o‗ynoqi misralar-u dilga
yaqin tashbehlar mahsulidir. Dunyo yaralibdiki, ishq,oshiqlik tushunchalari
barhayot. Muhabbat, ishq – hayotning ma`nosini, mohiyatini ,davomiyligini ta‘min
etuvchi yuksak tuyg‗ u ekanligi hammaga ayon haqiqat. Aslida g‗azal ham
muhabbat hissining to‗fonidan paydo bo‗lgan.
Erkin Vohidovning ―Rashkim‖ g‗azali ishqiy mavzuda bitilgan bo‗lib, el
orasida mashhur. G‗azal olti baytdan iborat. U aruzning hazaj bahrida ,ya`ni
mafoiylun-mafoiylun-mafoiylun-mafoiylun ruknida bitilgan. G‗azalda o‗zimdan-
ko‗zimdan-yuzimdan-uzumdan-so‗zimdan-yulduzimdan-o‗ttizimdan
so‗zlari
qofiya bo‗lib, ham yuklamasi radif vazifasini bajargan. She`rda tashbeh, tanosib,
342
tadrij san`atlaridan samarali foydalanilgan. G‗azal oshiq qalbining jo‗shqin
muhabbatini ifoda etadi. Shoir she`rda ishq otashida yongan, butun olami
muhabbat bilan to‗lgan oshiq timsolini chizadi. Biz bilamizki, insonning qalb
oynasi bu- ko‗z. Yorni yotlardangina emas, hatto o‗zidan rashk qilish – bu ishqni
ilohiy bilish, uni qalbda pinhon saqlash demakdir. Zero, Navoiyning ―Farhod va
Shirin‖ dostonida Farhodning Xusrav bilan shunday savol-javobi bor:
Dedikim: dilbaringning de sifotin?
Dedi: til g‗ayratidin tutmon otin [2, 86].
Farhod yorning nomini aytmay, ―til g‗ayratidan tutmon otin‖ deydi. Ya`nikim,
yorning nomini aytishga hatto tilimdan ham rashk qilaman‖. Bunday javobga loyiq
bo‗lgan sevgini izohlashga hojat yo‗q. Bu sevgini muqaddas bilish, uni botinda
saqlash, unga yengil qaramaslik ifodasidir. Birinchi baytda his-tuyg‗ u, mazmun
misralar osha kuchayib oshiq yorni nafaqat yotlardan, balki o‗zidan ham rashk
qiladi. Bu rashk shunchalar alanga oladiki, hatto lirik qahramon yorni o‗z
ko‗zlaridan ham qizg‗ona boshlaydi. Misralar badiiyatida tadrij san`atining go‗zal
ko‗rinishi aks etadi:
Seni yotlar tugul hatto - qilurman rashk o‗zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam, bo‗lurman g‗ash ko‗zimdan ham [3, 273]. Keyingi
baytda ko‗zdagi rashk lolaga ko‗chadi. Shoir ko‗z bilan nargisni, lola bilan yuzni
parallel qo‗llab, qiyos usulini yaratadi va ularning o‗xshashligi zamirida yuzning
qizilligiga ishora qiladi. Nargis, lola, chaman tushunchalarini yonma-yon qo‗llab
tanosib san`atini yaratadi:
Ko‗zim yongay senga nargis – ko‗zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam,lolaga rashkim ayon bo‗lgay yuzimdan ham.
Nega yuz qizil? Negaki, oshiq iboli, uyatchan. Undagi oshiqlik odobi yuzida
zohir bo‗ladi. Baytlar osha oshiqning rashki ma‘shuqa siymosi go‗zalligini
ta‘minlagan ol labga teggan gilos va uzumga bo‗lgan hasadga aylanadi. Lirik
qahramon ma‘shuqa labini charos-u ol gilosga o‗xshatib, tashbehning go‗zal
namunasini qo‗llaydi:
Degaylarki, charos-u ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum gilos birlan uzumdan ham.
Oshiq tuyg‗ ularini, dil izhorini pinhon tutadi. Ammo bu ish imkondan
tashqari, chunki ishq shunday to‗fonki, uni oshkor etmaslikning iloji yo‗q. Biroq
bu izhor ma‘shuqaga yoqmaydi, yorning qoshi chimirilishidayoq u iqroridan –
―qo‗pol aytgan so‗z‖ idan pushaymon bo‗ladi.Oshiq qo‗pol so‗zlamadi, balki o‗z
sevgisini izhor qildi-ku! Lekin muhabbatni tilga chiqarmoqning o‗zi qo‗pollikdir.
Baytda muhabbatning hayo bilan go‗zal ekanligi, uni yengil-yelpi qiliq yoki oddiy
so‗z bilan ifoda etib bo‗lmasligi haqidagi fikr oydinlashadi. Qolaversa, ishq pinhon
tutilmog‗i kerak. Hazrat Navoiy bir g‗azalida: ―Kimki ishqi pok erur,sirri aning
pinhon kerak‖, deb yozadi [4, 35]
Seni jonim dedim yolg‗ iz, seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman qo‗pol aytgan so‗zimdan ham.
Keyingi baytda ―tongdan ko‗ngilda ranj‖ jumlasi bor. Oshiq qalbi tong otishidan
qo‗rqmoqda. Nega? Mumtoz she`riyatda oshiqlarning yorsiz hayoti, ro‗zg‗ oriqora
343
tunga o‗xshatilgan. Zero, ―Navoiyda‖ ro‗zg‗ orimdek ham o‗lg‗onda qorong‗ u
kelmadi‖ misrasi bor. Lekin oshiq o‗sha qora tunda ham baxtli . Nimasi bilan ?
Yorning shirin yodi, visol orzusi bilan baxtli. Nogoh tong otsa-yu, oshiq visolga
yeta olmasa, o‗sha shirin xayollaridan ham ayrilib qolishdan cho‗chiydi:
Visol onida ko‗z ochsa, ne tong, tongdan ko‗ngilda ranj,
Judo qilgay meni oy yuz, xumor ko‗z yulduzimdan ham.
So‗nggi baytda oshiqning ―senga o‗n to‗rtda bog‗landim‖ degan o‗tinchi bor.
Eslang, Farhod ham ayni shu yoshda ich-u tashi ishq bilan to‗lgan edi. Demak
yorni anglash, uning sevgisini to‗la his qilmoq uchun shu yosh nazarda tutilgan.
Shoir ishqqa bog‗ langan dilning o‗ttiz yoshda ham erkin bo‗la olmasligini va
bundan oshiqning mamnunligini ―aql kirmas‖ kinoyasi bilan tasdiqlaydi:
Senga o‗n to‗rtda bog‗ landim, hanuz erkin bo‗lolmas dil,
O‗zim dog‗ man, aql kirmas, to‗zimsiz o‗ttizimdan ham.
Erkin Vohidovning ―Rashkim‖ g‗azali ishq bilan limmo-lim qalbning iffat va
nafosat pardasiga o‗ralgan izhoridir. Baytdan baytga o‗tgani sayin oshiqning rashk
o‗ti kuchayib boradi. Har bir baytda yangicha ifoda va timsollarga duch kelamiz.
G‗azaldagi oshiqning mehribon nigohi, nafis muomalasi beixtiyor ko‗ngilga
ko‗chib o‗tadi. Rashk tushunchasi o‗zgacha ma`no va mohiyat kasb etadi.
Erkin Vohidovning devonida jamlangan g‗ azallarni o‗qir ekanmiz,hassos shoir
tizgan satrlarning yangi qirralarini kashf etamiz. Kuyga osongina tushadigan
dilbar,o‗ynoqi misralardan yangi-yangi ma`no tovlanishlarini topib hayratimiz
oshadi. Bir bir so‗z bilan aytganda Erkin Vohidov - XX asr o‗zbek she`riyatida
aruzni qayta tiriltirgan ijodkor, mumtoz vaznning otashin himoyachisi. U yaratgan
betakror g‗azallar asrlar osha qalblarni o‗ziga maftun etib kelaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jamoa. Ona tili va adabiyot. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun
darslik.
–
T.: Sharq, 2015.
2. A. Navoiy. Farhod va Shirin. – T.: Adabiyot va san`at nashriyoti, 1990.
3. Vohidov E. Muhabbat. – Т.: G‗afur G‗ulom nomidagi adabiyot va san`at
nashriyoti, 1976.
Do'stlaringiz bilan baham: |