Surdopedagogika (yunoncha “surdus” - kar) - eshitish qobiliya
ti buzilgan bolalami o‘qitish va tarbiyalash jarayonini o'rganuvchi
fan; korrektsion (maxsus) pedagogikaning yana bir muhim sohasi.
Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.
Tamoyil - (yunoncha “principium”) - biror-bir nazariyaning
asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya,
faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajri
ba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori
va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |