Zbekiston respublikasi oliy



Download 4,4 Mb.
bet24/84
Sana01.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#476709
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84
Bog'liq
elektr qurilmalar

Erkin ajratish mexanizmi (3.5-rasm) avtomatni vaqtning istalgan momentida oʻchirishni ta’minlaydi, shuningdek, yoqish jarayonida ham oʻchirish lozim boʻlsa, uni amalga oshiradi. U sharnirli bog’langan richaglar 14 va 15 hamda tayanchlardan iborat. Ulash paytida harakat dasta 12 dan richaglar 14 va va 15

orqali kontaktli richag 16 ga uzatiladi, bu richag avval yoy soʻndiruvchi 2 ni, soʻngra esa bosh kontaktlar 3 ni tutashtiradi. Avtomat ulanganda, 14 va 15 richaglar «oʻlik» holatga oʻtadi, tayanch ularning pastga harakatlanishiga yoʻl quymaydi. Agar ulash vaqtida qisqa tutashuv mavjud boʻlsa, unda ajratkich 8 ta’sirida mexanik bog’lanish 11 richaglar 14 va 15 ni sharnirli birikma 04 boʻyicha
«sindiradi» va uzuvchi prujina 17 ta’sirida kontakt tizim chapga suriladi, dasta 12 orqali ulanishga kuch berilishiga qaramay, bu tizimda oʻchirilish amalga oshadi.
Ajratkichlar - bu elektromagnit yoki bimetall mexanizmlar boʻlib, ular zanjirning berilgan parametrini nazorat qiladi va parametr belgilangan qiymatidan oshib ketganda avtomatni oʻchiradi. Bimetall (issiqlik) ajratkich 5 tarmoqqa shunt
6 orqali ulangan qizdirgich 7 dan issiqlik oladi. Turli chiziqli keygayishi koeffitsiyentlariga ega boʻlgan ikki metalldan tashkil gopgan bimetall plastinka qiziganda egilib, erkin ajratish mexanizmi richagini sindiruvchi tortqi 11 ga kuch beradi. Issiqlik ajratkich yordamida oʻtayuklanishdan muhofaza qilinadi. Ishlab ketish vaqti oʻtayuklanish tokiga bog’liq: tok qancha katta boʻlsa, bimetall plastinka shuncha tez qiziydi va uzish tezroq amalga oshadi. Issiqlik inersiyasi katta boʻlganligi sababli issiqlik ajratkichlar elektr dvigatellarning ishga tushiruvchi toklari ta’sirini sezmaydi.
Maksimal ajratkich 8 g’altak va oʻzakdan iborat. G’altakdan q.t. toki oʻtganda oʻzak richaglar 14 va 15 ni sindiruvchi kuch hosil qiladi, bu hol avtomatning oʻchishiga olib keladi. Maksimal ajratkichning ishlab ketish tokini rostlash (boshqarish) mumkin.
Maksimal ajratkich tokka bog’liq boʻlgan yoki unga bog’liq boʻlmagan vaqtni ushlab turish (vaqt viderjkasi) mexanizmi bilan ta’minlangan boʻlishi mumkin. Bunday ajratkichlar selektiv muhofazalash imkoniyatini beradi.
Kuchlanish haddan tashqari pasayganda avtomatni oʻchiradigan minimal ajratkich 9, shuningdek, avtomatni masofadan knopka KU bilan oʻchirish uchun mustaqil ajratkich 10 qoʻllanilishi mumkin.
Avtomat bir yoki bir necha ajratkichlarga ega boʻlishi mumkin.
Yordamchi kontaktlar (blok-kontaktlar) bosh kontaktlar bilan mexanik
bog’langan boʻlib, boshqarish, signalizatsiya va blokirovkalash zanjirlarida qoʻllaniladi.
Elektr stansiya, podstansiya, sanoat qurilmalari va turmushda turli konstruk- siyadagi avtomatlar ishlatiladi.
Elektr zanjirda qisqa tutashuv yoki oʻtayuklanish boʻlsa, uni avtomatik ravishda bir marta uzish uchun xizmat qiladigan apparat saqlagich deb ataladi. Zanjirni saqlagich vositasida uzish eruvchan quymaning erishi orqali amalga oshadi, bu eruvchan quyma oʻzidan muhofazalanmagan zanjirning toki oʻtganda qizib eriydi. Zanjir uzilgandan soʻng eruvchan quyma qoʻlda almashtirilishi lozim.
Konstruksiyasining soddaligi va arzonligi sababli eruvchan saqlagichlar sanoat elektroqurilmalarida, elektrostansiyalar va podstansiyalarda, turmushda keng qoʻllaniladi. Saqlagichlar turli konstruksiyalarga ega boʻlishi mumkin va milliamperdan minglab amperlargacha toklarga moʻljallanadi. Hamma saqlagichlarda asosiy elementlar boʻlib: korpus, eruvchan quyma, kontakt qism, yoy soʻndiruvchi qurilma yoki yoy soʻndiruvchi muhit hisoblanadi.
Saqlagichlar eruvchan quymaning nominal toki bilan, ya’ni eruvchan quyma uzoq ishlashi uchun hisoblangan tok bilan harakterlanadi. Saqlagichning birgina korpusiga turli nominal toklarga moʻljallangan eruvchan quymalar oʻrnatilishi mumkin, shuning uchun ayni saqlagich saqlagichning nominal toki bilan harakterlanib, u mana shu konstruksiyadagi saqlagich uchun moʻljallangan eruvchan quymalarning nominal toklari ichida eng kattasiga teng. Normal rejimda yuklama toki ta’sirida eruvchan quymadan ajrayotgan issiqlik atrof-muhitga tarqaladi va saqlagichning hamma qismlarining tempera-turasi ruxsat etilgandan oshmaydi. Oʻtayuklanish va qisqa tutashuvlarda quyma harorati ortib, uning erishiga olib keladi. Demak, tok qancha katta boʻlsa, quymaning erish vaqti shuncha kichik boʻladi. Erish (ishlay boshlash) vaqtining tokka bog’liqligi saqlagichning vaqt-tok harakteristikasi deb yuritiladi (3.7-rasm).
Saqlagich ishlay boshlashidagi minimal tok—chegara tokIcheg deb yuritiladi. Tekshirishlarda saqlagich quymasining erish vaqti 1 soatdan oshgandagi tok—chegara tok deb qabul qilinadi. Eruvchan quymaning nominal toki shunday
tanlanadiki, bunda normal rejimda va qisqa ruxsat etiladigan oʻtayuklanishlarda
uzish sodir boʻlmay, balki uzoq oʻtayuklanishlarda va q.t. da zanjir mumkin qadar tez uzilishi lozim. Bu masala «Elektr tarmoqlar» kursida batafsil koʻriladi.
Saqlagichlar ishining selektivligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
Dvigatelda shikastlanish boʻlganda q.t. toki

3.7-rasm. Saqlagichning vaqt-tokli xarakteristikasi
uchta saqlagich orqali ketma-ket oʻtadi, lekin hammadan oldin shikastlangan joyga yaqin

boʻlgan saqlagich quymasi erib ketishi kerak. Uzish vaqti t1, t2, t3 avtomatning muhofaza harakteristikasiga oʻxshash, saqlagich harakteristikasi boʻyicha aniqlanadi. Harakteristika eruvchan quymaning materiali, uning kesimi, sovish sharoitlari va boshqa faktorlarga bog’liq.
Eruvchan quyma-saqlagichning asosiy elementi boʻlib, mis, rux, qoʻrg’oshin va kumushdan tayyorlanishi mumkin. Rux va qoʻrg’oshinning erish harorati kichik (tegishlicha 419 va 327°C). Rux korroziyaga chidamli, shuning uchun eruvchan quymaning kesimi ishlatish vaqtida oʻzgarmaydi, harakteristikasi doimiy qoladi. Biroq mustahkam oksid plyonka tufayli quyma eriganda buzilmaydi, suyuq metall plyonka ichida saqlanadi. Bu esa Icheg ning keng chegaralarda oʻzgarishiga olib keladi. Rux va qoʻrg’oshinning solishtirma qarshiligi katta, shuning uchun ulardan tayyorlangan eruvchan quymalar katta kesimga ega. Bunday quymalarni saqlagichlarda toʻldirgichlarsiz ishlatish mumkin. Rux va qoʻrg’oshindan qilingan quymali saqlagichlar oʻta yuklanishda katta tutib turish vaqtiga ega.
Mis va kumush kichik solishtirma qarshilikka ega boʻlib, quymaning kesimi katta emas, bu ularning tez ishlab ketishini ta’minlaydi. Bunday quymalar eriydigan metallning hajmini kamaytirish muhim boʻlgan toʻldirgichli saqlagichlarda qoʻllaniladi. Ishlatish jarayonida oksidlanishni kamaytirish uchun, odatda, ustiga qalay suvi yuritilgan mis quymalar qoʻllaniladi. Kumush quymalar oksidlanmaydi va ularning harakteristikalari turg’un, lekin qimmat boʻlganligi

uchun, bunday quymalar faqat ayrim muhim hollardagina qoʻllaniladi. Misning erish harorati 1080°C boʻlgani uchun chegara toklarida saqlagichning hamma elementlarining harorati ancha katta boʻladi. Yuqori haroratlar hosil boʻlishiga yoʻl quymasdan saqlagichning tez ishlab ketishini ta’minlash uchun metallurgiya effekti deb ataladigan usuldan foydalaniladi. Bu oson eriydigan suyuq metallda qiyin eriydigan metallni eritish hodisasidir. Agar, masalan, diametri 0,25 mm li mis simga erish harorati 182°C boʻlgan qalay-qoʻrg’oshin qotishmadan tayyorlangan sharchalar kavsharlansa, bu holda sim harorati 650°C ga yetganda u 4 minut ichida eriydi, 350°C da esa 40 minut ichida eriydi. Xuddi shu sim erituvchisiz 1000°C dan past boʻlmagan haroratda eriydi. Odatda, mis va kumush quymalarida metallurgiya effektni hosil qilish uchun ancha turg’un xossalarga ega boʻlgan toza qalay qoʻllaniladi. Normal ish rejimida qalayli sharcha saqlagich ishiga ta’sir etmaydi.
Quyma erigandan soʻng elektr yoy hosil boʻlib, uni mumkin qadar tez oʻchirish lozim. Saqlagichlarda yoyni soʻndirish uchun tor tirqish, gazlarning yuqori bosimi, puflash effektidan foydalaniladi. Hech qanday shikastlanish yoki deformatsiya sodir boʻlmasdan saqlagich uzishi mumkin boʻlgan eng katta tok uzishning chegara toki deb yuritiladi.
Elektr qurilmalarda eng keng tarqalgan saqlagichlarning konstruksiyalarini koʻrib chiqamiz.

        1. Download 4,4 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish