Ramka elementlaridan biri sanalmish izohlar joylashish o‗rni, ifoda shakli
Biroq mazmunning ifoda etilishida uning roli qat‘iyroq belgilangan. Bunday
deyishimizning asosiy sababi shuki, vazifadoshlaridan farqli o‗laroq, izohlar
avtointerperatsiya vositasi sifatida she`r (undagi so‗z, birikma, tilga olingan
shaxs,voqea, tasvirlangan holat va b.) ni qanday tushunishga aniq yo‗naltiradi.
Shunga ko‗ra, izohga she`rning zaruriy elementi sifatida qarash lozim. Nashrga
tayyorlash vaqtida izohlarni o‗zgartirish, yoki tushirib qoldirish mazmunga jiddiy
putur yetkazishi mumkin. Shu bilan birga, o‗qish jarayonida izohlarning o‗quvchi
tomonidan bee`tibor qoldirilishi ham ijodkor nazarda tutgan mazmunning to‗la
350
anglanmasligiga, yoki butunlay boshqacha tushunilishiga sabab bo‗ladi. Ushbu
fikrlarimizni E.Vohidovning ―Yangi oy so‗zi‖ she`ri misolida isbotlashga harakat
qilamiz.
Shoirning ―Kichik oy so‗zi‖ she`ri 1957-yilda yozilgan. Ijodkor hayotida bu
davr katta hayot ostonasidan endigina xatlagan, ijod bilan muntazam shug‗ullana
boshlanganvaqt ekanligi bilan xarakterlanadi. Shu va biografik konteksda asarning
asosiy qismi bilangina tanishgan o‗quvchi uni avtopsixologik lirika namunasi
sifatida qabul qilishimumkin: ―
Avtopsixologik lirika deganda lirik qahramon bilan
shoir shaxsiyati mos tushgandek ko„rinadigan, aniqrog„i, ikkalasi bir biriga yaqin
bo„lgan she`rlar tushuniladi”
[5, 386]. Bu tabiiy ham, chunki she`r birinchi shaxs
– ―Men‖ tilidan, izhor shaklida yozilgan:
Mayli, umr abadiy emas,
Mayli, yashay bir nafas [3, 7]
Bu misralarda katta hayotga ilk qadam qo‗ygan va u ro‗baro‗ qiladigan
qiyinchiliklarini to‗la anglab turgan, barchasini yengishga tayyor va oqibatiga rozi
yosh lirik qahramonning kayfiyatini ifodalangan. Ushbu mazmunni sarlavhadagi
―Yangi oy‖ jumlasi ham qo‗llab quvvatlaydi. Ijodkor yoshini inobatga olgan holda
lirik qahramon o‗zini yangi oyga mengzaganini tushunish mumkin. Asar davomida
esa ―yangi oy‖ o‗zini shulalarga burkagan, quyosh(nurli hayot) sari ko‗targan xalq
uchun hamma narsaga tayyor ekanligini bayon qiladi.
Mayli, so‗ng o‗t chirmashsin tanga
Mayli, meni quchsin alanga
Ona vatan! Bir o‗g‗ling kabi
Fido etay jonimni senga! [3, 7]
Asarning yakuniy misralaridan esa lirik qahramon o‗zining farzandlik
vazifasini bajarish-da, vatan ravnaqi yo‗lida yosh qurbon bo‗lgan o‗tmishdoshlari
kabi taqdirga rozi ekanligini tushunish mumkin. Diqqatli joyi shundaki, yuqoridagi
mazmun lirik qahramonning ayni damdagi kayfiyati, umuman yoshlikka xos
romantik fidoiylik hissi bilangina bog‗liq bo‗lib qoladi. Ya`ni lirik qahramonning
bunday xulosaga kelishiga biror konkretvoqeasabab bo‗lgan deyako‗rsata
olmaymiz. Shuningdek, bukechinma lirik qahramonshaxsiyati bilan bog‗liq
vayillar davomida (oilada, maktabda va b.) shakllanganva umumiy she`r yozilgan
davr ruhiga mos.Ya`ni aytilgan omillar she`rning lirik qahramoni shoirning o‗zi,
unda bevosita shoir kechinmalari aks etgan deb tushunishga yetarli asos beradi.
Holbuki, aslida bunday emas. Yuqorida tilga olingan izoh asarga butunlay
boshqacha mazmun beradi: ―
Birinchi sun‟iy yer yo„ldoshi atmosferaning quyuq
qatlamlarida yonib ketdi”
[3, 7] Sarlavhadan so‗ng joylashgan ushbu qism
epigrafdek tuyulsa-da, aslida to‗laligicha izohdir. Asarning yaratilishiga turtki
sifatida uni epigraf deb belgilash mumkin bo‗lsa-da, asar mazmuni to‗la anglash
uchun o‗zida talay ma`lumotlar tashigani uchun ham bu qismni izoh deb bildik. U
izoh sifatida mazmunni tog‗ri anglash uchun zaruriy bo‗lgan quyidagi vazifalarni
bajargan:
a)lirik qahramonning kim ekanligini aniqlash;
b)sarlavhaga oydinlik kiritish;
351
c) kechinmalar tizimining nima sababga ko‗ra aynan shunday shakllanganini
tushuntirish.
Lirik qahramonning kim ekanligi izohdan ma`lum bo‗ldi. U – yerning
birinchi sun‘iy yo‗ldoshi. Demak, she`r biz yuqorida aytgandek avtopsixologik
lirika emas, aksincha ijroviy lirika namunasiekan.
“Avtopsixologik lirikaning ziddi
o„laroq, shoir shaxsiyati bilan lirik qahramonning mos tushmasligi ochiq ko„rinib
turgan she`rlar ijroviy lirika deb ataladi. …ularda shoir o„zga shaxs ruhiyatiga
kirib, go„yo uning rolini o„ynaydi va asarda uning qalbini suratlantiradi”
[5, 386].
Demak, izohga tayangan holda ijodkor yerning sun‘iy yo‗ldoshi tilidan voqeaga
munosabat bildirganini tushunish mumkin bo‗ladi.
Sarlavha tarkibidagi ―yangi oy‖ biz tahmin qilgandek yosh ijodkor emas.
Yerning sun‘iy yo‗ldoshi bo‗lib chiqdi. Yo‗ldoshning ―oy‖ obrazida ifodalanishiga
esa Oy yerning tabiiy yo‗ldoshi ekanligi sabab bo‗lgan. Sarlavhaning ―so‗zi‖ qismi
esa yuqoridagi she`rning ijroviy lirika ekanligini dalillaydi. Chunki ijroviy lirika
kayfiyatidagi she`rlarning sarlavhalari shu kabi (…iltijosi, …o‗kinchi,…qo‗shig‗i)
kabi jumlalar uchrab turadi.
Lirika voqeabandlikdan holi bo‗lganligi uchun ―lirik asar syujeti‖ jumlasi
ko‗pchilikka g‗alizdek eshitilsa-da, aslida syujet lirik asar uchun ham katta
ahamiyatga ega. Faqat bunda syujet kechinmalar, his-tuyg‗ular va o‗y fikrlarning
bir-biri bilan rivojini anglatadi. Syujetning voqeabandlik bilan bog‗liqligi va ayni
paytda kompozitsiyaning o‗zagini hosil qilishini nazarda tutib, lirik asar
syujetining
tematik kompozitsiya
deb yuritishlari shu sababdandir. Biz ko‗rayotgan
she`rning tematik kompozitsiyasi klassik tartibda qurilgan: hukm aytildi – bu hukm
izohlab tushuntirildi – xulosa yasaldi. Ushbu invarit sxemaning ko‗rilayotgan
she`rga tatbiqi mana bu shaklda bo‗ladi: qurbon bo‗lishga rozilik – rozilikning
sabablari – bunday qurbonlikning besamar emasligi.
Asarning tematik kompozitsiyasini bu tarzda shakllantirganimizda biz
izohda ko‗rsatilgan voqea parchasiga tayanamiz.
Yuqorida E.Vohidovning birgina she`ridagi izohni inobatga olgan va
inobatga olmagan holda tahlil qilib chiqdik. Har ikkala holatda she`rda turlicha
mazmunlar anglanishidan xulosa qilib, ramka unsurlarining ahamiyatini asarning
asosiy matn unsurlariga tenglashtirish mumkin. Chunki guvohi bo‗lganimizdek,
ramka unsurlari e`tiborga olinmagan taqdirda asar butunlay o‗zgacha mazmun kasb
etishi mumkin ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. –T.: O`qituvchi, 2005.
2.Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. – T.: Navoiy
universiteti, 2018.
3.Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‗ati. –
T.: Akademnashr, 2010.
4. QuronovD. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: 2004.
5. Vohidov E. Saylanma. – T.: Sharq, 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: