‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

{creativity  -  

inglizcha 



ijodiy

) likni o‘rganishdan iborat. Ijodkorlikka rivojlanish- 

ning  asosiy  mexanizmi  sifatida  (N.V.Kipiaki,  A.M.Matyushkin, 

Y.A.Ponomarev,  I.N.Semenov  va  boshqalar)  qaraladi  va  uning 

o‘rganilishi  M.S.Bemshteyn,  V.S.Bibler,  V.N.Shkin,  O.K.Tixo- 

mirov, E.G. Yudin va boshqalar nomi bilan bog‘Iiq.

Psixologik ijodkorlikning kreativlik deb nomlanuvchi yo‘nali- 

shi ustida  g‘arb olimlari: J.Gilford,  S.Liding, V.Smit, D.Xalperik 

va boshqalar izlanishlar olib borishgan.  Chet el olimlarming krea­

tivlik  tushunchasi  haqidagi  izlanishlarini  tahlil  qilib  va  iimum- 

lashtirib  R.Xameni  yozadi:  «Kreativlik  o‘zida  yangicha  yo‘sinda 

amalga  oshirilgan  o‘zlashtirish  to‘lqinini  (Makkelif),  yangicha 

aloqadorliklami aniqlash (Kyubi), yangicha munosabatga kirishish 

(Rodjers),  yangiliklar  (Lassuel),  ongning  yangicha  e’tirozlariga 

sabab  bo‘luvchi  faoliyatidir».  Ko‘pchilik  tadqiqotchilar  kreativ­

likni belgilashda shaxsning o‘ziga xosligi va xususiyatlariga e’tibor 

qaratadilar.  J.Gilfodning  fikricha,  kreativlik  va  ijodiy  imkoniyat 

qobiliyatlar  va  ijodiy  tafakkurga  ta’sir  etuvchi  omillar  yig'indisi 

sifatida  namoyon  bo‘ladi.  E.Torrens  kreativlikni  yechimlami 

topishda bilimlaming yetarli bo'lmasligi muammosi,  qiyinchiliklar 

qarshisidagi  indentifikatsiya  va  taxminlaming  shakllanishi, 

yechimlaming topilish jarayoni deb qaraydi. (E.Torrens,  1996y.)




Ijtimoiy-psixologik  va  ijtimoiy-boshqaruv  darajasida  -   ijod­

korlik  determinantlari  borasida, jamoa  ijodkorligini  boshqarishda 

tashkilotchilik  muammosi,  jamoaning  fimksional-rolli  differen- 

siyasi  yo‘nalishi bo‘yicha izlanishlar olib  borilmoqda.  Kreativlik 

ijodiy tafakkuming yangi mahsuli yoki natijasi ekanligi yuzasidan 

bahslar hali  ham  ayrim  olimlar  orasida  davom  etmoqda.  Boshqa 

izlanishlarda  ijodkorlikning  yangilik  yaratishdagi  yetakchiligi 

ta’kidlanadi. V. Arteymning izlanishlarida ijodkorlik uning mahsuli 

boigan  obyektga  qarab  baholanmaydi,  deb  aniq  munosabat 

belgilanadi. Uning fikricha: «Kreativlik bilim, faoliyat va istakning 

uyg‘unligi».  Psixologiyada  evristika  muammosini  o‘rganish 

borasida  V.N.Pushkin:  «Evrestik  faoliyat  shunday  psixologik 

jarayonki,  uning  yordamida  muammo 

yechimi

  topiladi,  yangi 

yondashuv  ishlab  chiqiladi,  evrestik  faoliyat  deb  ataluvchi  qan- 

daydir yangilik yaratiladi», degan edi. Kreativlikning tasniflanishi 

kasbiy faoliyat jarayonida namoyon bo‘luvchi psixik komplekslar 

tarkibi  bilan  bog‘liq.  Kreativlikning  psixologik  izlanishlardagi 

asosiy  urg‘u  muammolami  mustaqil  yechishga undovchi,  o'ziga 

xos katta hajmdagi g‘oyalami yuzaga keltiruvchi va ulaming o‘ziga 

xos  yechimini topishga asos bo‘luvchi  individning intellektual va 

shaxsiy  qobiliyatiga  qaratiladi.  Kreativlik  istisno  etilgan  va 

g‘aroyib fenomen deb baholanuvchi dastlabki izlanishlardan farqli 

ravishda,  zamonaviy  izlanishlarda  kreativlik  har  bir  shaxs  ega 

bo'lishi  mumkin  bo‘lgan  individ  kompleksi  sifatida  qaralmoqda. 

Bu  kreativlik  muammosiga  turlicha  yondashuvlarda  namoyon 

bo‘iadi:  u  faqatgina  har  bir  shaxs  ham  qo‘iga  kirita  olmaydigan 

natija  emas,  balki  refleksi  va o‘z-o‘zini  baholashdagi  shaxsning 

yangicha sifat ko‘rsatkichi deb o‘rganilmoqda. Kreativlik haqidagi 

ko‘pgina izlanishlarda har bir shaxsda u yoki bu daraja va miqdorda 

mavjud boiadigan psixologik kreativlik  mexanizmi  va ijodkorlik 

imkoniyatlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.  .

An’anaviy  psixologiya  va  pedagogikada  kreativlikka  shaxs 

kategoriyasi sifatida qaraladi, uni  talqin qilish,  aniqlash borasida 

bahslar  yuritilgan:  Kreativlik  tafakkur  sifatida  (J.Gilford, 

Y.K.Tixomirov) yoki  intellektual  faollik  sifatida  (D.B.Bogolevs-



200


kaya,  L.B.Yermolayeva-Tomina),  yoki  shaxs  sifatlarining  integ- 

ratsiyalashuvi  (Y.A.Ponomarev  va  boshqalar).  Biroq  oliy  ta’lim 

pedagogikasi (kreativ androgogikajda uning sifat ko'rsatkichini va 

namoyon  bo‘lish  darajasini  aniqlashning  o‘zi  yetarli  emas. 

Kreativlik 

biryoqlama  salbiy  jihat  sifatida  qaralsa-da,  uning 

muammolar tizimi  umumlashtiriiadi va bir butunlikni tashkil etadi, 

bu  ayniqsa  o‘zida  ta’lim  jarayonida  ijodiy  ta’lim  va  tarbiyani 

mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy imkoniyatlari va kreativlikni 

rivojiantirish jarayonida  oliy maktab pedagogikasiga taalluqlidir. 

Shu sababli, kreativlikni rivojlanish imkoniyatlarihi kreativ ta’lim 

va tarbiya jarayonida  shaxs  kategoriyasi  sifatida o‘rganish  zarur. 

0 ‘tgan asming 60-70 yillari pedagogikada kreativlik muammosini 

o ‘rganishda  keskin  burilish  yillari  bo‘Idi.  Shu  davrda  ijodiy 

izlanuvchan pedagog-novatorlar paydo bo‘ldi. Novatorlar erishgan 

natijalar nafaqat pedagoglami,  balki psixologlami  ham qiziqtirdi, 

ular  ijodiy  ta’limning  psixologik  tomonlarini,  ijod  faoliyatining 

pedagogik  psixologiyadagi  mexanizmini  o‘rgandiIar.  (V.V.Da- 

vidov,  I.A.Zimnaya, N.V.Kuzmina,  A.M.Matyushkin,  Y.A.Pono­

marev,  R.A.Mavlonova  rahbarligidagi  pedagogika  fanlari  ilmiy- 

tekshirish  instituti  jamoasi.)  Kreativlikni  o‘rganishda  amalga 

oshirilgan  nazariy  tahlil  uni  kasbiy  anrogogikada  qoilashning 

umumiy qonuniyatlari va o‘ziga xosligini aniqlash imkonini beradi 

(V.M.Morozov).  Biz  kreativlikning  tizimlilik  tuzilishidan  kelib 

chiqib, unga shaxsning o‘ta intellektual-evristik jihati sifatida emas, 

balki  shaxsni  qadrlovchi,  tabaqalashtirilgan  ta’lim  sifatida 

qaraymiz. Kreativlik -  shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida 

inson  ma’naviyatining  ajralmas  qismi  bo‘lib,  shaxsni  o‘z-o‘zim 

rivojiantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega boHgan 

bilimlaming  ko‘p  qirrali  ekanligida  emas,  balki yangi  g‘oyalarga 

intilishda va o‘matilgan  stereotiplami yangilik yaratish jarayonini 

isloh  qilish  va  o‘zgartirishda,  hayotiy  muammolami  yechish 

jarayonida kutilmagan va noodatiy  qarorlar  chiqarishda namoyon 

bo‘ladi.  Kreativlik  jarayonini  tashkil  etish  va  boshqarishning 

murakkabligi  shundaki,  bunda  ijodiy  individuallikning  nafaqat 

ongli, balki ong osti tushunchalari paydo bo‘ladi.




Kreativlik tabiatini o‘rganish muammosiga bag‘ishlangan psi- 

xologo-pedagogik  adabiyotlami  tahlil  qilib,  odatda,  intellektual 

kreativlik  masaiasiga  duch  kelamiz.  Ijtimoiy  va  aniq  pedagogik 

kreativlik sohasida amalga oshirilgan izlanishlar ancha kam. Ko‘p 

hollarda tadqiqotchilar pedagogik kreativlik emas, balki pedagogik 

muloqot jarayonini o‘rganadilar, o‘qituvchi va o‘quvchi muloqotini 

yaxshilash 

uchun 


tavsiyalar 

beradilar. 

Pedagogika 

va 


psixologiyadagi  kreativlik  tabiati  uning  rivojlanishiga  ta’sir 

ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar haqidagi  yuqorida keltirilgan 

fikrlami umumlashtirib quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:  bu 

hodisa  yaxlit  va  tuzilish  jihatdan  tushunish  uchun  yagona  tu- 

shunchalar tizimi  mavjud  emas.  Inson  shaxsida  kreativlik,  uning 

darajasi, tuzilishi va o‘ziga xosligi inson individualligining  boshqa 

bir  jihatini  o‘?lashtirish  jarayonining  o‘ziga  xosligi  va  shaxsiy 

xususiyatlari  bilan  uzviy  bog‘liq.  Bu  bog‘liqlikni  tasniflash 

kreativlik  hodisasining  kelajakda  o‘rganilishi  kutilayotgan  yangi 

bir  yo‘nalishidir.Kreativlikni  intellektual  kreativlik  va  ijtimoiy 

kreativlikka  bo‘lish  mumkin.  Intellektual  kreativlik  analiz  va 

sintezdan  iborat.  Analiz  va  sintez  qila  olish  qobiliyati  umumiy 

intellektning asosidir. Ijtimoiy kreativlik  o'zida kasbiy kreativlikni 

mujassamlashtiradi,  uning  ko'pgina  turlari  orasida  pedagogik 

kreativlik  ham  mavjud.Pedagogik  kreativlik  kommunikativ  va 

didaktik kreativlikdan iborat. Didaktik kreativlik o‘zida intellektual 

boyliklarga  intilish  va  shu  bilan  birga  novatorlik  qobiliyatida 

namoyon bo‘ladi. Kommunikativ va didaktik kreativlik pedagogik 

qobiliyatning  asosi  hisoblanadi.  Pedagogik  qobiliyat  ijodkorlik 

qobiliyatiga  ta’sir  ko‘rsatadi  va  o‘z  navbatida  ichki  sezimni 

rivojlantiradi.  Pedagogik  ijodkorlik  qobiliyati,  ichki  sezim  va 

umumiy intellekt kesishganda ijod mahsuli yaratiladi.

Kreativlikni  rivojlantirishda  kreativ  insonlami  kreativ  emas 

insonlardan  farqlovchi  hissiy  chizgilari  (o‘z-o‘ziga  ishonch, 

tajovuzkorlik,  o‘z-o‘zidan  qoniqish,  ijtimoiy  cheklovlarga  va 

boshqalar  fflaiga  toqatsizlik)  individning  shaxsiy  o‘ziga  xosligi 

katta  ta’sir  ko‘rsatadi.Kreativlikning  motivlikka  munosabatini 

belgilovchi  yagona  qarashlar  tizimi  mavjud  emas.  Nuqtayi 

nazarlardan biriga ko‘ra, kreativlikda individ o‘z imkoniyatlaridan

202



maksimal darajada foydalanadi,  faoliyatning yangi qirralarini izlab 

topadi.  Boshqa  bir 

nuqtayi  nazarga  ko‘ra  kreativ  kishilami 

motivlashtirish,  tavakkalchilikka  intilish,  o‘z  imkoniyatlari 

chegarasini aniqlashga intilishdlr.

Aytish mumkinki, bar ikkala nuqtayi nazar ham o‘zida kreativ 

insonlaming,  motivlashning  individual  variantlarini  mujassam- 

lashtirgan.  Innovatsion  faoliyatning  o‘ziga  xosligi  muammosida 

o‘qituvchi  xulq-atvorining  o'quvchilar  kreativligini  rivojlantirish 

bilan bog‘liq tasniflanishi katta ahamiyatga ega, chunki oxir-oqibat 

bilim  emas,  balki  rivojlanish  omili  bo‘lgan  alohida malakalar  va 

ulaming  ■

 xulq-atvorga 

qo‘llanishi 

muhimdir. 

Torransmng 

izlanishlarida  o‘qituvchi  xulq-atvorida  bolalar  kreativ  rivojlani- 

shiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatuvchi  dalillar  keltirilgan:  ijodiy  fikrlash 

qiymatini  baholash,  bolalami  atrofdagi  qo‘zg‘atuvchi  omillarga 

nisbatan  sezuvchanligini  oshirish,  obyekt  va  g‘oyalami  erkin 

boshqara olish, ijod jarayoni haqida konstruktiv axborotni rivojlan­

tirish, tanqidchilikni emas, konstruktiv tanqidni rivojlantmsh, o‘z- 

o'ziga hurmatni  orttirish,  baholanishdan qo‘rqish hissinmg  oldini 

olish va boshqalar. Shimday qilib, potensial kreativlik iml:oniyatlar 

kreativligidir.

Imkoniyatlar kreativligi  amaldagi  kreativlikka -  dolzarb  kre- 

ativlikka  aylanishi  uchun,  dastlabkisi  ma’lum  faoliyatda o‘zlash- 

tirilishi  uchun  icliki  o‘zgarishlarga  dueh  keladi.  Shunclay  qilib, 

kreativlik  o‘zlashtirilganlar  asosida  rivojlantiriladi,  keyinchalik 

o'zgartirishlar  kiritiladi,  o‘qituvchming  mavjud  tajribasi  qayta 

tuziladi.  Pedagogik  innovatsiyalarga  moslashishdan  toki  qayta 

tuzishgacha  bo‘lgan  yo‘l  o‘qituvchi  innovatsion  faoliyati 

dinamikasi asosini tashkil qiladi.

Olimlar  pedagogik  mahoratning  quyidagi  uch  darajasini 

ko‘rsatadilar: birinchi daraja -  bu sinf bilan elementar munosabat 

0 ‘qituvchi  teskari  aloqani  qo‘llaydi,  uning  natijasiga  ko‘ra  o‘z 

harakatlarini  belgilaydi.  Lekin  bu  faoliyat  metodik  qo‘llanmalar 

yoki boshqa o‘qituvchi tajribasi asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi 

daraja 

dars  faoliyatini,  uning  rejasini  tuzishdanoq  optimal- 

lashtirish  bosqichidir.  Bunda  ijodkorlik  o‘qituvchiga  ma’lum 

maqsadni amalga oshirishda mazmun, metod va shakllami  to‘g‘ri



203


tanlashdan iborat. Uchinchi daraja -   evristik. Pedagog o‘quvchilar 

bilan  jonli  muloqotning  ijodiy  imkoniyatlarini  qo‘llaydi. 

0 ‘qituvchining  eng  yuqori  darajadagi  ijodkorligi  uning  to‘liq 

mustaqil faoliyatida namoyon bo‘iadi. U avvaldan ma’lum bo‘lgan 

usullami  qoilashi  mumkin,  ammo  u  ularga  о‘zining  shaxsiy 

munosabatini 

qo‘ilaydi. 

0 ‘qituvchi 

ijodiy 

individualligi, 

tarbiyalanuvchining  shaxsiy  o‘ziga  xosligi,  ta’limning  aniq 

darajasi,  tarbiyalanganlik  darajasi,  sinfiiing  rivojlanish  darajasini 

hisobga olgan holda zaruriyat  taqozo etgan darajada ish olib bora- 

di.  Tayyor tavsiyalami  amalda qo‘llash daraja lari  ham farqlanadi: 

optimallashtirish, evristik daraja, shaxsiy,  mustaqil.Tadqiqotchilar 

fikrlari  orasida  kreativ  insonlar  boshqalarga  taqlid  qilmasdan, 

o‘zlari  tanlagan  faoliyatlarining  barcha  bosqichladga  ijodiy 

yondashadilar,  degan  fikr  yetakchilik  qiladi.  O'rganilayotgan 

muammoga V.A.Slastenin, L.S.Podimova, N.M.Gnatko qarashlari 

bilan birgalikda, kreativlik mexanizmini ikki  turga bo‘lishni taklif 

qiladilar.  potensial  va  dolzarb.  Potensial  kreativlik -   muallifnitig 

fikricha,  kreativlik  faoliyatidir,  individiumni  potensial joylashuvi 

ma’lum  tashqi  sharoitlarda  dolzarb  kreativlikni  egallashning  asos 

tayyorgarligini  tashkil  etadi; 

potensial  kreativlik  -   ijodning 

subyektiv  zarur sharoitidir.V.A.Slastenin,  L.S.Podimova potensial 

kreativlikning  dolzarb  kreativlikka  izchil  taqlid  qilish  mexanizmi 

orqali  o‘tishi  muammosiga  o‘ziga  xos  yondashganlar.  Shunday 

qilib,  kreativlik  taqlid  qilish,  nusxa  ko‘chirishdan  ijodiy  nusxa 

ko‘chirish, taqlidiy  ijod va  haqiqiy  ijodkorlikka tomon  rivojlanib 

boradi.  Tabiiyki, barcha o‘qituvchilar ham kreativ rivojlanishning 

barcha bosqichlari bilan tavsiflanmaydilar: ba’zilar tayyor metodik 

tavsiyalardan  nusxa  olib,  faqat  birinchi  darajaga  erishadilar; 

ikkinchilari  to‘liq konsepsiya va tizimlarga ega bo‘lmasdan turib, 

ba’zi  metodik  usullarga  o‘zgartirishlar  kiritadilar,  uchinchilari 

ma’lum  g‘oya  asosida to‘liq  mazmun,  metod va  shakllami  ishlab 

chiqadilar;  to‘rtinchilar  esa  ta’lim  va  tarbiyada  o‘zlarirdng  kon­

sepsiya va metodikalarini tavsiya etadilar.  Yuqoridagilarga muno- 

sabat bildirib aytish mumkinki, dastlabki uchtasi taqlid bosqichida 

bo£lib,  to'rtinchisi  ularga  qarama-qarshi  tarzda  ijod  bosqichida. 

Intellektual  faollik  darajasini  belgilangan  kreativlik  bosqichlari



bilan taqqoslash, ikkala yo‘nalish orasida ma’lum mutanosiblikni, 

mnovatsion-pedagogik  faoliyatning  bir necha bosqichda takomil- 

lashib borish daxajasidagi tushunchalami  aniqlashga imkon berdi. 

Pedagog  faolligining  borgan  sari  yuqoriroq  darajadagi  faoliyatga 

ko‘tarilib borishi kelajakda innovatsion ta’lim strategiyasini tashkil 

qilishni belgilaydi.




Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish