103
lizing xizmati, shuningdek, iqtisodiyotning aniq sektorini
to„g„ridan-to„g„ri kreditlashni kengaytirish;
bank marketingini mijozlar bazasi marketingi bilan muvofiq
holda joriy etish va keng ko„llash;
kichik, o„rta biznes va xususiy tadbirkorlikni qo„llab-quv-
vatlashga yo„naltirilgan ichki qoida va tamoyillarni takomillashtirish;
bank infratuzilmasini rivojlantirish;
bankka xalqaro reyting agentliklarining reytingini berish bo„yicha
tadbirlar majmuyini amalga oshirish.
[71]. Banklar faoliyatida tijorat ma‟lum qoidalarga asoslanadi. Ular
orasida eng muhimi – xo„jalik yuritishdan foyda olish qoidasi, iloji
boricha, katta foyda ko„rish. Biroq tijorat bankida ko„p foyda olish
imkoniyatlari cheklangan.
Birinchidan, katta marja ketidan quvish mijozlardan mahrum bo„lib
qolishga olib kelishi mumkin, chunki ular haddan tashqari katta qo„yil-
gan stavkali kreditdan voz kechishlari aniq, ikkinchidan, banklararo
raqobat sharoitida boshqa tijorat banklari orasidan bir qadar samaraliroq
ishlar uchun ancha arzon kreditlar taklif etilishi mumkin. Daromadlilik
(foyda ko„rish) qoida sifatida shuni anglatadiki, busiz bank mavjud bo„la
olmaydi. Bank tijoratning bu qoidasi asosan «Arzonroq sotib olish, qim-
matroqqa sotish» formulasi orqali amalga oshadi. Biroq bu qoidaga ma-
daniy yondashmoq lozim. U qonunchilikka tayanishi, unga aslo zid
kelmasligi, binobarin, bunda shunday shart-sharoit yaratilish kerakki,
har bir bank o„zining tijorat ishlarini amalga oshirayotganda bank
xizmati bozori haqida bab-baravar axborot olish imkoniyatiga ega
bo„lsin.
Tijorat nuqtayi nazardan qaraganda, bekor yotgan resurslar bo„l-
masligi kerak. Boshqacha aytganda, bankning hamma pullari, barcha
resurslari imkon qadar ishlashi lozim. Biroq haqiqiy ahvol shundan
iborat bo„ladiki, mablag„larning bir qismi zaxiraga qo„yiladi, u muoma-
lada kamroq qatnashadi yoki umuman ishtirok etmaydi, yana bir qismi
esa iqtisodiyotni kreditlash uchun mo„ljallanadi. O„z-o„zidan ravshanki,
bank biznesi nuqtayi nazaridan qaraganda bu g„ayritabiiy, shuning
uchun ham, birlamchi va ikkilamchi zaxiralarga nisbatan kreditlar sal-
mog„i qanchalik katta bo„lsa, foyda ham shunchalik ko„p kelishini bilib
qo„ygan ma‟qul.
Shuningdek, bank faoliyatining muhim qoidalaridan yana biri shuki,
bank iqtisodiy korxona sifatida o„z mablag„i, o„z foydasi ustidan
104
tavakkal ish tutishi mumkin, ammo zinhor mijoz mablag„i yuzasidan
emas. Muvaffaqiyatsiz bank tijoratidan bankning o„zi jabr tortishi
mumkin, ammo mijoz hech qachon jabrlanmasligi kerak, chunki kredit
muassasasi uning uchun yaratilgan.
Bank tijorati «hamma narsa mijoz uchun, hamma narsa uning
foydali faoliyatini ta‟minlash uchun» qoidasi asosida harakat qilishi lo-
zim. Bankning amaliy faoliyatida eng muhimi mijozning foyda ko„rishi,
undan keyingina bankning foydasi, chunki pirovard natijada mijoz foyda
olib faoliyat ko„rsatgandagina bank ham foyda olgan bo„ladi, sababi-
kreditlar bo„yicha foizlar faqat mijoz olgan foyda hisobidan to„lanadi.
Bank mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak,
o„zining manfaatini ham amalga oshirgan bo„ladi.
Afsuski, bozor iqtisodiyotiga o„tish sharoitida ba‟zi banklar xo„jalik-
ning foydali yuritish qoidasini butunlay o„z iqtisodiy manfaatlarini qondi-
rish qoidasi deb tushundilar. Bankning foyda ko„rishi kredit muassasa-
sining faoliyatida birinchi o„ringa qo„yildi. Mijozdan «yulib olish» ba‟zan
aqlbovar qilmaydigan katta miqdorni tashkil etdi.
[72]. Tijorat banklari, O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan beriladigan bank operatsiyalarini bajarish huquqini beruvchi
litsenziyalar asosida faoliyat yuritadilar. Litsenziyada bank bajaradigan
operatsiyalar ro„yxati ko„rsatiladi. Litsenziyasiz amalga oshiriladigan
bank faoliyati g„ayriqonuniy deb hisoblanadi va bunday faoliyat
natijasida olingan daromad, davlat budjetiga olib qo„yilishi lozim.
Litsenziya olish uchun ta‟sischilar quyidagi hujjatlarni Markaziy
bankka taqdim etadilar:
Xorijiy kapital ishtirok etuvchi bank, xorijiy bank uning filialining
litsenziya berish to‟g‟risida rasmiy iltimosnoma;
ta‟sis etish hujjatlari, ya‟ni:
ta‟sis etish shartnomasi;
bank ustavi;
bank ustavini qabul qilish va rahbariyatini tayinlash to‟g‟risidagi yozma bayon;
iqtisodiy asoslov;
ta‟sischilarning moliyaviy holati to‟g‟risidagi auditorlik tashkiloti tomonidan
berilgan xulosa;
bankning ta‟sischilar taklif etgan rahbarlarining (rais va bosh buxgalter)
professional ishga yaroqliligi;
qonunda ko‟zda tutilgan boshqa hujjatlar.
105
litsenziya olish hollarida yana qo„shimcha ravishda belgilangan bir
nechta rasmiy hujjatlar taqdim etiladi.
O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki barcha tijorat banklari
uchun teng raqobat sharoitlarini ta‟minlash maqsadida xorijiy bank
ta‟sischilari va xorijiy kapitalli banklarga ularning ustav kapitalini
minimal va maksimal miqdorlariga nisbatan qo„shimcha talablar qo„yish
vakolatiga ega.
Bankni ro„yxatga olish va unga litsenziya berish uchun muassislar
dastlabki ruxsatnoma olingan kundan boshlab uzog„i bilan olti oy
muddatda qonun hujjatlarida belgilangan talablarni bajarishlari kerak.
Bankni ro„yxatga olish va unga litsenziya berish haqidagi qaror Mar-
kaziy bank talablari bajarilgan kundan ko„pi bilan bir oylik muddatda
chiqariladi.
«Banklar va bank faoliyati to„g„risida»gi Qonunning 13-moddasiga
binoan Markaziy bank quyidagilarga asoslanib bankni ro„yxatga olishni
va unga litsenziya berishni rad etishi mumkin:
O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank operatsiyalarini
amalga oshirish litsenziyasini berish bilan bir vaqtda tijorat bankini
Do'stlaringiz bilan baham: