‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat uchun savol va topshiriqlari



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

Nazorat uchun savol va topshiriqlari:

1. Tarbiya  nima?  Tarbiyaning  jamiyat  taraqqiyotidagi  o‘rni 

nimalardan iborat.

2.  «Avesto»da inson tarbiyasi haqida qanday fikr bildirilgan?.

3 . Allomalarimizdan  Bahovuddin  Naqshband,  Abu  Nasr

Forobiy, Yusuf  Xos  Xojib, Abu  Rayhon  Beruniylaming tarbiya 

haqidagi fikrlaridan misollar keltiring.

4. Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Abdug‘aniyevich  Karimov 

komil insonni tarbiyalashda qanday fikrlar bildirgan?.

5.  Tarbiya qoidalari deb nimaga aytiladi?



232


X BOB. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA

l.M a’naviy qadriyatlar -  tarbiyaning omili

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach,  o‘rtaga tashlagan eng 

dolzarb muammolardan bin- ma’naviyat masalasi edi.  Chunki, har 

qanday jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy madaniy taraqqiyoti bevosita 

uning  ma’naviy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambar- 

chas  bog‘liqdir.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti 

LA.Karimov qayd qilganidek, bu negizlar:

-   umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

-   xalqimizning  ma’naviy  merosini  mustahkamlash  va  rivoj­

iantirish;

-   insonni o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;

-   vatanparvarlikdan iboratdir.

Mazkur ma’naviy  axloqiy negizlar zaminida umuminsoniy va 

milliy  qadriyatlar  mushtarakligiga  respublikamizning  bargha 

fuqarolarining  ma’naviy  madaniyatini  shakllantirishiga  erishish 

yotadi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda  shaxs  tafakkurini  o‘stirmasdan, 

uning  ma’naviy  dunyosini  boyitmasdan  turib,  ijtimoiy,  iqtisodiy, 

madaniy 

jabhalaridagi  vazifalami  bajarish,  milliy  istiqlol  mafku- 

rasini to‘la-to‘kis yaratish mumkin emas.

Awalombor ma’naviyatning o‘zi  nima-yu, ma’naviy qadriyat- 

laming axloq-odob bilan mushtarakligi bugungi tarbiyamizda qan­

day o‘rin egallash masalasiga to‘xtalib o‘tmoqni o'rinli deb o‘ylay- 

miz.  Zeroki,  ma’naviyatsizlik  har  qanday jamiyatning  tanazzulga 

olib borishi shak-shubhasizdir. Insonning ma'naviyati uning odobi

xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, axloqiy, 

huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi.

Ma’naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj emas, siyosiy zaruriyat 

Ьярп emas. Ma’naviyat insonning o‘z mohiyati oldidagi mas’ulligidir.

Shu  o'rinda  Yurtboshimiz  LA.Karimov  ma’naviyat  tushun- 

chasini quyidagicha izohlaydi.



233


“M a’naviyat -  insonni  ruhan  poklanishi,  qalban  ulg‘ayishga 

chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquwat, iymon—

 

e’tiqodini  butun  qiladigan,  vijdonini  uyg‘otadigan  beqiyos  kuch, 



uning barcha qarashlarining mezonidir”1.

M a’naviyat - inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, 

intellektual  fazilatlar  majmuasi.  Har  bir  millatning  ma’naviy 

boyligi  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarning  birligidan tashkil 

topadi.  Ma’naviy  meros  o‘tmishning  yutug‘i.  Uni  to‘la,  odilona 

egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodlaming vazifasidir2. 0 ‘z 

madaniy  merosini,  qadriyatlarini  bilmaslik  yoki  mensimaslik 

madaniyatsizlikdir.  Ularni  boyitib,  yuksak  darajaga  ko‘tarishga 

intilmaslik  esa  millat  va  uning  istiqboli  uchun  ziyondir. 

Ma’naviyatini yuksak darajada rivojlantirgan insongina o‘zligini va 

nodir betakrorligini  anglaydi, bugungi jamiyatning ravnaqi uchun 

kurashda o‘zida kuch va qudrat topa oladi.

Asrlar  davomida  xalqning  ma’naviy  ehtiyoji,  talabi  asosida 

yaratilgan qadriyatlarda olg‘a surilgan ilg‘or g‘oyalarni o‘z ongida 

yaxlit  shakllantirgan,  ulaming  mohiyatini  amaliy  faoliyatida 

namoyon qila oladigan,  oilaning, xalqning, jamiyatning ma’naviy 

rivojlanishiga  bevosita  va  bilvosita  ta’sir  ko'rsatadigan  shaxs 

ma’naviy  madaniyatli  hisoblanadi.  Milliy  va  umuminsoniy 

ma’naviy  qadriyatlardan  to‘la  bahramand  bo‘lmagan,  ona  tilini 

bilmagan jaimiyatning  har  tomonlama  rivojlanishiga  ongli tarzda 

hissa qo‘shmagan inson ma’naviy qashshoqdir.

-   Mustaqil  respublikamiz  istiqbolini  belgilovchi  har  bir 

fuqaroning  o‘z  burchi  va  majburiyati  mohiyatida  ma’naviyat  va 

axloqiylikni qayta tiklash;

-   o‘zbek xalqi asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklami

noyob  tarixiy  obidalami  avaylab  saqlash  va  kelgusi  avlodlarga 

yetkazish tadbirlarmi ko‘rish;

-   qadimiy  va  zamonaviy  xalq  qadriyatlarini,  adabiyot  va 

san’atni bilish va rivojlantirish;

-   o‘zbek tilini taraqqiy ettirish, respublikada yashovchi boshqa

^Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat -  yengilmas kuch». T. «Ma’naviyat». 2008 y.

10 's h a  asar.



234


xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilan munosabatda boiish;

-   hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish;

-   ma’naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish;

-   oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash;

-   maorif  tizimining  barcha  bo‘g‘inlarida  umuminsoniy  va 

milliy qadriyatlaming mazmuni va mohiyatini chuqur o‘rganishga 

erishi kabi shartlarini amalga oshirish yotadi.

Bir  so‘z bilan  aytganda,  insoniyat paydo  bo‘libdiki,  hamisha 

odamiylik  qiyofasini,  fe’l-atvorda  o‘ziga  yarashadigan  xatti- 

harakatlarini, u yoki bu fazilatlarini mujassamlashtirishga intilgan. 

Hozirgi zamon kishisiga odob, xulq atvor qoidalari asrlar davomida 

tarkib topib, takomillashgan. Bu fazilatlar har bir odamning bokiriy 

va  botiniy  xislatlarida,  o‘zini  tuta  bilishida,  xatti-harakatida, 

muomala-munosabatida o‘z ifodasini topgan.

Ma’naviy  barkamollik  «hayot  qonunini  ilmini  idrok  etish» 

demakdir.  Ilmni  har  qanday  ko‘rinishi  esa  ta’lim  -tarbiya  orqali 

ustoz-muallimlar boshchiligida beriladi.

Ushbu ma’noda umumta’lim  maktablari mazkur  masalani  ha1 

qilishda  asosiy  bo‘g‘in  hisoblanadi.  Bugungi  ta’lim  oldiga 

qo‘yilgan  muhim  masala-umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarga 

tayangan  holda  ta’ lim-tarbiyaning  mazmunida  insonparvarlik 

g‘oyasini kuchaytirish xalqchillashtirish, uning uzviyligi, izchilligi

ilmiyligi va dunyoviyligi asosida yoshlami ma’naviy madaniyatini 

shakllantirisbdan iboratdir.

Zeroki,  O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’Iim  to‘g‘risida”gi 

qonunida  ham, 

ta’Iimda  umuminsoniy  va  milliy  madaniy 

qadriyatlaming ustivorligi”1  ta’lim sohasidagi davlat siyosatining 

asosiy tamoyillaridan biri ekanligi ta’kidlangan.

Demak,  ta’lim-tarbiya  jarayonida  umuminsoniy  va  milliy 

madaniy  qadriyatlaming  ustivorligiga  erish  o‘quvchilarining 

ma’naviy madaniyatini  shakllantirishning muhim omilidir.

Ayniqsa  boshlangMch  sinflardan  boshlab  murg‘ak  qalblarda 

axloq-odobga  oid  sodda  tushunchalardan  boshlab  sekin-astalik 

bilan  milliy  qadriyatlarimiz  elementlarini  singdirib  borish  katta 

ahamiyatga  ega,  ular  ta’lim-tarbiya  jarayonida  o'zbekona



235


ibratomuz  urf-odatlarimizdan  xabardor  bo‘lib  boradilar.  Insoniy 

fazilatlarni kichi1; hikoyalar, tanbehlar va rivoyatlar orqali anglab, 

axloqan tarbiyalanadilar.  Salbiy xislatlardan o‘zlarini  saqlab,  ota- 

bobolarimizdan  meros  qolgan  udum  va  qadriyatlami  tiklashga, 

amal  qilishga  bissa  qo‘shishga  intiladilar.  Bu  esa  ularning  milliy 

mafkuramizning asl mohiyati ni tushunishga olib keladi.

Eng  asosiysi  bizning  davlat  demokratik  tamoyillarga 

asoslangan  holda,  barcha  mafkuralaming  yashash  huquqini 

ta’minlovchi institut sifatida ish ko‘rishini tushunib yetadilar,

Shu  sababli 

biz  ma’naviy  qadriyatlami  ta’lim-tarbiya 

jarayoniga  kiritib  yoshlami  axloqan  pok  va  ruhan  tetik,  sog‘lom 

aqlli  qilib  tarbiyalash  bugungi  kunning  dolzarb  masalasidir. 

Shaxsning  ma’naviy  madaniyatini  shakllantirishga  qo‘yiladigan 

hozirgi  zamon  talablarini  amalga  oshirish muammolari  dinamik 

xarakterga ega bo‘lib,  ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan bog'liqdir. 

Bu  muammoni  falsafa,  etnografiya,  adabiyot  sotsiologiya, 

pedagogika, psixologiya, etika,estetika  fanlari tadqiq  etadi.




Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish