Abu Ali ibn Sino (980-1037) buyuk alloma va mutafakkir. U Buxoro yaqinidagi
Afshona qishlog‘ida tug‘ilib, Hamadon shahrida vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan ma’naviy
me’ros taxminan 280 nomdan ziyodroqdir. Ular tibbiyot, falsafa, mantiq, psixologiya, axloq,
50
musiqa, farmakologiya va boshqa sohalarga bag‘ishlangan. Olimning «SHifo kitobi» «Tib
qonunlari», «Bilimlar kitobi», «Tabiat durdonasi» kabi asarlari mashhurdir. Borliqni talqin
etishda Ibn Sino Forobiy izidan borib, uni «vujudi vojib» va «vujudi mumkin»dan iborat, deb
e’tirof etadi. «Vujudi vojib» birinchi sabab vazifasini bajaradi. «Vujudi mumkin» esa uning
oqibatidir. YAratilishi doimiy bo‘lganligi uchun yaratilgan «vujudi mumkin» ham abadiydir.
Olimning sababiyatga oid mulohazalari e’tiborga molikdir. Unga ko‘ra, sabablar moddiy
(muayyan holatni keltirib chiqaruvchi sabab), faol (muayyan holatni o‘zgartiruvchi sabab),
shakliy (turli xil quvvatlar bilan bog‘langan sabab) va tugallovchi (barcha sabablarning
pirovard maqsadi) sabablardan iboratdir.
Ibn Sino Zakariyo ar-Roziy va Beruniy kabi jahon falsafiy tafakkuri tarixida
birinchilardan bo‘lib kuzatuv va tajribaga muhim e’tibor qaratdi. Masalan, alloma ular
ko‘magida xastaning holati, kelajakda kutilayotgan kayfiyati, dori-darmonlar tarkibi,
inson va atrof-muhit o‘zaro munosabati muammolarini hal etishga urinadi.
Mutafakkir o‘z asarlarida ilm va axloq-odob uyg‘unligi, inson kamoloti, baxt-
saodat, ijtimoiy adolat, kishilarning o‘zaro hamkorligi, hukmdorning burchi to‘g‘risida
qiziqarli g‘oyalarni ilgari surgan. Uning ta’kidlashicha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega
erishtirib bo‘lmaydi. Aslida ular uchun muayyan sharoit yaratib bermoq lozim.
Barchaning boy va mansabdor bo‘lishi yoki hammaning qashshoq bo‘lishi jamiyatning
tanazzuli va inqirozidir. Lekin inson o‘zgalarga mehr-oqibatli, g‘amxo‘r bo‘lmog‘i, kerak
vaqtda saxovat va muruvvat qo‘lini nochorlarga uzatishi zarurdir.
Markaziy Osiyoda ilk o‘rta asrlar davrida keng tarqalgan tasavvuf ta’limotidagi komil
inson maqomi, nafsni tiyish, bag‘rikenglik, diniy donishmandlik, Muso al-Xorazmiy va
Ahmad al-Farg‘oniy tadqiqotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy g‘oyalar, Forobiy, Beruniy va
Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari, fandagi yangi yo‘nalishlar birinchi galda
musulmon SHarqi, qolaversa, butun jahon tabiiy-ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga
hayotbaxsh ta’sir o‘tkazib keldi.
XIV asrning oxiri-XV asrning boshlarida Amir Temur amalga oshirgan harbiy
yurishlar natijasida o‘lka mustaqilligi qo‘lga kiritildi. Temur va temuriylar davrida
uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu ilm-fan va madaniyatning gullab-
yashnash bosqichi bo‘ldi. Ma’naviyatga homiylik harakati avj oldi. Bunga Samarqandda
Ulug‘bek astronomiya maktabining vujudga kelishi, rasadxonaning qurilishi, mashhur
olimlar Qozizoda Rumiy, al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqalarning fandagi jonbozligi
yaqqol misoldir. Bu masala keyingi ma’ruza uchun mavzu bo‘lib hisoblanadi.
Afsuski, bu madaniy uyg‘onish mo‘g‘ul bosqini tufayli tanazzulga yuz tutdi. Amir
va sultonlar o‘rtasidagi o‘zaro ixtiloflar, noahillik CHingizxon bosqiniga qo‘l keldi. Bu
bosqin mo‘g‘ullarning 1218 yilda O‘tror shahrini bosib olishi, uning hokimi,
Xorazmshohning qaynog‘asi, Inolchiqni bandi qilishi va qulog‘iga qaynab turgan
kumushni quyib yuborishdek xunrezlikdan boshlandi. Mo‘g‘ullarning hukmronligi
davrida ana shunday qonxo‘rlik tinimsiz davom etdi. Ko‘rkam shahar va qishloqlar
vayronaga aylandi, iqtisodiyot tanazzulga yuz tutdi. Ilm-fan, madaniyat, jumladan falsafa
ilmi ham inqirozga uchradi.
Xalqimiz mo‘g‘ul bosqinini qattiq qarshilik bilan kutib oldi. Garchand uquvsiz
hukmdor Muhammad Xorazmshoh saltanatni saqlab qola olmagan bo‘lsa-da,
xalqimizning bosqinchilarga qarshi kurashi aslo to‘xtagani yo‘q. Ba’zi tarixiy manbalarga
ko‘ra, o‘sha davrda nihoyatda katta hududdan 600 mingga yaqin qo‘shin to‘plash mumkin
edi. Bu qo‘shin to‘planganida va tajribali lashkarboshiga topshirilganida CHingizxon
saltanatni bosib olishi gumon edi. Insoniyatning o‘tmishini yaxshi biladigan ba’zi olim va
mutaxassislarning fikricha, agar shoh o‘zining yovqur o‘g‘li Jaloliddinni avval boshdanoq
51
taxt vorisi etib tayinlaganida va qo‘shinnining ixtiyorini unga topshirganida, nafaqat
Osiyo tarixi, balki jahon tarixi boshqacharoq yo‘ldan ketishi mumkin edi.
Afsuski, tarix «Agar unday bo‘lmaganida edi...» qabilidagi tamoyillarni tan olmaydi.
CHingiziylar bosqini Vatanimiz madaniy taraqqiyotini bir necha asrlar orqaga surib
yubordi. O‘sha davrda bosqinchilarga qarshi kurashning eng atoqli vakili Jaloliddin
Manguberdi esa millatimiz o‘z ozodligi uchun olib borgan kurashning timsoli sifatida
tariximiz sahifalarida abadiy qoldi. Bu milliy qahramonimizning tavallud kuni 1999 yilda
keng nishonlangani uning ruhini shod qilish va Jaloliddin Manguberdini kurashga
otlantirgan ezgu g‘oyalar bizning kunlarimizda amalga oshganligining ramzidir.
Ma’ruza nihoyasida, alohida ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning «Olloh
qalbimizda, yuragimizda» tamoyili o‘rta asrlar falsafasini o‘rganishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Buyuk ajdodlarimizning bag‘rik engligi, mazhabparastlikka berilmaganligi,
ular dunyoqarashida dunyoviy va diniy ilmlarning mushtarakligi, sabr-qanoatliligi
barchamizga namuna — ibratdir. Bu boy ma’naviy xazina yoshlar ongiga milliy g‘oya va
istiqlol mafkurasini singdirishga xizmat qiladi, ularni mustaqil fikrlash, do‘stni
dushmandan farq qilishga undaydi, yurtim deb, elim deb yashashga chorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |