‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Milliy tarbiya  va uning mazmuni



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

2.Milliy tarbiya  va uning mazmuni

“Milliy tarbiya”  tushunchasi  ko‘p  qirrali bo‘lib,  uning  milliy 

qadriyatlar  asosida  olib  boriluvchi  maqsadga  yo‘naltiriIgan 

tarbiyaviy faoliyat; umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa xos va




mos  betakror  shakli;  xalq  va  uning  madaniyatini  saqlab  qolish, 

tiklash  va  rivojlantirishdan  iborat.  Milliy  tarbiyaning  manbai  - 

milliylikdir!.  "Millat'’,  "milliylik",  "milliy g‘urur",  "milliy  odob", 

"millatlararo  muloqot  madaniyati"  tushunchalarining  o‘zagini 

arabcha  "mil" so‘zi tashkil qiladi. Bu so‘z arabchada "o‘zak", '"tub 

mohiyat”,  "negiz"  ma’nolarini  anglatadi.  "Millat"  so‘zi  esa  bir 

necha ma’noni;  1) din:  mazhab;  2) ummat: bir mazhabga mansub 

aholi: 3) xalq ma’nolarini anglatadi1.

"Millat",  "milliylik"  tushunchalarining  talqini  bilan  tanishar 

ekanmiz, ulaming g‘arbona va sharqona tarzlari bor ekanligini ko‘- 

ramiz. Aniqrog‘i, g‘arbiy talqin xristian, sharqiy talqin esa islomiy 

o‘zbeklarga  borib  tutashadi.  Ya’ni  Ovro‘po  xalqlari  tillariga 

"millat" tushunchasi lotincha "natio" - qabila, xalq sifatida xristian 

dini  bilan birga kirib  kelgan  bo‘lsa,  Osiyoga esa  Islom ta’limoti 

orqali yuqoridagi uch xil ma’noda kirib kelib singdi. Milliy tarbiya 

mazmuriini  eng  yaxshi  o‘zbek  oilalarida  amal  qilingan  va  amal 

qilinib  kelinayotgan  tarbiya  mazmuni  va  mustaqillik  sharoitida 

davlat,  jamiyat  maktab  tarbiyasiga  qo‘ygan  talablardan  mujas- 

samlangan  fazilatlar  hosil  qiladi.  Muayyan  fazilatlaming  izchil, 

turli  vaziyatlarda,  turli  vositalar  yordamida  singdirilib,  tuzatilib, 

takomillashtirilib borilishi pirovard natijada davlat va jamiyat, oila, 

mahalla.  maktab  uchun  namunaviy  o‘quvchi,  o‘g‘il-qiz  axloqini 

hosil qiladi. Milliy tarbiya mazmunini quyidagi bilim, ko‘nikma va 

malakalar uyg‘unligini pedagogik ta’minlash tashkil qiladi:

•   katta-yu kichik bilan avval salomlashib. keyin so‘z boshlash;

•   ota-onaga mehrlilik;

•  nafaqat  yoshi  ulug‘lami,  balki  o‘zidan  kichiklami  ham 

samimiy izzat qilish;

•   boshqa  millat  bolalarini  ham  xuddi  o‘zidan  millatparvar 

bilib,  hurmat  bilan  e’zozlovchi,  ulaming  milliy  madaniyatiga 

samimiy qiziqish;

•  nohaqlik  va  axloqsizlikni  ko‘rsa  xoh  katta,  xoh  kichikni 

noto‘g‘ri ishlardan qaytarib, insofga chaqira olish;

'  Farhangi  zaboni-tochfldy  (Az  asri  X  to  ibtidoi  asri  XX).  2  child.  1  child.  Sovetskaya 

aitsiklopedjya. -  М.:  1969.-689 b.

240



•  jamoat  transportida  o‘zidan  katta  va  kichikka  izzat 

ko‘rsatish;

•  o‘zi mansub jamoa muammolariga tegishli yig‘ilish, majlis, 

xayriyalarda faollik;

•  yo‘lovchilarga  xalaqit  beruvchi  narsalarni  yo‘ldan  olib 

qo‘yish;  qanoatlilik;  xalqlar,  millatlar  orasidagi  fitna-fasod, 

jaholatga qarshi turish;

•  umummilliy  jipslikni  hamshaharlik,  mahalliychilikdan 

ustun qo‘ya olish;

•  o‘zining tabiatga, jamiyatga, o‘ziga bo‘lgan munosabatlami 

“yaxshi  niyaf”,  “yaxshi  so‘z”,  “yaxshi  ish”  asosiga  qura  olish, 

tavozelilik, ochiq chehralik;

•  inson umri, vaqtini qadrlash;

•  gunoh, xato qilsa, kechirim so‘ray olish;

•  o‘zining yetti pushti tarixini muiassal aytib bera olish;

•  barcha  qarindoshlarining  yaqinlik  darajalari  va  nomlarini 

bilish va ularga mehrini namoyish qilish;

•  sinfdoshi,  o‘rtog‘i  oilasida  noxush voqea  sodir bo‘lganida, 

bemor bo‘lganida albatta borib, hol-ahvol so‘rash;

•  tanishlari,  do'stlari,  notanish  bolalar  arazlashganda  ulami 

yarashtirishga harakat qilish;

•  birovning  shodligidan  shodlanish,  qayg‘usiga  hamdard, 

sherikligini bildira olish;

•  (o‘g‘il bolalar uchun) qiz bolalami har tomonlama nozik deb 

e’zozlash, ularga o‘z hurmatini amalda namoyon qilish;

•  (qiz  bolalar uchun)  o4g‘il  bolalami  g‘ururli,  mard,  shijoatli 

deb bilish, ularga o‘z hurmatini bildirish;

•  aka va opani ota-ona. kabi izzat qilish;

•  bir marta ko‘rishgan kishining ismini so‘rab qo‘yish va esda 

saqlash;


•  vafot etgan yoki o‘zi shu yerda yo‘q kishi haqqiga g‘iybat va 

tuhmatdan xazar qilish;

•  Unga ishongan kishining sirini saqlay olish;

•  “Yomon” deb nom chiqargan bolalardan o‘zini tuta olish;



241


•  yaxshi kishilarga havas va taqlid qilish;

•   birovning aybiga kulmaslik, yuziga solmaslik;

•  kek saqlamaslik;

•  badavlat  kiyingan  bola  qarshisida  o'zini  xor  tutmaslik, 

kambag'al kiyingan bola oldida kekkaymaslik;

•  o‘g‘il  boiib  qizlaming,  qiz  bo‘lib  osg‘illaming  kiyimini 

kiymaslik;

•  milliy axloq va sharoitga xilof xatti-harakatlardan tiyilish;

•  o‘ziga  topshirilgan  ishni  oliy  darajada  bajarishni  ilohiy 

e’tiqod darajasida tushunuvchi;

•  sinab va o‘rtaga Allohni qo‘yib do‘st boiish, millat, vatan 

manfaatlariga  zid  harakat  qilgan  do‘stidan  kecha  olish,  ota-onasi 

lozim ко‘rib bergan ovqat, kiyim-boshga qanoat qilish;

•  balog'atga yetgach, g‘usl qilish;

•   nonni ilohiy darajada e’zozlash;

•   oaa tilida sof fikrlash, so‘zlash;

•   uyat,  xarom  so‘zlarni  hech  qachon,  hech  qayerda,  hatto 

urishgan paytida ham tiliga keltirmaslik, kattalarning ijobiy-axloq 

namunalarini  diqqat  bilan  kuzatish  va  asta-sekin  o‘z  xatti- 

harakatlarida namoyon qila borish;

•   har  bir  jiddiy  ishni  ota-ona  bilan  maslahatlashgan  holda 

boshlash,  o‘z  tarixi  haqida  allomalari,  xizmatlari  haqida, 

minnatdorlik bilan hikoya qilib bera olish;

•   milliy  madaniy yodgorliklar tarixini yaxshi bilish va ulami 

asrashga xizmat qilish;

•  savdo-sotiq,  bozor  munosabatlarida  insofli,  chaqqon, 

jur’atli bo'lish;

•   milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini o‘zlashtirish, ijtimoiy- 

siyosiy  voqeaiarga  tarixiy  nuqtayi-nazardan  turib  mustaqil 

munosabat bildira olish;

•  kitobxonlik; barvaqt uyquga yotib, barvaqt uyg‘ onish;

•  sabrli, andishalilik;

•  o‘z kelajagiga taalluqli masalalar bo‘yicha mustaqil, yoshiga 

mos fikr yurita olish va h.k.



242


Axloqiy tarbiyaning eng ta' sirchan vositalaridan biri hadisdir. 

Chunonchi,  Qur’oni  karim  oyatlari  mazmuni,  Payg‘ambarimiz 

Muhammad alayhissalom Hadislari,  sharq  allomalari va faylasuf- 

larining kitoblari tarbiyamizning manbai boiib xizmat qilgan.

Islomiy  tarbiya  musulmonlar  hayotming  barcha  qirralarini, 

hatto  mayda jihatlarigacha qamrab  olgan.  U go‘daklarni  emizish- 

dan  tortib,  qanday  kiyintirishgacha,  ovqatlanish  odobidan  tortib, 

ko‘cha-ko‘yda, kattalar qoshida o‘zini qanday tutish lozimligming 

barcha  jihatlarini  o‘z  ichiga  olgan.  Eng  asosiysi,  islomiy  odob 

farzandlaming  halol,  pok,  mehnatkash,  ilmga  intiluvchan,  katta- 

lami,  ayhiqsa,  ota-onani  hurmatlash  ruhida  tarbiyalanishni  shart 

qilib qo‘ygan.

Payg‘ambar  alayhissalom  Hadislarida:  ‘ ‘Farzandlaringizxii 

izzat-ikrom  qilish bilan  birga,  axloq-odobini  ham  yaxshilanglar!” 

“Hech bir ota o£z farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera 

olmaydi”, deyilgan.

Yana bir Hadisda esa:  “Mo‘min kishiga berilgan narsalaming 

eng  yaxshisi  chiroyli  xulqdir”,  deyilgani  bejiz  emas.  Bobokalon- 

larimiz hamisha barkamol  inson shaxsini tarbiyalashga intilganlar 

va o ‘z farzandlari, mahalla yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali 

bo‘lishi uchun kurashganlar.

Yoshlami tarbiyalashda “Mening bo lam”, “Sening bolaag” deb 

ajratishmagan.  Tarbiya  berish  hammaning  vijdoniy  burchi,  deb 

qaralgan.  Payg‘ambar  alayhissalom  Hadislarida  yana  shunday 

deyilgan:

Masalan: Munofiqlikning belgisi 3 tadir

1) Yolg‘on so‘zlash

2) Va’daning ustidan chiqmaslik

3) Omonatga hiyonat qilish

Tangri nazarida eng yaxshi gap-rost gapdir.  Yana xadislarda, 

halokatga olib boruvchi 7 xil gunohdan saqlaning  deyilgan:

1. Tangri ga shak keltirmaslik

2. Sehr ishlari bilan shug‘ullanmoq

3. В irovni nohaq о ‘ ldirmoq

4. Sudxo‘rlik

243



5. Yetimiar molini yemoqlik

6. Vatan mudofaasi uchun bo‘layotgan urushdan qochmoq

7. Erli, mo‘mina, iffatli ayollami fohisha deb haqoratlamoq.

Umuman  Sharq  xalqlarida  odob-axloq,  izzat-hurmat,  xayo-

andisha uning insoniylik qiyofasini belgilovchi asosiy omildir.

Bu haqida rus pedagogi  N.Krupskaya  shunday deydi:  “0 ‘zi- 

dan kattalami hurmat qilishni Sharq, xalqlaridan o‘rganish kerak” .

Darhaqiqat, Sharq xalqlarining ibrat bo‘larli ahloqiy fazilatlari 

benihoyat  ko‘pdir.  Musulmonlarda  ayollarga  bepisandlik  bilan 

qaraladi degan bid’atlar bor, holbuki,  hadisda onalami ulug‘lovchi 

hadislar son-sanoqsiz.

Masalan: Jannat onalar oyog'i ostidadir.

Ota ona birdan chaqirganda, aw al onaga 3-marta “labbay” deb 

javob berib, so'ng otaga javob berish kerak.




Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish