Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Muhammad  al-Xorazmiy  (783-850)  va  Ahmad  al-Farg‘oniy  (taxm.  797-865)



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   207
Bog'liq
falsafa

Muhammad  al-Xorazmiy  (783-850)  va  Ahmad  al-Farg‘oniy  (taxm.  797-865) 
butun musulmon SHarqi va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan 
buyuk  allomalardir.  Muhammad  al-Xorazmiy  arab  xalifaligining  poytaxti  Bag‘dodda 
«Donishmandlik  maskani»  («Bayt  ul-hikma»)  ga  rahbarlik  qilgan.  Uning  «Astronomiya 
jadvali»,  «Hind  hisobi  to‘g‘risida  risola»,  «Quyosh  soati  to‘g‘risida  risola»,  «Musiqa 
haqida  risola»,  «Tiklash  va  qarshi  qo‘yish  hisobiga  oid  muxtasar  kitob»  kabi  asarlarida 
algebra sohasiga asos solindi. 
SHarq  xalqlari  orasida  «Buyuk  matematik»  unvoniga  sazovor  bo‘lgan  Ahmad  al-
Farg‘oniy (taxm. 798 y. da Quvada tug‘ilgan) astronomiya va matematika sohalarida nom 
taratdi.  Uning  «Samoviy  jismlar  harakati  va  yulduzlar  fanining  majmuasi  haqida kitob», 
«Astronomiya asoslari», asarlarida koinot xaritasi tuzildi. Er va fazoviy sayyoralar hajmi, 
iqlimlar,  jo‘g‘rofiy  kengliklar  to‘g‘risida  kuzatuvchilar  orqali  asoslangan  yangi 
ma’lumotlar  berilgan,  ilm-fanning  yangi  yo‘nalishlariga  asos  solingan.  Qo‘lga  kiritilgan 
ma’lumotlarni  umumlashtirish,  tadqiqotda  hissiy  va  aqliy  mushohada  mushtarakligi 


 
49 
allomaga  xos  xususiyatlar  sifatida  dunyoqarashni  shakllantirishning  muhim  omillari 
bo‘lib keldi va undan keyin yashagan ilm ahliga ta’siri sezilib turdi. 
Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Beruniy va Ibn Sinosiz tasavvur 
qilib  bo‘lmaydi.  Abu  Nasr  Forobiy  (873-950)  -  musulmon  SHarqida  Arastudan  keyin 
«ikkinchi ustoz» unvoniga muyassar bo‘lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 
160 dan ziyod asar mansub bo‘lib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-
ilmiy va falsafiy muammolar sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil 
qilishga  bag‘ishlangan.  Mutafakkir  olamni  ikki  ko‘rinishda:  «Vujudu  vojib»  (olloh)  va 
«vujudi  mumkin»  (barcha  moddiy  va  ruhiy  narsalar)  misolida  talqin  qiladi,  barcha 
narsalar  «vujudi  vojib»  tufayli  yashash  huquqiga  ega  bo‘ladi.  Ular  o‘zaro  bir-biri  bilan 
sababiy  tarzda  bog‘lanadi.  Sababsiz  oqibat  bo‘lmaganidek,  oqibatsiz  sabab  ham 
bo‘lmaydi, deydi Forobiy. 
Olam  sifat,  miqdor,  javhar,  aksidensiya  (muhim  bo‘lmagan  xossa),  imkoniyat, 
zaruriyat  va  tasodifiyat,  makon  va  zamon,  harakat  va  rivojlanish  kabi  tushunchalarda 
ifodalanadi.  Ular  fazoviy  jismlar,  aqlli  mahluq  (inson),  aqlsiz  jonivorlar,  o‘simliklar, 
minerallar  va  to‘rtta  unsur-suv,  olov,  havo  va  tuproq  kabi  oltita  ko‘rinishda  namoyon 
bo‘ladi. 
Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yuzaga keladi. Bilishda aql va mantiq ilmining 
maqomi  beqiyosdir.  Aql  vositasida  inson  ilm-fanni  yaratadi.  Fan  tufayli  hodisalar 
mohiyati ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat 
qiladi. 
Mutafakkir o‘z asarlarida komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxt-saodat, 
unga  erishish  yo‘llari,  davlatning  xususiyatlari,  ahloqiy  va  aqliy  tarbiya,  ijtimoiy 
istiqbol  to‘g‘risida  ilg‘or  g‘oyalarni  ilgari  surgan.  Forobiyning  SHarq  xalqlari 
falsafiy tafakkuri rivojiga bo‘lgan ta’siri sezilarli bo‘lgan. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish