ERKIN VOHIDOVNING “RUHLAR ISYONI” DOSTONIDA
RELIGIONIMLARNING QO„LLANILISHI
Barnoxon QO„SHOQOVA,
filologiya fanlari bo„yicha falsafa doktori (PhD) (ODJTU)
Taniqli o‗zbek shoiri, o‗zbek xalqining iqtidorli farzandi Erkin Vohidov
ijodini sevib o‗qimagan o‗zbek ziyolisi bo‗lmasa kerak. Shoir xalqining sevgisini,
sevinchini, dardini, g‗am-tashvishini munosib tarannum etgan sevimli ijodkor.
G‗azallari, to‗rtliklari, lirik she`rlari kirib bormagan xonadon yo‗q.
Shoir o‗z xalqi hayotini takrorlanmas misralarda aks ettirishi bilan birga,
dunyo xalqlarining tarixi va bugunini aks ettirgan asarlar yaratdi. Ana shunday
tarixni o‗zida namoyon qiluvchi asarlaridan biri ―Ruhlar isyoni‖ dostonidir. Doston
bengal shoiri Nazrul Islomga bag‗ishlanib, unda shoirning zulmat va istibdodga
qarshi chiqishi, erk va ozodlik uchun kurashlarda chekkan azoblari va qiynoqlari
goh muallif tilida, goh qahramonning o‗zini tilida tasvirlanadi. Shoir isyonkor
she`rlari bilan Hindiston yarim orolidagi xalqni diniy e`tiqodlarining turliligiga
qaramasdan mustamlakachilar zulmiga birgalashib kurashishga chorlagan. Hurriyat
yo‗lidagi kurashlarida to‗xtovsiz qiynoqlar, tazyiqlar va hibslarni boshidan
kechirdi va xalqparvar, erkparvar shoir zulm ostida aql-hushidan ayrildi.
Erkin Vohidov ―Ruhlar isyoni‖da diniy e`tiqodlar turliligi sababidan nizolar
kelib chiqqan voqealarni aks ettirar ekan, dostonda, diniy so‗zlardan keng
foydalanadi.
Dostonda, asosan, mustamlakachilar qo‗li ostida qolgan butparasat hindular
va Allohga sig‗inuvchi musulmonlar hayoti, mustamlakachilik siyosati ularning
o‗rtasiga solgan nifoq tufayli bir millat vakili bo‗lgan hindlar bir-biriga dushmanga
aylantirilgani voqealari muallifning yuksak mahoratidan guvohlik berib, ko‗z
o‗ngingizda gavdalantiriladi.
Bugungi kunda maxsus leksikanining, jumladan, diniy leksikaning tadqiqi
tilshunoslik fanida qiziqarli va dolzarb muammolardan biridir. Bu turdagi leksikani
o‗rganish tilning tarixiy rivojlanishini o‗rganish imkonini beradi, ya`ni o‗tgan asr
o‗rtalarida V.V.Vinogradov ta`kidlaganidek, ―so‗z ma`nolari tarixiy o‗zgarishining
mohiyatini chuqur anglab yetmasdan‖ [1, 3-30]. til lug‗at tarkibi rivojlanishining
qonuniyatlarini o‗rganish mumkin emas. Odatda, din tushunchasi va diniy
tushunchalar haqidagi munozaralar tarixiy, madaniy, ijtimoiy va shaxsiy
xususiyatlarni hisobga olgan holda ko‗rib chiqiladi.
Diniy uslubning o‗ziga xosligining ahamiyatli tomoni shundaki, bu
funktsional uslubning asosiy ekstralingvistik asosi bo‗lgan diniy ong va diniy
faoliyat xususiyati bilan bog‗liq [3, 87-93], deb yozadi o‗z tadqiqotlarida rus
tilshunosi T.V.Itskovich.
303
Til va din bir-biridan farqlanib, ajralib turadi, lekin muntazam o‗zaro
ta`sirda, munosabatga kirishadi. Din va til o‗rtasidagi munosabatni tushunishga
urinishda kundalik tilda din va diniy qadriyatlar va e`tiqodlarning ta`siriga e`tibor
qaratib, dinning kommunikativ vosita sifatida ta`sirini o‗rganish taqozo etiladi.
Shu maqsadda Erkin Vohidovning ushbu asaridagi religionimlarni tadqiq
qilar ekanmiz, unda, asosan, butparastlarga tegishli diniy va musulmonlarga
taalluqli islomiy religionimlarga duch kelamiz:
Bir tomonda, yovni emas, bir-birini
beomon - So„yar edi taqvodan mast
Do'stlaringiz bilan baham: |