Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

 

 

ERKIN VOHIDOVNING IJTIMOIY-SIYOSIY, FALSAFIY-

AXLOQIY QARASHLARI 

Ravshanbek MAHMUDOV,  

falsafa fanlari nomzodi, professor (GulDU) 

 

O‗zbekiston  Qahramoni,  xalq  shoiri  Erkin  Vohidov  dunyoda  O‗zbekiston 

degan  jannatmakon  yurt  borligini  dunyoning  yuzlab  mamlakatlari  yuksak 

minbarlarida  kuylay  olgan  ijodkordir.  Shoirning  she`rlarida  qamrab  olinmagan 

mavzu  yo‗q.  Erkin  Vohidov  uzoq  yillar  rahbarlik  lavozimlarida  ishladi,  xalq 

xizmatkori – deputat  sifatida  faoliyat ko‗rsatdi. Mamlakatimizni  chet  el  davlatlari 

bilan madaniy aloqasini yaxshilashga katta hissa qo‗shdi. Shoirning niyati ulug‗ –  



291 

 

yurtini  tinch-osoyishta,  xalqini  to‗q,  farovon  ko‗rish,  tug‗ilgan  yurtini  obod, 



ko‗rkam  bo‗lishini,  odamlarini  ma'rifatli,  ma`naviyatli,  madaniyatli  ko‗rishdan 

iborat bo‗ldi.  

Erkin  Vohidov  –  katta  siyosatshunos.  U  insonlarni  baxtli,  saodatli  tinch-

osoyishta  yashashini  istaydi.  Shoir  1960  yilda  Toshkent  davlat  universitetini 

tugatgan. 1952 yilda ―Ukamning jangi‖ she`ri bilan adabiyotga kirib kelgan. 

Erkin Vohidov 17 yoshida o‗quvchilik davridayoq o‗z yo‗lini belgilab olgan 

edi: 

 

 



Men jilg‗aman, 

 

 



Daryo bo‗lib to‗lgim keladi. 

 

 



Ona yurtim, 

 

 



Senga o‗g‗lon bo‗lgim keladi. 

 

 



Bugun senga 

 

 



Faqatgina she`r bag‗ishladim. 

 

 



Kerak bo‗lsa, 

 

 



Jonni fido qilgim keladi [1, 13]. 

Bu  she`r  yosh  shoirda  vatanparvarlik  tuyg‗usi  shakllanganidan  dalolat 

beradi. Shoir zoti borki, barcha ona-yurti haqida yonib, jo‗shib kuylaydi. Bu tabiiy 

hodisa. Lekin hech kim Erkin Vohidovchalik voqeaband qilib tasvirlay olmaydi. 

 

 

O‗qing-a: 



 

 

Xarob kulba, 



 

 

Va bir parcha yer



 

 

Atrofiga tutilgan chetan. 



 

 

Umr bo‗yi bobom to‗kdi ter 



 

 

Qolgunicha shu yerni Vatan... [2, 80] 



1962  yilda  yozilgan  bu  she`rda  shoirning  hayotiy  pozitsiyasi  aks  etgan. 

O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan san`at arbobi, taniqli adabiyotshunos va tarjimon 

Ibrohim  G‗ofurov  Erkin  Vohidov  tanlangan  asarlariga  yozgan  so‗zboshisida 

shunday  degan  edi:  ―Uning  (Erkin  Vohidovning  –  R.M)  asarlarida  dard,  kinoya, 

hajv  yo‗sini  bilan  aytilgan  achchiq  haqiqatlar,  zamonamizning  ko‗z  o‗ngimizda 

o‗yilib yotgan og‗ir jarohatlariga qo‗yilgan shifobaxsh malhamlardek anglanadi‖.  

Haqiqatan  Erkin  Vohidovning  ijodida  xalq,  vatan  taqdiri,  yurt  tinchligi, 

insonlar  hayot  tarzi  nihoyatda  go‗zal  tashbehlarda,  inson  qalbini  larzaga  solgulik 

holatda chizib berilgan. 

 

 



Asabga so‗z bermang, odamlar, 

 

 



G‗azabga yo‗l bermang, odamlar, 

 

 



Umr-ku shunchalar qisqadir, 

 

 



Shuni ham qilmaymiz biz qadr. 

 

 



Asabga yo‗l bermang, odamlar! 

 

 



Azobga yo‗l bermang, odamlar! [3, 22] 

Shoirning  bu  she`ri  1962  yilda  yozilgan.  Lekin  bugun  XXI  asrda  g‗am-

tashvishlar  yanada  ko‗paygan,  muammolar  qaysidir  ma`noda  ortgan,  texnika, 

axborot  xuruji  oshgan  kunlarda,  ayniqsa,  ahamiyatlidir.  Chunki  shoir  har  doim 

oddiy xalqdan ikki qadam oldinda yurishi kerak bo‗ladi.  



292 

 

Erkin  Vohidovning  60  yil  oldin  yigirma  olti  yoshida  yozgan  she`ri  ulkan 



falsafaga ega egaligini, uzoqni, hayotni tushunib, o‗qib, ko‗rib yozilganidan dalolat 

beradi. Erkin Vohidovning ulug‗ligi shundaki, kelajakni oldindan ko‗ra olgan, seza 

bilgan. Aql-zakovati, farosati, iqtidori, iste`dodi bilan shuning uchun ham ko‗p va 

xo‗p o‗chmas asarlar yaratgan. 

Shoirning  ijtimoiy-siyosiy  falsafiy  axloqiy  qarashlari  ―Ruhlar  isyoni‖ 

dostonida,  ―Oltin  devor‖,  ―Ikkinchi  tumor‖,  ―Istanbul  fojeasi‖,  ―Nido‖,  ―Inson 

o‗zing‖,  ―O‗zbegim‖  kabi  asarlarida  o‗z  aksini  topgan.  Ayniqsa,  ―Donishqishloq 

latifalari‖  turkumiga  kirgan  hamda  ―Yaxshidir  achchiq  haqiqat‖  to‗plamidagi 

she`rlar  shoirni  yetuk  arbob,  ma'rifatparvar,  faylasuf,  siyosatchiligidan  dalolat 

beradi. 


Shoirning  1973  yilda  yozilgan  ―Inson‖  qasidasi  oliy  mavjudodga  berilgan 

adolatli, aniq, lo‗nda ta'rifdir. Bu qasidani o‗qigan har bir aqli raso inson o‗z hayot 

yo‗liga qarab oladi, xulosa chiqarishga harakat qiladi. Erkin Vohidovning ―Inson‖ 

qasidasi har bir shaxs uchun ―oyna‖ vazifasini bajaradi: 

 

 

Bu yorug‗ dunyo nadur? 



 

 

Koshonadur, vayronadur, 



 

 

Senga mehmonxonadur, 



 

 

Mehmon o‗zing, mezbon o‗zing. 



 

 

 



 

*** 


 

 

Onaizoring – zamin, 



 

 

Tanho yo‗g‗u boring – zamin, 



 

 

Xasta bemoring – zamin, 



 

 

O‗g‗lon o‗zing, darmon o‗zing, 



 

 

 



 

*** 


 

 

Bo‗lmasin subhing qaro, 



 

 

Bor bo‗l mudom borliq aro, 



 

 

O‗zni etgil doimo 



 

 

Inmon o‗zing, inson o‗zing



 

[3, 163-164]. 

Shoirning  ―Tabassum‖  kitobidagi  hajv  yo‗sindagi  she`rlarida  latifa,  hazil 

shaklidan  foydalanib  o‗z  falsafiy, axloqiy, estetik  qarashlarini ifodalagan. Birgina 

―O‗zbek  Navoiyni  o‗qimay  qo‗ysa...‖  she`rini  o‗zida  nihoyatda  katta 

ma'rifatparvarlik mujassamlashgan. ―Donishqishloq latifalari‖da shoirning axloqiy-

estetik qarashlari o‗z aksini topgan. 

 

 



O‗zbek Navoiyni o‗qimay qo‗ysa, 

 

 



Dod demoqqa palla bo‗lgani shudir. 

 

 



Ma'rifatdan ayru o‗ynasa, kulsa, 

 

 



Aza chog‗i yalla bo‗lgani shudir. 

Bu  kabi  yuzlab  she`rlar  Erkin  Vohidovning  hayot  falsafasini  yaxshi 

bilganligidan  dalolat  beradi.  O‗zbekiston  Qahramoni,  xalq  shoiri  Erkin 

Vohidovning  ―Yoz  harorati‖  (2015),  ―Kuz  sahovati‖  (2016),  ―Qish  halovati‖ 

(2016),  ―Inson‖  (2018)  va  boshqa  ellikka  yaqin  kitoblaridagi  barcha  she`rlarida, 

dostonlarida, komediyalarida uning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlari aks etgan.  




293 

 

Shoirning  1968  yilda  o‗ttiz  ikki  yoshida  yozgan  ―O‗zbegim‖  qasidasi  o‗z 



davri  uchun  yozda  chaqnagan  momaqaldiroq  misol  katta  baxs-munozaralarga 

sabab bo‗lgan. ―O‗zbegim‖ qasidasi Erkin Vohidovning shaxs sifatida pozitsiyasini 

ko‗rsatib bergan ulkan asardir. O‗zbekni uyg‗otgan nodir roman. 

Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov  o‗zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan 

hissa  qo‗shgan  ulug‗  ijodkordir.  Shoirlar  o‗lmaydilar,  jisman  yo‗q  bo‗lsalar-da, 

asarlari sahnalarda radio, televidenie orqali jaranglab insonlarni halollik, poklikka, 

vatanparvarlik, insonsevarlikka chorlab turadi. 

Shoirning  nafaqat  she`rlari,  balki  Alisher  Navoiy,  Bobur,  Fuzuliy,  Bedil, 

Rasul  Gamzatov  haqidagi  ilmiy  maqolalari  adabiyotshunoslikka  qo‗shilgan  ulkan 

hissadir. Uning ―So‗z latofati‖ (2018) kitobi tilshunoslik fanida kashfiyot sifatida 

kutib olindi. Erkin Vohidov ko‗p o‗qigan, ko‗p uqqan alloma shoir, qomusiy bilim 

egasidir. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. 


Erkin Vohidov. Ishq savdosi. –T., Sharq. 2000. 

2. 


Erkin  Vohidov.  Muhabbat.  –T.,  G‗afur  G‗ulom  nomli  Adabiyot  va 

san`at nashriyoti. 1982.  

3. 

Erkin Vohidov. Inson. –T., O‗qituvchi. 2018.




Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish