ERKIN VOHIDOV IJODINING O„RGANILISHI HAQIDA
(munaqqid I.G„afurov tadqiqotlari asosida)
Shoira AXMEDOVA,
filologiya fanlari doktori (BuxDU)
Oltinoy QURBONOVA,
tayanch doktorant
O‗z she`riyati bilan xalq qalbidan chuqur joy olgan O‗zbekiston xalq shoiri
E.Vohidov ijodi adabiyotshunoslikda e`tibor bilan tadqiq etib kelinmoqda. Shoir
ijodining o‗rganilishida munaqqid I.G‗afurovning alohida o‗rni bor.Uning uslubida
shoir ijodiga bag‗ishlangan turli shakldagi asarlar yozish tamoyili kuchli. Masalan,
u Erkin Vohidov ijodi haqidagi mulohazalarini dastlab obzor maqolalarda bayon
etgan edi. ―Yonar so‗z‖ kitobiga kirgan ―She`rning qalbidagi qahramon‖ obzor
maqolasida 70-yillar she`riyatini tahlil qilar ekan, A.Oripov, H.Sharipov,
Muhammad Ali kabi shoirlar ijodiga nazar tashlar ekan, E.Vohidovning ―Ona
tuproq‖ she`rida shoirning ―nozik ma`no turlanishidan ustalik‖ bilan
foydalanishiga diqqatini qaratgan edi.Uning ―Yurak-alanga‖ kitobidan ham Erkin
Vohidov ijodiga bag‗ishlangan alohida maqola o‗rin olgan.
―Joziba‖ kitobida ―Ishongisi kelar odamning‖ obzori turkum kichik
maqolalardan tashkil topgan. Shulardan biri Erkin Vohidovning 60-yillardagi
doston yaratish mahoratiga bag‗ishlanadi. ―Doston havasi‖ obzorida Erkin
Vohidovning ―Nido‖ va ―Charog‗bon‖ dostonlariga to‗xtalib o‗tar ekan, ularga
294
baho berishga harakat qiladi. Shu kitobning o‗zidan ―Iste`dod qanotlari‖ deb
nomlangan portret maqola o‗rin olgan. Unda munaqqid shoir ijodi haqida fikr
yuritar ekan, umumlashtirish tamoyiliga tayanadi. Portret maqolaning boshidan
shoir ijodiga baho beriladi: ―Dunyoga she`r dardi bilan kelgan, umr bo‗yi she`r
dardi bilan yashydigan shoirlar bo‗ladi. Erkin Vohidov shunday shoirlardan. She`r
dardi uni olamga, olamning porloq, tovlanuvchi manzaralariga, Hazrati Odamga,
odamning to‗lg‗in va poyonsiz tuyg‗ulariga, go‗zallikka, go‗zallikning jami
ranglariga, tafakkurga, tafakkurning sayqallariga oshno qildi. U shular bilan do‗st
tutindi, she`riyatini shular bilan bezadi‖ [1, 159].
Portret-maqolada shoir ijodining 50-yillardan boshlanganligi, to‗plamlari
haqida fikr yuritiladi. I.G‗afurov shoir haqida birinchi iliq so‗z aytgan, uni chin
dildan tabriklagan shoir Turob To‗laning so‗zlarini keltiradi. Turob To‗la Erkin
Vohidovni Hamid Olimjonga qiyoslagan ekan. I.G‗afurov ham bu fikrga qo‗shilar
ekan, haqiqat ijodining boshida Erkin Vohidov, Hamid Olimjon va Amin
Umariyga ohangdoshlik sezilishini, ammo keyinchalik ulardan farqli, o‗z ovoziga
ega bo‗layotganini to‗g‗ri qayd etadi. Shoirning kitobdan kitobga o‗sayotgani,
she`rda yangidan yangi ifoda vositalarini izlayotganini, talantining boshqalarga
ma`lum bo‗lmagan qirralarini ochayotganini ko‗rsatadi.
Kitobdan yana bir maqola o‗rin olgan. ―Yesenin o‗zbekcha ohanglarda‖ deb
nomlangan maqolada E.Vohidov ijodining boshqa bir qirrasi- tarjimonlik haqida
gap boradi. E.Vohidovning Yesenin kuylarini tilmizga olib kirganligi,‖ bag‗rimizni
Yeseninning o‗lmas poetik olami bilan‖ to‗ldirishdagi xizmatlari haqli ravishda
to‗g‗ri baholanadi.Shu bilan birga tanqidchi Esenini she`riyatiga ham baho beradi,
kitobxonni mashhur rus shoiri bilan tanishtiradi: ―Yeseninning poetik dunyosi,
poeziyasining ko‗kragi allaqanday sirli bir joziba- tuyg‗ular jozibasi, tuyg‗ular
to‗kinligi, tuyg‗ular saxiyligi bilan to‗liqdir. I.G‗afurov shoirning tarjimada o‗sha
sehr va o‗sha jozibani saqlagan, demak, Yeseninga o‗zbek she`riyatida haykal
qo‗yganligini faxr bilan ko‗rsatadi.
Sergak tanqidchi E.Vohidov ijodini muttasil kuzatib boradi. 80-yillar mahsuli
bo‗lgan ―Lirikaning yuragi‖ kitobidan o‗rin olgan ―Yaratuvchi muhabbat‖ taqrizi
E.Vohidov ijodiga bag‗ishlangan. Taqrizda shoirning ikki kitobi ―Tirik sayyoralar‖
va ―Muhabbat‖ kitoblari haqida so‗z yuritiladi. Munaqqid tahlilni ―Tirik
sayyoralar‖ she`ridan boshlaydi, unga baho beradi. Qalbida tug‗ilgan his-hayajonni
kitobxon bilan o‗rtoqlashadi, eng muhimi, shoirning bugungi zamonaviy, falsafiy,
ilmiy, madaniy miqyoslar bilan fikrlashga intilayotganligini, u hodisalarni,
ularning teran tomirlari bilan ko‗rishga qodir bo‗lib qolgani, fikrlarida avvalgidan
ham pishiqroq izchillik paydo bo‗lganligini‖ ta`kidlaydi.
Kitobga kirgan she`rlarning saralarini tahlil qilar ekan, munaqqid o‗z davri
qoliplaridan chiqib keta olmaydi: davr siyosati aks etgan ―Bizlar ishlayapmiz‖ kabi
295
she`rlarga mafkura nuqtayi nazaridan baho beradi, partiya siyosatiga bog‗laydi.
Holbuki, she`rni boshqacha ham tahlil qilish mumkin edi, chunki unda
dehqonning, paxtakorning mehnati ulug‗langan. Hassos munaqqid shoir
she`riyatining o‗sib borayotganligidan quvonadi va shunday xulosaga keladi:
―Erkin Vohidovning muhokamalari – she`riy muhokamalari realistik oqimga
kirgandir, u go‗zal ifodalar topishdan ham ko‗ra go‗zal, ixcham va lo‗nda
fikrlashga intilmoqda..., she`rining umuminsoniy mundarijasi va qimmati
chuqurlashmoqda‖ [2, 57].
Tanqidchi badiiy asarning go‗zalligini izlovchi g‗avvosdir. Shu bilan birga
asardagi kamchiliklarni ko‗rsatib beruvchi so‗z saralovchisi hamdir. Shu bois
I.G‗afurov Erkin Vohidov ijodiga baho berar ekan, faqat maqtash yo‗lidan
bormaydi. Ko‗ziga ko‗ringan qusurlarni ham aytib o‗tadi: ―Shu bilan birga ba‘zan
uning she`rlarida hissiyotlarning quvvati juda yupqa, so‗zlarining obiyati qochgan
nondek bo‗lib, mung‗ayib ham turadi. Ba‘zan u o‗zi ilgari foydalangan
obrazlardan, mavzulardan foydalanadi, ishlatilgan va ishlovdan chiqib qolgan
usullarni qo‗llaydi‖ va h. kabi qusurlarga shoirning o‗zi ham tanqidiy ko‗z bilan
qarashiga munaqqid ishonadi. I.G‗afurov E.Vohidov ijodiga, uning barmoq va
aruzda yozilgan asarlari haqida fikr bildirilgan adabiyotchilar bilan bahsga
kirishadi. U shoir ijodiga yaxlit nazar tashlash tarafdori, ―yaxlitlik, bir butunlik esa
har qanday ijodning onasi‖ deb hisoblab, o‗z fikrlarini kengroq tushunish
maqsadida chiroyli bir o‗xshatish keltiradi. G‗azalni ko‗zaga solingan suvga
o‗xshatadiki, bu munaqqidning o‗ziga xos uslubga ega ehtirosli ijodkor ekanligini
namoyon eta oladigan dalildir.
Taqrizda shoirning yangi kitoblariga baho berilgan, uning adabiy jarayondagi,
shoir ijodidagi o‗rni ko‗rsatilgan, shoir she`rlaridan ba`zilarini o‗ziga xos his-
hayajon bilan tahlil qilgan munaqqid kechinmalari kitobxonni shoirga yanada
yaqinlashtirishga xizmat etayapti. Munaqqid qalamining sehri, kuchi ham mana
shunda.
I.G‗afurov shu bilan E.Vohidovdagi kuzatishlarini to‗xtatmadi, balki
shoirning yangi chop etilgan har bir kitobiga o‗z munosabatini bildirib bordi. 1987
yilda nashr etilgan, I.G‗afurovning salmoqli tadqiqotlarini o‗z ichiga olgan ―O‗ttiz
yil izhori‖ kitobidan E.Vohidov ijodiga bag‗ishlangan yana ikki taqriz o‗rin olgan.
―Bedor vijdon‖ deb atalgan taqrizda shoirning ―Bedorlik‖ kitobiga baho beriladi.
I.G‗afurov kitobga kiritilgan shoirning keyingi o‗n yillar ichida yaratilgan she`rlari,
―Oltin devor‖ komediyasi va asosan, ―Istambul fojiasi‖ she`riy dramasi haqida fikr
yuritadi.U zamin bag‗ridagi, odamlar qalbidagi, yashash tarzidagi o‗zgarish va
tebranishlarni juda sezgirlik bilan qayd etishiga qarab ―E.Vohidov she`riyatini
davrning juda nozik kamertoni‖ deb hisoblaydi.
I.G‗afurov shoirning she`riy dramasini chuqur tahlil etar ekan, ―shoir manfaat
296
falsafasining ikki yuzi qip-qizil, lekin bag‗oyat jirkanch basharasini‖ oshkora
namoyon qilganligini ochib beradi.Shu bilan birga kitobdagi ba`zi she`rlarni,
she`riy dramaning ba`zi nuqsonlarini ham ko‗rsatadi. ―Bedorlik‖ davrning o‗ziga
xos haqiqatlari xususida grajdanlik pozitsiyasidan turib ehtirosli bahs yuritilgan
kitob‖ ekanligi haqidagi tanqidchining xulosalariga kitobxon ham qo‗shilmay iloji
yo‗q.
―So‗z to‗lqinlari‖ deb atalgan taqriz obzor xarakterida yozilgan bo‗lib, unda
80-yillar mahsuli bo‗lgan yangi kitoblarga baho beriladi.Har bir yangi kitobi
adabiyotda yangi voqea bo‗ladigan shoirlar sirasiga E.Vohidovni kiritar ekan,
I.G‗afurov uning lirik, lirik-publitsistik, tarixiy, yumoristik, hajviy yo‗nalishdagi
she`rlarni o‗z ichiga olgan ―Kelajakka maktub‖ she`riy kitobi asosida fikr yuritadi.
Uning, ayniqsa, ―Donishqishloq latifalari‖ turkumi ―ajib bir xalqona tabassumi,
zavqli kinoyasi, dono zarofati bilan keng o‗quvchilarning mehr-muhabbatlariga,
tahsiniga sazovor‖ bo‗layotganiga diqqatini qaratadi. E.Vohidovga xalqning
dilidagi gapni topib yozadigan shoir deb baho beradi. Xalq diliga yo‗l topgan
shoirning yangi kitobi haqida o‗ziga xos xulosalarni o‗rtaga tashlaydi:
―Erkin Vohidov shu dilga yo‗l topgan. Yangiligini shu yo‗lda yaratadi, baxtini shu
yo‗lda topadi. Shuning uchun ham bugundan kelajakka yozilgan maktubini kishilar
doim quvonch bilan qo‗lga oladilar va undan yuraklari alqagan so‗zni topadilar‖.
Kitobning sarlavhasi va mohiyatidan kelib chiqqan bu mulohazalar kitobxon
diqqatini o‗ziga tortish xususiyatiga ega.
Tanqidchining ―Dil erkinligi‖ kitobi 1998 yilda nashr etildi. Bu kitobdan o‗rin
olgan ―Hujayradagi suvratlar‖ maqolasi E.Vohidov ijodiga mustaqillik mafkurasi
nuqtayi nazaridan baho berilishi tanqidchi tafakkur ufqlarining yanada
kengayganligini namoyon etadi.
E.Vohidov ijodining o‗rganilishiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, O‗zbekiston
Qahramoni bo‗lgan shoir ijodi haqida yirik tadqiqotlar, ilmiy-biografik asarlar
yaratish yo‗lida tanqidchilikning orqada qolganligi aniq ko‗rinadi. Shu jihatdan
qaralganda, jonkuyar munaqqidning shoir haqidagi tadqiqotlari, taqriz va
maqolalari ana shu kemtiklikni to‗ldirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, tanqidchi E.Vohidov ijodini, birinchidan, samimiyat bilan, ikkinchidan,
yuksak faxr tuyg‗usi bilan, uchinchidan mehr va ixlos bilan tahlil va talqin
etadi.Shuning uchun uning qalbidan chiqqan ehtirosli so‗zlar, mulohazalar
teranligi, his-hayajonga boyligi, eng muhimi, shoir ijodi haqida yangi so‗z ayta
olganligi bilan diqqatni tortadi. Tanqidchi shoir ijodi haqida turkum maqolalar,
portret-maqolalar, taqrizlar yaratdi.
O‗zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov o‗z ijodi bilan xalq qalbidan chuqur
joy olgan ijodkor hisoblanadi. ―Dunyoga she`r dardi bilan kelgan, umr bo‗yi she`r
dardi bilan yashaydigan shoirlar bo‗ladi. Erkin Vohidov shunday shoirlardan. She`r
297
dardi uni olamga, olamning porloq, tovlanuvchi manzaralariga, Hazrati Odamga,
odamning to‗lg‗in va poyonsiz tuyg‗ulariga, go‗zallikka, go‗zallikning jam‘i
ranglariga, tafakkurga, tafakkurning sayqallariga oshna qildi. U shular bilan do‗st
tutindi, she`riyatini shular bilan bezadi‖- [1, 156], deb yozgan edi adabiyotshunos
olim I.G‗afurov XX asrning 70-yillarida. Haqiqatan ham shoir umrining oxirigacha
she`r dardi bilan yashadi:
Qulluq qil demasman, Yurt tuprog„in o„p. Unga qullar
emas, fidolar kerak. Uning senu mendek shoirlari ko„p, Buyuk elga endi daholar
kerak.
Oradan yillar, asrlar o‗tsa-da, ―Vatan, to tanda jonim bor, seningdirman,
seningdirman‖ degan xalqimizning bu otashnafas va dilbar shoiri o‗z asarlari bilan
―tirik sayyora‖ yanglig‗ avlodlarga komillik, tinchlik, vatanparvarlik, adolat, soflik
kabi ezgu fazilatlar va go‗zal tuyg‗ulardan saboq beraveradi.
O‗z millati qalbidan chuqur o‗rin olgan buyuk shoirning asarlari asrlardan
asrlarga o‗tishi, xalq ma`naviyatini boyitib borishi shubhasiz. Shuning uchun uning
purma`no asarlarini tadqiq etish davom etaveradi.
Adabiyotlar:
1.
G‗afurov I. Joziba. – T., 1970. 159-bet.
2. G‗afurov. Lirikaning yuragi. – T.: Yosh gvardiya. 1982, 57-bet.
3. Karimov N. Ma`naviy qadriyatlar. – T.: Turkiston, 2016. № 105.
Do'stlaringiz bilan baham: |