Zbekiston respublikasi oliy


Kuchlanishi 1000 Voltgacha boʻlgan elektr apparatlar



Download 4,4 Mb.
bet22/84
Sana01.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#476709
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
Bog'liq
elektr qurilmalar

Kuchlanishi 1000 Voltgacha boʻlgan elektr apparatlar


          1. Rubilnik va qayta ulagich. Kontaktorlar va magnitli ishga


tushirgich
Ikki (ulangan, uzilgan) holatga qoʻlda harakatlantiriladigan noavtomatik uzgich rubilnik deb ataladi (3.1-rasm, a). Ikkita turli zanjirlarga navbati bilan ulash uchun xizmat qiladigan rubilnik pereklyuchatel deb yuritiladi. Rubilnik va pereklyuchatellar 500 V gacha boʻlgan nominal kuchlanishga bir, ikki va uch qutbli qilib ishlab chiqariladi. Yoy soʻndiruvchi qurilmasi boʻlmagan rubilniklar toksiz zanjirlarni uzish va ochiq uzilishlar hosil qilishga moʻljallangan. Yoy soʻndiruvchi qurilmali rubilniklar Inom gacha boʻlgan tokni uzish imkoniga ega.
R va P (uch qutbli) yoki RO, PO (bir qutbli) tipdagi markaziy dastaki
rubilnik va pereklyuchatellar 100-600 A toklar uchun ishlab chiqariladi. Rubilnikning hamma detallari izolyatsion plitaga oʻrnatiladi.Oʻtkazgichlar oldi yoki orqa tomonidan ulanishi mumkin. Bunday rubilnik va pereklyuchatellar bilan tokni uzishga ruxsat etilmaydi, chunki hosil boʻladigan yoy qisqa tutashuvga olib kelishi yoki ishlayotgan xodimni kuydirishi mumkin.
Richag bilan harakatlantirila-digan rubilnik va pereklyuchatellar (3.1-rasm,
b) ikki tomondan xizmat koʻrsatiladigan shchitlarda keng qoʻllaniladi. Bunday rubilniklar yoy soʻndiruvchi panjarali kamera 4 ga ega. Yuritma markaziy (РПЦ, ППЦ) yoki yon tomondan (РПБ, ППБ) boʻlishi mumkin. Nominal toklar katta boʻlganda rubilniklar bir necha parallel pichoqlarga ega boʻladi.
Rubilnikning harakatchan pichog’i bilan kontaktli stoykasi orasida yaxshi kontaktni ta’minlash muhim ahamiyatga ega (3.2-rasm, a). Hozirgi paytda kichik oʻtish qarshiligini ta’minlovchi chiziqli kontakt (3.2-rasm, b) qoʻllaniladi. Detallarning oʻzini prujinalanish xossasi va maxsus poʻlat prujinalar 3 hisobiga kontaktda siqish ta’minlanadi.





3.1-rasm. Rubilnik: a) markaziy dastakli (R tipdagi), b) richag yuritmali (RPS tipdagi), 1– pichoq, 2– qoʻzalmas kontaklarning sharnirli stoykalari, 3– kontakt stoyka,
4– yoy soʻndiruvchi kamera


Rubilniklar yoy soʻndiruvchi kontaktlar yoki bir onda kesadigan pichoqlar bilan ta’minlangan boʻlishi mumkin. Bunday rubilniklarni uzganda avval bosh kontaktlar ajraydi, lekin ular orasida yoy hosil boʻlmaydi, chunki tok yoy soʻndiruvchi kontakt orqali oʻtadi. Soʻngra yoy soʻndiruvchi kontaktlar yoki bir onda kesadigan pichoq-lar ajratiladi. Bir onda uzish
quyidagicha bajariladi: bosh pichoq bilan parallel holda ikkinchi bosh prujina bilan bog’langan bir onda kesadigan pichoq ulanadi. Uzishda avval kontakt stoykadan bosh pichoq chiqadi, u prujinani tortadi, prujina oʻz navbatida bir onda kesadigan pichoqni
uzadi.

Yoy soʻndiruvchi kamera bilan jihozlangan oʻzgarmas tokning 220 V va oʻzgaruvchan tokning 380 V ga moʻljallangan rubilniklari Inom gacha boʻlgan toklarni uza oladi, kamerasizlari tegishlicha 0,2 va 0,3Inom ni uzadi.
3.2-rasm. Rubilniklardagi kontaktlar tiplari:
a-tekis; b-chiziqli; 1-kontakt jag‘lar; 2-pichoq; 3-po‘lat prujina

Oʻzgarmas tokning 440 V va oʻzgaruvchan tokning 500 V ga moʻljallangan

kamerali rubilniklari 0,5Inom tokni uza oladi, kamerasiz yuklama tokini uzish ruxsat etilmaydi.
Paketli va kulachokli pereklyuchatellar bir vaqtning oʻzida bir necha elektr zanjirlarida murakkab qayta ulashlar uchun, masalan, boshqarish, oʻlchash va shunga oʻxshash zanjirlarda xizmat qiladi. Dastakni 45° ga burib zanjirlar qayta ulanadi. Nol holatiga oʻzi qaytadigan bir yoki bir necha holatlarni ushlab turadigan konstruksiyalar mavjud. Bunday pereklyuchateldagi kontaktlar soni 2 dan 32 gacha boʻlishi mumkin.
Kontaktorlar - bu uzoqdan ta’sir etadigan apparatlar boʻlib, normal ish rejimidagi elektr zanjirlarni koʻp ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Kontaktorlar 3-4000 A tokka kuchlanishining oʻzgarmas tokida 220, 440, 650, 750 V va oʻzgaruvchan tokida 380, 500 va 660 V ga moʻljallab ishlab chiqariladi va soatiga 600-1500 marta ulash imkonini beradi. Kontaktorlarning ayrim maxsus seriyalari soatiga 14000 martagacha ulash imkoniyatini beradi.
Kontakt tizimi elektromagnit yordamida ulanadigan elektromagnit kontaktorlar eng koʻp qoʻllaniladi.
Kontaktorlar bosh kontaktlar tizimi, yoy soʻndiruvchi qurilma elektromagnit tizim va yordamchi kontaktlardan tashkil topgan. Kontaktorning ishlash prinsipini shartli sxemasi boʻyicha koʻrib chiqamiz (3.3-rasm). Elektr sxemasidan koʻrinadiki (3.3-rasm, a), kontaktorning bosh kontaktlari K dvigatel D zanjiriga ulangan, g’altak esa yordamchi kontaktlar BK va boshqarish knopkalarining ishga tushirish Pusk toʻxtatish Stop orqali boshqarish zanjiriga ketma-ket ulangan.
Kontaktorning konstruktiv sxemada (3.3-rasm, b) oʻzak 14 ga oʻrnatilgan g’altak 15 dagi kuchlanish uzilgan va harakatlanuvchi tizim prujina 11 ta’sirida normal holatga kelgan momenti tasvirlangan. Kontaktlar 2 va 7 orasida hosil boʻladigan yoy izolyatsion toʻsiqlar 4 bilan kamera 5 da soʻnadi. Yoy kameraga magnit tizim hosil qilgan magnit maydon hisobiga tortiladi va u bosh zanjirga ketma-ket ulangan g’altak 16 dan, poʻlat oʻzak 1 va qutb uchliklar 17 dan tashkil topgan.





3.3-rasm. Kontaktorning shartli sxemasi: a)-bir qutbli kontaktorning elektr sxemasi; b) – shartli konstruktiv sxemasi


Kameraning chiqishida, kamera tashqarisiga ionlashgan gazlarning chiqishiga toʻsqinlik qiladigan yoy soʻndiruvchi panjara 3 oʻrnatilgan.
Kontaktorni ulash uchun g’altak qismasiga ishga tushirish knopkasi Puskni bosish yoʻli bilan kuchlanish beriladi. G’altakda magnit oqim F hosil boʻladi va u yakor 10 ni oʻzakka tortadi. Yakorda harakatlanuvchi kontakt 7 mahkamlangan boʻlib, u qoʻzg’almas kontakt 2 ga tekkandan keyin, uning ustida sirpanadi va kontaktlar sirtidagi oksid plyonkani buzadi. Kontaktlarda bosish prujina 8 yordamida hosil boʻladi. Kumushdan tayyorlangan kontakt ustquymalar 6 oʻtish qarshiligining minimal boʻlishini ta’minlaydi. Ayrim hollarda ustquymalar yoyga chidamli metallokeramikadan tayyorlanadi. Kontaktor ulangan vaziyatda oʻzining g’altagi ulangan holda ushlab turiladi. Kontaktor ulangandan soʻng yordamchi kontaktlar 12 (BK) ishga tushirish knopkasi Puskni shuntlaydi, shuning uchun ishga tushirish knopkasining ajralishi g’altak 15 (K) zanjirini uzmaydi.
Yakor 10 da temirdan tayyorlangan nomagnit qistirma 9 boʻlib, u oʻzakdagi qoldiq 4 induksiyadan hosil boʻladigan tortish kuchini kamaytiradi. Shunday qilib, g’altak 15 dan kuchlanish olinganda yakor «yopishib qolmaydi». Boshqarish zanjiridagi kuchlanish ancha kamayganda, shuningdek, u yoʻqolganda kontaktor avtomatik ravishda uziladi.
Zamonaviy kontaktorlar yopiq plastmassa korpusda (KTU seriyasi) ishlab chiqariladi.

3.4-rasm. PA tipli magnitli ishga tushirgich: a) – elektr sxemasi;
b) – konstruktiv sxemasi


Kontaktorlar qurilmani normal boʻlmagan rejimlar (oʻta yuklanish, q.t. toklari) dan muhofazalay olmaydi, shuning uchun ular avtomatik boshqarish sxemasida normal boʻlmagan rejimni sezadigan va elektromagnit g’altakning zanjirini uzadigan maxsus rele bilan birgalikda qoʻllaniladi.
Magnitli ishga tushirgichlar - bu odatda, uch qutbli kontaktordan, oʻrnatilgan issiqlik relelaridan va yordamchi kontaktlardan tashkil topgan qurilmadir. Ular quvvati 75 kVt gacha boʻlgan uch fazali elektr dvigatellarni boshqarish uchun xizmat qiladi. Ishga tushirgich PA ning konstruktiv va elektr sxemasi 44-rasmda koʻrsatilgan. Ishga tushirish knopkasi Pusk bosilganda, toʻxtatish Stop knopkasi va issiqlik relelarining TRP1, TRP2 ajraladigan kontaktlari orqali, kontaktor K (5) ning g’altagiga tok beriladi. Elektromagnitning yakori oʻq O1 atrofida aylanib, oʻzak 4 ga tortiladi. Bunda qoʻzg’almas kontaktlar 2 qoʻzg’aluvchan kontakt koʻprigi 8 bilan tutashadi. Kontaktlardagi bosilish prujina 9 yordamida amalga oshiriladi. Bir vaqtda yordamchi kontaktlar BK tutashib, ular ishga tushirish Pusk knopkasini shuntlaydi. Elektrdvigatel yuklama ortganda
issiqlik relelari 11 ning ikkalasi yoki bittasi ishga tushadi, g’altak zanjiri TRP1 va TRP2 kontaktlari orqali uziladi. Bunda yakor 6 oʻzak orqali boshqa ushlab turilmaydi va oʻzining xususiy og’irligi hamda prujina 7 ta’sirida qoʻzg’aluvchan tizim kontaktlarni ajratib, uzilgan holatga oʻtadi. Har bir fazada ikki marta (ikki joyda) uzish va yopiq kamera 10 maxsus qurimasiz yoyning soʻnishini ta’minlaydi. Toʻxtatish Stop knopkasi bosilganda ham ishga tushirgich xuddi kontaktor kabi uziladi.
Amortizatsiyalaydigan prujina 3 ulash vaqtida qoʻzg’aluvchan qismni keskin zarblardan saqlaydi. Ishga tushirgichning hamma detallari metall asos 1 ga mahkamlanadi.



          1. Download 4,4 Mb.

            Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish