ERKIN VOHIDOV IJODIDA USLUBIY VOSITALARNING
QO „LLANILISHI
M.ABDUPATTOYEV,
filologiya fanlar nomzodi, dotsent (FarDU)
Tilimizda badiiy nutqning ta`sirchanligini oshirib, emotsionallik hosil
etadigan, o‗ziga xos intonatsion yaxlitlik ifodalovchi shunday vositalar borki, ular
uslubshunoslikda poetik vositalar-figuralar atamasi ostida o‗rganilib kelinadi [1,
26]. Bunday vositalar nutqni ta`sirli va jozibali qilish bilan birga, fikrni
tinglovchiga tez, qulay va oson yetkazish imkonini beradi. Shu bilan birga, bunday
vositalardan unumli va o‗rinli foydalanish nutq muallifining juda katta ijodiy
mahorat sohibi ekanligidan dalolat beradi. O‗zbek xalqining hassos shoiri
E.Vohidov she`rlarini varaqlar ekanmiz, shoir ijodining uslubiy o‗ziga xosligini,
yuksak badiiy mahoratini ko‗rsatuvchi til vositalaridan mohirlik bilan
foydalanganligiga guvoh bo‗lamiz. Quyida biz bunday vositalarning E.Vohidov
tomonidan qo‗llanilishi haqida to‗xtalib o‗tmoqchimiz.
Kuzatilgan yozma manbalarga asoslangan holda, matnlarning shakllanishida
ko‗zga tashlanuvchi poetik figuralar sifatida struktural parallelizm hamda takror
usullarini ko‗rsatish mumkin.Bular yordamida shakllanadigan gap guruhlari-
matnlarning qismlari o‗zaro tarkibiy tenglik asosida shakllanadi va intonatsion
jihatdan teng urg‗uli sintagmalarga bo‗linadi.
298
Struktural parallelizm.
Struktural parallelizm usulining matnlar tarkibida, ularni shakllantiruvchi
vosita sifatida qo‗llanishini kuzatish uning yangi xususiyatlarini ochishga yordam
beradi. Sodda va qo‗shma gaplarda sintaktik parallelizm yonma yon joylashgan
komponentlar orqali kuzatilsa, matnlarda yirik nutqiy parchaning butun bir tarkibi
davomida ko‗rinib turadi. Bu vosita yordamida shakllangan she`riy matnlarning
har bir satri teng urg‗uli sintagmalarga bo‗linib talaffuz qilinadi. Shuning uchun
ham bunday satrlarda ifodalilik, ta`sirchanlik va hissiy bo‗yoqdorlik yuqori
darajada bo‗ladi:
O„q tugasa,tosh otamiz dushmanga,
Tosh tugasa, bosh otamiz dushmanga.
Qilich sinsa, bolta bilan uramiz,
Bolta sinsa, tayoq bilan qiramiz
(E.Vohidov).
Poetik nutqning bu parchasi sintaktik parallelizm asosida shakllangan bo‗lib,
ma`lum intonatsion yaxlitlik, musiqiylik hosil qilgan. Umuman, sintaktik
parallelizm asosiga qurilgan har qanday matn ritmik melodik xarakterga ega
bo‗ladi.
Shuni alohida aytib o‗tish lozimki, yuqorida ko‗rinib turganidek, sintaktik
parallelizm mustaqil sintaktik hodisa sifatida matnlarning semantik va struktural
qurilishida alohida rol o‗ynaydi. Sintaktik parallelizm asosida shakllangan
matnlarning istalgan ko‗rinishida ifodalilik, ta`sirchanlik kuchli bo‗ladi, u orqali
ifodalangan fikr tinglovchiga tez va obrazli holda etkaziladi. Xullas, nutqiy ifoda
turidan ko‗zlangan maqsadga to‗liq erishiladi. Shoir sintaktik parallelizmning
bunday xususiyatidan mohirona foydalangan.
Leksik grammatik takror.
Matnlarning shakllanishida uning birinchi komponentida fikr qaratilgan
predmet ma`nosini ifodalovchi so‗zning keyingi komponentlarda leksik materiali
jihatdan o‗zgarmagan, ammo grammatik shakli jihatdan o‗zgarishi mumkin
bo‗lgan holda takroran qo‗llanishi alohida ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda,
bunday usulda shakllanadigan matnlarda komponentlarning har birida bir
leksemaning u yoki bu grammatik shaklda takror qo‗llanilishi kuzatiladi.
Tadqiqotchi E.A.Referovskaya ta`kidlaganidek, ―Matn qismlarini bog‗lovchi
(matnni shakllantiruvchi) vositalar ichida takror muhim o‗rin tutadi‖ [2, 51 b.].
Mazkur uslubiy, shu bilan birga, lingvopoetik vosita yordamida shakllangan nutq
o‗ziga xos ohangdorligi bilan ajralib turadi, o‗ziga xos ritm va musiqiy
uyg‗unlikka ega bo‗ladi.
O„g„il bo„lsa yurt ko„ksi baland,
O„g„il tutar ketmonu o„q yoy...
O„g„il bola orzusi bilan
Qizlar nomi bo„ldi O„g„iloy
(E.Vohidov).
Sintaktik takror.
Poetik
figuralar
doirasiga
kiruvchi
sintaktik
takror
matnlarning
shakllanishida muhim o‗rin tutuvi ancha sermahsul vositalardan hisoblanadi.
Sintaktik takror yordamida shakllangan matnlar, ayniqsa, badiiy nutqqa xos
299
matnlar tarkibida muhim funktsiya bajaradi. Bunday vositalar ishtirok etgan
matnlar emotsionallikka boy, ta`sirchanligi bilan ajralib turadi. Matnlarni
shakllantiruvchi vosita sifatida sintaktik takrorning quyidagi ikki ko‗rinishini
ko‗rsatish mumkin:
1.So‗z birikmasi takrori.
Sintaktik takrorning bu ko‗rinishida matn tarkibida so‗z birikmasi
takrorlanib kelib, nisbiy mustaqil gaplarni uyushtiradi, ularning o‗zaro
bog‗lanishini ta‘minlaydi. Natijada ifodalilik jihatidan kuchli bo‗lgan yangi bir
matn shakllanadi:
Bunda bor qancha irq va qancha millat
Bunda bor yonma yon nodonlik daho.
Bunda bor vahshiylik va madaniyat,
O„q yoydan samoviy kemagacha to.
( E.Vohidov)
Yoki quyidagi misolni olaylik:
Ikki she`r
Daftarning ikki betida,
Bir yonda aruziy,
Bir yonda barmoq
(E.Vohidov)
Keltirilgan misollardan ko‗rinib turganidek, matn tarkibidagi takrorlanib
qo‗llangan ―Bunda bor‖ va ―Bir yonda‖ birikmalari uslubiy vosita sifatida
qatnashgan, shu bilan birga, nutq ta`sirchanligini, ohangdorligini oshirish uchun
xizmat qilgan. Shuningdek, takrorlanib qo‗llangan birikma ma`nosi obrazli holda
kengaytirilib, ochib berilgan.
2. Gap takrori.
Sintaktik takrorning bu ko‗rinishida esa matn tarkibada to‗liq tugallangan,
o‗zining predikativ yaxlitligiga ega bo‗lgan gap takrorlanadi, natijada ifodaliligi
jihatidan kuchli bo‗lgan yangi bir poetik matn shakllanadi:
Qor yog„ar osmonda oqqushlar uchar,
Qor yog„ar osmondan oq ukpar tushar.
Qor yog„ar, qorxat ila xullas kalom,
Barcha oy qizlarga yo„llaymiz salom
(E.Vohidov).
Bunday misollarni shoir ijodidan ko‗plab keltirish mumkin. Balki shoir
ijodining xalqchilligi, ta`sirchanligi, obrazliligi, shu bilan birga, hissiyotga
boyligining asl sababi ham shunda bo‗lsa kerak. Umuman, E.Vohidov ijodida
bunday vositalarning qo‗llanilishi shoirning o‗ziga xos poetik mahorat egasi
ekanligidan dalolat beradi.
Adabiyotlar:
1.
Mamajonov A. Qo‗shma gap stilistikasi. – T.: Fan, 1990.
2.
Реферовская Е.А.Л ингвистисчиские исслидование структуро текста.
Ленинград 1983.
Do'stlaringiz bilan baham: |