ERKIN VOHIDOV SHE`RLARIDA ANAFORANING LINGVISTIK
VA POETIK FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI
Abbosjon ROHATALIYEV,
II bosqich magistranti (NamDU)
Ma`lumki, ezgulikka yo‗g‗rilgan ijod namunasi ma`lum ma`noda san`at
asari sanaladi. U ijodkordan ona tilining eng mayda tovush birligidan tortib serjilo
lug‗at boyligidagi har bir so‗zning turf a xil tovlanishlarigacha bo‗lgan katta bilim
va shoirona salohiyat talab qiladi, zero shoir bo‗lish uchun iste`dodning o‗zi
kishiga kamlik qiladi. Shoirlar tomonidan tilimizdagi so‗zlarni o‗ziga xos
o‗rinlarda qo‗llash orqali ijod namunasining ohangdorligi hamda ekspressivligi
ta‘minlanishi ritmik nutq hisoblangan she`rning asosiy xususiyatlaridan
biridir.Badiiy asarda so‗zlarni ma`lum pozitsiyada qo‗llash o‗z navbatida she`riy
san`atlarni yuzaga keltiradi. ―She`riy misralarning boshidayoki nasriy asardagi
gaplarning oldida bir xil jaranglagan tovush, ohangdosh so‗z va iboralarning
takrorlanib kelishi‖ [1, 10] anafora deb yuritiladi.
Anafora (yunoncha anaphora – oldinga, yuqoriga chiqarish) – so‗z yoki
so‗zlar guruhining misra yoki band boshida takrorlanishi, so‗z takrorining xususiy
ko‗rinishi. Anafora ma`lum fikr, his-tuyg‗u, holat va hokazolarni ta`kidlab
ko‗rsatishga xizmat qiladi‖ [2, 30].
Erkin Vohidovning qator she`rlarida anafora qo‗llangan o‗rinlar mavjud
bo‗lib, ularning barchasida ushbu she`riy san`at o‗zining badiiy qiyofasini to‗la
namoyon qilgan jihatlar ko‗rinadi.
Shoir ―Teranlik‖ nomli she`rida teranlik so‗zini bu ko‗rsatish olmoshi bilan
birga ―Teranlik bu –― tarzida ketma-ket uch o‗rinda takrorlaydi. Bunda she`rning
asosiy badiiy yuki yuqorida keltirilgan anaforik jumlaga ortiladi. Natijada undagi
kuchli ta`kid o‗quvchi e`tiborini tortadi, uni mazkur holat haqida o‗ylashga,
mushohada yuritishga, she`rda shoirning nima demoqchiligini, uning baddiy niyati
qanday ekanligini anglashga bo‗lgan ishtiyoqini kuchaytiradi.
Teranlikni qidirmadim ummonlardan,
Insonlardan topdim uni, insonlardan,
Teranlik bu – nur yog‗ilgan yuzlardadir,
Teranlik bu – o‗ychan boqqan ko‗zlardadir,
Teranlik bu – aytilmagan so‗zlardadir [3, 45].
O‗zbek tilining izohli lug‗atida «teran» so‗zining ―biror joydan, masalan,
yerning sathidan ancha pastdan, chuqurlikdan – chuqurlikdan boshlanadigan;
yerning teran qatlamlari: teran daryo, teran quduq, teran buloq‖ [4, 70] singari
denotativ ma`nosidan uning ma`lum bir joyga nisbatan beriladigan sifat ekanligi
oydinlashadi, ko‗chma ma`noda esa teran fikr, teran o‗y, teran xayol, teran nigoh
singari birikmalar orqali mazmun mohiyat jihatidan keng qamrovli chuqur, kuchli
kabi konnotativ ma`nolari ham ayon bo‗ladi. O‗z navbatida teranlik yuqoridagi
347
holatning aynan ko‗rinishi hisoblanadi. Shoir she`riy parchaning birinchi misrasida
teranlik so‗zini dastlab denotativ ma`nosiga urg‗u berib, keyingi misralarda uning
konnotativ ma`nosi bilan fikrini oydinlashtiradi. Bu esa o‗quvchiga poetik
nutqning tushunilishini yanada osonlashtiradi.
Shoirning ―Xayrlashuv‖ she`ri ham anafora bilan boshlanadi. Ya`ni she`rda
«xayr sizga» birikmasining har bir misra boshida uch bor takrorlanishi bevosita
anaforani yuzaga keltiradi.
Xayr sizga, moviy Kavkaz tog‗lari,
Xayr sizga, toshqin Kura va Zangu.
Xayr sizga, Artashatning bog‗lari,
Yuragimdan o‗chmagaysiz siz mangu [1, 75].
Anafora sanalgan ―Xayr sizga‖ jumlasining har bir takrori lirik
qahramonning sayohat davomida o‗zi uchun qadrdon bo‗lib qolgan yurtdan qaytish
chog‗idagi cheksiz hayajoni, bu makonni yana qayta-qayta kelib ko‗rish, uning
musaffo havosi-yu zilol suvlaridan bahramand bo‗lish ishtiyoqini ifodalaydi va uni
o‗quvchiga ham his qildiradi. Shoirning ―Kichik oy so‗zi‖ nomli she`rida «mayli»
tasdiq so‗zining takroridan anfora yuzaga kelgan.
Mayli, umrim abadiy emas,
Mayli, yashay faqat bir nafas,
Lekin meni oyga qilib teng,
Shu‘lalardan yasab koshona,
Quyosh sari uzatgan xalqning
Boshi uzra bo‗lay parvona.
Mayli, so‗ng o‗t chirmashsin tanga,
Mayli, meni quchsin alanga.
Faqat bo‗lib Dankoning qalbi,
Fazolardan nur sochay fanga.
Ona – Vatan! Bir o‗g‗ling kabi
Fido etay jonimni sanga! [1, 75]
Ko‗rib o‗tilganidek, ikki banddan iborat she`rning har bir bandidagi
dastlabki ikki misra bir xil so‗z bilan boshlangan bo‗lib, uning har bir takrori
she`rdan anglanajak mazmunga kuchli ta`kid beradi. Shoirning ona xalq, ona
Vatan oldidagi farzandlik burchini bajarishdek ulug‗ niyatini amalga oshirish,
uning tinchligi, borligi va borlig‗i uchun jon fido qilishdek sharafga ega bo‗lishni
istagan yosh, navqiron yigitning ezgu ahdi misol yangraydi. Muallifning bu istagi
yo‗lida har nega tayyor ekanligi anafora orqali o‗quvchiga anglashiladi.
Adib
―Asablar‖ nomli she`rining birinchi bandini shu so‗z takrori bilan boshlab, yana
shunday yakunlaydi. Biroq sakkiz misrada bir so‗zning olti marotaba qaytarilishi
she`rxonga noqulaylik tug‗dirmaydi. Aksincha, o‗ziga xos ohangdorlik hosil qilib,
she`rning badiiy qimmatini oshiradi.
ASABLAR
Asablar,
Asablar,
Asablar...
348
Sababsiz sochilgan g‗azablar,
Gunohsiz chekilgan azoblar.
Ko‗z yoshlar...
Bariga sabablar
Asablar, asablar, asablar.
She`rning ushbu bandida shoir inson ruhiyatining qanchalar nozik ekanligi,
salgina qaltis so‗z bilan uni butunlay azobda qoldirishi, ko‗z yosh to‗kishiga sabab
bo‗lishi va bularning bari omili asablar ekanligini bot-bot ta`kidlashdan
chekinmaydi. Muallif davom etar ekan shunday yozadi:
Asablar kimlarni qulatmas,
Asablar uyquni yo‗latmas,
Qalbni hech shodlikka to‗latmas,
Odamzod temirmas, po‗latmas!
Asablar kimlarni qulatmas!.. Asabga so‗z bermang, odamlar,
G‗azabga yo‗l bermang, odamlar,
Umr-ku shunchalar qisqadir,
Shuni ham qilmaymiz biz qadr. Asabga so‗z bermang, odamlar,
Azobga yo‗l bermang, odamlar! [1, 62].
Guvohi bo‗lganimizdek, she`rning keyingi bandlarida muallif insonlarga
murojaat qilib, asablar har qanday insonni holdan toydirishi, bu qisqagina umrimiz
davomida uning qadriga yetib yashash lozimligini ta`kidlaydi.Adibning uch bandli
she`rida asablar so‗zi to‗qqiz bor, asabga so‗zi ikki bor takrorlanib anafora hosil
qiladi. Ularning mutanosib joylashgan holda she`rga o‗zgacha ohang berishi
shoirning yuksak mahorati va zakiyligidan dalolat beradi.
Erkin Vohidov bir qator she`rlarida olmoshning turli ma`no turlaridan
tashkil topgan birikmalar takroridan ham anafora san`atini hosil qilgan. Bunga
quyidagicha misollar keltirish mumkin:
Ammo bir gul mening yuragimdadir,
Bir she`r yozmoq mening tilagimdadir.
Bu she`rni izlayman aqlimni tanib,
Bu she`rni kuylayman otashda yonib.
Bu she`r ishqi bilan yashayman mudom,
Bu she`r ishqi bilan ko‗nglimda ilhom.
Bu she`rga band butun ezgu hislarim... [1, 37].
Shoirning ―She`r kechasi‖ nomli she`ridan olingan ushbu misralarda «bu»
ko‗rsatish olmoshining tushum kelishigi qo‗shimchasini olgan «she`rni» s‗zi bilan
o‗zaro tobe aloqasidan tashkil topgan sintaktik birlik beshta misra boshida
takrorlanib anforani hosil qilmoqda. Yoki adibning ―Vokzalda‖ nomli she`rida
ham ayni shunday ko‗rinishdagi anafora san`ati namunasini o‗qishimiz mumkin.
Bu dargohda hech tinmas g‗ulu,
Bu dargohda hech so‗nmas chiroq.
Bunda yondosh shodlik va qayg‗u,
Bunda yondosh visol va firoq.
Bunda so‗zlar inson nigohi,
Qalb urishin eshitar odam.
Goh shodlikdan qichqirib, gohi
Uf tortadi Paravozlar ham...
349
Nechog‗lik boy tuyg‗uga inson!
Vokzal shohid bari, bariga.
Shuncha shodlik, shuncha hayajon,
Shuncha ko‗z yosh va shuncha tug‗yon,
Shuncha umid va shuncha armon
Qanday sig‗ar uning bag‗riga?! [1, 37]
Mazkur she`rda olmoshlar ma`lum bir joyga va daraja-miqdorga ishora qilib,
bu ko‗rsatish olmoshi bunda tarzida, shu ko‗rsatish olmoshi esa shuncha shaklida
takrorlanmoqda. Shuningdek, bunda olmoshi yondosh so‗zi bilan, shuncha olmoshi
esa shodlik, hayajon, ko‗z yosh, tug‗yon, umid, armon kabi leksik paradigmalar
bilan sintaktik jihatdan birlik hosil qilishi, badiiy nuqtai nazardan anafora san`ati
orqali poetik ohangni oshirishi va pirovardida she`rning estetik-emotsionalligini
ta‘minlanishiga erishilmoqda.
Yuqoridagilardan xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, Erkin Vohidov o‗z
she`rlarida anaforaning betakror namunalarini yaratgan. Shoirning bunday she`rlari
sirasiga ―Qorxat‖, ―Qo‗llar‖, ―Sakkizinchi mart‖, ―Ixlos‖, ―Vafo‖, ―Vatan
sog‗inchi‖, ‖Shum bola‖, ―Sharpalar‖, ―Fursating‖ kabi o‗nlab she`rlarini
kiritishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vohidov E. Saylanma. Birinchi jild. Ishq savdosi. – Toshkent «Sharq»
nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2001. 45-bet.
2. Quronov D, Mamajonov Z, Sheralieva M. Adabiyotshunoslik lug‗ati. –
Toshkent. Akademnashr. 2010. 30-bet.
3. Vohidov E. Saylanma. Birinchi jild. Ishq savdosi. – Toshkent «Sharq»
nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasibosh tahririyati. 2001. 45-bet.
4. O‗zbek tilining izohli lug‗ati. – Toshkent, ―O‗zbekiston milliy
entsiklopediyasi‖. 2005 yil. 70-bet.
5. Yo‗ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. – Toshkent. 2008. 59-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |