«Sxolastika»- so‘zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo‘lib, «o‘qish
joyi»,»maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni, yoki
umuman saroy maktabidagi o‘qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. SHuningdek, dinni
o‘rganishda falsafani tatbiq qilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar.
Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida
quvvatlashga bo‘lgan intilish deb ham baholash mumkin. O‘sha davrda ilohiyotni
muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish
toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga muvofiqmi degan savolga javob
berish bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |