Kuchlanishi 1000 Voltdan yuqori boʻlgan elektr apparatlar
Yuqori kuchlanishli uzgichlar. Moyli bakli uzgichlar. Kam moyli uzgichlar
qiladi.
Uzgich bu kommutatsion apparat boʻlib, tokni ulash va uzish uchun xizmat
Uzgich elektr qurilmalarda asosiy kommutatsion apparat hisoblanib, u
istalgan rejimlarda: uzoq muddatli yuklamada, oʻtayuklanishda, qisqa tutashuvda, salt ishlashda, asinxron ishlashda zanjirlarni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Qisqa tutashuv toklarini uzish va mavjud q.t. ga ulash eng og’ir mas’uliyatli operatsiya hisoblanadi.
Yuqori kuchlanishli uzgichlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
istalgan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish (oʻnlarcha amperdan nominal uziladigan tokkacha);
tez ta’sir etish, ya’ni uzish vaqtining eng kichik boʻlishi;
avtomatik qayta ulash uchun yaroqliligi, ya’ni uzgichlar uzilgan zahoti qayta tez ulash;
110 kV va undan yuqori uzgichlar uchun faza (qutb) boʻyicha boshqarish imkoniyati;
kontaktlarini qarash va reviziya qilish qulayligi; yong’in va portlashga xavfsizligi; transportirovka qilish va uni ishlatish qulayligi.
Yuqori kuchlanishli uzgichlar uzoq vaqt nominal tok Inom ga va nominal kuchlanish Unom ga chidashi kerak.
Yoy soʻndiruvchi qurilmali kontakt tizim, tok oʻtkazuvchi qismlar, korpus izolyatsion konstruksiya va yuritma mexanizmi uzgich hisoblanadi.
Konstruktiv xususiyati va yoy soʻndirish usuliga qarab quyidagi uzgichlar boʻladi: moyli bakli (katta hajmdagi moyli), kam moyli (kichik hajmdagi moyli), havo, elegaz, elektromagnit, avtogaz, vakuumli uzgichlar, normal rejimdagi toklarni uzish uchun moʻljallangan yuklama uzgichlari maxsus guruhga kiritiladi.
Uzgichlar oʻrnatilishiga qarab yopiq joyga, ochiqqa oʻrnatiladigan hamda
komplekt taqsimlash qurilmalariga oʻrnatiladigan boʻladi. Uzishdagi (ts.v) tez ishlash darajasiga qarab: oʻta tez ta’sir etuvchi ts.v = 0,06-0,08 s; ta’siri tezlashgan ts.v = 0,08-0,12 s; tez ta’sir etmaydigan ts.v = 0,12-0,25 s uzgichlarga boʻlinadi.
Moyli bakli uzgichlar
Moyli bakli uzgichlardagi moy yoyni soʻndirish va tok oʻtkazuvchi qismlarni izolyatsi- yalash uchun xizmat qiladi.
10 kV gacha boʻlgan kuchlanishlarda (35 kV gacha boʻlgan ayrim uzgichlarning turlarida) Uzgich bitta bakka ega boʻlib, unda uchala fazaning hamma kontaktlari boʻladi, kuchlanish katta boʻlganda har qaysi faza uchun oʻzining baki boʻladi.
4.1-rasmda yoyni soʻndirish uchun maxsus qurilmaga ega boʻlmagan bakli uzgich sxemasi koʻrsatilgan. uzgichning poʻlat baki 1 boltlar yordamida quyma choʻyan qopqoq 3 ga mahkamlab osib qoʻyilgan. Qopqoq orqali oltita
4.1-rasm. Moyli-bakli uzgichning kesimi: 1-po‘lat bak; 2-moy;
3-qopqoq; 4-o‘tuvchi prujina;
5- uzuvchi prujina; 6-o‘chirgich vali; 7-qo‘zg‘almas kontakt;
qo‘zg‘aluvchi kontaktlar (traversa); 9-bak devorlarining izolyasiyasi
chinni izolyator 4 oʻtgan boʻlib, ularning tok oʻtkazuvchi sterjenlarining uchiga qoʻzg’almas kontaktlar 7 mahkamlangan. Qoʻzg’aluvchan kontaktlar 8 kontakt koʻprik yoki traversada turadi. Ularga harakat uzgich qopqog’i ostiga joylashgan yuritma mexanizmidan izolyatsiyalangan tortqi yordamida beriladi. Ulanganda traversi koʻtarilgan boʻladi va kontakt koʻprik qoʻzg’almas kontaktlar orasidagi zanjirni tutashtiradi. Bunda uzuvchi prujina 5 siqilgan boʻladi. Uzgich ulangan holatda yuritmaning ilmog’i yordamida ushlab turilib, u val 6 bilan bog’langan boʻladi
Avtomatik ravishda yoki qoʻlda uzganda ilmoq boʻshaydi va prujina ta’sirida traversa pastga tez tushadi (harakat tezligi 1,5-2,7 m/s ga yetadi). Bunda
uzgichning har bir qutbidagi ikkala nuqtada zanjir uziladi. Hosil boʻlgan yoylar moy 2 ni parchalab, uni bug’lantiradi, 70% gacha vodorodi boʻlgan gaz-bug’li pufak hosil boʻladi. Pufak ichidagi bosim 0,5-1 MPa ga yetadi, bu gazlarning ionsizlash qobiliyatini oshiradi. Yoy 0,08-0,1 s vaqt oʻtgach soʻnadi. Bakning devorlarida muhofazalovchi izolyatsion qoplamlar 9 bor.
4.1-rasmda koʻrsatilganidek, uzgichning bakiga moy toʻla quyilmay, balki qopqoq tagida havo yostig’i qoldiriladi. Bu yoyni soʻndirish jarayonida hosil boʻladigan, yuqori bosimdan kelib chiqadigan uzgich qopqog’iga beriladigan kuchli zarbiy kamaytirish uchun kerak.
b)
4.2- rasm. Zamonaviy moyli bakli uzgichlarning tashqi kurinishi: a)- uchala faza bitta bakda joylashgan; b)- fazalar alohida baklarda joylashgan
Agar moy sathi keragidan ancha past boʻlsa, u holda gazlar qopqoq tagiga kuchli qizigan holda keladi; bu vodorod bilan havo aralashmasining portlashiga olib keladi.
Koʻrib chiqilgan uzgichda yoyni soʻndirish uchun maxsus qurilma boʻlmaganligi uchun, uning uzish qobiliyati yuqori emas. Bu konstruksiyadagi uzgichlar 6-10 kV li (BМБ-10, ВМЕ-6, ВМЕ-10, ВС-10) qurilmalarda qoʻllaniladi, biroq hozirgi paytda ular kam moyli uzgichlar tomonidan siqib
chiqarilmoqda. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi qurilmalar uchun bakli moyli uzgichlar konstruksiyasining soddaligi sababli hozirgi paytda ham yetarli darajada keng qoʻllanilmoqda. Koʻrib chiqilgan oddiy uzgichlarga nisbatan ular maxsus qurilmalar oʻchirish kameralariga ega.
Ishlash prinsipi boʻyicha yoy soʻndiruvchi qurilmalarni uch guruhga boʻlish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |